Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Дигоксин ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Дигоксин ТАБЛЕТКА 0,25МГ №50

3 200 so'mdan
(2389)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ЗДОРОВЬЕ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Dori shakli: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 100% asosiy moddaga qayta hisoblaganda 0,1 mg digoksin;

yordamchi moddalar: qand, kartoshka kraxmali, glyukoza, mineral moyi, talk, magniy stearati.

 

Taʼrifi:

 oq rangli tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Kardiologik preparatlar. Yurak glikozidlari. Angishvonagul glikozidlari.

 

 

Dori shakli: 

tabletkalar

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Tukli angishvonagul oʻsimligining barglaridan olinadigan, oʻrtacha taʼsir davomiyligiga ega yuqori lipofil yurak glikozidi. Na+-K+-ATFaza bilan kompleks hosil qilishi va kardiomiotsitlarning membranalari orqali natriy va kaliy ionlarini tashilishini buzilishi oqibatida musbat inotrop taʼsir koʻrsatadi. Natijada kaliy ionlarining membranalar orqali tashilishi oshadi va ularni kardiomiotsitlar ichida ajralib chiqishi kuchayadi va buning oqibatida – miofibrillarning faolligi oshadi. AV-oʻtkazuvchanlikni sekinlashtiradi, samarali refrakter davrni uzaytiradi va asosan vegetativ nerv tizimining simpatik qismini tonusini pasaytirishi va parasimatik qismini tonusini oshishi hisobiga yurakning qisqarishlarini tez-tezligini sekinlashtiradi.

Farmakokinetikasi

Preparat meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi. Biokiraolishligi meʼda shirasining kislotaliligi, ichak motorikasi, meʼda va ichaklarni qon bilan taʼminlanishiga qarab 50-80% ni tashkil qiladi. Digoksin qon plazmasi oqsillari bilan 20-40% ga bogʻlanadi, qon zardobi va miokarddagi digoksinning konsentratsiyasi 1:67 ga toʻgʻri beradi. Preparatning 80-85% oʻzgarmagan koʻrinishda buyraklar orqali chiqariladi (filtratsiya va sekretsiya), qolgani jigarda biotransformatsiyaga uchraydi va faol boʻlmagan metabolitlari koʻrinishida ahlat bilan chiqariladi. 12 yoshgacha boʻlgan bolalarda digoksin deyarli biotransformatsiyaga uchramaydi. Ichga qabul qilinganida boshlangʻich samarasi 1,5-3 soatdan soʻng kuzatiladi, 4-6 soatdan soʻng maksimumga yetadi. Digoksinning yarim chiqarilish davri 30-40 soatni tashkil qiladi va patsiyentning sogʻligini holati va yoshiga bogʻliq (biriktiruvchi toʻqimaning tana vazniga nisbati oshganida, preparatning yarim chiqarilish davri uzayadi). Buyraklarning filtrlash va sekretor funksiyasi buzilganida preparatni toʻplanib qolishi tufayli, digoksinni qoʻllash xavfli (yarim chiqarilish davri digitoksinnikiga yetadi va 6-8 sutkani tashkil qiladi). Endogen kreatininning klirensini minutiga 50 ml gacha pasayishi preparatning samarani bir maromda ushlab turuvchi dozasini 1/3-1/2 pasaytirish talab qilinadi. 10-12 yoshdagi bolalarda yurak glikozidlariga va xususan, digoksinga nisbatan sezuvchanlik pasaygan boʻladi, bu terapevtik samaraga erishish uchun preparatning dozalari oʻsmirlar va kattalarnikiga nisbatan yuqori boʻlishini talab qiladi.

 

Qoʻllanilishi

Dimlangan yurak yetishmovchiligi, yurak boʻlmachalarining xilpillashi va titrashi (yurak qisqarishlari tez-tezligini boshqarish uchun), supraventrikulyar paroksizmal taxikardiyada qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalarga tez digitalizatsiya uchun 

ichga 0,5-1 mg, soʻngra esa har 6 soatda 0,25-0,75 mg dan 2-3 kun davomida buyuriladi; holat yaxshilanganidan soʻng bemor samarani bir maromda ushlab turuvchi dozaga (sutkada 0,125-0,5 mg dan 1-2 marta) oʻtkaziladi. Sekin digitalizatsiyada davolash darhol samarani bir maromda ushlab turuvchi dozadan boshlanadi (sutkada 0,125-0,5 mg dan 1-2 marta); bu holda toʻyinish davolash boshlanganidan keyin tahminan 1 hafta oʻtgach yuzaga keladi.

Maksimal sutkalik doza kattalar uchun 1,5 mg ni tashkil qiladi.

