Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ДЕКСАМЕТАЗОН ГЛАЗНЫЕ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ДЕКСАМЕТАЗОН ГЛАЗНЫЕ КАПЛИ 0,1% 5МЛ №1

5 500 so'mdan
(4099)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
DEXAMETHASONE
Ishlab chiqaruvchi
ДАРНИЦА
Chiqarilish shakli
ГЛ/КАПЛИ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilshi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 koʻz tomchilari, eritma

 

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1 mg deksametazon natriy fosfati;

yordamchi moddalar: borat kislotasi, natriy tetraborati, dinatriy edetati, benzalkoniy xloridi, inyeksiya uchun suv.

 

Taʼrifi:

 hidsiz, tiniq, rangsiz suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Oftalmologiyada qoʻllaniladigan vosita. Yalligʻlanishga qarshi vositalar. Kortikosteroidlar, oddiy preparatlar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Preparat sintetik ftorlangan glyukokortikosteroidlar guruhiga mansub. Kuchli yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega, boshqa baʼzi bir steroidlarga nisbatan kamroq mineralokortikoid samarali va eng kuchli taʼsir etuvchi yalligʻlanishga qarshi vositalardan biri hisoblanadi. Preparatning taʼsir etish mexanizmi farmakologik taʼsiri boʻyicha boshqa ftorlangan glyukokortikosteroidlar bilan bir hil, faqat katta kuchi va samarasining davomiyligi bilan farq qiladi. Qon tomirlarining endotelial hujayralari adgeziv molekulalari, siklooksigenaza I yoki II ni va sitokinlar ajralib chiqishini susaytirish orqali yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Natijada yalligʻlanish mediatorlarini shakllanishi kamayadi va leykotsitlarni qon tomirlari endoteliysiga adgeziyasi susaytiriladi va shu yoʻl bilan ularni yalligʻlangan koʻz toʻqimasiga kirib borishini oldi olinadi.

Farmakokinetikasi

Konʼyunktiva boʻshligʻiga tomizilgandan keyin deksametazonning koʻz ichi suyuqligidagi maksimal konsentratsiyasi 2 soatdan keyin kuzatiladi va u 30 ng/ml ni tashkil etadi. Qon plazmasi oqsillari (albumin) bilan bogʻlanishi 77-84% ni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri 3-4 soatni tashkil etadi. Klirensi soatiga 0,111 dan 0,225 l/kg gacha  va taqsimlanish hajmi 0,576 dan 1,15 l/kg atrofida oʻzgarib turadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Dozaning taxminan 60% siydik bilan 6-β-gidroksideksametazon koʻrinishida chiqariladi. Deksametazonning umumiy rezorbtiv taʼsiri uncha ahamiyatli emas.

 

Qoʻllanilshi

Konʼyunktiva, shox parda va koʻzning old segmentining steroidlarga sezgir noinfeksion yalligʻlanish va allergik holatlarni, shu jumladan operatsiyadan keyingi davrda yalligʻlanish reaksiyalarini davolashda qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Flakon ochish nazorati bilan himoyalangan. Birinchi marta qoʻllaganda qalpoqchani burab, uni himoya xalqasidan ajratib olish kerak.

Flakon oʻziga xos tuzilishga ega, shuning hisobiga uning tagiga bosilganda, “bir bosim – bir tomchi” prinsipi boʻyicha eritmani dozalangan ajralishi yuz beradi.

Flakon devorining qattiqligi preparatni oqib chiqishini ancha kamaytirib – koʻz tomchilarining dozasini oshirib yuborilishining eng koʻp sababini oldini oladi.

Koʻzni ogʻir yoki oʻtkir yalligʻlanishi:

Boshlangʻich davolash usuli sifatida shikastlangan koʻz (-lar) ning konʼyunktiva boʻshligʻiga (-lariga) preparat 1-2 tomchidan har 30-60 minutda tomiziladi.

Ijobiy samara kuzatilganda shikastlangan koʻz(-lar) ning konʼyunktiva boʻshligʻi (-lariga) dozani 1-2 tomchigacha kamaytirib har 2-4 soatda qoʻllanadi. Keyinchalik agar shu doza yalligʻlanishni nazorat qilish uchun yetarli boʻlsa, dozani 1 tomchidan kuniga 3-4 marta kamaytirish mumkin,

Agar kutilayotgan natijaga 3-4 kun davomida erishilmasa qoʻshimcha ravishda tizimli yoki subkonʼyunktival davolashni buyurish mumkin.

