Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Дофамин КОНЦЕНТРАЦИЯ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Дофамин КОНЦЕНТРАЦИЯ ДЛЯ ИНФУЗИИ 40мг/1мл 5мл №10

22 000 so'mdan
(1986)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
Дофамин КОНЦЕНТРАЦИЯ ДЛЯ ИНФУЗИИ 40мг/1мл 5мл №10
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi simptomlari odatda dofaminning simptomatik samaralari bilan bogʻliq.

Yuqori dozalarni qoʻllashda α- retseptorlar  β- retseptorlarning antagonistik samarasi bilan birgalikda qoʻzgʻaluvchanligi oshadi, oxirida tomirlarni toraytiruvchi samarasi kuzatiladi.

Simptomlari: Arterial bosimni keskin oshishi, taxikardiya, aritmiya, chap qorinchada diastolik bosimni oshishi, keyinchalik oʻpka shishi kuzatiladi, stenokardiya xurujlari (ayniqsa yurak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda), koʻkrakda noaniq ogʻriq, yurakni urib ketishi, koʻngil aynishi, qusish, barmoqlarni sovuq qotishi hissi, sianoz.

 Davolash. Dozani kamaytirish yoki yuborishni vaqtinchalik toʻxtatish, chunki dofaminning taʼsir davomiyligi juda qisqa. Agar ushbu choralar yetarli boʻlmasa, β –blokatorlar va nitroglitserinni qoʻllash kerak. Zarurati boʻlsa fentolmin yuboriladi.

 

Chiqarilish shakli

5 ml dan ampulada; 10 ampuladan qutida; 5 ampuladan kontur uyali oʻramda; 2 kontur uyali oʻramdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original oʻramida, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.  Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat

 

Tarkibi:

1 ml konsentrat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: dofamin gidroxloridi – 5 mg yoki 40 mg;

yordamchi moddalar: natriy metabisulfiti (Ye223), suyultirilgan xlorid kislotasi, inyeksiya uchun suv.

 

Taʼrifi:

tiniq, rangsiz yoki biroz sargʻish suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

Noglikozid kardiotonik vositalar. Adrenergik va dofaminergik preparatlar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Kimyoviy kelib chiqishiga koʻra, dofamin noradrenalin biosintezining oʻtmishdoshi boʻlib, dofamin retseptorlariga spetsifik ragʻbatlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi, katta dozalarda esa, α- va β- adrenoretseptorlarini ham ragʻbatlantiradi. Dofamin-Darnitsaning taʼsiri ostida qon tomirlarining umumiy periferik qarshiligi (QTUPQ) va sistolik arterial bosim oshadi, yurak qisqarishlari kuchayadi, yurakdan otilib chiqadigan qon hajmi oshadi. Yurak qisqarishlari soni nisbatan kam oʻzgaradi. Miokardning kislorodga boʻlgan ehtiyoji oshadi, ammo koronar qon oqimini oshishi tufayli, kislorodni olib kelinishini oshishi taʼminlanadi. Dofamin-Darnitsa buyrak qon tomirlarining qarshiligini kamaytirib, ularda qon oqimini oshiradi, buyrak kalavalari filtratsiyasini, natriyni ekskretsiyasini kuchaytiradi. Qayd etiladigan farmakologik samaralar taʼsir etuvchi moddaning qondagi konsentratsiyasiga bogʻliq. Past dozalarda (minutiga 0,5-2 mkg/kg) asosan dofamin retseptorlariga taʼsir koʻrsatadi. Mezenterial, bosh miya, koronar qon tomirlarni kengaytiradi, buyrak qon tomirlarining qarshiligini kamaytiradi, kalavalar filtratsiyasini oshiradi, diurez va organizmdan natriyni chiqarilishini kuchaytiradi.

Oʻrtacha dozalar (minutiga 2-10 mkg/kg) intervalida β1-adrenoretseptorlarni ragʻbatlantiradi, bu bilan musbat inotrop samarani chaqiradi, yurakning minutli hajmini oshiradi.

