Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ДИКЛОФЕНАК СВЕЧИ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ДИКЛОФЕНАК СВЕЧИ 100МГ №10

3 000 so'mdan
(4850)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
DICLOFENAC
Ishlab chiqaruvchi
ШАРК ДАРМОН
Chiqarilish shakli
СУПП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

Rektal suppozitoriylar.

 

Tarkibi:

Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: Diklofenak 50 yoki 100 mg.

Yordamchi modda: vitepsol.

 

Taʼrifi:

 Oq yoki kremsimon tusli oq rangli torpedasimon suppozitoriylar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Nosteroid yalligʻlanishga qarshi vosita.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Diklofenak nosteroid yalligʻlanishga qarshi va ogʻriqni qoldiruvchi vositadir.

Yalligʻlanish, ogʻriq, isitmaning patogenezida asosiy rolni oʻynovchi prostaglandinlarning oʻtmishdoshi boʻlgan araxidon kislotasining metabolizmini asosiy fermenti siklooksigenazaning faolligini susaytiradi. Ogʻriqni qoldiruvchi taʼsiri ikki mexanizmlarga bogʻliq: periferik (prostaglandinlarning sintezini bostirilishi orqali) va markaziy (markaziy va periferik nerv tizimida prostaglandinlarning sintezini ingibitsiya qilish hisobiga). Trombotsitlarning agregatsiyasini bostiradi.

Revmatik kasalliklarda yalligʻlanishga qarshi taʼsiri va ogʻriqni qoldiruvchi xususiyatlari boʻgʻimlarning tinch holatda ham, harakatdagi ham ogʻrigʻi, ertalabki rigidligi, shishi kabi simptomlarining susayishini chaqiradi.

Norevmatik xarakterga ega boʻlgan oʻrtacha va kuchli ogʻriqda yaqqol ogʻriqni qoldiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Operatsiyalar va jarohatlardan keyin paydo boʻladigan yalligʻlanish jarayonlarida spontan ogʻriqni ham, harakatdagi ogʻriqni ham tez yengillashtiradi, jarohat joyidagi yalligʻlanish shishini kamaytiradi. Birlamchi dismenoreyada ogʻriqni pasaytiradi va qon ketishini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi – tez va toʻliq, 50 mg bir suppozitoriy rektal yuborilganida Smax ga erishish vaqti – 1 soat oʻtgach erishiladi. Plazmadagi preparatning konsentratsiyasi yuborilgan dozaning kattaligiga toʻgʻri chiziqli bogʻliq Smax – 0,5–1 mkg/ml. Preparatning dozalarini qabul qilish orasidagi intervalga rioya qilinganida, toʻplanmaydi. Oqsillar bilan bogʻlanishi 95-98%. Biotransformatsiyasi koʻp martalik yoki bir martalik gidroksil guruhini qoʻshilishi orqali va dastlabki molekulaga glyukuron kislotasining taʼsiri tufayli yuz beradi. Ekskretsiyasi: Faol modda minutiga 260 ml ni tashkil qiluvchi tizimli klirensda plazmadan chiqariladi. Yuborilgan dozaning 60% metabolitlari koʻrinishida buyrak orqali chiqariladi; 1% dan kamrogʻi oʻzgarmagan holda chiqariladi, qolgan qismi metabolitlari koʻrinishida safro bilan ahlatda chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Tayanch-harakat apparatining yalligʻlanishli va degenerativ kasalliklari (revmatik artrit, revmatoid, psoriatik artrit, yuvenil surunkali artrit, ankilozlovchi spondilit, osteoartroz, podagrik artrit); bursit, tendovaginit, lyumbago, ishialgiya, ossalgiya, artralgiya, radikulit, yumshoq toʻqimalarning revmatik shikastlanishlari;

Ogʻriq sindromi: bosh (shu jumladan migren) va tish ogʻrigʻi,  nevralgiya, mialgiya, buyrak va oʻt sanchigʻi, onkologik kasalliklardagi ogʻriq, yalligʻlanish bilan birga kechuvchi posttravmatik va operatsiyadan keyingi ogʻriq sindromi.

Ginekologik kasalliklar: birlamchi algodismenoreya, kichik chanoqdagi yalligʻlanish jarayonlari, shu jumladan adneksit.

