Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ДИСОЛЬ РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ДИСОЛЬ РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 200МЛ №1

1 500 so'mdan
(1834)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
NATRIUM ACETATE,NATRIUM CHLORIDE
Ishlab chiqaruvchi
SAMARKAND ENGLAND
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Maxsus ko‘rsatmalar
  Dozaning oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik hususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar

Qo‘llanilishi kerak bo‘lgan eritma tiniq, hona haroratida, flakon esa germetik bo‘lishi kerak.Xiralashgan yoki jarohatlangan sig‘imdan eritma ishlatilmasin.

Eritmani qo‘llash mobaynida arterial bosim, diurez, gematokrit, qondagi elektrolitlar konsentrasiyasini nazorat qilish zarur.

Preparatnining muzlatilishi uni qo‘llashga qarshi ko‘rsatma bo‘la olmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi

Preparat homiladorlikdavrida, uning ona sog‘ligi uchun taxmin qilinadigan foydasi, homilada kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfidan ustun deb topilgan hollardagina qo‘llanadi. Laktasiya davrida ko‘krak bilan emizishni vaqtinchalik to‘xtatib turish haqidagi savolni ko‘rib chiqish lozim.

O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin, hamda bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

  Dozaning oshirib yuborilishi

Simptomlari: gipokaliemiya, gipernatriemiya.

Davolash: simptomatik – elektrolit buzilishlarini bartaraf qilish; qondagi elektrolitlar darajasini nazorat qilish.

 

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Dori shakli:

 infuziya uchun eritma

 

Tarkibi:

faol moddalar: natriy asetat trigidrati – 2 g; natriy xloridi – 5 g;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv 1000 ml gacha.

 

Ta‘rifi: 

tiniq rangsiz suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Tuzli eritmalar.

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Disol – dezintoksikasion, plazma o‘rnini bosuvchi, regidratasiyalovchi, diuretik, shokka qarshi, antiagregant ta‘sir ko‘rsatuvchi majmuaviy tuzli eritma. Gipovolemiyani kamaytiradi, qon quyulishiga va metabolik asidoz rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, diurezni oshiradi, mikrosirkulyasiyani yaxshlilaydi. Suv-elektrolit muvozanati va kislota-asos holatini tiklaydi.

Suv-elektrolit buzilishlari muolajalarida giperkaliemiya va uning asoratlarini kamaytiradi.

Natriy xloridi – elektrolit, regidratasion va dezintoksikasion ta‘sir ko‘rsatadi. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlari tanqisligini bartaraf qiladi. Gomeostazni saqlovchi o‘ta muhim element hisoblanadi. Xlorid xujayradan tashqari bo‘shliqdagi eng asosiy anion hisoblanadi, membranali potensialga javob beradi, natriy metabolizmi bilan uzviy bog‘liq. Organizmning kislota-ishqor muvozanati o‘zgarishlari xloridlar konsentrasiyasi o‘zgarishi bilan bog‘liq.

 

Farmakokinetikasi

Disol vena ichiga yuborilganligi sababli komponentlarining bio kira olishi 100% ni tashkil qiladi. Preparat tomir tizimida qisqa vaqt ushlanib turadi va interstisial hujayra ichi sektoriga o‘tadi.

Natriy va xlorid asosan hujayradan tashqari bo‘shliqqa o‘tadi, kaliy esa hujayra ichida joylashadi.Na+ ionlari asosan buyraklar orqali chiqariladi, kam miqdorda ichak, teri, ko‘z yoshi va boshqalar.

Organizmda asetat asetil-koenzim A ga faollashadi, so‘ng faol asetat miqdori Krebs siklida karbonad angidrid gazi va suvgacha oksidlanadi. Asetatning oksidlanish jarayoni mushak hujayralarida amalga oshadi, shuning uchun uning metabolizmiga nnisbatan organizm qobiliyati asosan tananing mushak massasiga bog‘liq. Asetil-KoA metabolizmi shuningdek oksidlanishning yog‘li kislotalar, keto kislotalar va xolesterin hosil qiluvchi kichik yo‘lidan borishi mumkin. Asetatning siydik bilan chiqarilishi yuborish vaqtida oshadi. Biroq uning organizm to‘qimasidagi metabolizmi shunchaldik tez amalga oshiriladiki, siydikka faqatgina uning oz miqdori o‘tadi.

 

Qo‘llanilishi
  • degidratasiya;
  • intoksikasiya (o‘tkir dizenteriya (shigellyoz), El-Tor (Inaba) xolerasi, oziq-ovqat toksikoinfeksiyasi va boshqalar);
  • giperkaliemiya.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga (v/i) yuboriladi, oqim bilan yoki tomchilatib.

Doza kasallik og‘irligi, organizm holati, laborator tekshiruv natijalari, bemorning yoshi, vazni va buyraklar faoliyatiga qarab aniqlanadi.

Yuborishdan oldin eritmani 36-38°S gacha isitish kerak.

Kasallikning og‘ir formalarida (gipovolemik infeksion-toksik shok, noadekvat kapillyar perfuziya, dekompensiyalashgan metabolik asidoz, anuriya) bemorning tana vaznidan 7-10% miqdorda 1-2 soat davomida oqim bilan yuboriladi, keyinchalik esa daqiqasiga 40-120 tomchidan 24-48 soat davomida tomchilatib yuborishga o‘tiladi. Kasalliklarning yengil formalarida (organizm intoksikasiyasi va suvsizlanishi, metabolik asidoz, oliguriya) preparatni tomchilatib yuborish bilan chegaralanish mumkin. Eritma suyuqlik hajmini tiklash uchun zarur miqdorda yuboriladi. Yuborilgan va yo‘qotilgan suyuqlik o‘rtasidagi muvozanat har 6 soatda aniqlanadi.

Giperkaliemiya bartaraf qilinganidan so‘ng keyingi suv-elektrolit muolajasini “Asesol” eritmasi bilan davom ettirish mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar:gipertermiya vateri giperemiyasi (juda tez yuborilganida).

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan:taxikardiya(juda tez yuborilganida).

Moddalar almashinuvi tomonidan:xloridli asidoz, gipergidratasiya, gipokaliemiya(katta hajmlarda yuborilganida).

Boshqalar:shishlar, titrash.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;
  • gipernatriemiya;
  • gipergidratasiya holati (organizmga ko‘p miqdorda suyuqlik yuborish mumkin bo‘lmagan holatlar);
  • o‘pka, miya shishi havfi;
  • yuqori dozalarda kortikosteroidlar bilan davolash;
  • SYUE (surunkali yurak yetishmovchiligi);
  • buyrak yetishmovchiligi.

Ehtiyotkorlik bilan:

  • buyraklar chiqaruv faoliyatining buzilishi;
  • gipokaliemiya.

 

Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri

Disol eritmasini boshqa gidrofil dori vositalari bilan aralashtirish mumkin.

Insulin va bronxial astma (salbutamol, terbutalin, ksantinlar) ga qarshi vositalar bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur, kam hollarda gipokaliemiya rivojlanishi mumkin.