Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Доксорубицин ПОРОШОК

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Доксорубицин ПОРОШОК ДЛЯ ИНЪЕКЦИИ 50мг №1

105 000 so'mdan
(3485)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
KHANDELWAL LABORATORIES PVT. LTD
Chiqarilish shakli
ПОР Д/ИН
Farma. Guruh
Антибиотики
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Saqlashdagi maxsus extiyotkorlik choralari
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

infuziyalar uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat

 

Tarkibi:

5 ml eritmali 1 flakon 10 mg doksorubitsin gidroxloridi (2 mg/ml) saqlaydi.

25 ml eritmali 1 flakon 50 mg doksorubitsin gidroxloridi (2 mg/ml) saqlaydi.

yordamchi moddalar: natriy xloridi, xlorid kislotasi, inyeksiya uchun suv.

 

Taʼrifi:

 qizil rangli tiniq eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

oʻsmalarga qarshi vosita.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Doksorubitsin antibiotik boʻlib, sitostatik taʼsirga ega va antratsiklinlar guruxiga kiradi; u Streptomyces peucenius var. caesius kulturasidan ajratib olingan. U yarimsintetik usul bilan daunorubitsindan ishlab chiqariladi. Doksorubitsin toʻqimalarni kuchli taʼsirlantiradi.

Doksorubitsinning biologik faolligi DNK bilan bogʻlanishi bilan bogʻliq bu ferment tizimining ingibitsiya qilinishiga olib keladi, bu DNK replikatsiyasi va DNK transkripsiyasi uchun xal qiluvchi ahamiyatga ega.

Xujayra siklini bloklanishi, extimol, oʻzining maksimumiga S-faza va mitoz vaqtida yetadi; lekin ingibitsiya qilinish shuningdek xujayra siklining boshqa fazalarida xam kuzatiladi.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuborilgandan keyin doksorubitsinning eliminatsiyasi plazmadan yakuniy fazada davomiyligi 30 soatlik yarim chiqarilish davri bilan uch fazali chiqarilish bilan xarakterlanadi. Taqsimlanish xajmi tahminan 25 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanish darajasi tahminan 70% ni tashkil qiladi.

Eng yuqori konsentratsiyalari oʻpka, jigar taloq, buyraklar, yurak, ingichka ichak va suyak koʻmigida aniqlangan. Doksorubitsin gematoensefalik toʻsiq orqali oʻtadi.

Doksorubitsin tez metabolizmga uchraydi va uning asosiy metaboliti doksorubitsinning kamroq faol 13-digidro xosilasi xisoblanadi. Besh kun davomida taxminan 5% siydikda aniqlanadi, shu vaqtning oʻzida 40-50% oʻt-safro bilan 7 kun davomida chiqariladi. Jigar faoliyatini pasayishi moddaning eliminatsiyasini sekinlashishiga olib keladi.

Xavfsizligi boʻyicha klinikagacha boʻlgan maʼlumotlar

Xayvonlardagi tekshirishlarga bagʻishlangan adabiyotlar doksorubitsinni fertillikka taʼsiri va embriotoksik, fetotoksik va teratogen samaralar koʻrsatishini koʻrsatadi. Boshqa maʼlumotlar doksorubitsinni mutagen samara koʻrsatishidan dalolat beradi.

 

Qoʻllanilishi

Kattalar, oʻsmirlar va bolalarni davolash uchun terapevtik koʻrsatmalar:

  • sut bezining raki.
  • osteosarkomani noadʼyuvant va adʼyuvant davolash,
  • kattalardagi yumshoq toʻqimalarning tarqalgan sarkomasi,
  • oʻpkaning maydaxujayrali raki (OʻMR),
  • xodjkin limfomasi,
  • yuqori xavfli noxodjkin limfomasi,
  • oʻtkir limfatik leykemiyadagi induksion va konsolidatsion davolash,
  • oʻtkir miyeloblast leykoz,
  • tarqalgan koʻpsonli miyeloma,
  • endometriyning tarqalgan yoki qaytalanuvchi papillyar raki,
  • qalqonsimon bezining tarqalgan yoki qaytalanuvchi papillyar / follikulyar karsinomasi,
  • qalqonsimon bezining anaplastik karsinomasi,
  • maxalliy tarqalgan yoki metastazlanuvchi qovuq rakini tizimli davolash,
  • qovuqning yuzaki rakini transuretral rezeksiyadan keyingi qovuq ichki profilaktikasi.
  • tuxumdonlarning qaytalanuvchi raki,
  • Vilms oʻsmasi (kuchli xavfli variantlardagi II bosqich, xamma tarqalgan bosqichlari [III-IV]),
  • tarqalgan neyroblastoma,
  • Yuing sarkomasi.

Doksorubitsin koʻpincha boshqa sitostatiklar bilan majmuaviy ximioterapiyada ishlatiladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Faqat vena ichiga va qovuq ichiga yuborish uchun.

Flakonni igna bilan teshish oldidan uni xona xaroratigacha isitish kerak, Doksorubitsinni sitostatiklar bilan davolash tajribasiga ega boʻlgan malakali shifokor kuzatuvi ostida yuborish kerak. Bundan tashqari, patsiyent sinchkov kuzatuv ostida boʻlishi va davolanish vaqtida tez-tez tekshirilib turishi kerak.

Kardiomiopatiya xavfi tufayli, u koʻpincha oʻlimga olib keladi, xar bir patsiyent uchun xavf va foydani xar bir yuborish oldidan baxolash kerak.

Davolashni boshlashdan oldin AST, ALT, IF va bilirubin darajalarini aniqlash kabi oddiy taxlillarni ishlatish bilan jigar faoliyatini tekshirish tavsiya etiladi.

Patsiyentda yurak faoliyatining xolatini aniqlash uchun, ultratovush tekshirish yoki yurak ssintigrafiyasi yordamida chap qorinchaning chiqarib tashlash fraksiyasining taxlilini oʻtkazish kerak. Bu nazoratni davolashni boshlashgacha va xar gal patsiyent tomonidan olingan doksorubitsinning yigʻindi dozasi taxminan 100 mg/m2 ni tashkil qilganda oʻtkazish kerak.

Doksorubitsinni vena ichiga (v/i) yuborish katta extiyotkorlik bilan oʻtkazilishi kerak. Preparatni erkin oquvchi fiziologik eritma yoki 5% li glyukoza eritmasini ishlatib
3-5 minut davomida vena ichiga yuborish tavsiya etiladi. Bu usul tromboz va perivenoz ekstravazatsiya rivojlanish xavfini minimallashtiradi, u jiddiy gipodermit, pufaklar xosil boʻlishi va toʻqimalarning nekroziga olib kelishi mumkin.

Doksorubitsinni bir necha minut davomida bolyus koʻrinishida, bir soatgacha vaqt davomida qisqa muddatli infuziya yoʻli bilan yoki uzuluksiz infuziya yoʻli bilan 24 soat davomida yuborish mumkin. Toʻgʻridan-toʻgʻri vena ichiga inyeksiya ekstravazatsiya xavfi tufayli tavsiya etilmaydi, u igna bilan teshilgandan keyin xatto qonni muvofiq orqaga oqishi boʻlganida ham yuz berishi mumkin.

Doksorubitsinni mushak ichiga, teri ostiga, peroral yoki intratekal yuborish MUMKIN EMAS.

Vena ichiga yuborish:

Doza odatda tana yuzasining maydoniga (mg/m2) xisoblanadi. Doksorubitsinni yuborishda dozalash tartibi kasallikning shakliga (katta oʻsmalar yoki oʻtkir leykoz), davolashning aniq tartiblarida (monoterapiyada yoki boshqa sitostatiklar bilan majmuada, yoki majmuaviy davolash chegaralarida, u ximioterapiyani, operativ aralashuvni, nurli davolashni va gormonal davolashni oʻz ichiga oladi) uni ishlatishga qarab oʻzgarishi mumkin.

