Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Денасол РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Денасол РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 250мл №1

17 940 so'mdan
(1985)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
Денасол РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 250мл №1
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozanini oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonadan berish tartibi
Dori shakli: 

infuziya uchun eritma.

 

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: suvsiz glyukoza – 5.0 g, natriy xloridi – 0.9 g.

yordamchi modda: tozalangan suv 100 ml gacha.

 

Taʼrifi: 

rangsiz yoki biroz sargʻish rangli tiniq suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 tuzli eritmalar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Regidratatsiya va dezintoksikatsiya uchun vositadir, organizmda yoʻqotilgan suyuqlikni oʻrnini yaxshi toʻldiradi.

Glyukoza oson oʻzlashtiriladigan qimmatli ozuqa materiali manbai boʻlib, u parchalanganda toʻqimalarda organizmning hayotiy faoliyati uchun zarur boʻlgan ahamiyatli miqdorda energiya ajralib chiqadi.

Natriy va xlor ionlari organizmda suvni taqsimlanishini nazorat qiluvchi, kislota-ishqor muvozanatini boshqaruvchi, qon plazmasida va hujayradan tashqari suyuqlikda muvofiq osmotik bosimni tutib turuvchi hujayradan tashqari suyuqlikning muhim anorganik komponentlaridir.

Glyukozaning natriy xloridi bilan inyeksiya uchun eritmasi kaloriyalar va elektrolit-lar manbai sifatida qimmatlidir.

 

Qoʻllanilishi

Preparatni turli genezli, qusish, ich ketishi oqibatidagi degidratatsiyada, operatsiyadan keyingi davrda, kollapsda, shokda (turli qon oʻrnini bosuvchilari va shokka qarshi suyuqliklarning komopnenti sifatida), yoʻqotilgan suyuqlikning oʻrnini toʻldirish uchun, operatsiya vaqtida va undan keyin qon plazmasi hajmini tutib turish uchun, organizmda uglevodlarni tanqisligining oʻrnini qoplash uchun, gemorragik diatezlarda, dezintoksikatsiya maqsadida infuzion davolash uchun, shuningdek boshqa preparatlarning eritmalarini tayyorlash uchun qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Vena ichiga (v/i) tomchilab yuboriladi.

Yuborishdan oldin eritmani 36-38°S gacha isitish kerak. Preparatni yirik periferik venalarni taʼsirlanishini iloji boricha kamaytirish uchun kichik diametrli ignalar yordamida sekin yuborish tavsiya qilinadi.

Eritmani qon tomirdan tashqari toʻqimaga tushishi oqibatida infiltratlarni hosil boʻlishiga yoʻl qoʻyilmasin. Dozalash shifokorning koʻrsatmasiga binoan amalga oshiriladi va patsiyentning yoshi, tana vazni, klinik holati va laborator tekshirishlarining koʻrsatkichlariga bogʻliq boʻladi. Odatda sutkada 300-1500 ml dan, minutiga maksimal 80 tomchigacha, bolalarga soatiga 5 ml/kg tezlikda buyuriladi.

Kattalar uchun maksimal sutkalik doza 2000 ml ni tashkil qiladi.

Preparatni gematokrit va qondagi elektrolitlarning konsentratsiyasini nazorati ostida oʻtkaziladi. Yuborilgan va yoʻqotilgan suyuqlik muvozanatini har 6 soatda aniqlanadi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat qoʻllanganda turli reaksiyalar: febril reaksiya (bosh ogʻrigʻi, tana haroratini oshishi), inyeksiya qilingan joyda infeksiyalar, inyeksiya qilingan joydan boshlanadigan venalar trombozi yoki flebiti, ekstravazatsiya va gipervolemiya, koʻngil aynishi, qusish, qorinda ogʻriq, diareya, terlash, isitma, taxikardiya, arterial gipertoniya, buyrak faoliyatini buzilishi, shishlar, hansirash, bezovtalik, holsizlik, mushaklarni tortishishi va gipertonusi paydo boʻlishi mumkin. Eritmani katta miqdorda yuborish xloridli atsidozga, gipergidratatsiyaga, organizmdan kaliyni chiqarilishini oshishiga olib kelishi mumkin.

