Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ДИФЛЮКАН КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ДИФЛЮКАН КАПСУЛА 150МГ №12

570 000 so'mdan
(2655)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ПФАЙЗЕР
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Противогрибковые препараты
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologitk xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli

Kapsulalar 50 mg va 100 mg dan: 7 kapsuladan PVX/alyumin folga blisterda; 1 yoki 4 blister qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

Kapsulalar 150 mg: 1 yoki 4 kapsuladan PVX/alyumin folga blisterda; 1 blister 1 yoki 4 kapsuladan; 2 blister 1 kapsuladan; 3 blister 4 kapsuladan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Dori shakli:

 kapsulalar

 

Tarkibi:

50 mg li kapsulalar:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mg flukonazol;

yordamchi moddalar: 49,708 mg laktoza, 16,5 mg makkajoʻxori kraxmali, 0,117 mg kolloid kremniy dioksidi, 1,058 mg magniy stearati, 0,117 mg natriy laurilsulfati;

kapsula qobigʻi: 4,47% titan dioksidi (Ye171), 0,03% patentlangan moviy boʻyovchisi (Ye131), jelatin 100% gacha.

100 mg li kapsulalar:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 100 mg flukonazol;

yordamchi moddalar: 99,415 mg laktoza, 33,0 mg makkajoʻxori kraxmali, 0,235 mg kolloid kremniy dioksidi, 2,115 mg magniy stearati, 0,235 mg natriy laurilsulfati;

kapsula qobigʻi: 3% titan dioksidi (Ye171), jelatin 100% gacha.

150 mg li kapsulalar:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 150 mg flukonazol;

yordamchi moddalar: 149,123 mg laktoza, 49,5 mg makkajoʻxori kraxmali, 0,352 mg kolloid kremniy dioksidi, 3,173 mg magniy stearati, 0,352 mg natriy laurilsulfati;

kapsula qobigʻi: 1,47% titan dioksidi (Ye171), 0,03% patentlangan moviy boʻyovchisi (Ye131), jelatin 100% gacha.

50 mg, 100 mg va 150 mg li kapsulalarga markirovka qoʻyish uchun siyoh: 63% shellakli qiyom, 25% temir II,III oksidi (Ye172), 8,995% N-butil spirti, 2% sanoat metillangan spirt
74 OR, 1% soya letsitini, 0,005% koʻpikka qarshi komponent DC 1510.

 

Taʼrifi:

50 mg li kapsulalar: korpusi oq va qopqogʻi feruza rangli, qora rangli “Pfizer” va “FLU-50” logotipi koʻrinishidagi markirovkali № 4 qattiq jelatin kapsulalar.

100 mg li kapsulalar: oq korpus va qopqoqli, qora rangli “Pfizer” va “FLU-100” logotipi koʻrinishidagi markirovkali № 2 qattiq jelatin kapsulalar.

150 mg li kapsulalar: feruza rangli korpus va qopqoqli, qora rangli “Pfizer” va “FLU-150” logotipi koʻrinishidagi markirovkali № 1 qattiq jelatin kapsulalar.

Kapsula ichidagi modda: oqdan oq-sariq rangligacha boʻlgan kukun.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

zamburugʻlarga qarshi vosita.

 

 

Farmakologitk xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Flukonazol, triazol zamburugʻlarga qarshi vosita boʻlib, zamburugʻlarning xujayralarida sterollar sintezini kuchli selektiv ingibitori hisoblanadi.

Flukonazol in vitro sharoitida va klinik infeksiyalarda quyidagi mikroorganizmlarning koʻpchiligiga nisbatan faollik namoyish qilgan: Candida albicans, Candida glabrata (koʻpchilik shtammlari oʻrtacha sezgir), Candida parasilosis, Candida tropicalis, Cryptococcus neoformans.

Quyidagi mikroorganizmlarga Candida dubliniensis, Candida guilliermondii, Candida kefir, Candida lusitaniae  nisbatan flukonazolning in vitro faolligi koʻrsatilgan, lekin buning klinik ahamiyati nomaʼlum.

Ichga qabul qilinganda flukonazol hayvonlardagi zamburugʻli infeksiyalarning turli modellarida faollik namoyon qiladi. Preparatning opportunistik mikozlarda faolligi namoyish qilingan, shu jumladan Candida spp.(shu jumladan immuniteti susaygan hayvonlardagi yoyilgan kandidoz), Cryptococcus neoformans (shu jumladan bosh miya ichki infeksiyalari), Micosporum spp.  Trychophyton spp.lar chaqirgan.

Shuningdek hayvonlarda endemik mikozlar modellarida, shu jumladan immuniteti normal va susaygan hayvonlarda Blastomyces dermatitidea, Coccidioides immitis (shu jumladan bosh suyagi ichki infeksiyalari) va Histoplasma capsulatum chaqirgan infeksiyalarda flukonazolning faolligi aniqlangan.

Flukonazol sitoxrom R450 ga bogʻliq boʻlgan zamburugʻ fermentlariga nisbatan yuqori spetsifiklikka ega. Sutkada 50 mg flukonazol bilan 28 kungacha boʻlgan vaqt davomidagi davolash, erkaklarda qon plazmasida testosteronning konsentratsiyasiga yoki tugʻruq yoshidagi ayollarda steroidlarning konsentratsiyasiga taʼsir qilmaydi. Flukonazol sogʻlom koʻngilli erkaklarda sutkada 200-400 mg dozalarda endogen steroidlarning darajasiga va adrenokortikotrop gormonni (AKTG) ragʻbatlantirilishiga ularning reaksiyasiga klinik ahamiyatli taʼsir koʻrsatmaydi.

Flukonazolga rezistentlikni rivojlanish mexanizmi

Flukonazolga rezistentlik quyidagi hollarda rivojlanishi mumkin: flukonazol uchun nishon boʻlgan fermentning (lanosteril 14-ά-demetilaza) sifat va miqdoriy oʻzgarishi, nishonga flukonazolni yetishini kamayishi yoki bu mexanizmlarning kombinatsiyasi.

Ferment-nishonni kodlovchi ERG11 genidagi nuqtali mutatsiyalar, nishonni oʻzgarishiga va azollarga yashinlikni pasayishiga olib keladi. ERG11 genining ekspressiyasini oshishi ferment-nishonning yuqori konsentratsiyalarini ishlab chiqarilishiga olib keladi, bu xujayradagi fermentning hamma molekulalarini susaytirish uchun xujayra ichki suyuqligida flukonazolning konsentratsiyasini oshirish ehtiyojini hosil qiladi.

Rezistentlikning ikkinchi ahamiyatli mexanizmi preparatlarni zamburugʻ xujayrasidan faol chiqarilishida (efflyuksda) ishtirok etuvchi ikkita turdagi transporterlarning faollashishi oqibatida flukonazolni xujayra ichki boʻshligʻidan faol chiqarilishidan iborat. Bunday tashuvchilarga MDR  genlari (koʻpsonli dorilarga chidamlilik) tomonidan kodlanuvchi nisbatan asosiy oʻrtakash modda va CDR genlari (Candida zamburugʻlarini azolli antimikotiklarga rezistentlik genlari) tomonidan kodlanuvchi tashuvchilarning ATFni bogʻlovchi kassetalariningg superoilalari kiradi.

MDR  genlarining giperekspressiyasi flukonazolga nisbatan rezistentlikka olib keladi, shu vaqtning oʻzida CDR genlarining giperekspressiyasi turli azollarga nisbatan rezistentlikka olib kelishi mumkin.

