Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ДИСТРЕПТАЗА СВЕЧИ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ДИСТРЕПТАЗА СВЕЧИ №6

151 000 so'mdan
(1263)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
STREPTOKINASE,STREPTODORNASE
Ishlab chiqaruvchi
БИОМЕД-ЛЮБЛИН
Chiqarilish shakli
СУПП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Yaroqlilik muddati
Saqlash sharoiti
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar

Bolalarda qo‘llash tajribasi mavjud emas. Preparat yangi jarohat yoki choklarga tegishi kerak emas, chunki bu choklarning bo‘shashishi va oqibati sifatida jarohatdan qon ketishiga olib kelishi mumkin.

DISTREPTAZA® preparati bilan davolash vaqtida oldindan shifokor bilan maslahatlashmasdan hech qanday dori vositalarini qo‘llamang.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘siri

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi holatlari noma‘lum.

 

Chiqarilish shakli

6 rektal suppozitoriylar blisterda, 1 blisterdan karton qutida.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Saqlash sharoiti

2°S – 8°S haroratda (sovutgichda) saqlansin. Muzlatilmasin.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Dori shakli:

 suppozitoriylar

 

Tarkibi:

1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 13500 XB-16500 XB streptokinaza, 1250 XB -2000 XB streptodornaza;

yordamchi moddalar: suyuq parafin va neytral yog‘

 

Ta‘rifi:

 konus yoki “torpeda” shaklli, uchi o‘tkir; yuzasi bir xil, dog‘larsiz, g‘adir-budirsiz, havoli pufakchalarsiz, yoriqlarsiz va mexanik shikastlarsiz,  sarg‘ish oq rangli suppozitoriylar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 ferment preparati (majmuaviy).

Farmakologik xususiyatlari

Preparat ikkita faol substansiya saqlaydi: streptokinaza va streptodornaza. Streptokinaza odam qonidagi plazminogen proenzimining aktivatori hisoblanadi va streptokinaza ta‘siri ostida plazminga aylanadi, u quyilib qolgan odam qonini eritish xususiyatiga ega.

Streptodornaza enzim hisoblanadi, u tirik hujayralarga va ularning fiziologik funksiyasiga ta‘sir ko‘rsatmay, o‘lik hujayralarni yoki yiring nukleoproteinlarining yopishqoq massasini eritish xususiyatiga ega.

Preparat dori vositalarining yallig‘lanish o‘chog‘iga kirishini yengillashtiradi.

 

Qo‘llanilishi

-bachadon bo‘ynining surunkali yallig‘lanishi;

-kichik chanoq a‘zolarining operasiyadan keyingi infiltrativ shikastlanishlari;

-bachadon shilliq qavatini yallig‘lanishi;

-o‘tkir va surunkali kechuvchi gemorroy;

-keng yallig‘lanish infiltrati bo‘lgan to‘g‘ri ichak oldi abssesslari va oqmalari;

-yiringli kaudal kistalarida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Qo‘llash usuli

Suppozitoriyni blister uyasidan olingandan keyin to‘g‘ri ichakka chuqur kiritish kerak.

Dozalash

Dozalash yallig‘lanish jarayonini jadallik turi va darajasiga bog‘liq.

Shifokor ko‘rsatmasiga muvofiq qo‘llanadi.

Kattalarda kasallikning og‘ir kechishida:

1 suppozitoriydan kuniga 3 marta birinchi 3 kun davomida, so‘ngra

1 suppozitoriydan kuniga 2 marta 3 kun davomida, so‘ngra

1 suppozitoriydan kuniga 1 marta 3 kun davomida.

Kattalarda kasallik og‘irligining yengil va o‘rtacha darajasida:

1 suppozitoriydan kuniga 2 marta 3 kun davomida, so‘ngra

1 suppozitoriydan kuniga 1 marta 4 kun davomida, yoki

1 suppozitoriydan kuniga 2 marta 2 kun davomida.

Davolash kursida o‘rtacha 8-18 suppozitoriy ishlatiladi.

Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi 7-10 kun.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ayrim hollarda allergik reaksiyalar, tana haroratini oshishi, shuningdek qon ketishiga moyillik kuzatilishi mumkin.

Har qanday notipik reaksiyalarni paydo bo‘lish holatlarida albatta preparatni qo‘llashni davom ettirish xaqida shifokor bilan maslahatlashing.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparat yangi jarohatga yoki chokka tegmasligi kerak, chunki bu choklarni bo‘shashishiga va oqibati sifatida jarohatdan qon ketishiga olib kelishi mumkin. Homiladorlik va laktasiya davri. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki mahalliy qon ketishlar paydo bo‘lishi mumkin.

Yallig‘lanish o‘chog‘iga antibiotiklarni yoki ximioterapevtik preparatlarni o‘tishini kuchaytiradi.