Minutiga 10 mkg/kg va undan yuqoriroq dozalarda α1-adrenoretseptorlarga kattaroq taʼsir koʻrsatadi, bu bilan TUPQ ni oshiradi, buyrak qon tomirlarini toraytiradi, arterial bosimni oshiradi, diurezni kamaytiradi.

Yuborish toʻxtatilganidan keyin samarasi koʻpi bilan 5-10 minut davom etadi.

Farmakokinetikasi

Dofamin noradrenalinning sintezini tabiiy oraliq mahsuloti boʻlganligi tufayli, uning organizmdagi farmakokinetikasini kuzatishning koʻpchilik hollarda imkoni yoʻq.

Vena ichiga yuborilganidan keyin yarim chiqarilish davri (T1/2) 5 minutni (oʻrtacha 2 minutni) tashkil qiladi. Deyarli barcha toʻqimalarda metabolizmga uchraydi. Yuborilgan dozaning 75% gacha qismi organizmdan birinchi sutkalar davomida nofaol metabolitlar koʻrinishida chiqariladi. Yuborilgan dofaminning 25% gachasi qayta qamrab olinish mexanizmi bilan neyrovezikulalarga tushadi va noradrenalinning sintezi uchun ishlatiladi. Taʼsirini boshlanishi – yuborish boshlanganidan keyin taxminan 5 minut, oxiri – infuziya tugaganidan keyin – 5-10 minut oʻtgach samarasi tugaydi.

 

Qoʻllanilishi

Shok holati yoki shokni kelib chiqishi natijasidagi xavf soluvchi holatlar:

  • Oʻtkir miokard infarkti oqibatidagi yurak yetishmovchiligi (kardiogen shok);
  • Ogʻir infeksiyalar (infeksion-toksik shok);
  • Operatsiyadan keyingi shok holati;
  • Arterial bosimining turli genezli ogʻir pasayishi (ogʻir gipotenziya);
  • Oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarida (anafilaktik shok) qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparatning dozasini shokning ogʻirlik darajasi, dofamin bilan davolashga bemorning reaksiyasi va nojoʻya samaralarni hisobga olib, shifokor individual belgilaydi. Gemodinamikaga dofaminning kutilgan samarasini olish uchun, har bir patsiyent uchun titrlash yoʻli bilan dozani sinchkovlik bilan tanlash lozim.

Davolash kursini boshlashdan avval aylanib yuruvchi qon hajmini tiklash zarur. Dofaminni qoʻllash bilan bir vaqtda elektrolitlar muvozanitini nazorat qilish lozim.

Agar shifokor boshqacha buyurmagan boʻlsa, quyidagi dozalar tavsiya etiladi:

Yurakni  va qon aylanishini funksional kuchsiz tutib turilishiga javob bera oladigan katta patsiyentlarga dofaminni boshlangʻich dozada tana vazniga minutiga 2-5 mg/kg dozada yuborish mumkin.

Bunday holatda ogʻir patsiyentlar uchun boshlangʻich doza 5 mg/kg ni tashkil etishi lozim, va zarurati boʻlsa, tana vazniga nisbatan minutiga 5-10 mg/kg dan tana vazniga maksimal minutiga 20-50  mg/kg gacha oz-ozdan oshirish mumkin (masalan har 15-30 minutda).

Koʻpchilik bemorlarda dofaminni tana vazniga minutiga 20 mg/kg dan kam dozada qoʻllanganda ham qoniqarli holatga erishish mumkin. Tana vazniga minutiga 20 mg/kg dan ortiq dozada qoʻllash buyrakda qon oqimini qisqarishlari bilan birga kechishi mumkin.

 Yurak yetishmovchiligi yomonlashgan hollarda dofaminni infuziya holida tana vazniga nisbatan minutiga 50 mg/kg dozadan kam miqdorda qoʻllash lozim.

Agar tana vazniga nisbatan minutiga 50 mg/kg dan ortiq dozani qoʻllash zarurati boʻlsa, u holda diurezni nazorat qilish zarur.