Candida glabrata ga rezistentlik odatda CDR genini giperekspressiyasi bilan bogʻliq boʻlib, bu koʻpchilik azollarga nisbatan rezistentlikka olib keladi. Minimal ingibitsiya qiluvchi konsentratsiya (MIK) oraliq (16-32 mkg/ml) sifatida belgilangan shtammlar uchun, flukonazolning maksimal dozalarini qoʻllash tavsiya etiladi.

Candida krusei ni flukonazolga nisbatan rezistent sifatida qarash kerak. Rezistentlik mexanizmi flukonazolning ingibitsiya qiluvchi taʼsiriga ferment-nishonning pasaygan sezgirligi bilan bogʻliq.

Farmakokinetikasi

Flukonazolning farmakokinetikasi vena ichiga yuborilganida va ichga qabul qilinganiga oʻxshash. Ichga qabul qilinganidan keyin flukonazol yaxshi soʻriladi, uning qon plazmasidagi konsentratsiyasi (va umumiy biokiraolishi) vena ichiga yuborilgandagi shunday koʻrsatkichidan 90% yuqori. Bir vaqtda ovqat qabul qilish flukonazolni soʻrilishiga taʼsir qilmaydi. Qon plazmasidagi konsentratsiyasi dozaga proporsional va maksimumiga (Smax) flukonazol och qoringa qabul qilinganidan keyin 0,5-1,5 soat oʻtgach erishiladi, yarim chiqarilish davri esa, taxminan 30 soatni tashkil qiladi. 90% li muvozanat konsentratsiyasiga davolash boshlanganidan keyin 4-5-chi kunlar erishiladi (preparatni sutkada bir marta koʻp marotaba qabul qilinganida). Kapsula qabul qilinganda flyukonazolning soʻlakdagi maksimal konsentratsiyasiga 4 soat oʻtgach erishiladi.

Odatdagi sutkalik dozadan ikki marta yuqori zarb dozani yuborish (1-nchi kuni), 2-nchi kuni 90% li muvozanat konsentratsiyasiga erishish imkonini beradi. Taqsimlanish xajmi organizmdagi suvning umumiy miqdoriga yaqinlashadi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi-past (11-12% ni tashkil etadi).

Flukonazol organizmning hamma suyuqliklariga yaxshi kiradi. Flukonazolning soʻlak va balgʻamdagi konsentratsiyasi uning qon plazmasidagi konsentratsiyasiga oʻxshash. Zamburugʻli meningiti boʻlgan bemorlarda flukonazolning orqa miya suyuqligidagi konsentratsiyasi qon plazmasidagi uning konsentratsiyasidan taxminan 80% ni tashkil qiladi.

Terining muguz qavatida, epidermisda, dermada va ter suyuqligida yuqori konsentratsiyalarga erishiladi, ular zardobdagidan yuqori boʻladi. Flukonazol terining shox qavatida toʻplanadi. Sutkada bir marta 50 mg doza qabul qilinganda flukonazolning konsentratsiyasi 12 kun oʻtgach 73 mkg/g ni, davolash toʻxtatilganidan keyin 7 kun oʻtgach esa – faqat 5,8 mkg/g ni tashkil qiladi. Haftada bir marta 150 mg doza qoʻllanganida flukonazolning konsentratsiyasi shox qavatda 7-nchi kuni 23,4 mkg/g ni, ikkinchi doza qabul qilinganidan keyin 7 kun oʻtgach esa – 7,1 mkg/g ni tashkil qiladi.

Haftada bir marta 150 mg dozada 4 oy qoʻllagandan keyin tirnoqlarda flukonazolning konsentratsiyasi sogʻlom tirnoqlarda 4,05 mkg/g va shikastlangan tirnoqlarda 1,8 mkg/g ni tashkil qiladi; davolash yakunlanganidan keyin 6 oy oʻtgach, flukonazol tirnoqlarda oldingidek aniqlanadi.

Preparat asosan buyrak orqali chiqariladi; yuborilgan dozaning taxminan 80% oʻzgarmagan xolda siydikda aniqlanadi. Flukonazolning klirensi kreatinin klirensiga praporsional. Qonda aylanib yuruvchi metabolitlari aniqlanmagan.

Qon plazmasidan uzoq muddatli yarim chiqarilish davri flukonazolni qin kandidozida bir marta va boshqa koʻrsatmalarda sutkada bir marta yoki haftada bir marta qabul qilish imkonini beradi.

Bolalardagi farmakokinetikasi

Bolalarda farmakokinetik parametrlarning quyidagi qiymatlari olingan.

Yosh

Doza

Yarim chiqarilish davri (soat)

“Konsentratsiya vaqt” egri chizigʻi osti maydoni (AUC)

(mkg/s/ml)

9 oylik – 13 yosh

Bir marta – ichga 2 mg/kg

25,0

94,7

9 oylik – 13 yosh

Bir marta – ichga 8 mg/kg

19,5

362,5

Oʻrtacha 7 yosh

Koʻp marta – ichga 3 mg/kg

15,5

41,6

Keksa patsiyentlardagi farmakokinetikasi

65 yosh va undan oshgan keksa patsiyentlarda flukonazol ichga 50 mg dozada bir marta qoʻllanganda, ulardan ayrimlari bir vaqtda diuretiklarni qabul qilganlar, Smax ga qabul qilingandan keyin 1,3 soat oʻtgach erishilgan va 1,54 mkg/ml ni, AUC ning oʻrtacha qiymati – 76,4±20,3 mkg · soat/ml, yarim chiqarilishining oʻrtacha davri esa – 46,2 soatni tashkil qilgan. Bu farmakokinetik parametrlarning qiymatlari yosh patsiyentlardagiga qaraganda yuqori, bu, ehtimol, keksa yoshlilar uchun xarakterli boʻlgan buyrak faoliyatini pasayishi bilan bogʻliqdir. Diuretiklarni bir vaqtda qabul qilish AUC va Smax ni yaqqol oʻzgarishlarini chaqirmagan.

Kreatinin klirensi (minutiga 74 ml), oʻzgarmagan xolda buyraklar orqali chiqarilayotgan flukonazolning foizi (0-24 soat, 22%) va flukonazolning buyrak klirensi (minutiga 0,124 ml/kg) keksa patsiyentlarda yoshlar bilan solishtirganda past boʻlgan.

 