Monoterapiya:

Tavsiya etilgan doza tana yuzasi maydoniga 60-75 mg/m2 ni tashkil qiladi vena ichiga yoki boʻlingan dozalar bilan 2-3 kun ketma-ket, ular 21 kunlik intervallar bilan vena ichiga yuboriladi. Dozalash tartibi va dozani protokol tavsiyalarining xisobi bilan toʻgʻirlash mumkin. Batafsil maʼlumot olish uchun joriy protokollarga qarang.

Majmuaviy davolash:

Agarda doksorubitsin gidroxloridi boshqa sitostatiklar bilan yuborilsa, unda doza
30-60 mg/m2 gacha 3-4 xaftada bir martaga kamaytirilishi mumkin.

Maksimal kumulyativ doza:

Patsiyent tomonidan olingan maksimal umumiy dozani tana yuzasi maydoniga 450-550 mg/m2 dan oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yigʻindi dozani xisoblashda, ishlatilgan daunorubitsin kabi yaqin preparatlarni xisobga olish kerak.

Koʻks oraligʻi va/yoki yurak soxasiga nurli davolash olgan, alkillovchi preparatlar bilan davolangan yondosh yurak-qon tomir kasalliklari boʻlgan patsiyentlar, va yuqori xavfi (masalan, 5 yildan ortiq davom etuvchi arterial gipertenziyali bemorlar, anamnezida koronar tomirlar, klapanlarning shikastlanishlari yoki miokard infarkti boʻlgan patsiyentlar, shuningdek 70 yoshdan oshgan patsiyentlar) boʻlgan patsiyentlar, 400 mg/m2 maksimal umumiy dozani oshirmasliklari kerak va bu patsiyentlarning koronar faoliyatini nazorat qilish kerak.

Alohida gurux patsiyentlari:

Immun tanqisligi boʻlgan patsiyentlar:

Immuniteti susaygan patsiyentlarni davolashda doza pasaytirilgan boʻlishi kerak. Muqobil doza xaftada tana yuzasi maydoniga 15-20 mg/m2 ni tashkil qiladi.

Jigar faoliyatining buzilishi boʻlgan patsiyentlar:

Jigar faoliyati pasaygan xolda doza quyidagi jadvalga muvofiq pasaytirilgan boʻlishi kerak:

Bilirubinning zardob darajasi

Tavsiya etilgan doza

20–50 mkmol/l

odatdagi dozaning ½

> 50–85 mkmol/l

odatdagi dozaning ¼

Jigarning ogʻir disfunksiyasi boʻlgan patsiyentlarda doksorubitsinni qoʻllash mumkin emas.

Buyrak faoliyatining buzilishi boʻlgan patsiyentlar:

Buyrak yetishmovchiligi (SKF 10 ml/minutdan kamroq) boʻlgan patsiyentlarga rejalashtirilgan dozadan 75% buyurish kerak.

Yurak faoliyatining buzilishlarini xavfi boʻlgan patsiyentlar:

Agarda patsiyentda yurak toksikligining xavfi oshgan boʻlsa, inyeksiya oʻrniga 24 soatlik uzuluksiz infuziya koʻrinishida bir martalik dozani yuborish imkoniyatini koʻrish kerak. Bu usul terapevtik samaradorligini pasayishisiz yurak toksikligi tez-tezligini pasaytiradi. Bu patsiyentlarda chiqarib tashlash fraksiyasini xar bir davolash kursi oldidan aniqlash kerak.

Suyak koʻmigining zaxiralari cheklangan patsiyentlar:

Anamnezida miyelosupressiv preparatlar bilan davolash aniqlangan patsiyentlarda doza pasaytirilgan boʻlishi kerak. Bunday patsiyentlarda suyak koʻmigining zaxirasi yetarlicha boʻlmaydi.

Semiz patsiyentlar:

Semiz patsiyentlarda boshlangʻich dozani kamaytirish yoki dozalash intervalini oshirish masalasini koʻrish kerak.

Keksa patsiyentlar (65 yoshdan oshgan):

Keksa patsiyentlarda dozani pasaytirish mumkin.

Bolalar:

Doksorubitsin bolalarda qoʻllanganida kardiotoksiklikning ahamiyatli xavfini xisobga olib, patsiyentning yoshiga qarab, maʼlum yigʻind maksimal dozaga rioya qilish kerak. Bolalarda (12 yoshgacha) maksimal yigʻindi faol doza 300 mg/m2 ni, oʻsimrlarda esa (12 va undan katta yoshli) maksimal yigʻindi doza 450 mg/m2 ni tashkil qiladi. Kichik bolalarda maksimal yigʻindi doza xozircha aniqlangan emas; lekin bunday patsiyentlarda oʻzlashtirilishi ahamiyatli past.

Bolalarda doza kamaytirilgan boʻlishi kerak, chunki ular kardiotoksiklikning yuqoriroq xavfiga, ayniqsa kechiktirilganga ega boʻladilar. Miyelotoksiklikni davolash boshlanganidan keyingi 10-14-nchi kunlari qonning shaklli elementlarining qiymatlarini minimal darajalari bilan kutish mumkin. Batafsilroq maʼlumot olish uchun joriy protokollar va maxsus adabiyotga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Qovuq ichiga yuborish:

Transuretrtal rezeksiyadan (TUR) keyingi qaytalanishlarni oldini olish maqsadida qovuq rakining yuzaki rakini davolash uchun, doksorubitsinni qovuq ichiga yuborish mumkin. Qovuqning yuzaki rakini qovuq ichki davolashda tavsiya etiladigan doza instillyatsiya yoʻli bilan 25-50 ml fiziologik eritmadagi 30-50 mg ni tashkil qiladi. Eritma qovuqda 1-2 soat davomida qolishi kerak. Shu vaqt davomida patsiyentni xar 15 minutda 90° aylantirish kerak. Siydik bilan suyilishini oldini olish uchun, patsiyent instillyatsiya oldidan 12 soat davomida suyuqlik ichmasligi kerak, bu taxminan 50 ml/soatgacha siydik ishlab chiqarilishini kamaytirish imkoniyatini beradi. Muolajaning maqsadiga qarab – profilaktik yoki terapevtik – instillyatsiyani 1 xaftadan to 1 oygacha interval bilan takrorlash mumkin.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Doksorubitsin bilan davolash koʻpincha nohush samaralar chaqiradi, ulardan bir qismi yetarlicha jiddiylarga kiradi va patsiyentni sinchiklab kuzatish kerakligini koʻrsatadi. Nohush samaralarining tez-tezligi va turi yuborish tezligi va dozaga bogʻliq. Suyak koʻmigi faoliyatining bostirilishi dozani oʻtkir cheklovchi nohush samarasi xisoblanadi, lekin u odatda oʻtkinchi xarakterga ega.

Doksorubitsin chaqirgan suyak koʻmigi uchun ogʻir toksiklik / gematologik toksiklikning klinik asoratlari isitma, infeksiyalar, sepsis/septitsemiya, septik shok, qon ketishi, toʻqimalarning gipoksiyasi va oʻlimni oʻz ichiga oladi.

Koʻngil aynishi, qusish, shuningdek alopetsiya deyarli barcha patsiyentlarda kuzatiladi.

Qovuq ichiga yuborish quyidagi nohush samaralarni chaqirishi mumkin: gematuriya, qovuq va siydik chiqarish yoʻllarining taʼsirlanishi, stranguriya va pollakiuriya. Bu reaksiyalar, odatda, oʻrtacha ogʻirlikda boʻladi va uzoq davom etmaydi.

