Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Диклон СУПП

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Диклон СУПП РЕКТ 100МГ №10

8 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Диклон СУПП РЕКТ 100МГ №10
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Diclofenac
Ishlab chiqaruvchi
(МЕДИКАЛ ГОРИЗОН , Армения)
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalarda berish tartibi
Dori shakli: 

rektal suppozitoriylar

 

Tarkibi:

Har bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

faol modda12,5 mg, 25 mg, 50 mg, 100 mg diklofenak natriy

yordamchi moddalar: qattiq yog‘.

 

Ta‘rifi: 

torpedasimon shakli, oq yoki och-sariq tusli oq rangli suppozitoriylar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Diklon rektal suppozitoriylar – yaqqol antirevmatik, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sirga ega bo‘lgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lgan (NYAQV) – diklofenak natriy saqlaydi. U yallig‘lanish, og‘riq va isitmani shakllanishida muhim rol o‘ynaydigan prostaglandinlar sintezini susaytiradi.

Farmakokinetikasi

Diklofenak me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Suppozitoriylar qo‘llanganidan keyin kamida bir soatdan so‘ng qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga erishiladi. Metabolizmga uchraydi va asosan siydik bilan chiqariladi. Shuningdek, ko‘p bo‘lmagan miqdori safro bilan ajraladi.

 

 

Qo‘llanilishi

Kattalar

Turli darajadagi og‘riqlarni va keng diapazonli patologik holatlarda yallig‘lanish jarayonini yengillashtirish uchun qo‘llanadi, shu jumladan:

  • Tayanch-harakat apparatining yallig‘lanish va degenerativ kasalliklari: revmatoid artrit, osteoartrit, ankilozlovchi spondilit, podagraning o‘tkir xuruji.
  • Periartrit (masalan, qotib qolgan yelka sindromi), tendinit, tenosinovit, bursit kabi tayanch-harakat apparatini o‘tkir buzilishlari.
  • Stomatologik va ortopedik amaliyotda posttravmatik va operasiyadan keyingi og‘riq sindromlari.
  • Og‘riq sindromi va yallig‘lanish (dismenoreya) bilan birga kechadigan ginekologik kasalliklarda qo‘llanadi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

1 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Yuvenil revmatoid artrit (suppozitoriylar 12,5 mg va 25 mg)

6 yosh va undan katta bolalar.

Monoterapiya yoki morfin yoki boshqa opiatlar bilan birga yordamchi vosita sifatida operasiyadan keyingi og‘riqlarni yengillashtirish uchun qo‘llaniladi (12,5 mg va 25 mg suppozitoriylar)

 

Suppozitoriylarni qo‘llash usuli.

Suppozitoriylarni to‘g‘ri ichakka iloji boricha chuqurroq, ichak tozalanganidan keyin yuborish afzalroq. Suppozitoriylarni qismlarga bo‘lish mumkin emas, chunki preparatni bunday qo‘llash usuli faol moddani taqsimlanishini buzilishiga olib kelishi mumkin.

Dozalash va qo‘llash davomiyligi

Kattalar

Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza – sutkada 75-150 mg, bir necha yuborish uchun (25 mg, 50 mg va 100 mg dan).

Kasallikni biroz yengil holatlarida, shuningdek davomli davolash uchun sutkada 75-
100 mg yetarli hisoblanadi. Qo‘llashlar soni 2-3 marta. Tungi og‘riqlarni yoki ertalabki tanglikni yengillashtirish uchun diklofenak suppozitoriyni kun davomida, preparatni tabletka ko‘rinishida qo‘llashga qo‘shimcha ravishda uyqudan oldin buyuriladi; bunda sutkalik dozaning yig‘indisi 150 mg dan oshmasligi lozim.

1 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Preparatni sutkada tana vazniga 1-2 mg/kg hisobida buyuriladi, dozani 2-3 qabulga taqsimlanadi. Operasiyadan keyingi o‘tkir og‘riqlarni davolash 4 kun bilan chegaralanishi kerak (12,5 mg va 25 mg dan suppozitoriylar).

Yuvenil artrit holatida sutkada doza tana vazniga 1-3 mg/kg gacha oshirilishi mumkin, dozani 2-3 qabulga taqsimlanadi (12,5 mg va 25 mg dan suppozitoriylar).

Keksalar

Keksa yoshdagi pasientlarda Diklon preparatining farmakokinetikasi klinik ahamiyatli bo‘lgan o‘zgarishlarga olib kelmasa ham, nojo‘ya samaralarni rivojlanishi xavfi tufayli nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi. Xususan, keksa yoshdagi yoki tana vazni kam bo‘lgan pasientlar uchun iloji boricha kamroq samarali dozani qo‘llash tavsiya etiladi, shuningdek NYAQV larni boshlaganida 4 hafta davomida me‘da-ichakdan qon ketishini nazorat qilishi zarur.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, epigastral sohada og‘riqlar va noxush hislar, meteorizm, qabziyat, diareya; ayrim hollarda – eroziv yarali shikastlanishlar, MIY dan qon ketishlar va perforasiyalar; kam hollarda jigar faoliyatini buzilishi. Rektal yuborilganida yakka hollarda yo‘g‘on ichakdan qon ketishi bilan kechuvchi yallig‘lanishi, yarali kolitni zo‘rayishi aniqlangan.

Markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik, ta‘sirchanlik, charchoqlik hissi, kam hollarda – paresteziyalar, ko‘rishni buzilishi (noaniqlik, diplopiya), quloqlarda shovqin, uyquni buzilishi, tirishishlar, ta‘sirchanlik, tremor, ruhiy buzilishlar, depressiya.

Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda anemiya, leykopeniya, trombositopeniya, agranulositoz.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – buyrak faoliyatini buzilishi; moyilligi bo‘lgan pasientlarda shishlar bo‘lishi mumkin.

Dermatologik reaksiyalar: kam hollarda jiddiy teri reaksiyalari.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish.

Mahalliy reaksiyalar: rektal yuborilganida mahalliy ta‘sirlanish, qon aralash shilliq ajralmalarni paydo bo‘lishi, og‘riqli defeksiya bo‘lishi mumkin.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • zo‘rayish bosqichidagi me‘da va 12-barmoq ichak yarasi
  • diklofenakka va preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik
  • asetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQP ni, shuningdek prostaglandinlarni ishlab chiqarilishini susaytiruvchi har qanday preparatlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan anamnezidagi bronxial astma xurujlari, eshakemi, o‘tkir rinit haqida ma‘lumotlar
  • proktit
  • jigar, buyrak yoki yurak funksiyani og‘ir buzilishlari
  • homiladorlikni 3-uch oyligida qo‘llash mumkin emas.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Diklofenak bilan antigipertenziv dori vositalarini bir vaqtda qo‘llanganida, ularning ta‘siri susayishi mumkin.

NYAQV va xinolon qatori antibakterial preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llagan bemorlarda tirishishlarni kelib chiqishi yakka xabarlari mavjud.

GKS larni bir vaqtda qo‘llanganida, ovqat hazm qilish tizimi tomonidan nojo‘ya samaralarni kelib chiqishi xavfi oshadi.

Diuretiklarni bir vaqtda qo‘llanganida diuretik samarani kamayishi kuzatilishi mumkin. Kaliy tejovchi diuretiklar bir vaqtda qo‘llanganida, qonda kaliy konsentrasiyasini oshishi kuzatilishi mumkin.

Boshqa NYAQV lar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, nojo‘ya samaralarni rivojlanishi xavfi oshishi mumkin.

Diklofenakni gipoglikemik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llagan, qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda gipoglikemik yoki giperglikemiyani rivojlanishi haqidagi xabarlar mavjud.

Asetisalisil kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganida, qon plazmasida diklofenak konsentrasiyasi kamayishi mumkin.

Klinik tadqiqotlarda diklofenakni antikoagulyantlar ta‘siriga ta‘sir qilishi aniqlanmagan bo‘lsa ham, bir vaqtda qo‘llanganida qon ketishlarini kelib chiqishining alohida hollari ifodalangan.

Digoksin, litiy va fenitoinni bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasida ularning konsentrasiyasi oshishi mumkin.

Kolestiramin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, MIYdan diklofenakni so‘rilishi kamayadi, kolestipol bilan – kam darajada kamayishi kuzatiladi.

Metotreksat bilan bir vaqtda qo‘llanganida/24 soat davomida/qon plazmasida metotreksatni konsentrasiyasini oshishi va uning zaharliligi kuchayishi mumkin.

Diklofenak bilan bir vaqtda qo‘llanganida morfinni biokiraolishiga ta‘sir ko‘rsatmasligi mumkin, biroq morfinning faol metaboliti diklofenak ishtirokida yuqori bo‘lib qolishi mumkin, bu morfin metabolitlarining nojo‘ya samaralarini rivojlanishi, shu jumladan nafasni susayishi xavfini oshiradi.

Pentazosin bilan bir vaqtda qo‘llanganida katta tirishish xuruji; rifampisin bilan – qon plazmasida diklofenak konsentrasiyasini kamayishi mumkin; seftriakson bilan – safro bilan seftriaksonni chiqarilishi oshadi; siklosporin bilan – siklosporinning nefrotoksikligi oshishi kuzatilishini rivojlanish holatlari tavsiflangan.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Diklofenakni qo‘llash vaqtida MIY kasalliklarini ko‘rsatuvchi, shikoyatlari bo‘lgan bemorlarni sinchkov tibbiy kuzatish kerak;

anamnezida me‘da yoki ichakning yarali shikastlanishlari haqidagi ma‘lumotlar bo‘lsa; yarali kolit yoki Kron kasalligi bo‘lgan shuningdek jigar funksiyasini buzilishi, me‘da-ichakdan qon ketishi yoki yaralanish/MIY perforasiyasi bo‘lgan pasientlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

Keksa yoshdagi pasientlarda diklofenakni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Anamnezida NYAQV va sulfitlarga allergik reaksiyalarga ko‘rsatma bo‘lsa, diklofenakni faqat shoshilinch hollardagina qo‘llaniladi. Davolash jarayonida jigar va buyrak funksiyasini, periferik qon manzarasini muntazam nazorat qilish zarur. Anamnezida anorektal sohadagi kasalliklar yoki anorektal qon ketishlari bo‘lgan pasientlarga rektal qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Tizimli qo‘llash uchun dori shakllari bilan davolash davrida alkogolni iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyligi – hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar homila uchun biron-bir havfni aniqlamadi.

Homiladorlikning uchinchi uch oyligi – bachadonning qisqarish qobiliyatini susayishi va homilada arterial yo‘lini muddatidan oldin yopilib qolishining ehtimoli tufayli, preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Diklofenak va uning parchalanishi mahsulotlari ko‘krak sutiga o‘tadi, biroq ahamiyatsiz miqdorlarda va odatda ushbu davrda emizishni bekor qilish tavsiya etilmaydi.

Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolash davrida psixomotor reaksiyalarning tezligi pasayishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

 

Chiqarilish shakli

12,5 mg,25 mg, 50 mg, 100 mg dan 5 suppozitoriy kontur uyali o‘ramda, ikki kontur uyali o‘ram (10 suppozitoriy) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

 

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalarda berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.