Qoʻllanilishi
  • kriptokokkoz, shu jumladan kriptokokkli meningit va boshqa sohalarda joylashgan infeksiyalar (masalan, oʻpka, teri), shu jumladan normal immun javobi boʻlgan bemorlarda, OITS li bemorlarda, aʼzolar koʻchirib oʻtkazilgan retsipiyentlarda va immun tanqisligining boshqa shakllari boʻlgan bemorlarda infeksiyalar; OITS boʻlgan bemorlarda kriptokokkozning qaytalanishlarini oldini olish maqsadida tutib turuvchi davolash;
  • yoyilgan kandidoz, shu jumladan kandidemiya, disseminatsiyalangan kandidoz va qorin pardasi, endokard, koʻz, nafas va siydik yoʻllarining infeksiyalari kabi invaziv kandidoz infeksiyasining boshqa shakllari, shu jumladan jadal davolash boʻlimlarida boʻlgan, sitotoksik yoki immunosupressiv vositalar qabul qilayotgan, shuningdek kandidozning rivojlanishiga moyillikning boshqa omillari boʻlgan bemorlardagi infeksiyalar;
  • shilliq qavatlarning kandidozi, shu jumladan ogʻiz boʻshligʻi va tomoq, qiziloʻngach shilliq qavati kandidozi, noinvaziv bronx-oʻpka infeksiyalari, kandiduriya, teri-shilliq qavati va ogʻiz boʻshligʻining surunkali atrofik kandidoazi (tish protezlarini taqish bilan bogʻliq boʻlgan), shu jumladan immun faoliyati normal va susaygan bemorlarda; OITS li bemorlarda orofarengial kandidozning qaytalanishini oldini olish;
  • genital kandidoz; oʻtkir yoki qaytalanuvchi vaginal kandidoz; qin kandidozi qaytalanishlari tez-tezligini kamaytirish maqsadidagi oldini olish; kandidozli balanit;
  • sitotoksik ximioterapiya yoki nur bilan davolash natijasida bunday infeksiyalarga moyil boʻlgan xavfli oʻsmalari boʻlgan bemorlarda zamburugʻli infeksiyalarni olidini olish;
  • teri mikozlari, shu jumladan oyoq panjalari, tana, chov soxasi mikozlari, kepaklanuvchi temiratki, onixomikoz va terining kandidozli infeksiyalari;
  • immuniteti normal boʻlgan bemorlardagi chuqur enedemik mikozlar, koksidioidomikoz, parakoksidioidomikoz, sporotrixoz va gistoplazmozda qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga. Kapsulalar butunligicha yutiladi.

Davolashni ekish va boshqa laborator tekshirishlarning natijalari olinguncha boshlash mumkin. Lekin bu tekshirishlarning natijalari maʼlum boʻlganda zamburugʻlarga qarshi davolashni muvofiq tarzda oʻzgartirish kerak.

Patsiyentni preparatni vena ichiga yuborishdan ogʻiz orqali qabul qilishga oʻtkazishda yoki aksincha, sutkalik dozani oʻzgartirish talab etilmaydi.

Diflyukan® preparatining sutkalik dozasi zamburugʻli infeksiyaning xarakteri va ogʻirligiga bogʻliq. Vaginal kandidozda koʻpchilik hollarda preparatni bir marta qabul qilish samarali. Preparatni takroriy qabul qilishni talab qiluvchi infeksiyalarda, davolashni faol zamburugʻli infeksiyaning klinik yoki laborator belgilari yoʻqolgunicha davom ettirish kerak. OITS va kriptokokkli meningiti yoki qaytalanuvchi orofarengial kandidozi boʻlgan bemorlarda infeksiyani qaytalanishlarini oldini olish uchun odatda tutib turuvchi davolash kerak.

Kattalarda qoʻllanishi

  1. Kriptokokkli meningit va boshqa sohalarda joylashgan kriptokokkli infeksiyalarda birinchi kuni odatda 400 mg qoʻllanadi, soʻngra esa davolash sutkada bir marta
    200-400 mg dozada davom ettiriladi. Kriptokokkli infeksiyalarni davolash davomiyligi klinik va mikologik samara boʻlishiga bogʻliq; kriptokokkli meningitda davolash odatda eng kamida 6-8 hafta davom ettiriladi. OITS boʻlgan bemorlardagi kriptokokkli meningitni qaytalanishini oldini olish uchun, birlamchi davolashning toʻliq kursi yakunlanganidan keyin Diflyukan preparati bilan sutkada 200 mg dozada davolashni juda uzoq muddat davom ettirish mumkin.
  2. Kandidemiyada, disseminatsiyalangan kandidozda va boshqa invaziv kandidozli infeksiyalarda doza odatda birinchi kuni 400 mg ni, soʻngra sutkada 200 mg danni tashkil qiladi. Klinik samaraning yaqqolligiga qarab, doza sutkada 400 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolash davomiyligi klinik samaradorlikka bogʻliq.
  3. Orofaringeal kandidozda preparat odatda 5-100 mg dan sutkada bir marta 7-14 kun davomida qoʻllanadi. Zarurati boʻlganda, immun faoliyati yaqqol susaygan bemorlarda davolash uzoqroq vaqt davom ettirilishi mumkin. Tish protezlarini taqish bilan bogʻliq boʻlgan ogʻiz boʻshligʻining atofik kandidozida preparat odatda 50 mg dozada sutkada bir marta 14 kun davomida, protezga ishlov berish uchun maxalliy antiseptik vositalar bilan birga qoʻllanadi.

Shilliq qavatlarning boshqa kandidozli infeksiyalarida (genital kandidozdan tashqari, quyiga qarang), masalan, ezofagitda, noinvaziv bronx-oʻpka infeksiyalarida, kandiduriyada, teri va shilliq qavatlarning kandidozida va x.k., samarali doza odatda sutkada 50-100 mg ni tashkil qiladi, davolash davomiyligi 14-30 kunni tashkil etadi.

OITS boʻlgan bemorlarda orofaringeal kandidozni qaytalanishlarini oldini olish uchun Diflyukan bilan birlamchi davolashning toʻliq kursi yakunlanganidan keyin, haftada bir marta 150 mg dan qoʻllash mumkin.

  1. Vaginal kandidozda Diflyukan ichga bir marta 150 mg dozada qoʻllanadi.

Vaginal kandidozning qaytalanishlari sonini kamaytirish uchun haftada bir marta 150 mg dozada qoʻllash mumkin. Qaytalanishga qarshi davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi, va, odatda, 6 oyni tashkil qiladi. 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar va 60 yoshdan oshgan patsiyentlarda bir martalik dozani shifokorning koʻrsatmasisiz qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Candida spp. Tomonidan chaqirilgan balanitda Diflyukan 150 mg dozada bir marta qoʻllanadi.

  1. Xavfli oʻsmalari boʻlgan bemorlarda kandidozni oldini olish uchun Diflyukan preparatining tavsiya etilgan dozasi zamburugʻli infeksiyani rivojlanishi xavf darajasiga qarab, sutkada bir marta 50-400 mg ni tashkil qiladi. Yoyilgan infeksiyaning yuqori xavfi boʻlgan, masalan, yaqqol yoki uzoq vaqt saqlanayotgan neytropeniyasi boʻlgan bemorlar uchun tavsiya etilgan doza sutkada bir marta 400 mg ni tashkil qiladi. Diflyukan kutilayotgan neytropeniyani rivojlanishigacha bir necha kun qoʻllanadi va neytrofillar soni 1000 mm2 koʻproqqa oshganidan keyin, davolash yani 7 kun davom ettiriladi.
  2. Teri infeksiyalarida, shu jumladan oyoq panjalari, silliq teri, chov soxasi mikozlari va kandidoz infeksiyalarda, tavsiya etiladigan doza haftada bir marta 150 mg yoki sutkada bir marta 50 mg ni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi odatda 2-4 haftani tashkil qiladi, lekin oyoq panjasi mikozlarida davomliroq (6 haftagacha) davolash talab qilinishi mumkin.

Kepaksimon temiratkida tavsiya etiladigan doza 300 mg ni tashkil qiladi, haftada bir marta 2 hafta davomida; ayrim bemorlarga haftada 300 mg boʻlgan uchinchi doza talab qilinadi, shu vaqtning oʻzida ayrim bemorlar uchun bir marta 300-400 mg qabul qilish yetarli boʻladi. Davolashning muqobil sxemasi preparatni 2-4 hafta davomida 50 mg dan sutkada bir marta qoʻllash hisoblanadi.