Doksorubitsinni qovuq ichiga yuborish baʼzida gemorragik sistit chaqirishi mumkin. Bu qovuqning xajmini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Ekstravazatsiya jiddiy gipodermitga, vezikulyatsiyaga, tromboflebitga, limfangitga va maxalliy toʻqimalarning nekroziga olib kelishi mumkin, bu operativ aralashuvni, shu jumladan teri transplantatsiyasini talab qilishi mumkin.

Nojoʻya samaralari quyida aʼzolar tizimi sinflari va mutloq tez-tezligi boʻyicha ) barcha aniqlangan koʻrinishlar) berilgan. Tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi:

Juda tez-tez (≥1/10)

Tez-tez (≥1/100 – ≤1/10)

Tez-tez emas (≥1/1000 – ≤1/100)

Kam (≥1/10000 – ≤1/1000)

Juda kam (≤1/10000)

Nomaʼlum (mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida baxolash mumkin emas).

 

    Juda

  tez-tez

  Tez-tez

  Tez-tez

    emas

    Kam

Juda kam

Nomaʼlum

Infeksiyalar va invaziyalar

 

 

Sepsis, septitsemiya

 

 

 

Yaxshi sifat

li, yomon si-

fatli va tas-

niflanmagan

oʻsmalar

 

 

Oʻtkir lim-

foblast

leykoz, oʻtkir miye-loblast leykoz

 

 

 

Qon va lim-

fatik tizi-mi tomoni-dan buzilish-

lar

Miyelosup-ressiya, leykopeniya

neytropn-

niya, feb-ril neytro

neniyani xam qoʻshib*

 

 

 

 

 

Immun tizi-

mi tomoni-

dan oʻzgarish-

lar

 

 

 

Qovoqlar va tilni-

ng Kvinke

shishi, u nafasni buzadi

 

Anafilak-

tik shok

Metabolizm va ovqatlan-

ishning bu-

zilishlari

 

 

 

 

Giperuri-

kemiya

 

Koʻrish aʼzo-

ari tomo-

nian buzi-

lishlar

 

 

 

 

 

Konʼyunk-

tivit/ke-

ratit, koʻz

yoshini koʻp

oqishi

Yurak tomon-

nidan buzi-

lishlar

Kardiotok-

siklik**

Xayot uchun xavli dimlan-gan (di-latatsion)

kardio-

miopatiya

(550 mg/m2

yigʻindi

dozadan keyin, si-

nusli ta-

xikardiya, qorincha-

li taxi-

kardiya, taxiarit-

miya, qor-

incha ust-

ki va qo-

rincha ekstrasis

toliyasi, bradikar-

diya, arit-

miyalar.

Chap qor-incha chi-qarib ta-shlash fraksiya-sini sim-

ptomsiz pasayishi

 

EKG da

nospetsi-fik oʻzga-

rishlar

(ST oʻzga-

rishlari, past am-

plituda,

QT ni katta in-tervalla-

ri).

Xayot uchun xav-

li arit-miyalar,

chap qo-rinchani

oʻtkir yetishmov-

chiligi, perikar-

dit, fa-

tal peri-kardit-miokar-ditning

sindro-

mining

yakka xol-lari.

Atrio-

ventri-

kulyar blokada,

Gis tuta-

mining blokada-

si

 

 

Tomirlar to-

monidan bu-

zilishlar

Trombo-

Flebit

Qon keti-shi, flebit

 

 

Trombo-

emboliya

Shok

Nafas aʼzo-

lari, koʻkrak

qafasi va

koʻks oraligʻi

aʼzolari to-

monidan bu-

zilishlar

 

 

 

 

 

Bronxo-

spazm

Meʼda-ichak

yoʻllari to-

monidan bu-

zilishlar

Meʼda-ichak yoʻl-lari tomo-

nidan shi-

koyatlar***

diareya, koʻngil ay-

nishi, shi-

liq qavat-

larning yalligʻlan-

ishi, sto-

matit, ezo-

fagit

Anorek-

siya

Meʼda-

ichak qon ketishlari, qorin ogʻ-

rigʻi, katta

qon quyi-

lishlar va

ogʻir in-feksiyalar

bilan yoʻ-gʻon ichak

nekrozi

 

Meʼdani-

ng ero-

ziyasi/

yarasi,

shilliq

qavatlar-

ning yara-

lanishi

(ogʻiz, to-

moq, qi-

zil oʻngach,

meʼda-

ichak yoʻl-

larining)

Ogʻiz boʻsh-

ligʻi shi-

lliq qa-vatining

giperpig-

menta-siyasi

 

 

Jigar va oʻt-

safro chiqa-

rish yoʻllari

tomonidan

buzilishlar

 

 

 

 

 

Gepato-

toksiklik

(baʼzida

sirrozga

tendensi-

yali); ji-gar fer-mentlari

faolligi-ni oʻtkin-

chi oshishi

Teri va teri

osti yogʻ klet-

chatkasi to-

monidan oʻz-

garishlar

Alopetsiya

(dozaga bogʻliq va koʻpchilik xollarda

qaytuvchi),

qizarish, yorugʻlikka

chezuvchan-

lik

Nurlan-tirilgan

soxalar-da oʻta yuqori

sezuvchan-

likning

maxalliy

reaksiyasi

(ilgari nurlanti-

rilgan

soxada

maxalliy

yalligʻla-

nish re-

aksiyasi

 

Eshakemi

ekzante-

ma, teri

va tir-

noqlar-

ning gi-

perpig-

menta-

siyasi,

onixoli-

zis, eks-

travaza-siya (ogʻir

gipoder-

mitga, pufak-

lar xo-

sil boʻ-lishiga,

trombo-

flebitga

limfan-

gitga va

toʻqima-

larning

maxal-liy nek- roziga

olib ke-

lishi

mumkin

Akral

eritema,

pufak-

lar xosil

boʻlishi,

qoʻl-oyoq

kaftlari

eritro-

dizeste-

ziyasi sin-

dromi

Aktinik

keratoz

Skelet-mu-

shak tizimi

va birikti-

ruvchi toʻqi-

ma tomoni-

dan buzi-

lishlar

 

 

 

 

 

Artralgiya,

yoyilgan

mushak kuch

sizligi

Buyraklar va

siydik chi-

qarish yoʻl-lari tomoni-

dan buzi-

lishlar

Siydikni

qizarishi

Siyishni

buzilishi

qovuq

ichiga

yuboril-

gandan

keyingi

kimyoviy

sistit

(dizuriya

simptom-

lari bi-

lan, ma-

salan,

qovuqni

taʼsirla-

nishi,

uretrani

taʼsirla-

nishi, dizuriya,

strangu-riya, pol-

lakiuriya,

gematu-riya qovuq

ning spazmlari,

gemorra-

gik sistit)

 

 

Oʻtkir buyrak

yetishmov-

chiligi

(aloxida

xollari),

giperuri-

kemiya va,

oqibati

sifatida,

oʻsmaning

katta li-

zisi tu-

fayli

siydik-nordon

nefropa-

tiya

 

Jinsiy aʼ-zolar va sut

bezi tomoni-dan buzi-

lishlar

 

 

 

 

 

Amenoreya,

Oqib

Kelishlar,

Oligosper

miya, azo-

spermiya

Umumiy bu-

zilishlar va

yuborish jo-

yidagi buzi-

lishlar

Febrili-

tet

 

Suvsizla-

nish

Etni

uvishishi

bosh ay-

lanishi, yuborish

joyida

reaksiya

(vena yoʻ-

nalishi

boʻyicha

maxal-liy eri-

tematoz

reaksiya-

lar, ogʻ-

riq, fle-

bit, fle-

boskle-roz

 

 

Xirurgik va

tibbiy

muolajalar

 

 

 

 

 