Bolalar.

Bolalar uchun preparatning dozasi digitalizatsiyaning tanlangan sxemasi, bolaning yoshi va tana vaznining hisobi bilan individual ravishda belgilanadi.

 

Bolaning yoshi

 

Toʻyinish dozasi, mkg/kg

Sutkada 2 marta qabul qilinadigan samarani bir maromda ushlab turuvchi sutkalik doza

Chala tugʻilganlar

20-30

5-7,5

Muddatida tugʻilgan yangi tugʻilgan chaqaloqlar

25-40

5-10

1 oylik – 2 yosh

35-60

10-15

2 yosh va katta

30-40

7,5-15

Maksimal sutkalik doza

0,75-1,5 mg

0,125-0,5 mg

 

Nojoʻya taʼsirlari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak ritmi va oʻtkazuvchanligini buzilishi (sinusli bradikardiya, ekstrasistoliya, antioventrikulyar blokada, yurak boʻlmachalarining paroksizmal taxikardiyasi, yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi, yurak qorinchalari aritmiyasi).

Qon tizimi tomonidan: kam hollarda – eozinofiliya, trombotsitopeniya.

Nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi, nevralgiya, uyquchanlik, ongni chalkashishi, depressiya, bosh aylanishi, yuqori charchoqlik, holsizlik; kam hollarda – oʻtkir psixoz.

Koʻrish aʼzolari tomonidan: rangli koʻrishning buzilishi (atrofdagi buyumlarning yashil, sariq yoki oq rangga boʻyalishi).

Ovqat hazm qilish yoʻllari tomonidan: anoreksiya, koʻngil aynishi, qusish, diareya, visseral qon aylanishining buzilishi, ichakning ishemiyasi va nekrozi.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: kam hollarda – allergik reaksiyalar (teri toshmasi, giperemiyasi, eshakemi).

Boshqalar: kam hollarda – ginekomastiya.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponetlariga yuqori sezuvchanlik. Endokarditlar; Adams-Stoks-Morgani sindromi; ilgari qoʻllangan angishvonagul preparatlari bilan intoksikatsiya; yurak glikozidlari bilan intoksikatsiya oqibatidagi aritmiya, yurak qorinchalarining paroksizmal taxikardiyasi, II va III darajadagi antioventrikulyar blokada, yaqqol sinus bradikardiyasi, giperkalsiyemiya, gipokaliyemiya, alohida mitral stenoz, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, karotid sinusi sindromi, aortaning koʻkrak boʻlimining anevrizmasi, Volf-Parkinson-Uayt sindromi, miokard infarktining oʻtkir davri, qoʻshimcha atrioventrikulyar yoʻllarning mavjudligi, gipertrofik subaortal stenoz, nostabil stenokardiya, yurak tamponadasi, yurak qorinchalari fibrillyatsiyasida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Gipokaliyemiya chiqaradigan vositalar, digoksinga nisbatan sezuvchanlikni oshirishi

mumkin (ayrim diuretiklar, litiy tuzlari, glyukokortikosteroidlar).

Quyidagi preparatlar bir vaqtda qoʻllanganida digoksinning qon zardobidagi konsentratsiyasini oshishi mumkin: amiodaron, prazozin, propafenon, xinidin, spironolakton, tetratsiklin, eritromitsin, gentamitsin, indometatsin, xinin, trimetoprim, intrakonazol, alprazolam, verapamil, felodipin, nifedipin.

Quyidagi preparatlar bir vaqtda qoʻllanganida digoksinning qon zardobidagi konsentratsiyasi pasayishi mumkin: antatsidlar, kaolin-pektin, ayrim surgi preparatlari, xolestiramin, sulfasalazin, neomitsin, rifampitsin, ayrim sitostatiklar, penitsillamin, metoklopramid, adrenalin, salbutamol.

Adrenomimetik vositalar. Efedrin gidroxloridi, adrenalin gidroxloridi yoki noradrenalin gidrotartratini, shuningdek selektiv beta–adrenomimetik vositalarni yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qoʻllash yurak aritmiyasini paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Aminazin va boshqa fenotiazin hosilalari. Yurak glikozidlarining taʼsiri kamayadi.

Antixolinesteraz preparatlar. Antixolinesteraz preparatlar yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qoʻllanganida bradikardiya kuchayadi. Zarurati boʻlganida uni atropin sulfatini yuborib bartaraf qilish yoki susaytirish mumkin.

Glyukokortikosteroidlar. Glyukokortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolash natijasida gipokaliyemiya paydo boʻlganida yurak glikozidlarining nojoʻya samaralari oshishi mumkin.