Onixomikozda tavsiya etiladigan doza haftada bir marta 150 mg ni tashkil qiladi. Davolashni infeksiyalangan tirnoq almashgunicha (infeksiyalanmagan tirnoq oʻsib chiqqunicha) davom ettirish kerak. Qoʻllar va oyoqlarda tirnoqlarni qayta oʻsib chiqishi uchun odatda muvofiq 3-6 oy va 6-12 oy talab etiladi. Lekin oʻsish tezligi turli odamlarda, shuningdek yoshga qarab keng chegaralarda oʻzgarishi mumkin.

  1. Chuqur endemik mikozlarda preparatni sutkada 200-400 mg dozada qoʻllash talab etilishi mumkin. Davolash 2 yilgacha davom etishi mumkin. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi; u koksidioidomikozda 11-24 oyni, parakoksidioidomikozda 2-17 oyni, sporotrixozda 1-16 oyni va gistoplazmozda 3-17 oyni tashkil qiladi.

Bolalarda qoʻllanishi

Kattalardagi oʻxshash infeksiyalarda boʻlgani kabi, davolash davomiyligi klinik va mikologik samaraga bogʻliq. Bolalar uchun preparatning sutkalik dozasi kattalar uchun shundaydan oshmasligi kerak. Diflyukan® xar kuni sutkada bir marta qoʻllanadi.

Shilliq qavatlar kandidozida Diflyukan® preparatining tavsiya etilagan dozasi sutkada 3 mg/kg. Birinchi kuni muvozanat konsentratsiyasiga tezroq erishish maqsadida 6 mg/kg zarb dozani qoʻllash mumkin.

Yoyilgan kandidoz va kriptokokkli infeksiyani davolash uchun kasallikning ogʻirligiga qarab, tavsiya etiladigan doza sutkada 6-12 mg/kg ni tashkil qiladi.

OITS boʻlgan bemor bolalarda kriptokokkli meningitni qaytalanishini susaytirish uchun Diflyukan® preparatining tavsiya etilgan dozasi sutkada 6 mg/kg ni tashkil qiladi.

Infeksiyani rivojlanish xavfi sitotoksik ximioterapiya yoki nurli davolash natijasida rivojlanayotgan neytropeniya bilan bogʻliq boʻlgan . Immuniteti susaygan bemorlarda zamburugʻli infeksiyalarni oldini olish uchun, preparat induksiyalangan neytropeniyaning yaqqolligi va saqlanish davomiyligiga qarab, sutkada 3-12 mg/kg  dan qoʻllanadi (kattalar uchun dozaga qarang; buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bolalar uchun – buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlar uchun dozaga qarang).

Diflyukan® preparatini kapsulalar koʻrinishidagi dori shaklini bolalarda toʻgʻri ishlatishning iloji boʻlmaganida, ekvivalent dozalarda preparatning boshqa dori shakllariga almashtirish imkoniyatini koʻrish kerak (ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun yoki vena ichiga yuborish uchun eritma).

Keksa odamlarda qoʻllanishi

Buyrak yetishmovchiligi belgilari boʻlmaganda Diflyukan® odatdagi dozada qoʻllanadi. Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda (kreatinin klirensi ≤50 ml/min) preparatning dozaga, quyida taʼriflanganidek tuzatish kiritiladi.

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda qoʻllanishi

Bir marta qabul qilishda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak faoliyatini buzilishi boʻlgan bemorlarda (shu jumladan bolalarda) preparat koʻp marta qoʻllanganida dastlab 50 mg dan 400 mg gacha boʻlgan zarb dozani yuborish kerak, shundan keyin sutkalik doza (koʻrsatmalarga qarab) quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi:

Kreatinin klirensi (ml/min)

Tavsiya etilgan dozaning foizi

≥ 50

≥ 50 (dializsiz)

Muntazam dializ

199%

50%

100% xar bir dializdan keyin

Muntazam dializda boʻlgan bemorlar dializning xar bir seansidan keyin tavsiya etilgan dozaning 100% ni olishlari kerak. Dializ qilinadigan kuni, patsiyentlar preparatning kamaytirilgan (kreatinin klirensiga qarab) dozasini olishlari kerak.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat odatda juda yaxshi oʻzlashtiriladi.

Diflyukan® preparatining klinik va postmarketing (*) tadqiqotlarida quyidagi nojoʻya reaksiyalar aniqlangan:

Nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi*, tirishishlar*, taʼmni oʻzgarishi*, paresteziya, uyqusizlik, uyquchanlik, tremor.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda ogʻriq, diareya, meteorizm, koʻngil aynishi, dispepsiya*, qusish*, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatini qurishi.

Gepatobiliar tizim tomonidan: gepatotoksiklik, ayrim hollarda oʻlim bilan yakunlanuvchi, bilirubin konsentratsiyasini, zardob transaminazalari (alaninaminotransferaza (ALT) va aspartataminotransferaza (AST)), ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, jigar faoliyatini buzilishi*, gepatit*, gepatotsellyulyar nekroz*, sariqlik*, xolestaz, gepatotsellyulyar shikastlanish.

Teri qoplamalari tomonidan: toshma, alopetsiya*, terining eksfoleativ shikastlanishlari*, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz, oʻtkir yoyilgan ekzematoz pustulez, koʻp terlash, dori taʼsirida toshma.

Qon yaratish aʼzolari  va limfatik tizimi tomonidan*: leykopeniya, shu jumladan neytropeniya, agranulotsitoz va trombotsitopeniya.

Immun tizimi tomonidan*: anafilaksiya (shu jumladan angionevrotish shish, yuzni shishi, eshakemi, qichishish).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan*: EKG da QT  intervalini uzayishi (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Moddalar almashinuvi tomonidan*: qon plazmasida xolesterin va triglitseridlarning konsentratsiyasini oshishi, gipokaliyemiya.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: mialgiya.

Boshqalar: kuchsizlik, asteniya, kuchli toliqish, isitma, koʻp terlash, vertigo.

Ayrim bemorlarda, ayniqsa OITS yoki rak kabi jiddiy kasalliklari boʻlganlarda, Diflyukan® preparati va unga oʻxshash preparatlar bilan davolashda qon, buyrak va jigar koʻrsatkichlarini oʻzgarishlari kuzatilgan (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang). Lekin bu oʻzgarishlarning klinik ahamiyati va ularni davolash bilan bogʻliqligi aniqlanmagan.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • flukonazolga, preparatning boshqa komponentlariga yoki tuzilishi boʻyicha flukonazolga oʻxshash azolli moddalarga yuqori sezuvchanlik;
    • flukonazol sutkada 400 mg va koʻproq dozada koʻp marta qoʻllash vaqtida terfenadinni bir vaqtda qabul qilish (“Boshqa dori preparatlari bilan oʻzaro taʼsiri” boʻlimiga qarang);
    • sizaprid, astemizol, eritromitsin, pimozid va xinidin kabi QT intervalini oshiruvchi va CYP3A4 izofermenti yordamida metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllash (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri” boʻlimiga qarang);
    • glyukozani oʻzlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi va glyukoza/galaktozani soʻrilishini buzilishi;
    • 3 yoshgacha boʻlgan bolalar (bu dori shakli uchun) da qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

  • jigar faoliyati koʻrsatgichlarini buzilishi;
  • buyrak faoliyatini buzilishi;
  • yuza joylashgan zamburugʻli infeksiya va invaziv/tizimli zamburugʻli infeksiyalari boʻlgan bemorlarda flukonazolni qoʻllash fonida toshma paydo boʻlishi;
  • terfenadin va flukonazolni sutkada 400 mg dan kamroq dozada bir vaqtda qoʻllash;
  • koʻpsonli xavf omillari boʻlgan bemorlardagi potensial proaritmik holatlar (yurakning organik kasalliklari, elektrolit balansini buzilishlari va bunday buzilishlarni rivojlanishiga yordam beruvchi yondosh davolash).

