Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ДОНА АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ДОНА АМПУЛЫ 200МГ/МЛ №6

190 000 so'mdan
(1313)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
GLUCOSAMINE
Ishlab chiqaruvchi
BIOLOGICI ITALIA LAB SRI
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik hususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

 

Tarkibi:

Bir paketcha quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1884 mg kristall glyukozamin sulfati (1500 mg glyukozamin sulfati va 384 mg natriy xloridini saqlaydi);

yordamchi moddalar: aspartam, suvsiz limon kislotasi, makrogol 4000, sorbitol.

 

Taʼrifi: 

hidsiz oq kristall kukun

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi va revmatizmga qarshi vositalar.

 

 

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Taʼsir mexanizmi. Faol ingrediyenti – odam organizmida mavjud boʻlgan va sinovial suyuqlikdagi gialuron kislotasi hamda boʻgʻim togʻayining asosiy substansiyasi boʻlgan glikozaminoglikanlar biosintezi uchun sulfatlar bilan qoʻllanadigan glyukozamin sulfatining aminomonosaxaridli tuzi hisoblanadi.

Glyukozamin sulfatining taʼsir mexanizmi – glyukozaminoglikanlar va muvofiq boʻgʻimdagi proteoglikanlar sintezini ragʻbatlantirishdan iborat. Bundan tashqari, glyukozamin yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarga ega, asosan boʻgʻim togʻayining metabolik faolligi, interleykin 1 (IL-1) ning faolligini susaytirish hususiyati hisobiga boʻgʻim togʻayining degradatsiya jarayonlarini sekinlashtiradi, bu bir tomondan osteoartritning siptomlariga taʼsir qilishga, boshqa tomondan – boʻgʻimning struktur buzilishlarini sekinlashishiga yordam beradi, yuqoridagilarga uzoq vaqt davomida oʻtkazilgan klinik tadqiqotlarning maʼlumotlari dalolat beradi.

In vitro va in vivo sharoitlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar, glyukozamin sulfatni ekzogen qabul qilish osteoartritda yomonlashadigan proteoglikanlar biosintezini ragʻbatlantirishini, glyukozaminoglikanni sintezi jarayonida oltingugurtni fiksatsiyasiga yordam berishini va boʻgʻim togʻayiga trofik taʼsir qilishini koʻrsatdi.

Navbatdagi tadqiqotlar, glyukozamin sulfati superoksid radikallar kabi boʻgʻim toʻqimasini parchalaydigan moddalarni hosil boʻlishini va lizosomal fermentlar, shuningdek kollagenaza va fosfolipaza A2 kabi, boʻgʻim togʻayini parchalaydigan fermentlarning faolligini susaytiradi. Bu hususiyatlari in vivo sharoitlarida, shu jumladan eksperimental osteoartrit boʻlgan hayvonlardagi modellarda kuzatilgan kuchsiz yalligʻlanishga qarshi samarasiga, NYAQP dan farqli ravishda, siklooksigenazaning faolligini susaytirmasdan, erishishga yordam beradi.

Yanada kechroq oʻtkazilgan tadqiqotlar, yuqorida koʻrsatilgan koʻpchilik metabolik va yalligʻlanishga qarshi samaralari, osteoartritning patogenezida qatnashadigan sitokinlardan biri, interleykin-1 ni ragʻbatlanishiga hujayra ichidagi signallar transduksiyasini susayishi, keyinchalik sitokinlar tomonidan induksiya boʻladigan irsiy transkripsiyani susayishi bilan tushuntirish mumkin deb taxmin qilinadi. Glyukozamin sulfati, osteoartrit boʻlgan bemorlarning qon plazmasi va sinovial suyuqligida aniqlanadigan glyukozaminning konsentratsiyalarida, haqiqatda ham, boʻgʻimlarning toʻqimalarida interleykin-1 tomonidan induksiyalanadigan yalligʻlanishga qarshi fermentlar seriyasining genlar transkripsiyasi va togʻaylardagi metalloproteazalar, shu jumladan agrekanazalar kabi profermentlar degradatsiyasini susaytiradi. Glyukozaminning ushbu farmakodinamik xususiyatlariga sulfat ionlarini kuzatilishi mumkin boʻlgan samaralari oxirigacha oʻrganilmagan.

