Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ДЕКСАМЕТАЗОН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ДЕКСАМЕТАЗОН ТАБЛЕТКА 0,5МГ №10

6 000 so'mdan
(4020)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
DEXAMETHASONE
Ishlab chiqaruvchi
ГНЦЛС
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 tabletkalar.

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,5 mg deksametazon;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, kalsiy stearati, laktoza monogidrati, natriy kroskarmeloza.

 

Taʼrifi:

 oq rangli tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Tizimli qoʻllash uchun kortikosteroidlar. Glyukokortikoidlar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Deksametazon – buyrak usti bezi poʻstlogʻining yarim sintetik gormoni  (kortikosteroid) boʻlib, glyukokortikoid taʼsir koʻrsatadi. Yalligʻlanishga qarshi va immunosupressiv taʼsir koʻrsatadi, shuningdek energetik metabolizmga, glyukozani almashinuviga va (salbiy qaytuvchan aloqa yordamida) gipotalamusning faollashuv omili va  adenogipofizning trofik gormoni sekretsiyasiga taʼsir qiladi.

Glyukokortikoidlarning taʼsir mexanizmi hanuzgacha toʻliq oʻrganilmagan. Glyukokortikoidlarning  taʼsir qilish mexanizmi toʻgʻrisida, ularni hujayra darajasida taʼsir qilishini tasdiqlovchi yetarli maʼlumotlar mavjud. Hujayra sitoplazmasida ikkita yaxshi aniqlangan retseptorlar tizimi mavjud. Kortikoidlar glyukokortikoidlarni retseptorlari bilan bogʻlanishi hisobiga yalligʻlanishga qarshi va immunosupressiv taʼsir koʻrsatadi va glyukoza almashinuvini boshqaradi, mineralkortikoidlarning retseptorlari bilan bogʻlanishi oqibatida esa, ular natriy, kaliy va suv-elektrolit muvozanatini boshqaradi.

Glyukokortikoidlar lipidlarda eriydi va hujayra membranalari orqali nishon hujayralarga oson kiradi. Gormonni retseptor bilan bogʻlanishi retseptorni, uni DNK bilan yaqinligini oshishiga yordam beruvchi konformatsiyasini oʻzgarishiga olib keladi. Gormon/retseptor kompleksi hujayraning yadrosiga kiradi va DNK molekulasini boshqaruvchi markazi bilan bogʻlanadi, uni shuningdek glyukokortikoid aks-sadosi elementi – gormon-retseptor elementi (GRE) deb ham atashadi. GRE bilan bogʻlangan yoki spetsifik genlar bilan bogʻlangan faollashtirilgan  retseptor m-RNK transkripsiyasini boshqaradi, u oshgan yoki kamaygan boʻlishi mumkin. Yangi hosil boʻlgan m-RNK ribosomalarga tashiladi, undan keyin yangi oqsillarni hosil boʻlishi yuz beradi. Nishon hujayralar va xujayralarda yuz berayotgan jarayonlarga qarab, oqsil sintezi kuchaygan (masalan, jigar hujayralarida tirozintransaminazani hosil boʻlishi) yoki kamaygan (masalan, limfotsitlarda IL-2 ni hosil boʻlishi) boʻlishi mumkin. Glyukokortikoid retseptorlar hamma turdagi toʻqimalarda boʻlganligi sababli, glyukokortikoidlarni organizmning koʻpchilik hujayralariga taʼsir qiladi deb hisoblash mumkin.

 

 

Energetik almashinuv va glyukoza gemostaziga taʼsiri

Deksametazon insulin, glyukagon va katexolaminlar bilan birgalikda saqlanishni va energiyani sarflanishini boshqaradi. Jigarda piruvatlar yoki aminokislotalardan glyukozani shakllanishi va glikogenni hosil boʻlishi oshadi. Periferik toʻqimalarda, ayniqsa mushaklarda glyukozani sarflanishi va jigarda glyukogenez uchun substrat hisoblangan aminokislotalarni (oqsillardan) mobilizatsiyasi kamayadi. Yogʻlar almashinuviga bevosita taʼsiri – bu yogʻ toʻqimasini markaziy taqsimlanishi va katexolaminlarga lipolitik javobning oshishidir.

Buyrakning proksimal kanalchalarida retseptorlar yordamida deksametazon buyrakni oqimini va kalava filtratsiyasini oshiradi. Vazopressinni hosil boʻlishi va sekretsiyasini tormozlaydi, buyrakning organizmdan kislotalarni chiqarish qobiliyatini yaxshilaydi.

Katexolaminlarga ijobiy inotrop samara beradigan β-adrenoretseptorlar va β-adrenoretseptorlar avlodini miqdorini oshishi hisobiga deksametazon yurakni qisqaruvchi funksiyasini va periferik tomirlarning tonusini bevosita oshiradi.

