Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Диклофенак КРЕМ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Диклофенак КРЕМ 20г №1

12 000 so'mdan
(4566)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Diclofenac
Ishlab chiqaruvchi
РОССИЯ
Chiqarilish shakli
КРЕМ
Farma. Guruh
Нестероидные противосполительные препараты
Dori tafsilotlari
Maxsus koʻrsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllash usuli va dozasi
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Maxsus koʻrsatmalar

Preparatni homiladorlikning I va II uch oyligida, faqat agar ona uchun preparatni qoʻllashdan boʻlgan foyda, homila uchun mumkin boʻlgan xavfdan ustun boʻlgan holdagina ishlatish mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qoʻllash boʻyicha tajriba yoʻq.. Gelni ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanib, faqat shikastlanmagan teriga surtish lozim. Surtilgandan keyin okklyuzion bogʻlovlarni qoʻyish mumkin emas. Preparatni koʻzga va shilliq qavatlariga tushishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.

Prepartni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

3% gel, tuba yoki bankalarda 15 g va 40 g dan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 10°S dan 20°S gacha boʻlgan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

Qoʻllash usuli va dozasi

Preparat sirtga qoʻllanadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat teriga sutkada 2 marta surtiladi va biroz ishqalanadi. Preparatning kerakli miqdori ogʻriqli sohaning oʻlchamiga bogʻliq.. Toʻgʻri dozalash uchun preparat avval tubadan bir nuqtaga hajmi boʻyicha 5 sm x 5 sm oʻlchamga mos keladigan 0.5 g chiqariladi. Preparatni surtilganidan keyin qoʻllarni yuvish kerak. Davolashning davomiyligi 60 kundan 90 kungacha davom etadi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Mahaliy reaksiyalar: ekzema, kontakt dermatit (qichishish, qizarish, terining ishlov berilayotgan sohasining shishi, papulalar, vezikulalar,qipiqlanishlar).

Tizimli reaksiyalar. yoyilgan teri toshmasi, allergik reaksiyalar (eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm), fotosensibilizatsiya.

Diklofenak mahalliy qoʻllanganida tizimli nojoʻya samaralarning rivojlanishini ehtimoli, uni ichga qoʻllanganidagiga nisbatan kam, ammo gel terining katta yuzalariga uzoq vaqt qoʻllanganida oshadi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

– “aspirinli astma”;

– teri qoplamalarining butunligini buzilishi;

– homiladorlikning III oyligi;

– laktatsiya davri;

– 12 yoshgacha boʻlgan bolalar;

– atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi dori vositalariga yuqori sezuvchanlik;

– diklofenak yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: Preparat jigar porfiriyasida (zoʻrayish bosqichida), meʼda-ichak yoʻllarinig eroziv-yarali shikastlanishlarida, jigar va buyraklar faoliyatini ogʻir buzilishlarida, surunkali yurak yetishmovchiligida, bronxial astmada, shuningdek homiladorlikning I va II uch oyligida va keksa yoshdagi bemorlarda extiyotkorlik bilan buyurish kerak.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Preparat fotosezuvchanlikni chaqiruvchi preparatlarning taʼsirini kuchaytirishi mumkin. Boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli oʻzaro taʼsirlari taʼriflanmagan.

 

 

Dori shakli: 

gel

 

Tarkibi:

faol modda: diklofenak natriy.

yordamchi moddalar: glitserin, propilenglikol, 96% rektifikatsiyalangan etil spirti, karbomer 934R, 974R, mentol yoki ratsemik mentol, 15% li ammiak eritmasi, formaldegid eritmasi, tozalangan suv.

 

Taʼrifi: 

oq rangli, bir xil konsistensiyali, oʻziga xos hidli gel.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar.

 

Farmakologik xususiyatlari

Sirtga qoʻllash uchun nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparat. Mahalliy yalligʻlanishga qarshi va ogʻriq qoldiruvchi taʼsir koʻrsatadi. SOG-1 va SOG-2 ni tanlamasdan susaytirib, araxidon kislotasining metabolizmini izdan chiqaradi va prostaglandinlarning biosintezini susaytiradi. Yalligʻlanish jarayonida qoʻllash ogʻriq sindromini va toʻqimalarning shishini kamayishiga olib keladi.

Farmakokinetikasi

Sirtga qoʻllanganda diklofenak natriy teri orqali yaxshi oʻtadi va teri tagidagi toʻqimalarda toʻplanadi.

 

Qoʻllanilishi

–           yumshoq toʻqimalar va boʻgʻimlarning jarohatdan keyingi yalligʻlanishi, masalan ulardagi choʻzilish, zoʻriqish va lat yeyishlar oqibatidagi yalligʻlanish;

–           yumshoq toʻqimalarning revmatik kasalliklari (shu jumladan, tendovaginit, bursit, periartikulyar toʻqimalarni shikastlanishi);

–           mushaklar va boʻgʻimlarning kasalliklari bilan bogʻliq boʻlgan ogʻriq sindromi va shishi (shu jumladan, revmatoid artrit, osteoartroz, radikulitlar, lyumbago, ishias) da qoʻllaniladi;