Diuretik vositalar. Diuretik vositalari (gipokliyemiya va gipomagniyemiya chiqaradi, ammo qondagi kalsiy ionlarining konsentratsiyasini oshiradi) yurak glikozidlari bilan qoʻshilganida yurak glikozidlarining taʼsiri kuchayadi. Ular bir vaqtda qoʻllaganida eng optimal dozalashga rioya qilish kerak. Vaqti-vaqti bilan gipokaliyemiya va aritmiyani bartaraf qiladigan kaliy tejovchi diuretiklarni (spironolakton, triamteren) buyurish mumkin. Ammo bunda giponatriyemiya rivojlanishi mumkin.

Kaliy preparatlari. Kaliy preparatlarining taʼsirida yurak glikozidlarining nojoʻya samaralari kamayadi.

Kalsiy preparatlari. Yurak glikozidlari bilan davolaganda kalsiy preparatlarini parenteral qoʻllash xavfli, chunki kardiotoksik samaralari (aritmiyalar) kuchayadi.

Etilendiamintetrasirka kislotaning dinatriyli tuzi. Yurak glikozidlarining samaradorligi va toksikligini pasayishi kuzatiladi.

Kortikotropin preparatlari. Kortikotropin taʼsirida yurak glikozidlarining samarasini kuchayishi mumkin.

Ksantin hosilalari. Kofein yoki teofilin preparatlari baʼzida yurak aritmiyasi paydo boʻlishini chaqiradi.

Natriy adenozintrifosfati. Natriy adenozintrifosfatini yurak glikozidlari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.

Faollashtirilgan koʻmir. Ovqat hazm qilish yoʻllarida oʻzlashtirilishini kamayishi tufayli, koʻpincha yurak glikozidlarining taʼsiri susayadi.

Ergokalsiferol. Ergokalsiferol chiqargan gipervitaminozda, giprekalsiyemiya rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan yurak glikozidlarining taʼsirini kuchayishi mumkin.

Narkotik analgetiklar. Fetanil va yurak glikozidlarining majmuasi gipotenziya chiqarishi mumkin.

Naproksen. Sogʻlom odamlarda yurak glikozidlarini naproksen bilan birga qoʻllash psixologik test natijalariga taʼsir qilmaydi.

Paratsetamol. Bu oʻzaro taʼsirning klinik ahamiyati yetarlicha oʻrganilmagan, ammo paratsetamol taʼsirida yurak glikozidlarining buyraklar orqali chiqarilishining kamayishi toʻgʻrisida maʼlumotlar bor.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Digoksin bilan davolaganda bemor shifokor nazorati ostida boʻlishi kerak. Uzoq muddatli davolaganda preparatning optimal individual dozasi odatda 7-10 kun davomida tanlanadi. Dozani tanlashni keksa va/yoki kuchsizlangan patsiyentlar, buyrakning funksiyasini buzilishlari boʻlgan, kardiostimulyator oʻrnatilgan patsiyentlar uchun ayniqsa sinchiklab oʻtkazish kerak, chunki ularda toksik samaralari, boshqa patsiyentlar tomonidan odatda yaxshi oʻzlashtiriladigan dozalar qoʻllanganida namoyon boʻlishi mumkin.

Digitalisli intoksikatsiyaning paydo boʻlishini xavfi gipokaliyemiyali, gipomagniyemiyali, giperkalsiyemiyali, gipernatriyemiyali, gipotireozli, Oʻpka faoliyati buzilishi oqibatida, oʻng qorinchani kattalashishi (cor pulmonale) boʻlgan patsiyentlarda yuqori. Bunday bemorlarda digoksinni yuqori bir martalik dozalarda qoʻllashdan saqlanish kerak.

Gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiyada digoksinni qoʻllash mumkin emas, lekin yondosh yurak boʻlmachalari fibrillyatsiyasida va yurak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

Qalqonsimon bezining kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda preparat ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi. Qalqonsimon bezining funksiyasi pasayganida digoksinning boshlangʻich va samarani bir maromda ushlab turuvchi dozalarini kamaytirish kerak. Gipertireozda digoksinga nisbiy rezistentlik mavjud, buning oqibatida preparatning dozalari oshirilishi mumkin. Tireotoksikozni davolash kursini oʻtkazishda, tireotoksikoz nazoratli holatga oʻtganida digoksinning dozasini kamaytirish kerak. Qisqa ichak sindromi yoki malabsorbsiya sindromi boʻlgan patsiyentlarga digoksinning soʻrilishini buzilishi oqibatida preparatning yuqoriroq dozalari kerak boʻlishi mumkin.

