Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ДИКЛОФЕНАК НАТРИЯ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ДИКЛОФЕНАК НАТРИЯ МАЗЬ 1% 30Г №1

3 500 so'mdan
(2461)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
DICLOFENAC
Ishlab chiqaruvchi
РОМФАРМ
Chiqarilish shakli
МАЗЬ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruxi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Fotosensibilizatsiya chaqiruvchi dori vositalarining taʼsirini kuchaytirishi mumkin.

Oldindan maʼlum gepatotoksiklikka ega boʻlgan boshqa dori vositalari, masalan, antibiotiklar, tutqanoqqa qarshi dori vositalari bilan ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak.

Ahamiyatsiz tizimli soʻrilishi oqibatida boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli oʻzaro tasirini ehtimoli kam.

 

Dori shakli: 

sirtga qoʻllash uchun surtma 10 mg/g.

 

Tarkibi:

Bir tuba (30 g surtma) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: diklofenak natriy – 0,3 g;

yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid, propilenglikol, makrogol 1500, makrogol 400.

 

Taʼrifi: 

oq yoki deyarli oq rangli, kuchsiz oʻziga xos xidli surtma.

 

Farmakoterapevtik guruxi:

 Nosteroid yalligʻlanishga qarshi va revmatizmga qarshi vositalar. Sirka kislotasining xosilalari va yaqin birikmalar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Nosteroid yalligʻlanishga qarshi vosita, fenilsirka kislotasining xosilasi, yalligʻlanishga qarshi va ogʻriqni qoldiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Siklooksigenaza 1 va siklooksigenaza 2 ni tanlamasdan susaytirib, araxidon kislotasining metabolizmini buzadi, prostaglandanlarning miqdorini kamaytiradi, shu jumladan yalligʻlanish oʻchogʻida.

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi

Teri orqali soʻriladigan Diklofenak natriyning miqdori, dori vositasi qoʻyilgan maydonning yuzasiga toʻgʻri praporsional va umumiy qoʻllangan dozaga ham, terining gidratatsiyasini darajasiga ham bogʻliq. Soʻrilish darajasi Diklofenak tabletkalari bilan solishtirganda, toʻliq buyrak eliminatsiyasi hisobi bilan aniqlangan 500 sm2 teriga 2,5 g dori vositasi  mahalliy qoʻllanganidan keyin qoʻllangan dozaning taxminan 6% ni tashkil qiladi. 10 soatlik okklyuziya soʻrilgan diklofenakning miqdorini uch marta oshishiga olib keladi.

Taqsimlanishi

Qoʻllar va tizza boʻgʻimlariga surtma maxalliy qoʻyilganidan keyin Diklofenak natriyning konsentratsiyalari plazmada, sinovial toʻqima va sinovial suyuqligida aniqlangan. Plazmadagi maksimal konsentratsiyasi, shu miqdordagi Diklofenak natriy peroral yuborilganidan keyingi konsentratsiyasiga qaraganda taxminan 100 marta past. Diklofenak natriyning 99,7% zardob oqsillari, asosan albumin bilan (99,4%) bogʻlanadi.

Metabolizmi

Diklofenak natriyning biotransformatsiyasi qisman oʻzgarmagan molekulaning glyukuronizatsiyasini oʻz ichiga oladi, lekin asosan bir martalik yoki koʻp martalik gidroksil guruhini qoʻshilishi bir necha fenolli metabolitlarning hosil boʻlishiga olib keladi, ularning koʻpchiligi glyukuron konʼyugatlarga aylanadi. Ikki fenolli metabolitlari biologik faol hisoblanadi, lekin ularning faolligi Diklofenak natriyning faolligidan ahamiyatli past.

Chiqarilishi

Diklofenak natriyning qon plazmasidan umumiy tizimli klirensi minutiga 263±56 ml ni tashkil qiladi. Plazmadan yarim chiqarilishining terminal davri 1-2 soatni tashkil qiladi. Metabolitlaridan toʻrttasi, shu jumladan ikki faol metaboliti ham, plazmadan qisqa yarim chiqarilishi davrini koʻrsatadi, u 1-3 soatni tashkil qiladi. Bir metaboliti, 3ʻ-gidroksi-4ʻ-metoksi-diklofenak, davomliroq yarim chiqarilish davrini koʻrsatadi, lekin deyarli faol emas. Diklofenak natriy va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi.

Alohida guruh patsiyentlaridagi farmakokinetikasi

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda Diklofenak natriy va uning metabolitlarini akkumulyatsiyasi taxmin qilinmaydi. Surunkali gepatiti yoki dekompensatsiyalanmagan sirrozi boʻlgan patsiyentlarda Diklofenak natriyning kinetikasi va metabolizmi, jigar kasalliklari boʻlmagan patsiyentlardagidek.