Yuqorida sanab oʻtilgan samaralari togʻayda osteoartritning asosi hisoblangan parchalanish jarayonlariga va kasallikning simptomlariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Qisqa va oʻrtacha muddat davom etgan klinik tadqiqotlarning maʼlumotlari, osteoartritning simptomlariga glyukozamin sulfatning taʼsiri davolash boshlanganidan soʻng 2-3 hafta oʻtgan zahoti aniq boʻlishini koʻrsatdi. Boshqa tomondan, oddiy analgetiklar va nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlarga nisbatan glyukoamin sulfatning simptomatik samaradorligi 6-oylik uzluksiz davolash sikli yoki 3-oylik davolash siklidan soʻng har jihatdan yaxshi hisoblanadi va aniq yakuniy samarasi qabul qilish toʻxtatilganidan soʻng yana 2 oy davomida saqlanib turadi.

Preparatni 3 yil davomida har kuni uzluksiz qabul qilib oʻtkazilgan klinik tadqiqotlar, kasallikning simptomlariga preparatning taʼsirini doimo yaxshilanishidan hamda boʻgʻimlarning struktur shikastlanishlarini kechikishidan dalolat beradi, buni rentgen tekshirishlarning maʼlumotlari koʻrsatdi.

Glyukozamin sulfatni oʻzlashtirilishi yaxshi va yurak-qon tomir tizimi, nafas aʼzolari, avtonom va markaziy nerv tizimiga ahamiyatli taʼsir koʻrsatmaydi.

Farmakokinetikasi

Hayvonlarda va odamlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar, 14S-nishonlangan glyukozamin peroral qabul qilingandan soʻng, preparat tez va deyarli toʻliq tizimli darajada soʻrilishini koʻrsatdi. Odamda radiofaol dozaning taxminan 90% soʻriladi. Kalamushlarda glyukozamin sulfati peroral qabul qilinganidan soʻng glyukozaminning mutloq biokiraolishligi jigarda tizimli metabolizmga uchrashi tufayli 26% ni tashkil etgan. Odamda preparatning mutloq biokiraolishligi nomaʼlum, ammo allometrik hisoblar kalamushlarda aniqlangan koʻrsatichlarga oʻxshash deb taxmin qilish imkonini beradi, yaʼni 20% dan 30% gacha qiymatni tashkil etadi.

Sogʻlom koʻngillilarda glyukozamin sulfat sutkada 1500 mg dozada koʻp marta peroral qabul qilingandan soʻng qon plazmasida moddaning maksimal muvozanatli konsentratsiyasi (Cmax, ss) 1602±425 ng/ml (8,9 mkm) ni tashkil etgan. Ushbu konsentratsiyalarga qoʻllangandan soʻng (tmax) 1,5-4 soatdan (mediana: 3 soat) keyin erishilgan. Muvozanatli holatda plazmada preparatning konsentratsiyasini vaqtga bogʻliq egri chizigʻi ostidagi maydon AUC 14564±4138 ng.soat/ml ni tashkil etgan. Bu koʻrsatkichlar preparatni och qoringa qabul qilinganida olingan, va ovqatlanish preparatni soʻrilishiga ahamiyatli darajada taʼsir qilishi nomaʼlum.

Peroral soʻrilganidan soʻng glyukozamin ekstravaskulyar boʻshliqqa (shu jumladan, sinovial suyuqlikka: davomiga qarang) ahamiyatli darajada taqsimlanadi; sezilarli taqsimlanish hajmi odam organizmidagi umumiy suv hajmidan 37 marta yuqori boʻladi. Oqsillar bilan bogʻlanish darajasi nomaʼlum.

Glyukozaminning metabolizmi oʻrganilmagan, chunki preparat odam organizmida mavjud boʻlgan tabiiy modda boʻlib, boʻgʻim togʻayining baʼzi komponentlarini biosintezi uchun ishlatiladi.

