Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Диклан ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Диклан ТАБЛЕТКА 50мг+500мг №100

4 000 so'mdan
(2851)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Nucleus Formulation
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Нестероидные противосполительные препараты
Dori tafsilotlari
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llanilishi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. Tabletkalar butunligicha, chaynamasdan, yetrli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Davolashni boshida kattalarga va tana vazni 60 kg dan ortiq 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga sutkada 2-3 tabletkadan buyurish tavsiya etiladi.

Preparatni ovqatdan oldin qabul qilgan afzalroq.

Me‘daning yuqori sezuvchanligida preparat ovqat qabul qilinganidan keyin qo‘llanadi.

Kasallikning o‘rtacha ifodalangan belgilarida, shuningdek uzoq muddatli davolashda, odatda sutkada preparatning 2 tabletkasini – bir tabletkadan ertalab va kechqurun qabul qilish yetarlidir.

Maksimal bir martalik doza – 2 tabletka.

Preparatni qabul qilish muddati – 7 kun, bolalarda – 3 kun.

Tana vazni 30 kg dan ortiq 12 yoshdan oshgan bolalarga ½ tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Har bir navbatdagi qabul qilish orasidagi interval kamida 4 soat.

Kattalarni davolashning maksimal davomiyligi – 7 kun, bolalarni – 3 kunni tashkil qiladi.

 

Qo‘llanilishi

Quyidagi kasalliklardagi kuchsiz va  o‘rtacha ifodalangan og‘riq sindromida:

  • LOR–a‘zolarining kasalliklari (faringit, tonzillit, otit);
  • safro chiqarish yo‘llarining kasalliklari (safro sanchig‘i);
  • siydik chiqarish yo‘llarining kasalliklari (buyrak sanchig‘i);
  • bosh miya tomirlarining kasalliklari (migren);
  • ayollar jinsiy a‘zolarining kasalliklari (algodismenoreya, adneksit)
  • tayanch-harakat apparatining kasalliklari (revmotoid artrit, osteoartroz, osteoxondroz);
  • bo‘g‘imdan tashqari to‘qimalarning kasalliklari (tendovaginit, bursit)
  • artrozlar;
  • spondiloartrozlar;
  • nevralgiya;
  • mialgiya;
  • jarohatlardan keyingi va operasiyalardan keyingi og‘riqlar;
  • tish og‘rig‘i;
  • isitma sindromida qo‘llanadi.

 

 

Dori shakli: 

tabletkalar 50 mg + 500 mg

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: diklofenak natriy 50 mg, parasetamol 500 mg;

yordamchi moddalar: jelatin, mikrokristall sellyuloza, metilparaben, propilparaben, kraxmal, magniy stearati, natriy kraxmalglikolyati, talk, suvsiz kolloid kremniy, Kiron T-314,  Sunset yellow FCF bo‘yovchisi, tozalangan suv.

 

Ta‘rifi: 

zarg‘aldoq rangli, kapsulosimon shaklli, bir tomonida sindirish uchun chiziqchasi bilan, ikkitomoni qavariq, qobiqsiz tabletkalar, .

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Diklan – bu og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi majmuaviy preparatdir. Ta‘sir mexanizmi uning tarkibidagi komponentlarning farmakologik xususiyatlari bilan bog‘liq.

Diklofenak natriy nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositadir. Siklooksigenazani (SOG-1 va SOG-2) tanlamasdan susaytirib, araxidon kislotasining metabolizmini buzadi va yallig‘lanish o‘chog‘ida prostaglandinlarning miqdorini kamaytiradi. Yallig‘lanish xarakteriga ega og‘riqlarda juda samaralidir. Yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, trombositlarning agregasiyasiga to‘sqinlik qiladi. Uzoq muddat qo‘llanganida desensibilizasiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Parasetamol og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir mexanizmi asosan gipotalamusdagi termoregulyasiya markazida prostaglandinlarning sintezini ingibisiya qilinishi bilan bog‘liq.

Farmakokinetikasi

Diklofenak natriy – ichga bir marta qo‘llanganidan keyin ichakda tez va to‘liq so‘riladi, faol moddaning taxminan 50% jigar orqali birinchi o‘tishda metabolizmga uchraydi. 50 mg dozada preparatning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi 1-2 soatdan keyin kuzatiladi va 1,5 mkg/ml (5 mkmol/l) ni tashkil qiladi. Ovqat so‘rilishini sekinlashtiradi, biroq so‘rilayotgan faol moddaning miqdori o‘zgarmaydi. Preparatni qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 99,7% ni tashkil qiladi, bunda preparatning katta qismi (99,4) albuminlar bilan bog‘lanadi. Bo‘g‘im bo‘shlig‘idagi sinovial suyuqlikka yaxshi o‘tadi. Sinovial suyuqlikdan yarim chiqarilish davri – 3-6 soatni tashkil qiladi. Preparatning 60% metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali, qolgan qismi esa safro bilan chiqariladi.

Buyrak funksiyasini yaqqol buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) bo‘lgan bemorlarda safro bilan chiqayotgan metabolitlarining ulushi oshadi, shuning uchun qonda ularning konsentrasiyasini oshishi kuzatilmaydi.

Parasetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez so‘riladi. Plazmada cho‘qqi konsentrasiyasiga 30-90 minutdan so‘ng erishiladi. Organizmning deyarli barcha to‘qimalariga o‘tadi, yo‘ldoshga oson o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Buyraklar orqali asosan metabolitlari holida chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha o‘zgarib turadi. Jigar funksiyasini buzilishida preparatni organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu esa metabolitlarini organizmda to‘planishiga olib keladi. Jigarda metabolizmga uchraydi va siydik bilan chiqariladi, metabolitlari farmakologik jihatdan faol emas, biroq to‘planganida jigar nekroziga olib kelishi mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, noxushlik hissi (epigastral sohada og‘riqlar va spazmlar), meteorizm, ishtahani pasayishi. Kam hollarda: qon ketishi, perforasiya bilan asoratlanadigan me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali buzilishlari, aftozli stomatit, ezofagit;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori charchoqlik. Kam hollarda: ko‘rishni buzilishi (ko‘rishni xiralashishi, diplopiya), quloqlarda shovqin, qo‘zg‘aluvchanlik, tirishishlar, uyquni buzilishi, depressiya, havotirlik hissi, ruhiy buzilishlar.

Dermatologik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, bullyoz toshmalar, ekzema, eritrodermiya, sochlarni to‘kilishi, fotosensibilizasiya;

Jigar funksiyasi tomonidan: jigar funksiyasi buzilishi, shu jumladan gepatit (sariqlik bilan yoki sariqsiz).

Qon yaratish tizimi tomonidan: alohida hollarda: trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya;

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: alohida hollarda taxikardiya, ko‘krak qafasi sohasida og‘riq, arterial gipertenziya, dimlangan yurak yetishmovchiligi.

Allergik va immunobiologik reaksiyalar: kam hollarda – bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaksiyalar.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • anamnezida bronxospazm, eshakemi, o‘tkir riniti bo‘lgan yoki diklofenak, parasetamol, asetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQV ni qo‘llash natijasida allergiyaning boshqa simptomlarining mavjudligi;
  • zo‘rayish bosqichidagi me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan peptik yara, kron kasalligi, nospesefik yarali kolit);
  • homiladorlik, laktasiya;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
  • qon yaratish funksiyasini buzilishi, nafas yo‘llarining surunkali obstruktiv kasalliklari, burun poliplari, pichan isitmasi;
  • buyrak va jigar funksiyasini yaqqol buzilishlari;
  • glyukozo-6-fosfatdegidrogenazaning tug‘ma tanqisligidv qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

 

Preparat kaliy tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda buyurilganida qonda kaliyning darajasi oshishi mumkin. Dori preparatlarini bunday birga qo‘llanishida, kaliyning darajasini nazorat qilish lozim.

Bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida qon ketishlari rivojlanishi mumkin.

Preparat qon plazmasida litiy, digoksin va siklosporinning konsentrasiyasini oshirishi mumkin, shuning uchun ular birga qo‘llanganida oxirgi preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish lozim. Metotreksatni qabul qilishdan 24 soat oldin yoki keyin preparatni buyurishda extiyot bo‘lish kerak, chunki bunday hollarda qonda metotreksatning konsentrasiyasi oshadi va uning toksik ta‘siri kuchayadi.

Fenotiazin bilan birga qo‘llanganida, kutilmagan gipotermiya, azidotimidin bilan esa – neytropeniya rivojlanishi mumkin. Preparat xloramfenikolning toksikligini kuchaytiradi, bilvosita antikoagulyantlar, difenin, peroral gipoglikemik preparatlarning ta‘sirini kuchaytirishi va tiazid diuretiklarning diuretik va natriy uretik samarasini susaytirishi mumkin.

Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shuningdek glyukokortikoidlar bilan birga qo‘llanganida nojo‘ya ta‘sirlarini ko‘payishi va kuchayishi yuz beradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Anamnezida me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali buzilishlari bo‘lgan bemorlarga, shuningdek jigar, buyraklar, qon yaratish a‘zolarining funksiyasini yaqqol buzilishi bo‘lgan pasientlarga preparatni buyurishda extiyotkorlikka rioya qilish lozim. Preparat yuqori dozalarda trombositlar agregasiyasini bostirishi mumkin, shuning uchun gemostazi buzilgan pasientlarni sinchiklab kuzatish lozim.

Preparatni keksalarda, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertoniyasi, porfiriyasi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek bevosita jiddiy jarroxlik aralashuvlaridan keyingi davrda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Preparat bilan davolanish vaqtida jigar, buyrak funksiyasini va pereferik qon manzarasini nazorat qilish kerak.

Diklofenak va parasetamol ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun laktasiya davrida preparatni buyurishning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Preparatni qo‘llash vaqtida bosh aylanishini yoki ko‘rishni buzilishini his etayotgan pasientlar avtomobil boshqarishlari va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlashlari mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: spesifik simptomlari yo‘q. Buyrak funksiyasini buzilishini rivojlanishi yoki tez avj olib boruvchi ko‘rinishidagi yuz va hiqildoqning shishlari, xansirash kabi allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Davolash: me‘dani yuvish ko‘rsatilgan, SH-guruhi donatorlarini yuborish tavsiya etiladi. Kalsiy glyukonati yoki kalsiy xloridini v/i ga yuborish, zarurati bo‘lganida glyukokortikoidlarni v/i ga yuborish, faollashtirilgan ko‘mir buyurish, shuningdek simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Preparatning tarkibiga parasetamol kirishini hisobga olish kerak. Ichga 6 g dan ko‘proq parasetamolni qabul qilish, jigarda og‘ir shikastlanishini chaqirishi mumkin, xatto jigar komasigacha rivojlanishi mumkin.

Intoksikasiya belgilarida (ko‘ngil aynishi, qusish, uyquchanlik, jigarni kattalashishi, sariqlikda) darhol shifokorni chaqirish va me‘dani yuvish lozim.

 

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan alyumin folgali yoki PVX plyonkali blisterlarda.

10 tabletkadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, qorong‘u joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.