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Flukonazolni 50 mg dozada bir marta yoki koʻp marta qabul qilish, fenazonning (Antipirin) metabolizmiga, ular bir vaqtda qabul qilinganida, taʼsir qilmaydi.

Flukonazolni quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllash mumkin emas:

Sizaprid: flukonazol va sizaprid bir vaqtda qoʻllanganida yurak tomonidan noxush reaksiyalar, shu jumladan, “piruet” turidagi (torsade depointes) taxisistolik qorincha aritmiyasi kuzatilishi mumkin. Flukonazolni 200 mg dozada sutkada 1 marta va sizapridni 20 mg dozada sutkada 4 marta qoʻllash, sizapridning plazmadagi konsentratsiyasini yaqqol oshishiga va EKG da QT intervalini oshishiga olib keladi. Sizaprid va flukonazolni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.

Terfenadin: azol guruhi zamburugʻlarga qarshi vositalar va terfenadin bir vaqtda qoʻllanganda, QT intervalining oshishi natijasida jiddiy aritmiyalar paydo boʻlishi mumkin. Flukonazol sutkada 200 mg dozada qabul qilinganda QT intervalini oshishi aniqlanmagan, lekin, flukonazolni sutkada 400 mg va undan yuqori dozada qoʻllash, qon plazmasida terfenadinning konsentratsiyasini ahamiyatli oshishini chaqiradi. Flukonazolni sutkada 400 mg va undan yuqori dozalarda terfenadin bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” boʻlimiga qarang). Sutkada 400 mg dan kamroq dozalardagi flukonazol va terfenadin bilan birga davolashni jiddiy nazorat ostida oʻtkazish kerak.

Astemizol: flukonazolni astemizol yoki metabolizmi sitoxrom R450 tizimi tomonidan amalga oshiriladigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllash, bu vositalarning zardobdagi konsentratsiyalarini oshishi bilan birga kechishi mumkin. Qon plazmasida astemizolning konsentratsiyasini oshishi QT intervalini choʻzilishiga va ayrim hollarda “piruet” turidagi (torsade depointes) taxisistolik qorincha aritmiyasi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Astemizol va flukonazolni bir vaqtda qoʻllash mumkin emas.

Pimozid: muvofiq in vitro yoki in vivo tadqiqotlar oʻtkazilmaganligiga qaramay, flukonazol va pimozidni bir vaqtda qoʻllash, pimozidning metabolizmini susayishiga olib kelishi mumkin. Oʻz navbatida pimozidning plazmadagi konsentratsiyasini oshishi QT intervalini uzayishi va ayrim hollarda “piruet” turidagi (torsade depointes) taxisistolik qorincha aritmiyasini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Pimozid va flukonazolni bir vaqtda qoʻllash mumkin emas.

Xinidin: muvofiq in vitro yoki in vivo tadqiqotlar oʻtkazilmaganligiga qaramay, flukonazol va xinidinni bir vaqtda qoʻllash xam, xinidinning metabolizmini susayishiga olib kelishi mumkin. Xinidinni qoʻllash QT intervalini uzayishi va ayrim hollarda “piruet” turidagi (torsade depointes) taxisistolik qorincha aritmiyasini rivojlanishi bilan bogʻliq. Xinidin va flukonazolni bir vaqtda qoʻllash mumkin emas.

Eritromitsin: flukonazol va eritromitsinni bir vaqtda qoʻllash potensial kardiotoksiklikni (QT intervalini uzayishi)  torsade depointes) rivojlanishiga va buning oqibatida, toʻsatdan yurak toʻxtab oʻlimga olib kelishi mumkin.

Quyidagi preparatlar va flukonazolni bir vaqtda qoʻllashda ehtiyotkorlikka rioya qilish va, ehtimol, dozaga tuzatish kiritish kerak.

Flukonazol taʼsir etuvchi preparatlar:

Gidroxlortiazid: flukonazol bilan gidroxlortiazidni bir vaqtda koʻp marta qoʻllash, qon plazmasida flukonazolning konsentratsiyasini 40% ga oshishiga olib keladi. Bu darajada ifodalangan samara bir vaqtda diuretiklarni qabul qilayotgan bemorlarda flukonazolning dozalash tartibini oʻzgartirishni talab qilmaydi, lekin shifokor buni hisobga olishi kerak.

Rifampitsin: flukonazol va rifampitsinni bir vaqtda qoʻllash, flukonazolning AUC ni 25% ga pasayishiga va yarim chiqarilish davri davomiyligini 20% ga pasayishiga olib keladi. Bir vaqtda rifampitsin qabul qilayotgan bemorlarda, flukonazolning dozasini oshirish maqsadga muvofiqligini hisobga olish kerak.

Flukonazol taʼsir etuvchi preparatlar:

Flukonazol sitoxrom R450 ning CYP2C9 va CYP2C19 izofermentining kuchli ingibitori va CYP3A4 izofermentining oʻrtacha ingibitori hisoblanadi. Bundan tashqari, keyinchalik quyida sanab oʻtilgan samaralardan tashqari, flukonazol bilan bir vaqtda qabul qilinganda CYP2C9, CYP2C19 va CYP3A4 izofermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan boshqa dori vositalarining qon plazmasidagi konsentratsiyasini oshish xavfi bor. Shuning uchun, sanab oʻtilgan preparatlar bir vaqtda qoʻllanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, bunday kombinatsiyalarning zarurati tugʻilganida esa, patsiyentlar sinchkov tibbiy kuzatuv ostida boʻlishlari kerak. Uzoq muddatli yarim chiqarilish davri tufayli preparat bekor qilinganidan keyin 4-5 kun davomida flukonazolning ingibitsiya qiluvchi samarasi saqlanib qolishini hisobga olish kerak.

Alfentanil: alfentanilning klirensini va taqsimlanish xajmini kamayishi, yarim chiqarilish davrini oshishi kuzatiladi. Ehtimol, bu flukonazolni CYP3A4 izofermentini ingibitsiya qilishi bilan bogʻliqdir. Alfentanilning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.

Amitriptilin, nortriptilin: samarani oshishi. 5-nortriptilin va/yoki S-amitriptilin konsentratsiyasini, flukonazol bilan majmuaviy davolashni boshida va davolash boshlanganidan keyin bir hafta oʻtgach oʻlchash mumkin. Zarurati boʻlganda amitriptilin/nortriptilinning dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Amfoteritsin V: sichqonlarda oʻtkazilgan (shu jumladan, immunosupressiyali sichqonlarda) tadqiqotlarda quyidagi natijalar aniqlangan: C. Albicans chaqirgan tizimli infeksiyada katta boʻlmagan additiv zamburugʻlarga qarshi samara, Cryptocjccus neoformans chaqirgan bosh suyagi ichki infeksiyada oʻzaro taʼsirning yoʻqligi va  A. fumigatus chaqirgan tizimli infeksiyada antagonizm kuzatilgan. Ushbu natijalarning klinik ahamiyati nomaʼlum.