Reaksiyalar paydo boʻlganida yuborishni toʻxtatish, patsiyent holatini baholash, muvofiq terapevtik qarshi choralarni oʻtkazish, shuningdek zarurati boʻlganida qolgan suyuqlikni ekspertiza uchun saqlash zarur.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Gipernatriyemiya, gipergidratatsiya holati, giperglikemiya, qandli diabet, oʻpka, bosh miyani shishi xavfi bilan kechuvchi qon aylanishini buzilishlari, surunkali buyrak va yurak yetishmovchiligi, kortikosteroidlarning yuqori dozalari bilan davolash, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Preparatni glyukokortikosteroidlar bilan birga qoʻllanganda gipernatriyemiya kuchayadi. Shuning uchun uni kortikosteroidlar, kortikotropin bilan qoʻllanganda patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Denasol eritmasida natriy ionlari saqlanganligi sababli, uni zarurat tugʻilganda dimlangan yurak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda, ayniqsa operatsiyadan keyingi patsiyentlarda va keksa odamlarda, ogʻir buyrak yetishmovchiligida, siydik chiqarish yoʻllarini obstruksiyasida, gipervolemiyada, shuningdek natriyni tutilishi tufayli shishlar bilan kechadigan klinik holatlarda juda ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

Uzoq muddat parenteral davolashda glyukoza miqdorini oʻzgarishlarini, shuningdek qonda suyuqlik va elektrolitlarning muvozanatini laborator va klinik tekshirishlarni muntazam oʻtkazish yoʻli bilan kuzatish zarur.

Bolalarga, ayniqsa chaqaloqlarga va chala tugʻilgan chaqaloqlarga (buyrak faoliyati hali yetilmagan yoki suyuqlikni chiqarilish qobiliyati cheklangan boʻlsa) v/i eritmani dozalash va preparatning infuziyasini tezligi giperkalemiya/gipoglikemiyani rivojlanishining yuqori xavfi, zardobni giperosmolyarligi va qon quyilishi ehtimoli tufayli ehtiyotkor-lik bilan tanlanishi kerak.

Glyukozaning zardobdagi konsentratsiyasini, suyuqlikni istyemol qilinishi, diurez va zardobdagi elektrolitlarning konsentratsiyasi doimiy monitoringi talab qilinadi. Chaqaloqlarda va juda kichik bolalarda xatto suyuqlikning oz miqdori suv-tuz muvozanatiga taʼsir qilishi mumkin.

Preparat glyukoza saqlaydi, shuning uchun uni yaqqol yoki subklinik qandli diabeti yoki uglevodlarga har qanday genezli tolerantlantligi boʻlgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

Denasolni boshqa preparatlarning eritmalari bilan aralashtirganda yuz berishi mumkin boʻlgan nomutanosiblikning xavfini iloji boricha minimumga yetkazish uchun, ushbu aralashmalar aralashtirilgandan keyinroq, yuborishdan oldin, shuningdek yuborish vaqtida loyqa yoki choʻkma borligini aniqlash uchun vizual tekshirilishi lozim.

Suyuqlik muvozanatini, elektrolitlarning konsentratsiyasini oʻzgarishini va uzoq parenteral davolash vaqtida kislota ishqor muvozanatini kuzatish maqsadida, shuningdek zarur boʻlganda bemorning holatiga koʻra vaqti-vaqti bilan klinik baholashni amalga oshirish va laborator tahlillarini oʻtkazish kerak.

Preparatni homiladorlik va laktatsiyada qoʻllanishi boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Preparatni homilador ayollarga faqat juda zarur hollarda buyurish mumkin. Suyuqlik muvozanatini kuzatish, glyukoza va elektrolitlarning konsentratsiyasini, shuningdek onada kislota ishqor muvozanatini vaqti-vaqti bilan kuzatib turish zarur.

Yuborilgan suyuqlikning miqdori, chiqarilayotgan siydik va zardobdagi elektrolitlarning darajasini kuzatish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozanini oshirib yuborilishi

Organizmda ortiqcha suyuqlik (gipervolemiya) bilan xarakterlanadi. Darhol yuborishni toʻxtatish va muvofiq davolashni buyurish kerak. Natriy xloridining gipertonik eritmasini, kuchli diuretiklarni (oʻtkir yurak yetishmovchiligida va oʻpka shishida) yuborish, elektrolitlar muvozanatini tuzatish tavsiya qilinadi.

 

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma, 100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml yoki 500 ml dan shisha butilkalarda.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonadan berish tartibi

Retsept boʻyicha.