Doksoru-

bitsin yuboril-

gandan ke-

yin oʻtib

ketgan ra-

diatsion

shikastla-

nishlar

(teri, oʻpka

qizil oʻn-

gach, meʼda

shilliq

qavati, yurak) yana

paydo

boʻlishi

mumkin

*Miyelosupressiya dozani cheklovchi noxush samaralaridan biri boʻlib, juda jiddiy xarakterga ega boʻlishi mumkin. U asosan leykotsitlar sonining pasayishi koʻrinishida namoyon boʻladi, Leykopeniya suyak koʻmigining muvofiq zaxiralari boʻlgan, 21 kunda 1 marta 60 mg/m2 olayotgan 75% patsiyentlarda kuzatiladi. Shuningdek trombotsitopeniya, neytropeniya va anemiya xam aniqlangan, lekin ular unchalik tez-tez rivojlanmaydi. Superinfeksiya (juda tez-tez) va qon quyilishlar,suyak koʻmigining faoliyatini bostirilishi tufayli oʻsha darajada kuzatilgan. Miyelosupressiya odatda doksorubitsin yuborilganidan keyin 10-14 kunlar oʻtgach choʻqqisiga yetadi va koʻpchilik xollarda 21-28 kunlari oʻtadi. Trombotsitopeniya yoki anemiya rivojlangan xolda ular, odatda, oʻsha vaqtda oʻtib ketadi, lekin, odatda, kamroq jiddiy xarakterga ega.

**Doksorubitsin kardiotoksikdir. Koʻks oraligʻiga radioterapiya vaqtida yoki keyin, potensial kardiotoksik vositalar (antratsiklinlar, siklofosfamid kabi) oldingi davolashdan keyin va keksa patsiyentlarda (60 va katta yoshli) kardiologik noxush samaralarining xavfi oshadi.

Doksorubitsinning kardiotoksik samarasi ikki shaklga ega boʻlishi mumkin:

Oʻtkir shakli

Oʻtkir nohush samaralari odatda davolash boshlanganidan keyin 24-48 soat oʻtgach kuzatiladi, dozaga bogʻliq emas va quyidagi simptomlar bilan xarakterlanadi: oʻtkinchi aritmiyalar (tez-tez), ayniqsa sinusli taxikardiya (tez-tez) va qorincha ustki va qorincha ekstrasistoliyalari. Ular (juda tez-tez) EKG dagi nospetsifik oʻzgarishlar (ST ni oʻzgarishlari, amplitudani pasayishi va QT intervalini uzayishi) bilan xarakterlanadi.

Bu oʻzgarishlar odatda qaytuvchi va ularni paydo boʻlishi doksorubitsinni qayta qoʻllash uchun qarshi koʻrsatma xisoblanmaydi. Lekin xayotga xavf soluvchi aritmiyalar doksorubitsinni yuborish vaqtida yoki yuborilganidan keyin bir necha soat oʻtgach rivojlanishi mumkin. Alohida xollarda chap qorinchani yurak yetishmovchiligi, perikardit yoki perikardit-miokarditning letal sindromi xaqida xabar berilgan.

Sekinlashgan tur shakli

Sekinlashgan tur shaklidagi noxush samaralar organotoksiklikning  yigʻindi dozaga bogʻliqligi koʻrinishida namoyon boʻladi, u, odatda, qaytmas, koʻpincha esa, xayotga xavf soluvchi xarakterga ega boʻladi. Nohush samaralari koʻpincha chap qorincha yetishmovchiligining belgilari bilan dimlangan (dilatatsion) kardiomiopatiya koʻrinishida davolash yakunlangandan keyin bir necha oylar davomida namoyon boʻladi. Kardiotoksiklik davolash tugaganidan keyin bir necha yil oʻtgach birinchi marta namoyon boʻlishi mumkin. Uning tez-tezligi yigʻindi umumiy doza oshishi bilan kuchayadi. ***Doksorubitsinning emetogen potensiali yuqori. Taxminan 80% patsiyentlarda nisbatan ogʻir koʻngil aynishi va qusish na faqat davolashning birinchi kuni, balki kechroq ham paydo

boʻladi.

Doksorubitsin qovuq ichiga yuborilganidan keyin tizimli reaksiyalarning yakka xollari, burun shilliq qavatining shishi, taxipnoe va xansirashni ham qoʻshib, aniqlangan.

Oʻlimli asoratlar bilan radiatsion pnevmonit doksorubitsinni metotreksat va siklofosfamid bilan tizimli majmuaviy ximioterapiyasini tekshirishlarida kuzatilgan. Agarda xansirash rivojlansa, bunga antratsiklinlar chaqirgan miokardning shikastlanishlarini belgisi sifatida qarash kerak.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar

Doksorubitsinga, boshqa antratsiklinlarga yoki antratsendionlarga yoki 6.1 boʻlimda sanab oʻtilgan yordamchi moddalardan xar qandayiga yuqori sezuvchanlik.

Vena ichiga yuborishga qarshi koʻrsatmalar:

  • yaqqol davom etayotgan miyelosupressiya va/yoki oldingi sitotoksik davolash va/yoki nurlantirish chaqirgan ogʻir stomatit (shu jumladan qon ketishining yuqori xavfi boʻlgan patsiyentlardagi);
  • 4-nchi darajali yurak yetishmovchiligi;
  • oʻtkir tizimli infeksiya;
  • jigar faoliyatining ogʻir buzilishlari;
  • gemodinamikaga taʼsir qiluvchi ogʻir aritmiyalar, yurak faoliyatining buzilishlari, anamnezdagi miokard infarkti, yurakning oʻtkir yalligʻlanishli kasalliklari;
  • gemorragik diatez;
  • ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining yalligʻlanishi; emizish.

Qovuq ichiga yuborishga qarshi koʻrsatmalar:

  • qovuqqa oʻsib kiruvchi invaziv oʻsmalar (T1 va yuqori);
  • siydik yoʻllarining infeksiyalari;
  • qovuqning yalligʻlanishi;
  • qovuqni kateterizatsiya qilishni mumkin emasligi;
  • gematuriya;
  • emizishda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Doksorubitsin bilan bogʻliq boʻlgan kardiotoksiklik, boshqa antratsiklinlarni yoki boshqa potensial kardiotoksik dori vositalarini (masalan, 5-ftoruratsil, siklofosfamid yoki paklitaksel) yoki yurak faoliyatiga taʼsir qiluvchi dori preparatlarini (masalan, kalsiy kanallarining blokatorlari) ilgari olgan yoki xozirgi vaqtda yondosh davolashda olayotgan patsiyentlarda kuchayadi. Agarda doksorubitsin yuqorida koʻrsatilgan dori vositalari bilan birga qoʻllansa, yurak faoliyatini sinchiklab nazorat qilish kerak.

Trastuzumabni antratsiklinlar (masalan, doksorubitsin) bilan majmuada ishlatish, kardiotoksiklikning yuqori xavfi bilan bogʻliq.

Trastuzumab bilan davolash toʻxtatilganidan keyin shifokorlar iloji boricha 24 xafta davomida antratsiklinlar asosidagi davolashni ishlatishdan saqlanishlari kerak.

Antratsiklinlar qoʻllanganida patsiyentning yurak faoliyati sinchiklab nazorat qilinishi kerak. Antratsiklinlar va trastuzumabni bir vaqtda ishlatish, yurak faoliyatini nazorati bilan qatʼiy tahlillanuvchi klinik tekshirishlar bilan cheklangan boʻlishi kerak. Ilgari antratsiklinlarni olgan patsiyentlar uchun, trastuzumab bilan davolash kardiotoksiklik xavfini tugʻdiradi, lekin bu xavf, trastuzumab va antratsiklinlar bir vaqtda qoʻllangandagiga qaraganda past.