Yaqqol ogʻriq sindromi bilan LOR-aʼzolarining infeksion-yalligʻlanish kasalliklari (majmuaviy davolash tarkibida): faringit, tonzillit, otit.

Oʻtkir respirator kasalliklardagi (“shamollash”) va grippdagi isitma sindromida qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Rektal.

Kattalar 16 yoshdan oshgan bolalar: 50 mg dan  sutkada 2 marta yoki 100 mg dan sutkada 1 marta. Ogʻir boʻlmagan hollarda va uzoq muddatli davolashda sutkalik doza sutkada
50-100 mg ni tashkil qiladi.

Maksimal sutkalik doza 150 mg ni tashkil qiladi. Davolash kursining davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.

Migren hurujlarida: hurujning birinchi belgilarida 100 mg dan, zarurati boʻlganida dozani 150 mg gacha oshirish mumkin.

Suppozitoriylarni qoʻllash usuli.

Suppozitoriylarni toʻgʻri ichakka, yaxshisi ichak tozalanganidan keyin, iloji boricha chuqur qilib kiritish kerak. Suppozitoriylarni boʻlaklarga kesish mumkin emas, chunki preparatni saqlash sharoitlarini bunday oʻzgarishi, faol moddaning taqsimlanishini buzilishiga olib kelishi mumkin.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Mahalliy reaksiyalar: mahalliy taʼsirlanish, qon aralashgan shilimshiqli ajralmalar, ich kelishida ogʻriq; mahalliy allergik reaksiyalar;

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: epigastral sohada ogʻriq, koʻngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, meteorizm, anoreksiya; aminazalarining faolligini oshishi; kam hollarda – gastrit, meʼda-ichak qon ketishlari (qonli qusish, melena, qon aralashgan diareya), qon ketishi yoki perforatsiya bilan birga kechuvchi yoki kechmaydigan meʼda va ichak yarasi; gepatit, sariqlik, jigar faoliyatini buzilishi; alohida hollarda – aftoz stomatit, glossit, ezofagit, ichakda diafragmasimon strikturalarning hosil boʻlishi, nospetsifik gemorragik kolit, nospetsifik yarali kolit yoki Kron kasalligini zoʻrayishi kabi ichakning pastki boʻlimlari tomonidan buzilishlar, qabziyat, pankreatit, yashin tezligidagi gepatit, proktit, gemorroyni zoʻrayishi.

Nerv tizimi tomonidan: baʼzida bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi; uyquchanlik; alohida hollarda – sezuvchanlikni buzilishi, shu jumladan paresteziyalar, xotirani buzilishi, tremor, tirishishlar, xavotirlik, serebrovaskulyar buzilishlar, uyqusizlik, taʼsirchanlik, depressiya, xavotirlikni his qilish, tungi dahshatlar, ruhiy buzilishlar, aseptik meningit.

Sezgi aʼzolari tomonidan: alohida hollarda – koʻrishni buzilishi (koʻrishning noaniqligi, diplopiya), eshitishni buzilishi, quloqlarda shovqin, taʼm sezishni buzilishi.

Teri qoplamalari tomonidan: teri toshmasi; kam hollarda – eshakemi; alohida hollarda – bullyoz toshmalar, koʻp shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi (oʻtkir toksik epidermal nekroliz, eritrodermiya (eksfoliativ dermatit), qichishish, sochlarni toʻkilishi, fotosensibilizatsiya; purpura, shu jumladan allergik.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kam hollarda – oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, gematuriya, proteinuriya,  interstitsial nefrit, nefrotik sindrom, papillyar nekroz.

Qon yaratish tizimi tomonidan: alohida hollarda – trombotsitopeniya, leykopeniya, gemolitik va aplastik anemiya, agranulotsitoz.

Allergik reaksiyalar: kam – yaqqol bronxospazm, tizimli anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar, shu jumladan gipotenziya va shok; angionevrotik shish (shu jumladan yuz shishi).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: alohida hollarda – yurak urishi, koʻkrakda ogʻriq,  arterial gipertenziya, vaskulit, yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti.

Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda – bronxial astma (shu jumladan, hansirash); juda kam hollarda – pnevmonit.