Odamda glyukozaminni plazmadan yarim chiqarilish davri faqat plazmadagi glyukozaminning darajasi boʻyicha baholangan, preparat peroral qabul qilingandan soʻng 48 soat davomida oʻlchash mumkin boʻlgan darajada qolgan. Hisoblangan kattalik taxminan 15 soatni tashkil etgan.

Odamda 14S-nishonlangan glyukozamin peroral qabul qilingandan soʻng qabul qilingan dozaning 10±9% siydik bilan, axlat bilan – 11,3±0,1% chiqarilgan. Odamda preparat peroral qabul qilingandan soʻng oʻzgarmagan glyukozaminni siydik bilan oʻrtacha chiqarilish kattaligi past boʻlgan (qabul qilingan dozaning taxminan 1%). Bunday natijalar glyukozamin va/yoki uning metabolitlari va/yoki parchalanish mahsulotlarini chiqarilishida buyraklar ahamiyatli rol oʻynashidan dalolat beradi.

Glyukozaminning farmakokinetikasi 750 mg dan 1500 mg gacha boʻlgan dozalarda sutkada bir marta koʻp vaqt qabul qilingandan soʻng toʻgʻri proporsionaldir, ayni vaqtda 3000 mg dozada qabul qilinganidan soʻng qon plazmasida glyukozaminnning darajasi dozani oshishiga bogʻliq boʻlsa ham, kutilgandan past boʻlgan. Muvozanatli holatda glyukozaminning farmakokinetikasi vaqtga bogʻliq boʻlmagan, preparat bir marta qabul qilingandan soʻng kuzatilgan farmakokinetikasiga nisbatan preparatning biokiraolishligini pasayishidan yoki toʻplanishidan dalolat bermagan.

Glyukozaminning farmakokinetikasi erkaklar va ayollarda bir xil boʻlgan va sogʻlom koʻngillilarda va tizza boʻgʻimini osteoartriti boʻlgan patsiyentlarda farqlanmagan. Tizza boʻgʻimini osteoartriti boʻlgan patsiyentlarda 1500 mg oxirgi takroriy dozasi sutkada 1 marta qoʻllanganidan soʻng 3 soatdan keyin plazmadagi oʻrtacha konsentratsiyasi, sogʻlom koʻngillilarda kuzatilgani kabi, 7,2 mkm ni tashkil etgan, ayni vaqtda sinovial suyuqlikdagi oʻrtacha konsentratsiyasi faqatgina 25% ga past boʻlgan va 10 mkm atrofida boʻlgan. Buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda glyukozaminning farmakokinetikasi oʻrganilmagan, chunki dori vositasini xavfsizligini eʼtiborga olib va glyukozaminni organizmdan chiqarilishida buyraklarning roli cheklanganligi tufayli, bunday patsiyentlarga dozani kamaytirish talab etilmaydi.

Preparat 1500 mg dozada sutkada 1 marta takroran qoʻllanganidan soʻng plazmada va sinovial suyuqlikda glyukozaminning muvozanatli konsentratsiyasi taxminan 10 mkm ni tashkil etadi va shuning uchun farmakologik faollik in vitro sharoitlarda oʻtkazilgan eksperimental modellarda kuzatilgan konsentratsiyalar bilan moslashtiriladi, bu dori vositasining taʼsir mexanizmi va klinik samarasini tasdiqlaydi.

 

Qoʻllanilishi

Osteoartritning simptomlari, yaʼni ogʻriqlar va funksional cheklanishlarni davolash uchun qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalar va keksa yoshdagi patsiyentlar: 1500 mg glyukozamin sulfatga ekvivalent boʻlgan 1 sashening ichidagisi bir stakan suvda eritiladi va sutkada bir marta qabul qilinadi, ovqat vaqtida qabul qilgan afzal.