Quyidagi jadvalda turli dozalar va turli boshlangʻich konsentratsiyalar uchun preparatni yuborish tezligi keltirilgan.

Agar infuziya uchun eritmani tayyorlash uchun 40 mg/ml Dofamin-Darnitsa konsentratining bir ampulasi 50 ml infuziya uchun eritmada eritilsa, ushbu eritmaning 1 ml 4000 mkg dofamin gidroxloridini saqlaydi. 

Dozalar

Tana vazni 50 kg

Tana vazni 70 kg

Tana vazni 90 kg

2 mg/kg/min

1,5 ml/soat

2,1 ml/soat

2,7 ml/soat

5 mg/kg/min

3,75 ml/soat

5,25 ml/soat

6,75 ml/soat

10 mg/kg/min

7,5 ml/soat

10,5 ml/soat

13,5 ml/soat

20 mg/kg/min

15 ml/soat

21 ml/soat

27 ml/soat

50 mg/kg/min

37,5 ml/soat

52,5 ml/soat

67,5 ml/soat

Agar infuziya uchun eritmani tayyorlash uchun 40 mg/ml Dofamin-Darnitsa konsentratining bir ampulasi 500 ml infuziya uchun eritmada eritilsa, ushbu eritmaning 1 ml 400 mkg dofamin gidroxloridini saqlaydi. 

Dozalar

Tana vazni 50 kg

Tana vazni 70 kg

Tana vazni 90 kg

2 mg/kg/min

15 ml/soat

(5 tomchi/min)

21 ml/ soat

(7 tomchi/min)

27 ml/ soat

(9 tomchi/min)

5 mg/kg/min

37,5 ml/soat

(2 ½ tomchi/min)

52,5 ml/ soat

(17 ½ tomchi/min)

67,5 ml/ soat

(22 ½ tomchi/min)

10 mg/kg/min

75 ml/soat

(25 tomchi/min)

105 ml/ soat

(35 tomchi/min)

135 ml/ soat

(45 tomchi/min)

20 mg/kg/min

150 ml/soat

(50 tomchi/min)

210 ml/ soat

(70 tomchi/min)

270 ml/ soat

(tomchi/min)

50 mg/kg/min

375 ml/soat

525 ml/soat

675 ml/soat

Davolash davomiyligi patsiyentning klinik holatiga bogʻliq va shifokor tomonidan belgilanadi.

Gipovolemiya aniqlangan patsiyentlarda dofamin bilan davolashni boshlashdan avval, aylanayotgan qon xajmini tiklash lozim. Dofamin yurak boʻlmacha-qorinchalari oʻtkazuvchanligini yaxshilashini hisobga olib, xilpillovchi aritmiyasi va qorinchalarning tez javob reaksiyasi boʻlgan patsiyentlarga dofaminni buyurishdan avval yurak glikozidlarini yuborish lozim.

Hushida boʻlmagan bemorlarni davolashda aspiratsiya xavfi tufayli, nafas yoʻllarining oʻtkazuvchanligini nazorat qilish lozim. Oldingi va keyingi zoʻriqishi yuqori boʻlgan patsiyentlarga yurakka zoʻriqishni kamaytirish maqsadida nitroglitserinni qoʻshimcha tarzda qoʻllash lozim.

Preparatni yuborishdan avval suyultirish lozim. Suyultirish xajmi – 1 ampula qoʻllash uchun tavsiya etilgan erituvchining 250 ml yoki 500 ml da (0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 5% li glyukoza eritmasi) eritiladi.

Infuziya uchun eritmani Dofamin-Darnitsani qoʻshgandan soʻng oʻz rangini oʻzgartirmaydigan,  faqat tiniq eritmalardan foydalanib, aynan uni qoʻllash vaqtida tayyorlash zarur.

Agar iloji boʻlsa, markaziy venoz kateterni ishlatib infuziyani oʻtkazish kerak.