Yuqori dozalarda qoʻllanganda deksametazon I va III turli kollagenni fibroblast ishlab chiqarishni va glikozaminglikanlarning shakllanishini tormozlaydi. Shu tarzda, xujayradan tashqari kollagen va matriksni hosil boʻlishini tormozlanishi hisobiga jaroxatlarni bitishini kechikishi kuzatiladi.

Yuqori dozalarni uzoq muddat yuborish bilvosita taʼsiri yoʻli bilan suyaklarning jadallanib boruvchi rezorbsiyasiga olib keladi va bevosita taʼsiri natijasida osteogenezni kamaytiradi (paratireoid gormoni sekretsiyasini oshishi va kalsitoninni sekretsiyasini kamayishi), shuningdek ichakda kalsiyni soʻrilishini kamayishi va uni siydik bilan chiqarilishini oshishi hisobiga kalsiyni manfiy muvozanatining sababi hisoblanadi.

Gipofiz va gipotalamusga taʼsiri

Deksametazon kortizolga nisbatan 30 marta yuqori taʼsir koʻrsatadi. Shu tarzda u kortikotropin – rilizing omili (CRF) va endogen kortizolga nisbatan AKTG sekretsiyasining kuchli ingibitori hisoblanadi. Bu kortizol sekretsiyasini kamayishiga va CRF va AKTG ni uzoq muddat bostirilishidan soʻng buyrak usti bezini atrofiyasiga olib keladi. Buyrak usti bezi poʻstlogʻining yetishmovchiligi deksametazonni sutkada 20-30 mg perdnizonga ekvivalent boʻlgan dozada 5– va 7- kuni yuborilganida yoki past dozalarda 30 kun yuborilganidan keyin kelib chiqishi mumkin. Yuqori dozadagi qisqa davolanishni bekor qilgandan soʻng (5 kungacha) buyrak usti bezi poʻstlogʻining funksiyasi bir xafta davomida tiklanishi lozim; uzoq muddat davolanishdan soʻng normaga kelishi kechroq yuz beradi, odatda bir yilgacha. Ayrim patsiyentlarda buyrak usti bezining atrofiyasi rivojlanishi mumkin. glyukokortikoidlarning yalligʻlanishga qarshi va immunosupressiv taʼsiri ularning molekulyar va biokimyoviy taʼsiriga asoslanadi. Molekulyar yalligʻlanishga qarshi taʼsiri glyukokortikoid retseptorlar bilan bogʻlanishi natijasida va yalligʻlanish reaksiyalarida ishtirok etadigan turli informatsiyaon molekulalar, oqsillar va fermentlarning shakllanishini boshqaradigan bir qator genlarning ekspressiyasini oʻzgartirishidan kelib chiqadi.  Glyukokortikoidlarning biokimyoviy yalligʻlanishga qarshi taʼsiri gumoral yalligʻlanish mediatorlarining: prostaglandinlar, tromboksanlar, sitokinlar va leykotriyenlar shakllanishi va funksionallashuvining bloklanishi natijasidir.  Deksametazon A2 fosfalipaza faolligini ingibirlanishi bilan chaqirilgan xujayra fosfolipidlaridan araxidon kislotasining ajralib chiqishini kamayishi yoʻli bilan leykotriyenlarning hosil boʻlishini kamaytiradi. Fosfolipazaning taʼsiri bevosita taʼsirida emas, A2 fosfolipazaning ingibitori hisoblangan lipokortinni (makrokortin) konsentratsiyasini oshishi natijasida erishiladi. Deksametazon maxsus mDNK hosil boʻlishini, shu tarzda sikloogsigenaza hosil boʻlishi xajmi kamayishi yoʻli bilan prostaglandinlar va tromboksan hosil boʻlishini tormozlaydi. Shuningdek, Deksametazon lipokortin konsentratsiyasini   oshishi hisobiga trombotsitlar faollgini omilini (PAF) ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Boshqa biokimyoviy yalligʻlanishga qarshi samaralar oʻsmalar nekrozi (TNF) va interleykin (IL-1) omilini hosil boʻlishini kamaytirishni ham oʻz ichiga oladi.

Farmakokinetikasi

Deksametazon peroral qabul qilingandan keyin tez va deyarli toʻliq soʻriladi. Deksametazon tabletkalarini biokiraolishligi 80% ga yaqin (adabiyotlarning turli manbaʼlarida biokiraolishligi 53% dan 112% gachani topish mumkin). Peroral qabul qilinganidan keyin qon plazmasida maksimal konsentratsiyasiga 1-2 soatdan keyin erishiladi, bir martalik doza qabul qilingandan keyin samarasining davomiyligi taxminan 2,75 kunni tashkil etadi.