Davolash kursi: 4-12 hafta va undan koʻp (zarurat boʻlganida) vaqt qabul qilinadi. Shifokorning tavsiyasi boʻyicha davolashni 2 oylik oraliq bilan yiliga 2-3 marta, shuningdek kasallik qaytalanganida takrorlash mumkin.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Dori vositasiga nisbatan nojoʻya reaksiyalarni rivojlanish tez-tezligini baholash mezonlari: juda tez-tez – ≥1/10; tez-tez – ≥1/100 dan £1/10 gacha; tez-tez emas – ≥1/1000 dan £1/100 gacha; kam hollarda – ≥1/10000 dan £1/1000 gacha; juda kam hollarda £1/10000; uchrash tez-tezligi maʼlum emas – mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida tez-tezligini baholash mumkin emas.

ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qorinda ogʻriq, meteorizm, dispepsiya, diareya, qabziyat, koʻngil aynishi;

nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh ogʻrigʻi, uyquchanlik, toliqish, uchrash tez-tezligi nomaʼlum – bosh aylanishi;

immun tizimi tomonidan: uchrash tez-tezligi nomaʼlum – allergik reaksiyalar;

koʻrish aʼzolari tomonidan: uchrash tez-tezligi nomaʼlum – koʻrishni buzilishi;

teri va uning tuzilmalari tomonidan: tez-tez emas – eritema, qichishish, toshma; uchrash tez-tezligi nomaʼlum – angionevrotik shish, eshakemi, soch toʻkilishi.

Xolesterinning darajasi yuqori boʻlgan sporadik holatlar yuzasidan spontan hisobotlar kelib tushgan, ammo sabab-oqibat bogʻliqligi aniqlanmagan.

Agar ushbu noxush samaralardan biri ogʻirlashsa, yoki ushbu yoʻriqnomada koʻrsatilmagan har qanday boshqa noxush samara kuzatilsa, bu xaqida shifokorga xabar bering.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Glyukozaminga yoki yordamchi moddalaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik. Peroral eritma tayyorlash uchun kukun tarkibida aspartam saqlaydi va shuning uchun fenilketonuriyasi boʻlgan patsiyentlarga qoʻllash mumkin emas. DONA® preparatini mollyuskalarga allerggiyasi boʻlgan patsiyentlarga qoʻllash mumkin emas, chunki taʼsir etuvchi modda mollyuskalardan olingan.

Ehtiyotkorlik choralari

18 yoshgacha boʻlgan bolalarga qoʻllash mumkin emas, chunki bunday patsiyentlarga preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Boʻgʻimlarni, boshqa davolashni talab etishi mumkin boʻlgan boshqa kasalliklari borligini istisno etish uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Glyukozaga tolerantlikni buzilishi boʻlgan patsiyentlarda qonda glyukozaning darajasini monitoring qilish kerak va zarurat boʻlganida davolashni boshlashdan oldin hamda davolanish davrida vaqti-vaqti bilan insulinga boʻlgan ehtiyojni aniqlash tavsiya etiladi.

Davolashni boshlanishida qandli diabet bilan xastalangan bemorning qonida qandning darajasini nazorat qilish maqsadga muvofiqdir.

Yurak-qontomir kasalliklari uchun havf omillari maʼlum boʻlgan patsiyentlarda qondagi lipidlarning darajasini nazorat qilish tavsiya etiladi, chunki baʼzi hollarda glyukozamin olayotgan patsiyentlarda giperxolesterinemiya kuzatiladi.

Bronxial astma bilan xastalangan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak, chunki bunday patsiyentlarda kasallikning simptomlari zoʻrayishi bilan birga glyukozaminga allergik reaksiyalarni rivojlanishiga moyillik yuqori boʻlishi mumkin.

Buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda maxsus tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Preparatning toksikologik va farmakokinetik hususiyatlari bunday patsiyentlarda qoʻllashni cheklanishidan dalolat bermaydi. Biroq jigar va buyrak faoliyatini ogʻir darajadagi buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda preparatni shifokorning nazorati ostida qoʻllash kerak.