Antikoagulyantlar: boshqa zamburugʻlarga qarshi pareparatlar (azol hosilalari) kabi flukonazol xam varfarin bilan bir vaqtda qoʻllanganda, protrombin vaqtini oshiradi (12% ga), shu tufayli qon ketishi (gematomalar, burundan va meʼda-ichak yoʻllaridan qon ketishi, gematuriya, melena) rivojlanishi mumkin. Kumarin antikoagulyantlari va flukonazolni qabul qilayotgan patsiyentlarda protrombin vaqtini, davolash davrida doimo va bir vaqtda qoʻllangandan keyin 8 kun davomida nazorat qilish kerak. Shuningdek varfarinning dozasiga tuzatish kiritish maqsadga muvofiqligini baxolash kerak.

Azitromitsin: flukonazol 800 mg bir martalik dozada va azitromitsin 1200 mg bir martalik dozada ichga bir vaqtda qoʻllanganda, ikkala preparatlar orasida yaqqol farmakokinetik oʻzaro taʼsir aniqlanmagan.

Benzodiazepinlar (qisqa taʼsirli): midazolam ichga qabul qilinganidan keyin, flukonazol midazolamning konsentratsiyasini va psixomotor samaralarini ahamiyatli oshiradi, bunda bu taʼsir flukonazol vena ichiga yuborilgandagiga qaraganda, ichga qabul qilingandan keyin yaqqolroqdir. Flukonazolni qabul qilayotgan patsiyentlarni benzadiazepinlar bilan yondosh davolash zarurat tugʻilganda, benzodiazepinning dozasini muvofiq pasaytirish maqsadga muvofiqligini baxolash maqsadida kuzatish kerak.

Bir vaqtda triazolamning bir martalik dozasi qabul qilinganda, triazolamning metabolizmini susayishi tufayli, flukonazol triazolamning AUC ni taxminan 50% ga, Cmax – 25-50% ga va yarim chiqarilish davrini 25-50% ga oshiradi. Triazolamning dozasiga tuzatish kiritish kerak boʻlishi mumkin.

Karbamazepin: flukonazol karbamazepinning metabolizmini susaytiradi va karbamazepinning zardobdagi konsentratsiyasini 30% ga oshiradi. Karbamazepinning toksiklikni rivojlanish xavfini hisobga olish kerak. Konsentratsiya/samaraga qarab, karbamazepinning dozasiga tuzatish kiritish zaruratini baxolash kerak.

Kalsiy kanallarining blokatorlari: kalsiy kanallarining ayrim antagonistlari (nifedipin, isradipin, amlodipin, verapamil va felodipin) CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydi. Flukonazol kalsiy kanallari antagonistlarining tizimli ekspozitsiyasini oshiradi.

Nevirapin: flukonazol va nevirapinni birga qabul qilish, nevirapinni aloxida qoʻllanishi boʻyicha nazorat maʼlumotlari bilan solishtirganda, nevirapinning ekspozitsiyasini taxminan 100% ga oshiradi. Dori preparatlari yondosh qoʻllanganda nevirapinni koʻp chiqarilishini oshishi xavfi tufayli, maʼlum ehtiyotkorliklar va patsiyentlarni sinchiklab kuzatish kerak.

Siklosporin: buyrak koʻchirib oʻtkazilgan patsiyentlarda, flukonazolni sutkada 200 mg dozada qoʻllash, siklosporinning konsentratsiyasini sekin oshishiga olib keladi. Lekin flukonazol sutkada 100 mg dozada koʻp marta qoʻllanganda, suyak koʻmigi retsipiyentlarida siklosporinning konsentratsiyasini oʻzgarishi kuzatilmaydi. Flukonazol va siklosporin bir vaqtda qoʻllanganda, qonda siklosporinning konsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Siklofosfamid: siklofosfamid va flukonazol bir vaqtda qoʻllanganda, bilirubin va kreatininning zardobdagi konsentratsiyasini oshishi aniqlanadi. Ushbu majmuaga bilirubin va kreatininning konsentratsiyasini oshish xavfini hisobga olgan holda yoʻl qoʻyiladi.

Fentanil: fentanil va flukonazolni bir vaqtda qabul qilish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan bir oʻlim xaqida xabar bor. Buzilishlar fentanilning intoksikatsiyasi bilan bogʻliq deb taxmin qilinadi. Flukonazolni fentanilning chiqarilish vaqtini ahamiyatli uzaytirishi koʻrsatilgan. Fentanilning konsentratsiyasini oshishi nafas faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Galofantrin: flukonazol CYP3A4 izofermentini ingibitsiya qilishi tufayli qon plazmasida galofantrinning konsentratsiyasini oshirishi mumkin. Azol qatori boshqa preparatlari kabi flukonazol bilan bir vaqtda qoʻllanganda “piruet” (torsade de pointes) turidagi qorincha taxisistolik aritmiya rivojlanishi mumkin va ularni birga qoʻllash tavsiya etilmaydi.

GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari: flukonazol va CYP3A4 izofermenti (atorvastatin va simvastatin kabi) yoki CYP2D6 izofermenti tomonidan (fluvastatin kabi) metabolizmga uchraydigan GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bir vaqtda qoʻllanganda, miopatiya va rabdomiolizni rivojlanishini xavfi oshadi. Koʻrsatilgan preparatlar bilan bir vaqtda davolash zarurati boʻlgan hollarda, miopatiya va rabdomioliz simptomlarini aniqlash maqsadida patsiyentlarni kuzatish kerak. Kreatininkinaza konsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Kreatininkinaza konsentratsiyasi ahamiyatli oshgan yoki agar miopatiya yoki rabdomioliz diagnostika qilinsa yoki rivojlanishiga gumon boʻlsa, GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan davolashni toʻxtatish kerak.

Lozartan: flukonazol lozartanni uning faol metabolitigacha (Ye-3174) metabolizmini susaytiradi, u angiotenzin-II retseptorlariga antagonizmi bilan bogʻliq boʻlgan samaralarining katta qismiga javob beradi. Arterial bosimni muntazam nazorat qilish kerak.

Metadon: flukonazol metadonning plazmadagi konsentratsiyasini oshirishi mumkin. Metadonning dozasiga tuzatish kiritish kerak boʻlishi mumkin.

Nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar (NYAQP): flurbiprofenning Cmax va AUC koʻrsatkichlari muvofiq 23% va 81% ga oshadi. Flukonazolni ratsemik ibuprofen (400 mg) bilan bir vaqtda qoʻllanganda farmakologik faol izomer [S-(+)-ibuprofen] analgetik Cmax va AUC koʻrsatkichlari muvofiq ravishda 15% va 82% ga oshgan.

Flukonazol sutkada 200 mg dozada va selekoksib 200 mg dozada bir vaqtda qoʻllanganida, selekoksibning Cmax va AUC muvofiq 68% va 134% ga oshadi. Bu majmuada selekoksibning dozasini ikki marta pasaytirish mumkin.

Bir maqsadga yoʻnaltirilgan tadqiqotlar yoʻqligiga qaramay, flukonazol CYP2S9 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan boshqa NYAQP (masalan, naproksen, lornoksikam, meloksikam, diklofenak) tizimli ekspozitsiyasini oshirishi mumkin. NYAQP dozasiga tuzatish kiritish kerak boʻlishi mumkin.

NYAQP va flukonazol bir vaqtda qoʻllanganda, NYAQP bilan bogʻliq boʻlgan noxush koʻrinishlar va toksiklik belgilarini aniqlash va nazorat qilish maqsadida sinchkov tibbiy kuzatuv ostida boʻlishlari kerak.