Koʻzni surunkali yalligʻlanishi:

Shikastlangan koʻz (koʻzlar) konʼyuktival boʻshliq (lar) ga preparat 1-2 tomchidan har 3-6 soatda yoki zarurati boʻlsa, undan ham tez-tez tomizish kerak.

Biroz yalligʻlanishi, allergiya:

Kutilayotgan samaraga erishilgunicha shikastlangan koʻz (lar) ning konʼyunktiva boʻshliq (lar) ga preparatning 1-2 tomchisini har 3-4 soatda tomiziladi.

Koʻz ichki muntazam ravishda bosimini nazorat qilib turish tavsiya etiladi.

Instillyatsiyadan keyin qovoqni ehtiyotlik bilan berkitish yoki burun koʻz yoshi yoʻlini okklyuziya qilish tavsiya etiladi. Bu koʻzga yuborilgan dorilarning tizimli soʻrilishini kamaytiradi va tizimli nojoʻya samaralarni yuz berish ehtimolini kamaytiradi.

Koʻzga mahalliy qoʻllashga moʻljallangan bir nechta dori vositalarini bir vaqtda qoʻllanilganda, ularni qoʻllash orasidagi interval kamida 15 minutni tashkil etishi kerak. Koʻz surtmalarini oxirgi navbatda qoʻllash kerak.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda

Dozaga tuzatish kiritishga zarurat yoʻq.

Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlar

Deksametazon mahalliy qoʻllanilgandan keyin tizimli soʻrilish past boʻlgani uchun dozaga tuzatish kiritishga zarurat yoʻq.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Koʻrish aʼzolari tomonidan: keratit, konʼyunktivit, Sikka keratokonʼyunktiviti, koʻz qovoqlari ptozi, shox pardani boʻyalishi, fotofobiya, koʻrishni xiralashishi, midriaz, koʻzda ogʻriq, koʻzlarni taʼsirlanishi, koʻzlarda yot jism hissi, koʻzlarda odatiy boʻlmagan hislar, qovoqlar chekkalarida poʻstloqlarni paydo boʻlishi;

Tomizilgandan keyin tez orada: koʻzlarda qisqa muddatli achishish, sanchish, diskomfort, koʻzda qichishish va giperemiya, koʻz yoshining koʻp ajralishi yuz berishi mumkin;

Uzoq muddat qoʻllanilganda – keyinchalik koʻrish nervini shikastlanishi bilan koʻz ichki bosimini oshishi, koʻrish oʻtkirligini pasayishi, koʻrish maydonini buzilishi, orqa subkapsulyar kotaraktani shakllanishi, glaukoma, shox parda eroziyalari, shox parda yoki sklerani yupqalashishiga olib keluvchi kasalliklarda – ularni perforatsiya xavfini oshish kuzatiladi (Maxsus koʻrsatmalar boʻlimiga qaralsin).

Nerv tizimi tomonidan: disgevziya (taʼm bilish qobiliyatining buzilishi), bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi.

Immun tizimi, teri, teri osti qavati tomonidan: yuqori sezuvchanlik; benzalkoniy xloridiga yuqori sezuvchanlik boʻlgan patsiyentlarda allergik blefarit yoki konʼyunktivit rivojlanishi mumkin.

Glyukokortikosteroidlar infeksiyalarga nisbatan rezistentlikni pasaytirish mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Taʼsir etuvchi moddaga yoki preparatning boshqa komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Koʻzning oʻtkir, davolanmagan bakterial infeksiyalari

Koʻzning zamburugʻli infeksiyalari

Koʻzning mikobakterial infeksiyalari

Koʻzning shox pardasi va konʼyunktivaning virusli infeksiyalari (herpes simplex, sigir chechagi va suvchechak chaqirgan oʻtkir yuza keratit; herpes zoster tomonidan chaqirilgan kreatitdan tashqari) da qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Koʻzga mahalliy qoʻllashga moʻljallangan bir nechta dori vositalarini bir vaqtda qoʻllanganda, ularni qoʻllash orasidagi interval kamida 15 minutni tashkil etishi kerak. Koʻz surtmalarini oxirgi navbatda qoʻllash kerak.

Preparatni atropin, boshqa antixolinergik vositlar va midriatiklar bilan bir vaqtda qoʻllanganda koʻz ichki bosimi oshishi mumkin.

Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat faqat oftalmologiyada qoʻllash uchun moʻljallangan.

