Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ДИБАЗОЛ АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ДИБАЗОЛ АМПУЛЫ 1% 2МЛ №5

1 070 so'mdan
(4288)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
МЕРРИМЕД
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Taʼrifi: 
Tarkibi: 
Farmakoterapevtik guruhi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsiri
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Dori shakli:
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Oʻrami
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Taʼrifi: 

tiniq, rangsiz yoki biroz sargʻish suyuqlik.

 
Tarkibi: 

2 ml (bir ampula) eritma saqlaydi: taʼsir etuvchi moda: bendazol – 10 mg; yordamchi moddalar: xlorid kislotasi, inyeksiya uchun suv.

 
Farmakoterapevtik guruhi

Boshqa periferik vazodilyatatorlar.

 

 
Qoʻllanilishi
– gipertonik krizlarni bartaraf qilish (majmuaviy davolash tarkibida);

– oyoqlar arteriyalarining aterosklerozini, bosh miya va oyoq-qoʻllarning tomirlarini spazmini (majmuaviy davolash tarkibida);

– yara kasalligida, xoletsistitda, spastik kolitda, piloraspazmda ichki aʼzolarning silliq mushaklarining spazmlarini oldini olish va bartaraf qilish;

– oʻt-safro va buyrak sanchigʻini bartaraf qilish;

– polimiyelitning qoldiq koʻrinishlari, yuz nervining periferik falaji.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

– dibazolga yuqori sezuvchanlik;

– anamnezdagi tirishish sindromi yoki tutqanoq xurujlari.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Gipertonik krizni va sanchiqlarni bartaraf qilish uchun 30-40 mg (6-8 ml 5 mg/ml eritma) mushak ichiga yoki vena ichiga asta-sekin yuboriladi.

Nerv tizimining kasalliklarini davolashda 5 mg dan sutkada 1 marta yoki kunora mushak ichiga 5-10 kun davomida qoʻllanadi.

Kurs 3-4 haftadan keyin qaytariladi. Keyinchalik kurslar har 1-2 oyda oʻtkaziladi. Bolalarda nerv tizimining kasalliklarini davolashda 1 yoshgacha – 1 mg dozada, 1-3 yoshda – 2 mg, 4-8 yoshda – 3 mg, 8-12 yoshda – 4 mg, 12 yoshdan oshganlarga – 5 mg dan.

Ehtiyotkorlik bilan

Kasallik yoshi (yurakning chiqarib tashlashini pasayishi).

 

Nojoʻya taʼsiri

Allergik reaksiyalar; uzoq muddat qoʻllanganida yurakning chiqarib tashlashini pasayishi sababli EKG koʻrsatkichlarini yomonlashuvi. Yuqori dozalarda qoʻllanganida – qizish hissi, koʻp terlash, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, bosh ogʻrigʻi.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Papaverin bilan bir vaqtda qoʻllanganida preparatlarning spazmolitik taʼsirini oʻzaro kuchayishi kuzatiladi.

Fentolamin, klonidin, rezerpin va diuretiklar bilan bir vaqtda qoʻllanganida, ularning gipotenziv taʼsirini kuchayishi kuzatiladi. Periferik tomirlarning qarshiligini b-adrenoblokatorlar tomonidan bilvosita oshishini oldini oladi.

Askorbin kislotasi bilan birga qoʻllanganida dibazolning immunragʻbatlantiruvchi samarasini kuchayishi kuzatiladi.

 

Dori shakli:

 inyeksiya uchun eritma 5 mg/ml

 
Maxsus koʻrsatmalar

Homiladorlik va laktatsiya. Homiladorlik va laktatsiya davrida dibazolni qoʻllashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Pediatriyada qoʻllanishi. Dibazol yangi tugʻilgan chaqaloqlarda nevrologik buzilishlarni (tugʻish jarohatlarining asorati) davolash uchun qoʻllanishi mumkin.

Gerontologiyada ishlatilishi. 70 yoshdan oshgan shaxslarda, ularda yurakni chiqarib tashlashishini kamayishi va EKG koʻrsatkichlarini yomonlashuvi mumkinligi tufayli, ehtiyotkorlikka rioya qilish va dibazolni qisqa muddatli kurslarini buyurish lozim.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri. Dibazol avtotransport vositalarini boshqarish qobiliyatiga yoki boshqa operatorlik faoliyatiga nojoʻya taʼsir koʻrsatmaydi.

 
Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: intoksikatsiya yuqori dozalar yuborilganida namoyon boʻladi. Diaforez (terlash), issiqlikni oqib kelishi hissi, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, bosh ogʻrigʻi kuzatilishi mumkin.

Davolash: maxsus antidoti yoʻq. Yordam choralari preparatni bekor qilishni, meʼdani faollashtirilgan koʻmir bilan yuvishni, paydo boʻlgan buzilishlarni va AB ni oshishini bartaraf qilishga yoʻnaltirilgan tutib turuvchi va simptomatik davolashni oʻz ichiga oladi.

 
Oʻrami

2 ml dan ampulalarda oʻramda №10, №10x1.

 
Saqlash sharoiti

+5 dan +250S gacha boʻlgan haroratda.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 
Yaroqlilik muddati

3 yil. Dori vositasi yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin.

 
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept boʻyicha.