Boshqalar: shishlar, giperglikemiya.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Diklofenak yoki preparatning boshqa komponentlariga oʻta yuqori sezuvchanlik; atsetilsalitsil kislotasi va boshqa NYAQP ni oʻzlashtiraolmaslik, bronxial astma, burun va burun oldi boʻshliqlarining poliplari (shu jumladan anamnezdagi) bilan qoʻshilishi (toʻliq yoki toʻliq boʻlmagan); etiologiyasi nomaʼlum qon yaratilishini buzilishi; yurakning tugʻma nuqsonlari; zoʻrayish bosqichidagi meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi; zoʻrayish bosqichidagi meʼda-ichak yoʻllarining yalligʻlanish va eroziv-yalligʻlanish shikastlanishlari, faol meʼda-ichak qon ketishlari, shu jumladan rektal; ogʻir darajali jigar va yurak yetishmovchiligi; jigarning faol kasalliklari, ogʻir darajali buyrak yetishmovchiligi (KK 30 ml/min dan kam); tasdiqlangan giperkaliyemiya; proktit, zoʻrayish bosqichidagi gemorroy, 16 yoshgacha boʻlgan bolalar; homiladorlik (suppozitoriylar uchun); laktatsiya davrida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Bir vaqtda qoʻllanganida litiy, digoksinning plazmadagi  konsentratsiyasini oshiradi.

Diuretiklarning samarasini pasaytiradi, kaliy tejovchi diuretiklarni qoʻllash fonida giperkaliyemiyaning xavfi kuchayadi.

Antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin), antiagregantlar (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel), trombolitik preparatlar (shu jumladan alteplaza, streptokinaza, urokinaza) bir vaqtda qabul qilinganida, qon ketishlarining xavfi oshadi (koʻproq meʼda-ichak yoʻllaridan).

Metotreksatning  plazmadagi konsentratsiyasini oshishi hisobiga toksikligi oshadi.

Asetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qabul qilinganida, diklofenakning plazmadagi konsentratsiyasi pasayadi.

Boshqa NYAQP va glyukokortikosteroid preparatlar (shu jumladan prednizolon) bilan birga qoʻllanganida nojoʻya samaralarini rivojlanishi ehtimolini oshiradi (meʼda-ichak qon ketishlari).

Gipoglikemik, gipotenziv va uxlatuvchi preparatlarning samarasini kamaytiradi. Paratsetamol, siklosporin va oltin preparatlari bilan birga ishlatish, nefrotoksik samaralarini rivojlanish xavfini oshiradi.

Kolxitsin va kortikotropin bilan bir vaqtda buyurish meʼda-ichak yoʻllaridan qon ketishi xavfini oshiradi.

Seratoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari (shu jumladan, sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) meʼda-ichak yoʻllaridan qon ketishi xavfini oshiradi.

Naychalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari (shu jumladan, verapamil, nifedepin, diltiazem) diklofenakning samaradorligi va toksikligini oshirib, uning plazmadagi konsentratsiyasini oshiradi.

Xinolon hosilalari, antibakterial vositalar tirishishlarni rivojlanish xavfini oshiradilar.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Pediatriyada qoʻllanishi: preparatni 16 yoshdan boshlab buyurish mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davri: homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni suppozitoriylar shaklida qoʻllash mumkin emas.

Avtomobilni yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri: davolanish davrida ruxiy va harakat reaksiyalar tezligini pasayishi mumkin, shuning uchun avtotransportni haydash va diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligini talab qiluvchi potensial xavfli mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish kerak

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, letargiya, tirishishlar; epigastral ogʻriq, koʻngil aynishi, qusish, diareya, meʼda-ichak yoʻllaridan qon ketishi; arterial bosimni oshishi, oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, gepatotoksik taʼsiri, nafasni susayishi, koma.

Davolash: simptomatik terapiya. Jadallashtirilgan diurez, gemodializ kam samarali (oqsillar bilan ahamiyatli darajada bogʻlanishi va jadal metabolizmi tufayli).

 

Chiqarilish shakli

10 suppozitoriydan PVX kontur uyali oʻramda.

1 yoki 2 kontur uyali oʻramlar qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 20ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.