Peroral kontratseptivlar: majmuaviy peroral kontratseptiv 50 mg dozadagi flukonazol bilan bir vavqtda qoʻllanganda gormonlarning darajasiga ahamiyatli taʼsiri aniqlanmagan, 200 mg flukonazol xar kuni qabul qilinganida esa, etinilestradiol va levonorgestrelning AUC koʻrsatkichi muvofiq 40% va 24% ga oshgan, 300 mg flukonazol haftada bir marta qabul qilinganida esa, etinilestradiol va levonorgestrelning AUC koʻrsatkichi muvofiq 24% va 13% ga oshgan. Shunday qilib, flukonazolni koʻrsatilgan dozalarda koʻp marta qoʻllash, majmuaviy peroral homilaga qarshi vositaning samaradorligiga taʼsir koʻrsatish ehtimoli kam.

Fenitoin: flukonazol va fenitoinni bir vaqtda qoʻllash, fenitoinning konsentratsiyasini klinik ahamiyatli oshishi bilan birga kechishi mumkin. Ikkala preparatlarni bir vaqtda qoʻllash zarurati tugʻilgan hollarda, qon zardobida terapevtik konsentratsiyani taʼminlash maqsadida fenitoinning konsentratsiyasini nazorat qilish va uning dozasiga muvofiq tarzda tuzatish kiritish kerak.

Prednizon: jigar koʻchirib oʻtkazilganidan keyin uch oylik davolash kursidan soʻng flukonazolni bekor qilish fonida patsiyentda buyrak usti bezlarini oʻtkir yetishmovchiligini rivojlanishi xaqida xabar bor. Taxmin qilinishicha, flukonazol bilan davolashni toʻxtatish CYP3A4 izofermentining faolligini oshishini chaqiradi, bu prednizonning metabolizmini oshishiga olib keladi.

Prednizon va flukonazol bilan majmuaviy davolash qabul qilayotgan patsiyentlar, buyrak usti bezlarining holatini baxolash maqsadida flukonazolni qabul qilish bekor qilinganda, sinchkov tibbiy kuzatuv ostida boʻlishari kerak.

Rifabutin: flukonazol va rifabutinni bir vaqtda qoʻllash, oxirgisining zardob konsentratsiyasini 80% gacha oshishiga olib kelishi mumkin. Flukonazol va rifabutin bir vaqtda qoʻllanganda uveit hollari taʼriflangan. Rifabutin va flukonazolni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarni sinchiklab kuzatish kerak.

Sakvinavir: CYP3A4 izofermentining jigardagi metabolizmini ingibitsiya qilinishi va R-glikoproteinning ingibitsiya qilinishi tufayli, sakvinavirning AUC taxminan 50% ga, Cmax – 55% ga, klirensi taxminan 50% ga oshadi. Sakvinavirning dozasiga tuzatish kiritish kerak boʻlishi mumkin.

Sirolimus: taxminan CYP3A4 izofermenti va R-glikoproteinni susayishi orqali sirolimusning metabolizmini ingibitsiya qilinishi bilan bogʻliq, qon plazmasida sirolimusning konsentratsiyasini oshishi kuzatiladi. Ushbu kombinatsiya samara/konsentratsiyaga qarab sirolimusning dozasiga muvofiq tuzatish kiritilishi bilan qoʻllanishi mumkin.

Sulfonilmochevina preparatlari: bir vaqtda qabul qilinganda flukonazol, sulfonilmochevinaning peroral preparatlarining (xlorpropamid, glibenklamid, glipizid va tolbutamid) yarim chiqarilish davrini oshishiga olib keladi. Qandli diabeti boʻlgan bemorlarga flukonazol va sulfonilmochevinaning peroral preparatlarini birga qoʻllashni buyurish mumkin, lekin bunda gipoglikemiyani rivojlanishi mumkinligini hisobga olish, bundan tashqari, qonda glyukozani muntazam nazorat qilish va zarurati boʻlganda sulfonilmochevina preparatlarining dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Takrolimus: flukonazol va takrolimusni (ichga) bir vaqtda qoʻllash, CYP3A4 izofermentini orqali ichakda yuz beradigan takrolimusning metabolizmini ingibitsiya qilinishi hisobiga, oxirgisining zardobdagi konsentratsiyasini 5 marta oshishiga olib keladi. Takrolimus vena ichiga qoʻllanganda preparatlarning farmakokinetikasini ahamiyatli oʻzgarishlari aniqlangan emas. Nefrotoksiklik hollari taʼriflangan. Takrolimusni ichga va flukonazolni bir vaqtda  bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarni sinchiklab kuzatish kerak. Takrolimusning qondagi konsentratsiyasini oshish darajasiga qarab, uning dozasiga tuzatish kiritish lozim.

Teofillin: flukonazol 200 mg dozada 14 kun davomida bir vaqtda qoʻllanganida, teofillinning plazma klirensini oʻrtacha tezligi 18% ga pasayadi. Teofillinni yuqori dozalarda qabul qilayotgan bemorlarga yoki teofillinning toksik taʼsirini rivojlanish xavfi yuqori boʻlgan bemorlarga flukonazol buyurilganda, teofillinning dozasini oshirib yuborilishi simptomlari paydo boʻlishini kuzatish va, zarurati boʻlganida, davolashni muvofiq tarzda muvofiqlashtirish kerak.

Tofatsitinib: bir vaqtda CYP3A4 izofermentining oʻrtacha ingibitorlari va CYP2S9 izofermentining kuchli ingibitorlari boʻlgan preparatlar (masalan, flukonazol) bilan birga qoʻllanganda, tofatsitinibning ekspozitsiyasi oshadi. Ehtimol, tofatsitinibning dozasiga tuzatish kiritish kerak boʻlishi mumkin.

Boʻrigul alkaloidi: maqsadga yoʻnaltirilgan tadqiqotlar yoʻqligiga qaramay, flukonazol qon plazmasida boʻrigul alkaloidlarining (masalan, vinkristin va vinblastin) konsentratsiyasini oshirishi mumkin deb taxmin qilinadi va shunday qilib, neyrotoksiklikka olib keladi, bu ehtimol, CYP3A4 izofermentining susayishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

A vitamini. Toʻliq transretinoat kislotasini va flukonazolni bir vaqtda qoʻllanganida markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan bosh miya psevdooʻsmasi koʻrinishidagi flukonazol bekor qilinganidan soʻng yoʻqolgan noxush reaksiyalarni rivojlanishining bir holati toʻgʻrisida xabar mavjud. Mazkur majmuani qoʻllash mumkin, lekin MNT tomonidan noxush reaksiyalarni yuz berishi mumkinligini unutmaslik kerak.

Zidovudin: flukonazol bilan bir vaqtda qoʻllanganda zidovudinning Cmax va AUC ni muvofiq 84% va74% ga oshishi aniqlangan. Bu samara, ehtimol, oxirgisini uning asosiy metabolitigacha metabolizmini pasayishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. OITS va ARC (OITS bilan bogʻliq boʻlgan kompleks) boʻlgan bemorlarda sutkada 200 mg dozada 15 kun davomida flukonazolni qoʻllashdan oldin va keyin, zidovudinning AUC ni ahamiyatli oshishi (20%) aniqlangan.

Bunday majmuani qabul qilayotgan bemorlarni, zidovudinning nojoʻya samaralarini aniqlash maqsadida kuzatish kerak.

