Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Диклофлам ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Диклофлам ТАБЛЕТКА №10

4 000 so'mdan
(4995)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
УЗБЕКИСТАН
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Нестероидные противосполительные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Nojoʻya taʼsirlari
Dorilar bilan oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

Tabletkalar.

 

Tarkibi:

Har bir tabletka saqlaydi:

faol modda: Paratsetamol – 500 mg; Diklofenak natriy – 50 mg.

yordamchi mrddalar: makkajoʻxori kraxmali – 104 mg; mikrokristallik sellyuloza – 84 mg; metilgidroksibenzoati – 0,6 mg; propilgidroksibenzoati -0,3 mg; jelatin – 7,0 mg; izopropil spirti – q.s.; magniy stearati – 8,1 mg; natriy kraxmal glyukonati – 1,0 mg; talk – 1,0 mg.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat. Taʼsir mexanizmi uni tashkil qiluvchi komponentlarining farmakologik hususiyatlari bilan bogʻliq.

Diklofenak natriy nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositadir. Taʼsir mexanizmi SOGni nospetsifik susaytirishi, hamda leykotsitlarda erkin araxidonlar konsentratsiyasini pasaytirishi tufayli prostaglandinlar sintezini ingibirlashi bilan bogʻliq. Yalligʻlanishga qarshi, ogʻriq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi taʼsir koʻrsatadi, trombotsitlar agregatsiyasiga toʻsqinlik qiladi. Uzoq muddat qoʻllanganida desensibilizatsiyalovchi taʼsir koʻrsatadi.

Paratsetamol ogʻriqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Ogʻriqni qoldiruvchi taʼsir mexanizmi,  prostaglandinlar sintezini asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazini ingibirlashi bilan bogʻliq. Paratsetamolni isitmani tushiruvchi taʼsiri, termoregulyatsiyaning gipotalamik markazlariga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiri bilan bogʻliq, buning natijasida tomirlarni kengayishi va ter ajralib chiqishini kuchayishi tufayli, issiqlik ajralib chiqishi kuchayadi.

Farmakokinetikasi

Diklofenak natriy – bir marta ichga qabul qilingandan soʻng, ichakdan tez va toʻliq soʻriladi. Faol moddaning 50% ga yaqini jigardan “birinchi oʻtishda” metabolizmga uchraydi. 50 mg dozadagi preparatning qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasi 1-2 soatdan soʻng kuzatiladi va 1,5 mkg/ml (5 mkmol/l) ni tashkil qiladi. Ovqat soʻrilishni sekinlashtiradi, ammo soʻrilayotgan faol  moddaning miqdori oʻzgarmaydi. Qon plazmasi oqsillari  bilan bogʻlanishi 99,7% ni tashkil qiladi, buning ustiga preparatning katta qismi (99,4%) albuminlar bilan bogʻlanadi. Boʻgʻim boʻshligʻidagi sinovial suyuqligiga yaxshi kiradi, u yerda faol moddaning maksimal konsentratsiyasiga qondagiga nisbatan 2-4 soat keyin erishiladi. Sinovial suyuqligidan yarimchiqarilish davri 3-6 soatni tashkil etadi. Preparatning 60% metabolitlar koʻrinishda buyraklar, qolgan qismi oʻt-safro orqali chiqariladi. Buyraklar faoliyati yaqqol buzilgan (kreatinin klirensi 10ml/min dan kam) bemorlarda, oʻt-safro bilan chiqariladigan metabolitlarining solishtirma ogʻirligi oshadi, shuning uchun ularni qondagi konsentratsiyasining oshishi kuzatilmaydi.

Paratsetamol ichga qabul qilinganda yaxshi va tez soʻriladi. Plazmadagi eng yuqori konsentratsiyasiga 30-90 minut ichida erishiladi. Organizmning deyarlik barcha toʻqimalariga kiradi, yoʻldoshdan oson oʻtadi va koʻkrak suti orqali ajraladi. Jigarda parchalanib farmakologik faol boʻlmagan metabolitlar hosil qiladi, ammo koʻp miqdorda toʻplanganida jigarni nekrozga uchratishi mumkin. Asosan metabolitlar koʻrinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarimchiqarilish davri 1,5-3 soat oraligʻida. Jigar faoliyati buzilganida dorining organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarni organizmda toʻplanishiga yordam beradi.

 

Qoʻllanilishi

Revmatoid artrit, osteoartrit, ankilozlovchi spondilit, servikal spondilit, operatsiyadan keyingi va travmatik yalligʻlanishlar.

Ginekologik va stomatologik kasalliklar fonidagi ogʻriqli yalligʻlanish holatlari, oʻtkir podagra, yalligʻlanish bilan birga kechadigan virusli isitmalash.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga. Tabletkalarni chaynamasdan butunligicha, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Preparatni ovqatdan oldin qabul qilish maqulroq. Meʼdaning yuqori sezuvchanligida preparat ovqat qabul qilinganidan keyin qabul qilinadi.

Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Maksimal bir martalik doza 2 tabletka. Maksimal sutkalik doza 2 tabletkadan sutkada 3 marta.