Digoksin bilan davolash davrida muntazam EKG va qon zardobida elektrolitlarning (kaliy, kalsiy, magniy) konsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Elektrolit muvozatini muvofiqlashtirish kerak, chunki gipokaliyemiya va gipomagniyemiya angishvonagul glikozidlarining toksikligini kuchaytiradi.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda preparat alohida ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi. Keksa patsiyentlarda yarim chiqarilish davrini uzayishi tufayli, nojoʻya samaralari paydo boʻlishini va dozani oshirib yuborilishi ehtimolini yuqori xavfi mavjud.

Strofantinni qoʻllashning zarurati boʻlgan holda, u digoksin bekor qilinganidan kamida 24 soat oʻtgach buyuriladi.

Davolash vaqtida ogʻir ovqatni va pentinlarni saqlovchi mahsulotlarni isteʼmol qilishni cheklash kerak.

Qandli diabeti boʻlgan bemorlar preparat qand va glyukoza saqlashini hisobga olishlari kerak.

Homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllanishi.

Digoksinning teratogen taʼsiri boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumotlar yoʻq. Digoksini yoʻldosh orqali oʻtishini va homiladorlik vaqtida uning klirensini uzayishini hisobga olish kerak.

Homiladorlik vaqtida preparatni faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan yuqori boʻlganidagina qoʻllash mumkin.

Digoksin koʻkrak sutiga bolaga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan miqdorda oʻtadi (digoksinning koʻkrak sutidagi konsentratsiyasi ona qoni plazmasidagi konsentratsiyasini 0,6-0,9% ni tashkil qiladi). Emizayotgan ayollarda digoksin qoʻllanganida bolada yurak qisqarishlarining tez-tezligini nazorat qilish kerak.

Bolalar. Preparat bolalarda qoʻllanadi.

Avtomobilni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati.

Odatda taʼsir qilmaydi. Lekin nerv tizimi tomonidan kuzatilishi mumkin boʻlgan nojoʻya samaralarini hisobga olib, patsiyentlarga preparat bilan davolanish vaqtida avtotransportni boshqarishdan yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

qorinchalari fibrillyatsiyasi;

ovqat hazm qilish yoʻllari tomonidan: anoreksiya, koʻngil aynishi, qusish, diareya;

markaziy nerv tizimi va sezgi aʼzolari tomonidan: bosh ogʻrigʻi, yuqori toliqish, bosh aylanishi, kam hollarda – ranglarni ajratishni buzilishi, koʻrish oʻtkirligining pasayishi, skotoma, makro- va mikropsiya, juda kam hollarda – ongni chalkashishi, sinkopal holatlar.

Davolash: meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmir, kolestipol yoki kolestiramin qabul qililish. Aritmiya paydo boʻlganida vena ichiga 5% li glyukoza eritmasining 500 ml bilan 2-2,4 g kaliy xloridi 10 XB insulin bilan tomchilab yuboriladi (qon zardobidagi kaliyning konsentratsiyasi 5 mEq/l ga yetganida yuborish toʻxtatiladi). Kaliy saqlovchi vositalarni boʻlmacha-qorincha oʻtkazuvchanligi buzilganida qoʻllash mumkin emas. Yaqqol bradikardiyada atropin sulfati eritmasi buyuriladi. Oksigenoterapiya koʻrsatilgan. Dezintoksikatsion vosita sifatida shuningdek, unitiol, etilendiamintetraatsetat buyuriladi. Davolash simptomatik.

Gipokaliyemiya rivojlanganida yurakning toʻliq blokadasi boʻlmagan holda kaliy preparatlarini yuborish kerak. Yurakning toʻliq blokadasida elektrokardiostimulyatsiya oʻtkaziladi. Aritmiyalarda lidokain, prokainamid, fenitoin qoʻllanadi.

Hayot uchun xavfli digoksinning dozasini oshirib yuborilishida, membranali filtr orqali qoʻy antitelalarining fragmentlarini yuborish koʻrsatilgan, ular digoksinni bogʻlaydilar (Digoxin immune Fab, Digitalis-Antidote BM); 40 mg antidot taxminan 0,6 mg digoksinni bogʻlaydi.

Angishvonagul glikozidlari bilan zaharlanishda dializ va almashishli qon quyish kam samarali.

 

Chiqarilish shakli

Simptomlari:

yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aritmiya, shu jumladan bradikardiya,

atrioventrikulyar blokada, yurak qorinchalari taxikardiyasi yoki ekstrasistoliyasi, yurak

50 tabletkadan bankalarda yoki konteynerlarda; 50 tabletkadan bankalarda yoki konteynerlarda, 1 banka yoki konteyner qutida; 10 tabletkadan blisterda, 5 blisterdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original oʻramida, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.