 

 

Qoʻllanilishi

Paylar, boylamlar, mushaklar va boʻgʻimlarning jaroxatlari bilan bogʻliq boʻlgan yalligʻlanishlari (choʻzilishlar oqibatidagi, yuklamada va lat yeyishlardagi).

Yumshoq toʻqimalar revmatizmining “yelka-panja” sindromi, tendovaginit, bursit, periartropatiya kabi chegaralangan shakllari.

Chegaralangan revmatik kasalliklar, masalan, boʻgʻimlarning artrozida qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Sirtga, 2-4 g surtma (bu xajmi boʻyicha muvofiq olcha yoki  yongʻoq oʻlchamiga toʻgʻri keladi va tana yuzasining 400-800 sm2 maydoniga ishlov berish uchun yetadi) sutkada 2-3 marta yalligʻlanish oʻchogʻi ustidagi teriga yupqa qavat qilib qoʻyiladi va yengil ishqalanadi. Surtma qoʻyilganidan keyin qoʻllarni, agar ular davolash sohasi (qoʻl barmoqlarining artrozlarida) boʻlmasa yuvish kerak. Maksimal sutkalik doza – 8 g. Davolash davomiyligi koʻrsatmalar va aniqlangan samaraga bogʻliq (samarani kuchaytirish uchun surtmani diklofenakning boshqa dori shakllari bilan birga qoʻllash mumkin). Dori vositasi 2 hafta ishlatilganidan keyin shifokor bilan maslahatlashishi kerak.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Teri qoplamalari tomonidan: ekzema, fotosensibilizatsiya, kontakt dermatit (terining ishlov berilayotgan sohasini qichishishi, giperemiyasi, shishi, papulyoz-vezikulyoz toshmalar, kepaklanish).

Allergik reaksiyalar: terini qichishishi va achishishi, eritematoz teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish, tizimli anafilaktik reaksiya (shu jumladan shok).

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Diklofenak natriy yoki dori vositasining boshqa komponentlariga, atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa NYAQP larga yuqori sezuvchanlik, “aspirin” astmasi, homiladorlik (III uch oyligi), laktatsiya davri, bolalar (12 yoshgacha), teri qoplamalarining butunligini buzilishida qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Jigar porfiriyasi (zoʻrayishi), meʼda-ichak yoʻllarining eroziv-yarali shikastlanishlari, jigar va buyrak faoliyatini ogʻir buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astma, keksalik yoshi, homiladorlikning I va II uch oyliklarida ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Faqat terining shikastlanmagan sohalariga qoʻyiladi. Qoʻyilganidan keyin okklyuzion bogʻlov qoʻyish kerak emas.

Davomli qoʻllanganida va/yoki terining katta yuzalariga qoʻyilganida tizimli nojoʻya samaralarining rivojlanish xavfi oshadi, shu jumladan jigar fermentlarining faolligini oshishi kuzatilishi mumkin. Jigar tomonidan mumkin boʻlgan nojoʻya reaksiyalar rivojlashishi xavfini minimallashtirish uchun, Diklofenak natriyni minimal qisqa davrda minimal samarali dozada ishlatish kerak.

Surtmani koʻzga, shilliq qavatlarga yoki ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak.

Faqat sirtga qoʻllash kerak.

Homiladorlik davrida qoʻllanishi

Homilador ayollarda nazoratlangan klinik tadqiqotlar oʻtkazilmagan, shuning uchun Diklofenak natriy homiladorlik vaqtida qoʻllanishi mumkin emas. Qoʻllash ayniqsa botallov yoʻlini muddatidan oldin mumkin boʻlgan yopilishi va tugʻruq toʻlgʻoqlarini bostirilishi ehtimoli tufayli, xomiladorlikning III uch oyligida xavflidir.

Emizish davrida qoʻllanishi

Mahalliy qoʻllangan Diklofenak natriyning koʻkrak sutiga oʻtishi xaqida maʼlumotlar yoʻq. Shuning uchun dori vositasi emizikli ayollarda qoʻllanmasligi kerak. Buyurishning asosli sabablarida dori vositasi koʻkrak sohasiga qoʻyilmasligi kerak, u bilan yuzaning katta soxalariga ishlov berish va uzoq vaqt ishlatish mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Surtma qoʻyilganidagi past tizimli soʻrilishi tufayli,  dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.

 

Chiqarilish shakli

30 g dan tubalarda, oʻramda № 1.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.