Vorikonazol CYP2S9, CYP2S19 va  CYP3A4 izofermentlarning ingibitori): vorikanozol (birinchi kuni sutkada ikki marta 400 mg dan, soʻngra 200 mg dan sutkada bir marta 2,5 kun davomida) va flukonazolni (birinchi kuni 400 mg, soʻngra sutkada 200 mg dan 4 kun davomida) bir vaqtda qoʻllash, vorikonazolning konsentratsiyasi va AUC ni muvofiq 57% va 79% ga oshishiga olib keladi. Bu samarani preparatlarning birontasini dozasi kamaytirilganda va/yoki qabul qilish soni kamaytirilganda ham saqlanishi koʻrsatilgan. Vorikonazol va flukonazolni bir vaqtda qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Flukonazolning peroral shakllarini u ovqat, simetidin, antatsidlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda, shuningdek suyak koʻmigini koʻchirib oʻtkazishga tayyorlash uchun tanani total nurlantirishdan keyin oʻzaro taʼsiri yuzasidan tekshirishlar, bu omillarni flukonazolni soʻrilishiga klinik ahamiyatli taʼsir qilmasligini qoʻrsatadi.

Sanab oʻtilgan oʻzaro taʼsirlar flukonazolni koʻp marta qoʻllanganda aniqlangan; flukonazolni bir marta qoʻllash natijasidagi dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri nomaʼlum.

Shifokorlar boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri oʻrganilmaganligini, lekin u boʻlishi mumkinligini hisobga olishlari kerak.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Candida ning Candida albicans dan farq qiluvchi shtammlari tomonidan chaqirilgan superinfeksiya hollari haqida xabar berilgan, ular koʻpincha flukonazolga tabiiy rezistentlikka ega boʻladilar (masalan, Candida krusei). Bunday hollarda muqobil zamburugʻlarga qarshi davolash talab qilinishi mumkin.

Kam hollarda flukonazolni qoʻllash, shu jumladan, asosan jiddiy yondosh kasalliklari boʻlgan bemorlarda oʻlim bilan yakunlangan, jigardagi toksik oʻzgarishlar bilan birga kechgan. Flukonazolni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan gepatotoksik samaralar yuz berganida, ularni preparatning umumiy sutkalik dozasi, davolash davomiyligi, bemorning jinsi va yoshiga aniq bogʻliqligi aniqlanmagan. Preparatning gepatotoksik taʼsiri odatda qaytuvchan boʻlgan; davolash toʻxtatilgaidan keyin uning belgilari yoʻqolgan. Preparat bilan davolash vaqtida jigar faoliyati koʻrsatgichlari buziladigan bemorlarni, jigarning jiddiyroq shikastlanish belgilarini aniqlash maqsadida kuzatish kerak. Jigar faoliyatini izdan chiqishining klinik belgilari yoki simptomlari paydo boʻlganida, ular flukonazolni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, preparatni bekor qilish kerak.

Boshqa azollarni qoʻllaganda boʻlgani  kabi, flukonazol kam hollarda anafilaktik reaksiyalar chaqirishi mumkin.

Flukonazol bilan davolash vaqtida kam hollarda bemorlarda Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi terining eksfoliativ shikastlanishlari rivojlangan. OITV boʻlgan bemorlar koʻpchilik preparatlar qoʻllanganda ogʻir teri reaksiyalar rivojlanishiga moyilroq boʻladilar. Yuza zamburugʻli infeksiyani davolash vaqtida bemorda toshma paydo boʻlganda, uni flukonazolni qoʻllash bilan bogʻlash mumkin, preparatni bekor qilish kerak. Invaziv yoki tizimli zamburugʻli infeksiyalari boʻlgan bemorlarda toshma paydo boʻlganda, ularni sinchiklab kuzatish va bullez shikastlanishlar yoki koʻp shaklli ekssudativ eritema paydo boʻlganda preparatni bekor qilish kerak.

Flukonazolni sutkada 400 mg dozada va terfenadinni bir vaqtda qoʻllashni sinchikov nazorat ostida oʻtkazish kerak (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri” boʻlimiga qarang).

Boshqa azollar kabi, flukonazol EKG da QT intervalini uzaytirishi mumkin. Flukonazol qoʻllanganda QT intervalini uzaytirishi va yurak qorinchalarni xilpillashi yoki lipillashi yurakning organik kasalliklari, elektrolit balansini buzilishi va bunday buzilishlarning rivojlanishiga yordam beruvchi yondosh davolash kabi koʻp sonli xavf omillariga ega ogʻir kasalliklari boʻlgan bemorlarda juda kam aniqlangan. Shuning uchun potensial proaritmik holatlari boʻlgan bunday patsiyentlarda flukonazolni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

Jigar, yurak va buyrak kasalliklari boʻlgan patsiyentlarga preparatni qoʻllashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishi tavsiya etiladi. Vaginal kandidoz boʻyicha 150 mg flukonazol qoʻllanganda patsiyentlar holatni yaxshilanishi odatda 24 soat oʻtgandan keyin kuzatilishi xaqida ogoxlantirilgan boʻlishlari kerak, lekin ularni butunlay yoʻqolishi uchun baʼzida bir necha kun talab etiladi. Bir necha kun davomida simptomlar saqlanganda, shifokorga murojaat qilish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi

Homilador hayvonlarda flukonazolni qoʻllash yuzasidan adekvat va nazoratli tadqiqotlar oʻtkazilmagan.

Onalari birinchi uch oylikning katta qismi yoki butun vaqti davomida yuqori dozada (sutkada 400-800 mg) flkuonazol bilan davolangan yangi tugʻilganlarda koʻpsonli tugʻma nuqsonlarning bir necha hollari taʼriflangan. Rivojlanishning quyidagi buzilishlari aniqlangan: braxitsefaliya,  bosh suyagi yuz qismini rivojlanishini buzilishi, bosh suyagi shakllanishini buzilishi, boʻri ogʻzi, son suyaklarini qiyshayishi, qovurgʻalarni yupqalashishi va uzunlashishi, artrogrippoz va yurakning tugʻma nuqsonlari. Hozirgi vaqtda sanab oʻtilgan tugʻma anomaliyalarni flukonazolning past dozalarini (vulvovaginal kandidozni davolash uchun 150 mg koʻp marta)  homiladorlikning birinchi uch oyligida qoʻllash bilan bogʻliqligi yuzasidan dalillar yoʻq. Homiladorlik vaqtida ogʻir va hayot uchun xavfli zamburugʻli infeksiya hollaridan, unda davolashdan kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun boʻlgan hollardan tashqari, flukonazolni qoʻllashdan saqlanish kerak.

Tugʻruq yoshidagi ayollar kontratsepsiya vositalarini ishlatishlari kerak.

Flukonazol koʻkrak sutida plazmadagiga yaqin konsentratsiyalarda aniqlanadi, shuning uchun uni ayollarda emizish davrida qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanish qobiliyatiga taʼsiri

Preparat qoʻllanganda bosh aylanishi va tirishilar rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Flukonazolning dozasini oshirib yuborilishi xaqida xabarlar bor va bir holatda odam immun tanqisligi virusi bilan infeksiyalangan 42 yoshli bemorda, 8200 mg preparat qabul qilingandan keyin gallyutsinatsiyalar va paranoidal xatti-xarakatlar paydo boʻlgan. Bemor gospitalizatsiya qilingan; uning holati 48 soat davomida normallashgan.

Doza oshirib yuborilgan hollarda simptomatik davolash (shu jumladan tutib turuvchi choralar va meʼdani yuvish) oʻtkazish mumkin.

Flukonazol asosan buyrak orqali chiqariladi, shuning uchun jadallashtirilgan diurez, ehtimol, preparatning chiqarilishini tezlashtirishi mumkin.  3 soat davomidagi dializ seansi flukonazolning qon plazmasidagi darajasini taxminan 50% ga pasaytiradi.