Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ДИАЗОЛИН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ДИАЗОЛИН ТАБЛЕТКА 0,1Г №10

1 350 so'mdan
(1025)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
MEBHYDROLIN
Ishlab chiqaruvchi
УЗХИМФАРМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 100% quruq moddaga qayta hisoblanganda 100 mg yoki 50 mg mebgidrolin;

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati (200), kartoshka kraxmali, quyimolekulyar tibbiy polivinilpirrolidon, saxaroza, kalsiy stearati.

 

Ta‘rifi:

 dumaloq shaklli, yassi yuzali riski va faskali, oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 tizimli qo‘llash uchun gistaminga qarshi vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Mebgidrolin antigistamin preparatlariga kiradi, gistamin N1-reseptorlarining blokatoridir. Mebgidrolin gistaminning, bronxlar, ichakning silliq mushaklariga nisbatan spazmogen samarasini, shuningdek uning tomirlarni o‘tkazuvchanligiga ta‘sirini susaytiradi. Birinchi avlod gistaminga qarshi preparatlaridan (dimedrol, suprastin va boshqalar) farqli ravishda, kamroq sedativ va uyquni chaqiruvchi samaralarga ega. Kuchsiz ifodalangan m-xolinobloklovchi va og‘riqni qoldiruvchi xususiyatlarga ega.

Ovqat xazm qilish yo‘llaridan tez so‘riladi. Biokirishaolishligi 40-60% chegarasida o‘zgaradi. Terapevtik samara 15-30 minutdan keyin rivojlanadi, maksimal ta‘sir 1-2 soatdan keyin kuzatiladi. Samarasining davomiyligi 2 sutkaga yetishi mumkin. Preparat deyarli gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi, jigarda metil guruhini qo‘shilishi orqali metabolizmga uchraydi, jigar fermentlarini induksiyalaydi, organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Mavsumiy va allergik rinitni, pollinozni, eshakemini, ovqat va dori allergiyasini, hashoratlar chaqqanidan keyingi teri reaksiyalarini, terining qichishishi bilan kechuvchi (ekzema, neyrodermit) dermatozlarni oldini olish va davolash.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga kattalar va 3 yoshdan boshlab bolalarda qo‘llanadi. Kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga 100-200 mg dan sutkada 1-2 marta buyuriladi. Yuqori bir martalik doza 300 mg, yuqori sutkalik – 600 mg.

3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – sutkada 25 mg dan 1-3 marta, 7 yoshdan 12 yoshgacha – sutkada 50 mg dan 1-3 marta. Davolashning davomiyligini shifokor preparatning klinik samarasi va o‘zlashtirishiga qarab belgilaydi.

 

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: Diazolin® me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatlarini ta‘sirlashi mumkin, bu ba‘zida dispeptik holatlar (jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, epigastriy sohasida og‘riqlar) bilan namoyon bo‘ladi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, paresteziyalar, yuqori toliqish, uyquchanlik, ko‘rishni noaniqligi, reaksiyalar tezligini pasayishi.

Boshqalar: og‘izni qurishi, siyishni buzilishi, allergik reaksiyalar. Juda kam granulositopeniya va agranulositoz paydo bo‘lishi mumkin.

Bolalarda ba‘zida paradoksol reaksiyalar: yuqori qo‘zg‘alish, tremor, uyquni buzilishi kuzatiladi.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayishi bosqichi, me‘da-ichak yo‘llarining yallig‘lanishi kasalliklari, pilorostenoz.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Diazolin® uyquni chaqiruvchi, sedativ va boshqa markaziy nerv tizimini susaytiruvchi preparatlarning, shuningdek alkogolning ta‘sirini potensiyalaydi.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Diazolin® og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni yopiq burchakli glaukomada, tutqanoqda, yurak ritmining buzilishlarida, prostata bezining gipertrofiyada buyurish tavsiya qilinmaydi.

Diazolin® bilan davolash vaqtida alkogolli ichimliklarni iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik va emizish davrida preparatni agarda shifokorning fikri bo‘yicha ona uchun kutilayotgan foyda homila/bola uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.

Bolalar. Preparat 3 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Preparat qo‘llanganida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilganida muvofiq bo‘limda ta‘riflangan nojo‘ya ko‘rinishlarning paydo bo‘lishini xavfi oshadi. Bunday hollarda preparat bilan davolash to‘xtatiladi, simptomatik davolash, zarurati bo‘lganida – umumiy detoksikasiya tadbirlari (me‘dani yuvish, jadallashtirilgan diurez) o‘tkaziladi.

 

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 1 yoki 2 blisterdan qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.