12 yoshdan oshgan tana vazni 30 kg dan ortiq boʻlgan bolalarga ½ tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi. Navbatdagi har bir qabullar oraligʻi kamida 4 soat. Kattalarning maksimal davolash davomiyligi – 5-7 kun, bolalarning – 3 kun.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

-preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

-anamnezida aspirin yoki boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalariga  angionevrotik shish va bronxospastik reaksiyalar (“aspirin astmasi”), bronxial astma xurujlari;

– zoʻrayish bosqichidagi meʼda-ichak yoʻllarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan peptik yara, Kron kasalligi, nospetsifik yarali kolit);

-homiladorlik, laktatsiya;

-12 yoshgacha boʻlgan bolalar;

– qon yaratish faoliyatining buzilishi;

-koʻruv nervining kasalliklari, nafas yoʻllarining surunkali obstruktiv kasalliklari, burun poliplari, toshmali isitmasi;

-buyrak va jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari, rangli koʻrishni buzilishi, tugʻma glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: koʻngil aynishi, qusish, anoreksiya, diskomfort hissi (epigastriya sohasida ogʻriqlar va spazmlar), meteroizm, ishtahaning pasayishi. Kam: qon ketishi teshilish bilan asoratlangan meʼda-ichak yoʻllarining eroziv-yarali shikastlanishlari, aftozli stomatit, ezofagit. Alohida hollarda nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, yuqori charchoqlik. Kam hollarda: his qilishni yoki koʻrishning buzilishi (yoyilgan koʻrish, diplopiya), quloqlarni shangʻillashi, taʼsirchanlik, tirishishlar, uyquni buzilishi, depressiya, hayajonlanish hissi, ruhiy buzilishlar;

Dermatologik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi. Bullez toshmalar, ekzema, eritrodermiya, sochning toʻkilishi, fotosensibilizatsiya boʻlishi mumkin;

Jigar faoliyati tomonidan: jigar faoliyatining buzilishi, shu jumladan gepatit (sariqlik yoki sariqliksiz bilan);

Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda: trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya;

Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya paydo boʻlishini yakka hollari, koʻkrak qafasi sohasida ogʻriqlar, arterial gipertenziya aniqlangan;

Allergik va immunopatologik reaksiyalar: kam: bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaksiyalar.

 

Dorilar bilan oʻzaro taʼsiri

Kaliyni tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda qoʻllaganda qonda kaliy miqdori oshishi mumkin. Nosteroid yalligʻlanishga qarshi boshqa preparatlar, hamda glyukokortikoidlar bilan bir vaqtda qabul qilish, nojoʻya taʼsirlarini paydo boʻlish xavfini oshiradi.

Bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida qon ketishi rivojlanishi mumkin.

Preparat litiy, digoksin va siklosporinni qondagi konsentratsiyasini oshirishi mumkin, shuning uchun ular bilan birga qoʻllaganida, oxirgilarning dozasini toʻgʻrilash kerak.

Preparatni Metotreksat bilan davolashni boshlashdan 24 soat oldin yoki davolash toʻxtatilganidan keyin preparat buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak,chunki bunda uning zaharli taʼsirining rivojlanish xavfi oshadi.

Jigar mikrosomal fermentlarini induksiyalovchi dorilar (barbituratlar ayrim tutqanoqqa qarshi vositalar, jumladan, fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, benzonal), spirt saqlovchi dori vositalari, rifampitsin bilan birga qabul qilinganida preparatning gepatotoksik taʼsiri kuchayadi.

Fenotiazinlar bilan birga qoʻllanganda haddan ziyod gipotermiya, azidotimidin bilan – neytropeniya rivojlanishi mumkin.

Preparat xloramfenikolning zaharliligini oshiradi, bilvosita antikoagulyantlar, difenin, peroral gipoglikemik preparatlar taʼsirini kuchaytiradi, “halqali” va tiazidi diuretiklarning diuretik va natriyuretik taʼsirini susaytiradi.

Boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar, hamda glyukokortikoidlar bilan birga qoʻllanganida nojoʻya taʼsirlari tezlashadi va kuchayadi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Anamnezida meʼda-ichak yoʻllarining eroziv-yarali shikastlanishlari boʻlgan bemorlarga, hamda jigar, buyrak, qon yaratish aʼzolari faoliyatining yaqqol buzilishlari bulgan patsiyentlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Yuqori (200 mg) dozalarda preparat trombotsitlar agregatsiyasini susaytirishi mumkin, shuning uchun gemostazi buzilgan patsiyentlarni diqqat bilan kuzatish kerak. Preparatni keksalarda, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertoniyasi, porfiriyasi boʻlgan bemorlarda, hamda bevosita jiddiy jarrohlik aralashuvlaridan keyin, ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

Preparat bilan davolash davrida jigar, buyrak faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak.

Bemorlar preparatni qabul qilish vaqtida yuqori diqqat va tezkor ruhiy va harakat reaksiyalarini talab etadigan ishlarni bajarishdan (masalan, avtomobil haydash) saqlanishlari kerak.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: spetsifik belgilari yoʻq. Buyraklar faoliyatining buzilishi yoki yuzni, halqumni shishishi, hansirash koʻrinishidagi allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.;

Davolash: meʼdani yuvish tavsiya qilinadi. Kalsiy glyukonat yoki kalsiy xlorid, zarurati boʻlganida glyukortikoidlar vena ichiga yuboriladi, faollashtirilgan koʻmir buyuriladi, hamda simptomatik davolash oʻtkaziladi. Preparatni qon oqsillari bilan yuqori darajada bogʻlanish qobiliyatga ega ekanligi tufayli, jadallashtirilgan diurez, dializ yoki qon quyish oʻzini unchalik oqlamaydi.

Preparatning tarkibida paratsetamol borligini hisobga olish kerak. 6 g dan ortiq paratsetamolni ichga qabul qilish jigarning ogʻir shikastlanishini, hatto jigar komasini chaqirishi mumkin. Dori bilan zaharlanish belgilari kuzatilganida (koʻngil aynishi, qayt qilish, jigarni kattalashishi, sariqlik) darhol shifokorga murojat qilish va meʼdani yuvish lozim.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 1 blisterdan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton kutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda 25ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.