Suyak koʻmigining faoliyatiga taʼsir qiluvchi dorilar (masalan, sitostatiklar, sulfanilamidlar, xloramfenikol, fenitoin, amidopirin homilalari, antiretrovirusli preparatlar) bilan oldingi davolash, jiddiy gemopoetik buzilishlarga olib kelishi mumkin. Zarurati boʻlganda doksorubiinning dozasi oʻzgartirilishi kerak. Doksorubitsin bilan davolashning toksik samaralari boshqa sitostatiklar (masalan, sitarabin, sisplatin, siklofosfamid) bilan majmuaviy davolashda kuchayishi mumkin.

Doksorubitsinni amfoteritsin bilan qoʻshib yuborishdan saqlanish kerak, chunki bu yaqqol neyrotoksiklikka olib kelishi mumkin.

Doksorubitsin va ritonavir qoʻshib yuborilganida zardobda doksorubitsinning darajasini oshishi aniqlangan.

Doksorubitsinning gepatotoksikligi boshqa gepatotoksik vositalar (masalan,6-merkaptopurin) bilan qoʻllanganda kuchayishi mumkin.

Barbituratlar doksorubitsinning plazma klirensining tezlashishini chaqirish qobiliyatiga ega.

Siydik kislotasining chiqarilishini pasaytiruvchi dori vositalarini (masalan, sulfonamidlar va ayrim diuretiklar) bir vaqtda qoʻllash, giperurikemiyaga olib kelishi mumkin.

Siklosporin bilan qoʻshilganda, doksorubitsin gidroxloridining dozasini toʻgʻirlash talab etilishi mumkin. Siklosporin bilan birga qoʻllanganida doksorubitsinning klirensi deyarli 50% ga pasayadi. Doksorubitsinning AUC 55% ga, doksorubitsinolning AUC esa 350% ga oshadi. Ushbu majmua uchun dozani 40% ga pasaytirish tavsiya etiladi. Verapamilga oʻxshab, siklosporin CYP3A4 va R-glikoproteinni ingibitsiya qiladi; shu bilan oʻzaro taʼsirni va u bilan bogʻliq boʻlgan noxush samaralarni tushuntirish mumkin.

Sitoxrom R-450 ingibitorlari (masalan, simetidin) ham mumkin, extimol, siklosporin taʼsir qilishi taxmin qilingan mexanizmlarga oʻxshashlar orqali doksorubitsinning plazma klirensini pasaytiradi va AUC ni oshiradi; shuning uchun sitoxrom R-450ingibitorlari noxush samaralarini kuchaytirish qobiliyatiga ega. Va aksincha, R-450 sitoxrom induktorlari (masalan, fenobarbital va rifampitsin) doksorubitsinning plazmadagi darajalarini oshiradi va, demak, uning samaradorligini kamaytirishi mumkin.

Doksorubitsin ahamiyatli darajada nurlantirishga sezuvchanlikni oshiradi (“radiosensibilizatsiya qiluvchi modda”) va ilgari nurlantirilgan soxada xayot uchun xavf tugʻdiruvchi maxalliy yalligʻlanish reaksiyalarni chaqirish qobiliyatiga ega. Radioterapiyaning xar bir oldingi, yondosh yoki keyingi xoli, doksorubitsinning kardiotoksikligi yoki gepatotoksikligini oshirishi mumkin. Bu shuningdek kardiotoksik yoki gepatotoksik dori vositalarini qoʻllash bilan yondosh davolashga xam bogʻliq. Agarda doksorubitsin bilan davolashdan keyin siklofosfamidni yuborish kerak boʻlsa, bu na faqat kardiotoksiklikni oshirishi, balki gemorragik sistitni yomonlashtirishi ham mumkin.

Agarda paklitaksel doksorubitsindan oldin yuborilsa, bu doksorubitsinning va/yoki uning metabolitlarining plazmadagi konsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Agarda antratsiklin paklitakselgacha yuborilsa, bu samara cheklanganroq xarakterga ega ekanligiga dalolat beruvchi maʼlumotlar bor.

Doksorubitsin bilan davolash, qon zardobida siydik kislotasining darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning munosabati bilan siydik kislotasining darajasini pasaytiruvchi dori vositalari bilan dozani toʻgʻirlash talab qilinishi mumkin.

Doksorubitsin shuningdek digoksinning peroral biokiraolishini kamaytirish qobiliyatiga ega.

Doksorubitsin gidroxloridi bilan bir vaqtda qoʻllangandan keyin tutqanoqqa qarshi dori vositalarining (karbamazepin, fenitoin, valproat kabi) soʻrilishi pasayadi.

Doksorubitsin gidroxloridi bilan davolanish vaqtida patsiyentlarga faol vaksinalarni qoʻllash bilan vaksinatsiya qilinishiga ruxsat berilmaydi, ular shuningdek poliomiyelitga qarshi yaqinda vaksinatsiyalangan shaxslar bilan muloqatdan saqlanishlari kerak.

Doksorubitsin geparin va 5-ftoruratsil bilan bogʻlanadi. Shuning uchun ikkala moddalarning pretsipitatsiyasi va samaradorligini yoʻqolishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

 

Umumiy maʼlumotlar

Doksorubitsinni sitostatiklar bilan davolash tajribasiga ega boʻlgan malakali shifokor kuzatuvi ostida yuborish kerak. Bundan tashqari, patsiyent sinchkov kuzatuv ostida boʻlishi va davolanish vaqtida tez-tez tekshirilishi kerak.

Mumkin boʻlgan klinik asoratlarga, ayniqsa keksa patsiyentlardagi, yurak kasalligi yoki anamnezida suyak koʻmigi faoliyatini bostirilishi boʻlgan, shuningdek ilgari antratsiklinlarni olgan yoki koʻks oraligʻi soxasiga radiatsion davolash olgan patsiyentlarda sinchkov monitoring oʻtkazilishi kerak.

Keyingi monitoring doksorubitsin bilan davolashgacha yoki davolash vaqtida tavsiya etiladi (bu tekshirishlarning tez-tezligi patsiyentning xolati, doza va yoʻldosh davolashga bogʻliq):

  • koʻkrak qafasi aʼzolarining rentgenografiyasi, shuningdek EKG;
  • yurak faoliyatini muntazam monitoringi (chap qorinchaning chiqarib tashlash fraksiyasi, masalan, EKG, UZI va radionuklid angiografiya orqali);
  • shilliq qavatining oʻzgarishlariga ogʻiz boʻshligʻi va tomoqni xar kungi koʻrigi;
  • qon tahlillari: gematokrit, trombotsitlar, leykotsitar formula, ALT, AST, LDG, bilirubi, siydik kislotasi.

Anamnezida V yoki S gepatiti boʻlgan patsiyentlarda (zarurati boʻlganida antitelalarga testlar bilan tasdiqlanadi) jigar faoliyatining koʻrsatgichlari davolash vaqtida va keyin nazorat qilinishi kerak. Bundan tashqari, kasallikni qayta faollashishi mumkinligi istisno etilmaydi.

Doksorubitsinni mushak ichiga, teri ostiga, peroral yoki intratekal yuborish mumkin emas.

Patsiyent preparat yuborilganidan keyin siydik qizil rangli boʻlib qolishi mumkinligi xaqida xabardor qilingan boʻlishi kerak.

Koʻngil aynishi, qusish va shilliq qavatining yalligʻlanishi koʻpincha oʻta ogʻir shaklda rivojlanishi mumkin; ularni tegishli tarzda davolash kerak.

Kardiotoksiklik:

Agarda maksimal yigʻindi doza oshirilgan boʻlsa (kattalarda – tana yuzasi maydoniga 550 mg/m2, koʻkrak qafasi soxasiga oldingi radioterapiya xollarida yoki tana yuzasi maydoniga 400 mg/m2 dozada yondosh davolash davomida), antratsiklinlar chaqirgan kardiomiopatiyaning tez-tezligi, xatto xavf omillari boʻlmaganda ham oshadi. Alohida xollarda kardiotoksiklik ancha kamroq dozalar qoʻllanganida ham kuzatilgan. Tana yuzasi maydoniga 550 mg/m2 yigʻindi doza olinganidan keyin patsiyentlar yurak yetishmovchiligi rivojlanishini taxminan 5%-li xavfiga duchor boʻladilar.