Tayyorlangan eritma 12 soat davomida ishlatilishi kerak.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Dofamin qoʻllanganida nojoʻya reaksiyalarning rivojlanishi preparatning farmakologik taʼsiri bilan bogʻliq.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi, bezovtalik, qoʻrquv hissi, tremor, piloereksiya.

Sezgi aʼzolari tomonidan: midriaz.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: koʻngil aynishi, qusish, meʼda-ichakdan qon ketish.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: yurak urishini his qilish, yurak ritmini buzilishi, shu jumladan taxikardiya (qorinchalar, supraventrikulyar va sinusli), bradikardiya, aritmiyalar (eksrasistoliya, qorinchalar ekstrasistoliyasi, qorinchalar aritmiyasi), ektopik yurak ritmi, aberrant qorinchalar oʻtkazuvchanligi, yurak oʻtkazuvchanligini buzilishi, AV-blokada,  QRS kompleksini kengayishi;  yurak toʻsh suyagi ortidagi ogʻriq, anginal ogʻriq, miokard ishemiyasi, stenokardiya, qorinchalarda bosimni oshishi, arterial bosimni oshishi, gipotenziya,  periferik arteriyalarning spazmi, vazokonstriksiya, qon ketishlar.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: poliuriya.

Nafas aʼzolari tomonidan: dispnoe. Nafas yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda gipoksemiyani oshishi kuzatiladi, bu gipoventilyatsiyalanuvchi alveolyar sohalarda oʻziga xos qon aylanishini oshishiga olib keladi.

Metabolik buzilishlar: azotemiya, qonda mochevina miqdorini oshishi.

Allergik reaksiyalar: oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, giperemiya, qichishish, terida achichish hissi, bronxial astmasi boʻlgan bemorlarda – bronxospazm, ongni buzilishi, shok.

Yordamchi modda boʻlgan natriy metabisulfit juda kam hollarda oʻta yuqori sezuvchanlikning ogʻir reaksiyalari va bronxospazmga olib kelishi mumkin.

Mahalliy reaksiyalar: yuborish joyida reaksiyalar, preparat teri ostiga tushganida – teri, teri osti kletchatkasining nekrozi. Shuningdek mavjud qon tomir buzilishlari boʻlgan bemorlarda periferik ishemik gangrena rivojlanishi mumkin.

Anamnezida arterial qon tomirlarini berkilib qolishi (ateroskleroz, arterial emboliya, Reyno kasalligi, sovuq qotish, diabetik mikroangiopatiya va Vinivarbet-Byurgera kabi sovuq jarohatlari) boʻlgan patsiyentlarda barmoqlar terisining rangini yoki haroratini har qanday oʻzgarishlarini sinchkov nazorat qilish lozim. Teri rangini yoki haroratini oʻzgarishi keyinchalik terida qon aylanishini yomonlashuvining belgilari boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Dofaminga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Feoxromotsitoma, tireotoksikoz.

Taxiaritmiya, qorinchalar fibrillyatsiyasi, shuningdek qorinchalarning toʻlishiga mexanik toʻsiq bilan kechuvchi holatlar. Gipovolemiya (davolashni boshlashdan avval aylanib yuruvchi qonning tanqisligini toʻldirish lozim).

Yopiq burchakli glaukoma.

Siydik tutilishi bilan kechuvchi prostata bezi giperplaziyasida qoʻllash mumkin emas.

Siklopropan va galogen uglevodorodlar bilan anesteziyadan saqlanish kerak.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Simpatomimetiklar, guanetidin – Dofamin-Darnitsaning simpatomimetik samarasi kuchayadi.

Monoaminooksidaza ingibitorlari (MAO) dofaminning samarasini potensiyalaydi va preparatning taʼsirini uzaytiradi. MAO ingibitorlarini qabul qilayotgan yoki oxirgi 2 xafta davomida qabul qilgan patsiyentlarni davolash uchun dofaminni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim. Bunday patsiyentlarga dofaminning eng kichik dozalarini buyurish  kerak (boshlangʻich doza – oddiy terapevtik dozaning 1/10).