1 sashe tarkibida 6,6 mmol (151 mg) natriy saqlaydi. Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda yoki natriyning miqdori nazorat qilinadigan parhezga rioya qiladigan patsiyentlarda buni eʼtiborga olish kerak.

Peroral qoʻllash uchun kukun tarkibida sorbit saqlaydi. Fruktozani oʻzlashtirolmaslikni kam uchraydigan nasliy shakli boʻlgan patsiyentlarga ushbu farmatsevtik shaklini qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Bundan tashqari, preparatning tarkibida aspartam (fenilalanin) borligi sababli, peroral qabul qilish uchun kukunni fenilketonuriyasi boʻlgan patsiyentlarga qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri yuzasidan maxsus tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Biroq glyukozaminning fizik-kimyoviy va farmakokinetik hususiyatlari bunday oʻzaro taʼsirlarning potensiali pastligidan dalolat beradi. Bundan tashqari glyukozamin sulfati odamdagi CYP450 asosiy fermentlarni hech birini susaytirmaydi ham, induksiya qilmaydi ham. Aslida, birikma soʻrilish mexanizmlari uchun raqobatlashmaydi va soʻrilgandan soʻng plazma oqsillari bilan bogʻlanmaydi, proteoglikanlarga kirishadigan endogen birikma sifatidagi metabolizmi esa sitoxrom fermentlar tizimidan qatʼiy nazar parchalanadilar, boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsir qilish ehtimoli kam.

Shunday boʻlsa ham, glyukozamin sulfat bilan birga qoʻllanganida kumarin antikoagulyantlarning samarasini kuchayishi kuzatilgan. Shuning uchun bunday vositalarni qabul qilayotgan patsiyentlarda, glyukozamin bilan davolanishni boshlanishida va oxirida koagulyatsiyaning koʻrsatkichlarini yaxshilab nazorat qilish kerak boʻlishi mumkin.

Peroral qabul qilinganida glyukozamin sulfat tetratsiklinlarni meʼda-ichak yoʻllari orqali soʻrilishini kuchaytirishi mumkin.

Preparat nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar va glyukokortikosteroidlar bilan mutanosibdir.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Bolalar va oʻsmirlarda qoʻllanishi

18 yoshgacha boʻlgan bolalarga qoʻllash mumkin emas, chunki bunday patsiyentlar uchun preparatning havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Keksa odamlarda qoʻllanishi

Hech qanday aniq farmakokinetik tadqiqotlar oʻtkazilmagan, ammo klinik tajribaga muvofiq keksa yoshdagi shaxslarni davolashda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Buyrak va (yoki) jigar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlar

Jigar va buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarga faqat shifokorning nazorati ostida qoʻllash kerak.

Homiladorlik va laktatsiya

Homiladorlik va emizish vaqtida preparatni qoʻllashga nisbatan maʼlumotlar yoʻq, shuning uchun ushbu patsiyentlar toifasida preparatni qoʻllash mumkin emas.

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri

Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning taʼsiriga nisbatan tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Transport vositalarini boshqarishda va eʼtiborni talab etadigan ishlarni bajarishda ehtiyot boʻlish kerak. Uyquchanlik, toliqish, bosh aylanishi yoki koʻrishni buzilishi paydo boʻlganida avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash taʼqiqlanadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish hollari maʼlum emas. Hayvonlarda oʻtkir va surunkali toksiklikni oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlarga asoslanib, toksiklik simptomlari hatto terapevtik dozadan 200 marta yuqori dozalarda qoʻllanganda ham rivojlanish ehtimoli yoʻq. Biroq doza oshirib yuborilganida nojoʻya reaksiyalarni namoyon boʻlishi kuchayishi mumkin, shuning uchun suv-elektrolitlar muvozanatini tiklashga yoʻnaltirilgan simptomatik davolashni oʻtkazish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Toʻrt tomonidan qizdirib qotirilgan qogʻoz/alyumin/polietilendan tarkib topgan uch qavatli materialdan tayyorlangan sashe. 20 yoki 30 sashe qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha beriladi.