Agarda preparat qoʻshimcha radioterapiya olayotgan bolalarda qoʻllanayotgan boʻlsa, yigʻindi doza eʼtiborga olinishi kerak, ular butun xayotlari davomida faqat past yigʻindi dozani oʻzlashtiraoladilar. Yosh vaqtda davolashni boshlash va agressiv yondosh davolashni qoʻllash qorinchalar disfunksiyasi, yurak yetishmovchiligi va/yoki kechkiroq bosqichlarida aritmiyalar bilan, ayniqsa xayot uchun xavfli kardiotoksiklik rivojlanishini yuqori xavfiga olib keladi. Oʻgʻil bolalar bilan solishtirganda, qiz bolalar, doksorubitsin bilan davolashdan keyin kardiotoksiklikning kechikib boshlanishiga ayniqsa moyilroq boʻladilar.

2 yoshgacha boʻlgan bolalarni va ilgari kardiologik davolash (yurak ishemik kasalligi, yurak yetishmovchiligi boʻyicha) olgan patsiyentlar yoki gipertermiya usuli bilan ilgari davolash olgan yoki oladigan patsiyentlarni davolashda alohida eʼtibor berilishi kerak.

Doksorubitsin bilan ximioterapiyagacha, ximioterapiya vaqtida va keyin yurak faoliyatini EKG, exokardiografiya va radionuklid ventrikulografiya usullari bilan nazorat qilish kerak.

Miyelosupressiya:

Ogʻir miyelosupressiya boʻlganida doksorubitsinni buyurish mumkin emas. Dozani pasaytirish yoki yuborishni kechiktirish talab etiladi.

Ogʻir infeksiyalar va/yoki qon ketishlarni tez va samarali davolashni taʼminlash uchun extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Mavjud boʻlgan infeksiyani davolashni doksorubitsin bilan davolashni boshlashgacha oʻtkazish kerak.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar:

Qusishni oldini olish tavsiya etiladi.

Izox: yalligʻlanish, yara yoki diareya xolida doksorubitsinni qoʻllash mumkin emas.

Qon koʻrsatgichlarining monitoringi:

Davolashning xar bir sikli oldidan leykotsitlar, eritrotsitlar va trombotsitlarning darajalarini aniqlash bilan qonning umumiy va keng tahlilini oʻtkazish kerak. Doksorubitsin gidroxloridi suyak koʻmigi faoliyatini bostirilishini chaqiradi, bu birinchi navbatda leykotsitlar darajasiga taʼsir qiladi va sinchkov gematologik monitoringni talab etadi, chunki ogʻir miyelosupressiya superinfeksiyalar va qon ketishlarga olib kelishi mumkin. Katta oʻsmalarni davolash uchun tavsiya etiladigan dozalarda jiddiy leykopeniya rivojlanishi mumkin. Doksorubitsin gidroxloridi bilan davolash vaqtida leykotsitlarning darajasi va pastgacha tushib ketishi mumkin. Davolashdan keyin 10-14 kunlar oʻtgach leykopeniya eng yaqqol ifodalanadi, va leykotsitlarning darajasi normal qiymatlarga 21-nchi kuni qaytadi. Agarda koʻp yadroli granulotsitlarning miqdori 2000/mm3 dan kamroqni tashkil qilsa, shifokor davolashni boshlamaslik yoki toʻxtatishni qaror qilishi mumkin. Vaziyatlarga qarab, oʻtkir leykozni davolashda bu kattalik kamaytirilishi mumkin. Bundan tashqari, ikkilamchi leykoz xavfi tufayli, onkologik preparatlar bilan davolashdan keyin, muntazam gematologik nazorat kerak. Oʻtkir leykozning remissiyasiga, agarda u erta bosqichida tashxislansa va ximioterapiyaning muvofiq tartibi qoʻllansa erishilish mumkin.

Yurak faoliyatining monitoringi:

Antratsiklinlar chaqirgan kardiomiopatiyaning yigʻilgan dozaga bogʻliq rivojlanishining maʼlum xavfi mavjud. Shuning uchun, yigʻindi doza 450-550 mg/m2 dan oshmasligi kerak. Bu qiymatlardan yuqori dozalarda, yurak yetishmovchiligi rivojlanishining xavfi oshadi. Doksorubitsin tomonidan induksiyalangan kardiotoksiklik odatda davolash vaqtida yoki davolash tugatilganidan keyin ikki oylar davomida mavjud boʻladi; lekin asoratlar rivojlanishini davolashdan keyin bir necha oylardan to bir necha yillargacha muddatga kechikishi xaqida xabarlar bor. Shuning uchun yurak faoliyati davolashni boshlashgacha va butun davolash davomida sinchiklab nazorat qilinishi kerak. Davolashning xar bir sikligacha va keyin EKG qilish  tavsiya etiladi.

Tishi amplitudasini pasayishi, salbiy T tishi, ST segmentini pasayishi yoki aritmiya kabi EKG dagi oʻzgarishlar, odatda, oʻtkir yoki oʻtkinchi (qaytuvchi) toksik samaralarini koʻrsatadi; ular doksorubitsin bilan davolashni toʻxtatish uchun koʻrsatmalar xisoblanmaydi. Lekin QRS kompleksini pasayishi va sistolik intervalni oshishi, antratsiklinlar chaqirgan kardiotoksiklikni koʻrsatadi.

Kardiomiopatiyani prognozlash uchun ishlatiladigan eng yaxshi koʻrsatgich, UZI yoki yurakni ssintigrafiyasi yordamida aniqlangan chap qorinchaning chiqarib tashlash fraksiyasini  (CHQ CHTF) pasayishi xisoblanadi. CHQ CHTF aniqlash  davolashni boshlashgacha oʻtkazilishi va patsiyent olgan yigʻindi doza taxminan 100 mg/mm2 ga yetganda  xar gal yoki yurak yetishmovchiligining belgilari boʻlganida takrorlanishi kerak. CHQ CHTF ning boshlangʻich qiymatlari normal boʻlgan patsiyentlarda, odatda, mutlaq kamayish ≥10% yoki 50% dan kamroq pasayishi, yurak faoliyatini buzilishining belgisi xisoblanadi. Bunday xollarda doksorubitsin bilan davolashni davom ettirish masalasi sinchiklab tahlil qilingan boʻlishi kerak. Kadiotoksiklik xavfi ilgari perikard yoki koʻks oraligʻi soxasiga radioterapiya olgan patsiyentlarda, ilgari boshqa antratsiklinlar va/yoki antratsendionlar olgan patsiyentlarda, 70 yoshdan katta yoki 15 yoshdan kichik patsiyentlarda, yoki anamnezida yurak faoliyatining buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda oshadi. Bir patsiyentga yuborilayotgan doksorubitsinning umumiy dozasini aniqlashda, siklofosfamidning vena ichiga yuqori dozalari kabi boshqa potensial kardiotoksik preparatlarni qoʻllash bilan, koʻks oraligʻi soxasnini nurlantirish yoki daunorubitsin kabi muvofiq antratsiklinli birikmalar bilan davolash kabi barcha oldingi yoki yondosh davolashni xisobga olish kerak.

Doksorubitsinni yuborish vaqtida va yuborishdan keyin birnecha soatlar davomida ogʻir aritmiyalar rivojlanishi xaqida maʼlumotlar bor.