Tritsiklik antidepressantlar va maprotilin. Dofamin  nerv oxirlarida erkin noradrenalinni miqdorini oshiradi. Tritsiklik antidepressantlar nerv oxirlarida noradrenalinni qayta qamrab olinishini ingibitsiya qiladi va shu tariqa dofaminning samarasini potensiyalaydi. Antidepressantlarni qabul qiluvchi patsiyentlar uchun dofaminning samarasini potensiyalanishi tufayli, uning dozasini kamaytirish lozim.

Dofamin siydik haydovchi preparatlarning taʼsirini kuchaytirishi mumkin.

Anesteziyalovchi vositalar –kardial nojoʻya samaralarni rivojlanish xavfi oshadi.

Butirofenon, propranolol – nojoʻya kardial samaralarni rivojlanish xavfi kamayadi.

Galotan va Siklopropan. Dofaminni galotan, siklopropan va yurak mushaklarini sezgiriligini oshiradigan ayrim boshqa anestetiklar bilan majmuada qoʻllanganida yurak qorinchalari aritmiyasi va arterial gipertenziya rivojlanishi mumkin.

Qalqonsimon bezi preparatlari Dofamin-Darnitsaning musbat xronotrop taʼsirini pasaytiradi.

Fenitoin yoki tritsiklik antidepressantlar – dofamin bilan bir vaqtda qoʻllash arterial bosimini  oshishiga va bradiartimiyani paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Seligilin (Parkinson kasalligida qoʻllanadi) – seligininni dofamin bilan bir vaqtda qoʻllamagan maʼqul.

β-adrenoblokatorlar (propranolol, metoprolol) – dofaminning kardial samaralarini kamaytiradi.

Qisqa taʼsirga ega α-adrenoblokatorlar (fentolamin) – dofaminning periferik vazokonstriksiyasini kamaytiradi.

Katexin-o-metiltransferaza (KOMT) ingibitorlari, masalan, entakapon, katexolaminlarning, shu jumladan Dofamin-Darnitsaning xronotrop va aritmogen samaralarini potensiyalashi mumkin. Potensiyalovchi oʻzaro taʼsirning klinik ahamiyati aniqlanmagan.

Entakapon bilan davolanayotgan bemorlar dofaminni yuborishdan 1-2 kun oldin preparatning pastroq dozalarini qabul qilishlari lozim.

Dobutamin – dobutamin va Dofamin-Darnitsa bir vaqtda yuborilganida arterial bosimni yanada yaqqolroq pasayishi kuzatilishi mumkin, biroq yurak qorinchalarining toʻlish bosimi bunda pasayadi yoki oʻzgarmay qoladi.

Dofamin-Darnitsa nitratlarning antianginal taʼsirini, α-β-adrenoblokatorlar va boshqa gipotenziv vositalarning antigipertenziv taʼsirini pasaytiradi.

Dofamin-Darnitsani yurak glikozidlari, shuningdek diuretik vositalar (furosemid va boshqalar) buyurilishi bilan birga qoʻshish mumkin. Gipovolemik shokda Dofamin-Darnitsani plazma, plazma oʻrnini bosuvchilar yoki qonni yuborish bilan birga qoʻllash mumkin.

Shoxkuya preparatlarini qabul qilayotgan patsiyentlarga Dofaminni qoʻllash mumkin emas.

Nomutanosibligi

Dofamin ishqorlarga sezgir, shuning uchun uni ishqoriy eritmalar (rN 7 dan yuqori) bilan, masalan, natriy gidrokarbonati bilan aralashtirish mumkin emas.

Alteplaza va amfoteritsin B dofamin borligida beqarordir.