Preparat tomizilganidan aniqlanadigan nojoʻya taʼsirlar 5-15 sekunddan keyin yoʻqolib ketadi va bekor qilish uchun koʻrsatma boʻlib hisoblanmaydi. Preparatni tomizilgandan keyin yuz berishi mumkin boʻlgan tizimli soʻrilishini oldini olish uchun koʻz yoshi kanallarini barmoqlar bilan 2-3 minut davomida bosib turish kerak.

Preparatni qoʻllayotganda preparatni ifloslanishini oldini olish uchun tomchilagich uchiga tegmaslik kerak.

Kortikosteroidlarni uzoq vaqt davomida mahalliy qoʻllanganda keyinchalik koʻrish nervi shikastlanishi, koʻrish oʻtkirligini kamayishi va koʻrish maydonining buzilishiga, shuningdek orqa subkapsulyar kataraktani hosil boʻlishi bilan olib kelishi mumkin boʻlgan koʻz gipertenziyasi va/yoki glaukoma rivojlanishi mumkin. Preparatni uzoq vaqt qoʻllaganda muntazam ravishda koʻz ichki bosimini nazorat qilib turish kerak.

Koʻzga mahalliy qoʻllanilayotgan kortikosteroidlar koʻzning shox pardasi yaralari bitishini sekinlashtirishi mumkin, shox parda yoki sklerani yupqalashishi bilan kechadigan kasalliklari boʻlganida esa, ularning perforatsiyasiga olib kelishi mumkin. Preparatni qoʻllaganda shox pardaning holatini tekshirib turish kerak (fluoressin sinamasini oʻtkazish krak).

Kortikosteroidlar bakterial, virusli yoki zamburugʻli infeksiyalarga nisbatan rezistentlikni kamaytirishi, bunday infeksiyalarni aniqlashga halaqit berishi va ularning klinik belgilarini niqoblab, antibiotiklarning samarasizligini aniqlashga qarshilik qilishi mumkin.

Koʻzning shox pardasini yarasi turgʻun paydo boʻlganida patsiyentlarda kortikosteroidlar bilan davolash oʻtkazilganligi yoki oʻtkazilayotganligi natijasida zamburugʻli infeksiya rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak. Zamburugʻli infeksiya rivojlangan hollarda preparat bilan davolashni toʻxtatish kerak.

Herpes simplex tomonidan chaqirilgan stromal kreatit yoki uveitni davolaganda preparatni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash va faqat antivirus davolash bilan birga qoʻllash kerak.

Tirqishli lampani qoʻllagan holda vaqti-vaqti bilan biomikroskopiyani amalga oshirish lozim.

Koʻz yalligʻlanishini davolayotgan paytda kontakt linzalarni taqish tavsiya etilmaydi. Zarurat tugʻilganida, preparatni qoʻllashdan oldin yumshoq kontakt linzalarni yechish va preparat tomizilgandan soʻng kamida 15 minutdan keyin yana taqish kerak.

Preparat benzalkoniy xloridni saqlaydi, u koʻzni taʼsirlanishini chaqirishi mumkin

va bundan tashqari yumshoq kontakt linzalarni rangsizlantiradi. Preaparatni yumshoq kontakt linzalariga tushishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllash

Preparatni homiladorlik davrida qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Preparatni koʻkrak sutiga kirishi maʼlum boʻlmaganligi sababli, uni qoʻllash zarurati tugʻilganida emizishni toʻxtatish kerak.

Bolalar

Preparatni bolalarda qoʻllash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarish tezligiga taʼsir etish xususiyati

Preparat avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir etmaydi yoki ozgina taʼsir etadi. Boshqa koʻz tomchilarini qoʻllanganda boʻlgani kabi, vaqtinchalik koʻrishni xiralashishi yoki koʻrishni boshqa buzilishlari yuz berishi mumkin. Agar koʻrishni xiralashishi tomizilgan paytda yuz bersa, patsiyent avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishdan oldin koʻrish oydinlashgunicha kutib turishi kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Flakonning maxsus konfiguratsiyasi, preparatning dozasini tasodifan oshirib yuborilishining ehtimolini kamaytiradi. Dozani oshirib yuborilishi holatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq.

Mahalliy qoʻllanganda, dozani oshirib yuborilgan hollarda preparatning ortiqcha qismini koʻzlar (koʻz) dan iliq suv bilan yuvib tashlash kerak.

 

Chiqarilish shakli

Flakonda 5 ml yoki 10 ml dan; pachkada 1 tadan flakon.

 

Saqlash sharoiti

Orginal oʻramda, 15oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.