Oldingi  20 yil davomida doksorubitsin olgan ayollarda, homiladorlik vaqtida yurakli simptomlari xatto yurak-qon tomir noxush samaralarning belgilari butunlay boʻlmaganda ham namoyon boʻlishi mumkin. Dimlangan yurak yetishmovchiligi va oʻpka shishining xollari taʼriflangan. Ilgari doksorubitsin olgan va xozirgi vaqtda homilador boʻlgan ayollarni, yurak tomonidan noxush samaralar rivojlanishini nazorat qilish kerak

Jigar faoliyatining monitoringi:

Doksorubitsin asosan gepatobiliar tizimi orqali chiqariladi. Demak, agarda jigar faoliyati buzilgan boʻlsa yoki oʻt-safro sekretsiyasi ingibitsiya qilinsa, keyingi umumiy toksiklik bilan preparatning chiqarilishi sekinlashishi boʻlishi mumkin. Davolashgacha va davolash vaqtida jigarning faoliyatini AST, ALT, IF va bilirubinning darajasini aniqlash kabi oddiy tahlillar orqali nazorat qilish kerak, chunki dozani toʻgʻirlash talab qilinishi mumkin. Jigar faoliyatining ogʻir buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda, sarflar va doksorubitsin bilan davolash natijalarining nisbatini yuborish oldidan baxolash kerak. Ilgari koʻks oraligʻi soxasiga radioterapiya olgan patsiyentlarda, baʼzida oʻlim bilan yakunlanuvchi ogʻir gepatotoksiklik rivojlanishi mumkin.

Ikkilamchi leykoz:

Antratsiklinlarni, shu jumladan doksorubitsin olgan patsiyentlarda, baʼzida preleykemik faza bilan birga kechuvchi yoki usiz ikkilamchi leykoz aniqlanadi. Agarda preparat DNK konfiguratsiyasini oʻzgartiruvchi sitotoksik agentlar (masalan, alkillovchi moddalar, platina xosilalari), radioterapiya bilan birga qoʻllansa yoki agarda patsiyent ilgari sitostatiklar bilan jadal davolash olgan boʻlsa yokiantratsiklinlarning dozasi oshirilgan boʻlsa, koʻproq ikkilamchi leykoz rivojlanadi.

Bu xollar qisqa, 1-3 yillik latent davriga ega.

Qon zardobida siydik kislotasining miqdorini monitoringi:

Davolash vaqtida siydik kislotasining qon zardobidagi darajasi oshishi mumkin. Giperurikemiya xolida antigiperurekemik davolash qoʻllanishi kerak.

Qondagi siydik kislotasining darajasini nazorat qilish kerak. Suyuqlikni yetarli – 3 l/m2 dan kam boʻlmagan xar kungi isteʼmolini taʼminlash kerak. Zarurati boʻlganida ksantinoksidaza ingibitorlarini (allopurinol) yuborish kerak.

Buyrak faoliyatining ogʻir buzilishlari boʻlgan patsiyentlarni davolashda dozani pasaytirish talab qilinishi mumkin.

Qovuq ichiga yuborish:

Doksorubitsinni qovuq ichiga yuborish kimyoviy sistit simptomlarini (masalan, dizuriya, tez-tez siyish,stranguriya, nikturiya, gematuriya, qovuq devorining nekrozi) chaqirishi mumkin.

Qovuqni kateterizatsiyasining qiyinchiliklarida (yaʼni qovuq ichki oʻsmalarning invaziyasi chaqirgan uretra obstruksiyasida) aloxida extiyotkorlik talab qilinadi.

Qovuq boʻshligʻiga oʻsib kiruvchi oʻsmalarda (T1 dan yuqori), qovuq ichiga yuborish mumkin emas.

Qovuq boʻshligʻiga oʻsib kirgan invaziv oʻsmalarda, siydik yoʻllarining infeksiyalarida, qovuqning yalligʻlanish kasalliklarida qovuq ichiga yuborish mumkin emas.

Radioterapiya:

Agar patsiyent ilgari radioterapiya olgan boʻlsa, uni xozirgi vaqtda olayotgan boʻlsa yoki nurli terapiyani olish rejalashtirilgan boʻlsa, alohida eʼtibor kerak boʻladi. Doksarubitsin qoʻllashda bu patsiyentlar nurlantirish soxasida maxalliy reaksiyalar (ilgari nurlantirilgan soxada maxalliy yalligʻlanish reaksiyasi) rivojlanishining yuqori xavf guruxiga kiradi. Bunday bemorlarda jiddiy gepatotoksiklikni, baʼzida oʻlim bilan yakunlanishi, xaqida xabarlar bor. Koʻks oraligʻi soxasiga oldingi radioterapiya doksorubitsinning kardiotoksikligini oshiradi. Bunday bemorlarda yigʻindi doza xar qanday xolda ham 400 mg/m2 dan oshmasligi kerak.

Karsinomada ximioterapiya bilan kombinatsiyasi:

Doksorubitsin gidroxloridi xavfli oʻsmalarni davolashda ishlatiluvchi boshqa ximioterapevtik preparatlarning toksikligini oshirishi mumkin. Doksorubitsin yurak mushagi, shilliq qavatlar, teri va jigar uchun radioterapiyaning toksikligini oshiradi.

Kanserogenlik, mutagenlik va fertillikka taʼsiri:

In vitro va in vivo testlar doksorubitsinning genotoksiklikka va mutagen taʼsirga ega ekanligini koʻrsatadi.

Ayollarda doksorubitsin davolash davri davomida bepushtlik chaqirishi mumkin. Doksorubitsin amenoreya chaqirish qobiliyatiga ega. Davolash tugaganidan keyin ovulyatsiya va xayz koʻrish qayta tiklanadi; lekin muddatidan oldin menopauza boʻlishi mumkin.

Doksorubitsin mutagen taʼsirga ega va odam spermasida xromosomalarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Oligospermiya yoki azospermiya doimiy xarakterga ega boʻlishi mumkin. Shunga qaramasdan, ayrim xollarda spermaning koʻrsatgichlari normaga qaytishi xaqida maʼlumotlar bor. Bu davolash tugaganidan keyin bir necha yil oʻtgach yuz berishi mumkin. Doksorubitsin bilan davolash olayotgan erkaklar, samarali kontratseptiv vositalardan foydalanishlari kerak. Doksorubitsin olayotgan erkaklarga davolanish vaqtida va davolash tugaganidan keyin 6 oygacha bola boʻyida qilish tavsiya etilmaydi, doksorubitsin bilan davolanish natijasida qaytmas bepushtlik mumkinligi tufayli, ular spermani konservatsiyasi boʻyicha maslaxat olishlari kerak. Ayollar davolanish vaqtida va davolanishdan keyin 6 oygacha homilador boʻlmasliklari kerak.

Ekstravazatsiya:

Yuborish joyidagi achishish ahamiyatsiz ekstravazatsiyadan dalolat beradi. Ekstravazatsiya ogʻir va rivojlanib boruvchi toʻqima nekroziga olib keladi. Ekstravazatsiyaga gumon boʻlganida yoki u yuz berganda inyeksiyani toʻxtatish va boshqa venaga yuborishni boshlash kerak. Yuborilgan joyni 24 soat davomida sovutish reaksiyani yengillashtirish qobiliyatiga ega. Patsiyent bir necha xafta davomida sinchkov kuzatuv ostida boʻlishi kerak. Xirurgik aralashuv kerak boʻlishi mumkin.

 

 

Vaksinalar:

Vaksinatsiyadan saqlanish kerak. Doksorubitsin xloridi bilan davolanish vaqtida patsiyentlar poliomiyelitga qarshi yaqinda vaksinatsiyalangan shaxslar bilan muloqatda boʻlmasliklari kerak.

Boshqa:

Semiz patsiyentlarda (ideal vazndan ˃130%) doksorubitsinning tizimli klirensi pasayadi.