Bundan tashqari, quyida sanab oʻtilgan moddalar bilan fizik-kimyoviy nomutanosibligi maʼlum: atsiklovir; alteplaza; amikatsin; amfoteritsin B; ampitsillin; sefalotin; dakarbazin; teofillin etilenamin (eufillin); teofillinning kalsiyli tuzi (eufillinning kalsiyli tuzi); furosemid; gentamitsin; geparin; temir tuzlari; natriy nitroprussidi; benzilpenitsillin; tobramin; oksidlovchilar, tiamin (vitaminni parchalanishiga yordam beradi)

 

Maxsus koʻrsatmalar

Gipoksiya, giperkapniya va atsidoz nojoʻya samaralarni yuz berish ehtimolini oshirib, preparatning samaradorligini pasaytiradi. Davolash ushbu holatlarni muvofiqlantirilishi bilan parallel oʻtkazilishi kerak.

Dofaminni yuborishni yurak qisqarishlari soni, arterial bosim, EKG, diurez koʻrsatkichining nazorati ostida oʻtkazish lozim; shuningdek yurakni zarb xajmi, qorinchalarni toʻlishi bosimi, markaziy venoz bosim, oʻpka arteriyalarining bosimini nazorat qilish lozim.

Barcha holatlarda uzoq muddat parenteral davolashda patsiyent holatini oʻzgarishlari, minutli xajmi va laborator tahlillarga qaramay, elektrolit va kislota-ishqor muvozanatini, jigar va buyrak funksiyasini muntazam nazorat qilish zarur.

Shok holatidagi bemorlarga yuborishdan oldin gipovolemiya plazma va qonning oʻrnini bosuvchi boshqa suyuqliklarni yuborish bilan toʻgʻrilanishi kerak. Infuziya kardiomonitor nazorati ostida oʻtkazilishi kerak. Gipotenziyasiz diurezni kamayishi, diastolik arterial bosimni haddan tashqari oshishi yoki aritmiyalarni paydo boʻlishi, dozani kamaytirish yoki infuziyani toʻxtatish kerakligini koʻrsatadi.

Gipovolemiyaning xar xil turlari dofamin bilan davolashni boshlashdan oldin muvofiqlashtirilishi lozim.

Yurak va qon tomirlarini organik shikastlanishi boʻlgan patsiyentlarga asosiy eʼtiborni qaratish lozim, masalan:

  • Yurak ishemik kasalligi, stenokardiyasi boʻlgan patsiyentlar;
  • Arteriyalarning obliteratsiyalovchi kasalliklari (ateroskleroz, tromboemboliya, Reyno kasalligi, sovuq qotish, diabetik mikroangiopatiya yoki Vinivarter-Byurger kasalligi) boʻlgan patsiyentlar;
  • Aritmiyasi boʻlgan patsiyentlar.

Preparat atrioventrikulyar oʻtkazuvchanlikni yaxshilashi tufayli, xilpillovchi aritmiyasi boʻlgan bemorlarga dofamin bilan davolashni boshlashdan oldin digitalis preparatlarini buyurish kerak. Oʻtkir miokard infarkti oqibatida kelib chiqqan shokda dofaminning past dozalarini qoʻllash lozim.

Agar diastolik bosimni noproporsional oshishi kuzatilsa (yurakni urish xajmini yaqqol kamayishi), infuziya tezligini kamaytirish lozim, patsiyentlarni esa, shifokor nazorati ostida qoldirish lozim, chunki bu periferik qon tomirlarning qarshiligini oshishi bilan izohlanadi. Dofaminning hatto kichik dozalarini yuborishni ham, kutilmagan arterial gipotenziyani oldini olish  uchun uni asta – sekin oʻtkazish lozim,  odatda infuziya tezligini oshirgandan keyin oʻtib ketadi.

Preparatning infuziyasini tezligi bemorning holati, diurez, arterial bosim va yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmining darajasini oʻzgarishiga qarab, doimo toʻgʻrilab turish kerak. Agar dofaminni qabul qilayotgan bemorlarda, diastolik arterial bosim oshsa yaʼni (bosim amplitudasi ahamiyatli kamaysa), unga yuborish tezligini kamaytirish lozim va u vazokonstriksiyani keyingi belgilarini sinchkov nazoratiga muhtoj, biroq faqat kutilgan samaraga erishish holatida boʻlsa.

Diastolik arterial bosim haddan ziyod oshgan hollarda, diurez kamaygan yoki aritmiya paydo boʻlgan hollarda dofaminni dozasini kamaytirish lozim. Yurak funksiyasi va arterial bosim barqarorlashganda optimal siydik chiqarilishini taʼminlash maqsadida dozani kamaytirish zarur boʻlishi mumkin.

Ishemiyani bartaraf etish fentolaminni (5-10 mg fentolamin 0,9% li fiziologik 10-15 ml eritmasida) ingichka ignali shprisda shikastlangan sohaga yuborish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Infuziya toʻxtatilganida arterial gipotenziyani kelib chiqishini xavfi tufayli, dofaminning dozasini asta-sekin pasaytirish zarurati paydo boʻlishi mumkin.

Dofaminni arteriya ichiga va bolyus inyeksiyalar koʻrinishida yuborish mumkin emas.

Anamnezida periferik qon tomirlarining kasalliklari boʻlgan bemorlarda qoʻl-oyoqlar terisi rangini yoki haroratini har qanday oʻzgarishlarini aniqlash yuzasidan sinchkov nazorat qilish lozim.

Dofaminni yuborish natijasida, ayniqsa periferik qon tomirlarning obliteratsiyalovchi kasalliklari va/yoki disseminatsiyalangan qon tomir ichki qon ivishi sindromi boʻlgan bemorlarda qon tomirlarning kuchli torayishi kuzatilishi mumkin, bu nekrozga yoki gangrenaga olib keladi. Ushbu bemorlarning holatini sinchkov nazoratini taʼminlash zarur; ularda periferik ishemiya belgilari paydo boʻlgan hollarda dofaminni yuborishni darhol toʻxtatish lozim. Shuningdek, jigar yoki  buyrak funksiyasini buzilishi boʻlgan bemorlarning holatini ham nazorat qilish lozim.

Komatoz holatdagi bemorlarda nafas yoʻllarining oʻtkazuvchanligini taʼminlash kerak.

Glyukoza eritmasini qandli diabeti boʻlgan boʻlgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

Ekstravazatlarni paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, dofaminni katta venaga yuborish tavsiya etiladi. Preparat yumshoq toʻqimalarga toʻsatdan yuborilsa, ularning nekrozini chaqirishi mumkin. Ekstravazatlar paydo boʻlganida shikastlangan toʻqimalarni fentolamin bilan  darhol infiltratsiya yoʻli bilan nekrozdan saqlash mumkin.

Ovqat hazm qilish yoʻllarini operativ aralashuvlaridan soʻng yoki gemorragik diatezi boʻlgan bemorlarda qon aylanishini qayta taqsimlanishi natijasida qon ketishlari xavfi mavjud.

Infuziya toʻxtatilganida arterial gipotenziyani kelib chiqishini xavfi tufayli, dofaminning dozasini asta-sekin pasaytirishni zarurati paydo boʻlishi mumkin.

Homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllanishi.

Preparatni homiladorlik vaqtida qoʻllash tavsiya qilinmagan, chunki uning xavfsizligi va samaradorligi toʻgʻrisidagi maʼlumot yetarli emas.

Dofaminni koʻkrak sutiga chiqarilishi, hamda u chaqaloqqa qanday taʼsir koʻrsatishi ham nomaʼlum.

Bolalar.

Dofaminni bolalarda qoʻllash toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq, shuning uchun preparat bu toifa bemorlarda qoʻllanmaydi.

Avtotransrotni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda  reaksiya tezligiga taʼsir qilish xususiyati.

Dofamin-Darnitsa – juda qisqa yarim parchalanish davriga ega boʻlgan statsionar sharoitlarda qoʻllanadigan preparatdir. Statsionardan chiqarilganidan keyin avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga preparatni taʼsir qilish imkoniyati yoʻq.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.