Doksorubitsinning ayrim yordamchi moddalari xaqida muxim maʼlumot:

Bu dori m2 tana yuzasi maydoniga taxminan 133,8 mg natriy saqlaydi. Agarda patsiyent natriyning miqdori kamaytirilgan parxez qabul qilayotgan boʻlsa, bu vaziyatni xisobga olish kerak.

Fertillik, xomiladorlik va laktatsiya

Homiladorlik:

Doksorubitsinni homiladorlik davrida buyurish kerak emas. Sitostatik preparatlar odatda, homiladorlik vaqtida faqat aniq koʻrsatmalar boʻlganda va agarda ona uchun foyda, homila uchun mumkin boʻlgan zarardan yuqori boʻlganda qoʻllanishi mumkin. Xayvonlardagi tekshirishlarda doksorubitsinni embriotoksik, fetotoksik va teratogen taʼsir koʻrsatishi koʻrsatilgan.

Erkaklar va ayollar davolanish vaqtida va davolash tugaganidan keyin 6 oygacha kontratsepsiyaning samarali vositalarini ishlatishlari kerak.

Emizish:

Doksorubitsinni ona sutiga oʻtishi koʻrsatilgan. Emizikli bola uchun xavfni istisno qilish mumkin emas. Doksorubitsinni emizikli davrda qoʻllash mumkin emasligi tufayli, doksorubitsin bilan davolanish vaqtida emizishni toʻxtatish kerak.

Fertillik:

Xayvonlardagi tekshirishlarga bagʻishlangan adabiyotlar, doksorubitsinni fertillikka taʼsir qilishini va embriotoksik, ketotoksik va teratogen samaralar ega ekanligini koʻrsatadi. Boshqa maʼlumotlar doksorubitsinni mutagen samara koʻrsatishidan dalolat beradi.

Avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsirini tekshirishlari oʻtkazilmagan. Lekin tarqalgan noxush samaralari koʻngil aynishi, qusish xisoblanadi, va patsiyentlar xaydashda va mexanizmlar bilan ishlashdagi xavf xaqida ogoxlantirilgan boʻlishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Oʻtkir intoksikatsiya 24 soat davomida, masalan, koʻkrak ogʻrigʻi, stenokardiya va miokard infarkti bilan birga kechuvchi yurak yetishmovchiligi koʻrinishida namoyon boʻlishi mumkin. Bunday xollarda kardiologning maslaxati kerak. Dozani oshirib yuborilishning boshqa belgilari jiddiy miyelosupressiyani, u odatda davolash boshlanganidan keyin 10-14 kun oʻtgach yuz beradi, va shilliq qavatlarning ogʻir yalligʻlanishini oʻz ichiga oladi. Yaqqol miyelosupressiyani davolash gospitalizatsiyani talab qiladi. Vaziyatlarga qarab, davolash periferik qonda granulotsitlar va trombotsitlar miqdorini oshirishga qaratilgan tadbirlar va antibiotikoterapiyani oʻz ichiga olishi mumkin. Patsiyentni steril palataga joylashtirish talab etilishi mumkin. Intoksikatsiya belgilari paydo boʻlganda doksorubitsinni yuborishni darxol toʻxtatish kerak. Surunkali intoksikatsiyaning belgilari avvalo kardiotoksiklikning yuqorida eslatilgan belgilari kiradi. Yurak yetishmovchiligi rivojlangan xolda kardiologning maslaxati kerak.

Doksorubitsin bilan intoksikatsiyada gemodializ koʻproq samarasiz boʻladi, chunki doksorubitsin juda katta taqsimlanish xajmiga ega, va dozaning faqat 5% buyraklar orqali chiqariladi.

Ekstravazatsiya:

Perivenoz inyeksiya maxalliy nekroz va tromboflebitga olib keladi. Ignani kiritish soxasidagi achishish perivenoz yuborish xaqida dalolat beradi.

Ekstravazatsiya xolida infuziya yoki inyeksiyani darxol toʻxtatish kerak. Igna inyeksiya joyida qisqa muddat davomida qoldirilishi, soʻngra qisqa aspiratsiyadan keyin olinishi kerak.

Ekstravazatsiya xolida deksrazoksanni vena ichiga quyishni, ekstravazatsiyadan keyin 6 soatdan kech boʻlmagan vaqtda bajarish kerak. Dozalash boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot deksrazoksan uchun “Preparatning qisqacha xarakteristikasi” da saqlanadi. Deksrazoksanga qarshi koʻrsatmalar boʻlganida 99% li dimetilsulfoksid (DMSO) ni qoʻllash tavsiya etiladi, u lokal – shikastlangan soxa maydonidan ikki marta katta maydonga qoʻyiladi (10 sm2 tana yuzasi maydoniga 4 tomchi) va bu muolaja kuniga uch marta kamida 14 kun davomida takrorlanadi. Zarurati boʻlganida nekrektomiyani bajarish kerak. Antagonistik mexanizmi tufayli DMSO qoʻllanganidan keyin, ogʻriqni kamaytirish uchun, teri soxasi sovutilishi (tomirlarni kengayishiga qarshi torayish) kerak.

Agarda patsiyent antratsiklinlar chaqirgan ekstravazatsiyani davolash uchun deksrazoksan olgan boʻlsa, unda DMSO ni qoʻllash kerak emas.

Boshqa choralar adabiyotlarda, turlicha baxolanadi, va ularning axamiyati oxirigacha aniqlanmagan.

Nomutanosiblik

Ishqoriy eritmalar bilan kontaktdan saqlanish kerak, chunki bu doksorubitsinning gidrolizini chaqiradi. Geparin va 5-ftoruratsil bilan aralashtirilmasin, chunki bu pretsipitatsiyani chaqirishi mumkin.

Doksorubitsinni 6.6 boʻlimda keltirilganlardan tashqari boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi.

 

Chiqarilish shakli

Xlorbutil rezinka tiqin va olinuvchi plastik qopqoqli alyumin qopqoqli qaxrabo rangli shisha flakonlar

Flakonlar ilova-varaqa bilan birga belgilangan karton qutiga joylangan.

Oʻramlar oʻlchami: 1 flakon x 10 mg/5 ml; 1 flakon x 50 mg/25 ml.

 

Saqlash sharoiti

Suyultirilgandan keyingi turgʻunligi

Olingan eritmani 2-8oS va xona xaroratidagi kimyoviy va fizik turgʻunligini quyidagi xarakteristikasi belgilangan:

  • 1,0 mg/ml konsentratsiyada: 28 kun,
  • 0,1 mg/ml konsentratsiyada: 4 kun.

Suyultirilgandan keyingi saqlash sharoiti

Mikrobiologik ifloslanishdan saqlanish uchun preparat darxol ishlatilishi kerak. Aks xolda saqlashning davomiyligi va sharoitlariga javobgarlik foydalanuvchida boʻladi. Suyultirgandan keyin 2 dan 8ºS xaroratda 24 soatdan ortiq saqlanmasin.

Flakondan eritmani bevosita ishlatish oldidan olish kerak.

 

Saqlashdagi maxsus extiyotkorlik choralari

Original oʻramda sovutgichda (2ºS dan 8ºS gacha xaroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Izoh: Qoʻllash oldidan xar bir flakon diqqat bilan koʻrikdan oʻtkazilishi kerak! Sovutgichda saqlanganida eritma gelsimon xolatgacha quyuqlashishi mumkin. Bunday flakonlarni xona xaroratida (15-25oS) gel belgilari yoʻqolgunicha 2 dan 4 soatgacha qoldirilishi kerak. Preparat eritmasi qoʻllanganda suyuq yoki faqat biroz qovushqoq boʻlishi kerak.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Faqat statsionar sharoitlarda qoʻllansin.

Shifokor retsepti boʻyicha beriladi.