Qon plazmasida deksametazonning taxminan 77% plazma oqsillari, asosan albumin bilan bogʻlanadi. Deksametazonning oz miqdorigina qon plazmasining boshqa oqsillari bilan bogʻlanadi. Deksametazon yogʻda eruvchan modda hisoblanadi, shuning uchun u hujayralararo va ichki boʻshliqlariga oʻtadi. Membrana retseptorlari bilan bogʻlanish yoʻli orqali markaziy nerv tizimiga (gipotalamus, gipofiz) oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Periferik toʻqimalarda sitoplazma retseptorlariga bogʻlanadi va ular orqali taʼsir qiladi. Uning parchalanishi  oʻzini taʼsir qilish joyida, yaʼni hujayrada sodir boʻladi. Deksametazon birinchi navbatda jigarda, shuningdek  buyrak va boshqa toʻqimalarda metabolizmga uchraydi. Asosan siydik orqali chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Endokrin buzilishlari:

  • buyrak usti bezining birlamchi yoki ikkilamchi (gipofizar) yetishmovchiligini oʻrinbosar davolash (gidrokortizon yoki kortizon tanlov preparati hisoblangan buyrak usti bezining oʻtkir yetishmovchiligidan tashqari, ularning yaqqol gormonal samarasi hisobiga); tugʻma buyrak usti bezi giperplaziyasi; oʻtkir osti tereoidit (de-Kerven) va radiatsion tireoiditlarning ogʻir shakllari.

Revmatik kasalliklar:

  • revmatoidli artritda, shu jumladan yuvenil revmatoid artritda va revmatoid artritning boʻgʻimlarga bogʻliq boʻlmagan koʻrinishlari (revmatik oʻpka, yurak va koʻzlar, teri vaskuliti) asosiy davolash xali taʼsir koʻrsatmaganda va NYAQP larning ogʻriqni qoldiruvchi va yalligʻlanishga qarshi taʼsiri qoniqarsiz boʻlganida yordamchi davolash sifatida.

Biriktiruvchi toʻqimaning tizimli kasalliklari, vaskulit sindromlari va amiloidoz (asosiy kasallik vaqtida alohida hollarda tutib turuvchi va simptomatik davolash):

  • tizimli qizil yugirigi (polisirozitlarni davolash va ichki aʼzolarni shikastlanishi); Shegren sindromi (oʻpka, buyrak va serebral buzilishlar); tizimli skleroz (miozitlarni, perikarditlarni va alveolitlarni davolash); polimiozitlar, dermatomiozitlar;
  • tizimli vaskulitlar; amiloidoz (buyrak usti bezini yetishmovchiligida oʻrinbosar davolash).

Teri kasalliklari:

  • pufakcha; bullyoz, gerpetik shaklli dermatit; eksfoliativ dermatit; eksudativ eritema (ogʻir shakllari); tugunli eritema; seboreyali dermatit (ogʻir shakllari); psoriaz (ogʻir shakllari); temiratki; anʼanaviy davolab boʻlmaydigan eshakemi; fungoid mikoz; sklerodermiya; Kvinke shishi.

Allergik kasalliklar (anʼanaviy davolab boʻlmaydigan):

  • astma, kontakt dermatit, atopik dermatit, zardob kasalligi, allergik rinit, dori vositalariga allergiya, qon quyilgandan keyin eshakemi.

Koʻrish  aʼzolari kasalliklari:

  • koʻzning yalligʻlanish kasalliklari (oʻtkir markaziy xorioidit, koʻrish nervining nevriti); allergik kasalliklar (konʼyunktivitlar, uveitlar, sklerotitlar, keratitlar, irititlar); tizimli immun kasalliklari (sarkoidoz, ensa soxasi arteriiti); koʻzning proliferativ oʻzgarishlari (endokrin oftalmopatiya, soxta oʻsma); simpatik oftalmiya; shox pardani koʻchirib oʻtkazishda immunosupressor davolash.

Meʼda-ichak kasalliklari:

  • yarali kolit (ogʻir xurujlari), Kron kasalligi (ogʻir xuruji), surunkali autoimmun gepatitlar, jigarni koʻchirib oʻtkazishda qabul qilmaslik reaksiyalari.

Nafas yoʻllari kasalliklari:

  • oʻtkir toksik bronxiolit, surunkali bronxit;
  • allergik bronx-oʻpka aspergillyozi; ekzogen allergik alveolit; idiopatik fibrozlanuvchi alveolit; sarkoidoz; eozinofilli infiltratsiya, oʻpkaning oʻchoqli yoki disseminirlangan tuberkulyozi (muvofiq tuberkulyozga qarshi davolash bilan birgalikda); tuberkulyozli plevrit (muvofiq tuberkulyozga qarshi davolash bilan birgalikda); biriktiruvchi toʻqimaning tizimli kasalliklarida plevrit; oʻpka vaskuliti; berillioz (granulematoz yalligʻlanish); zaharli gazlar bilan zaharlanish chaqirgan obliteratsiyalovchi bronxit, radiatsion yoki aspiratsion pnevmonit.

Gematologik kasalliklar:

  • orttirilgan yoki tugʻma surunkali aplastik anemiya; autoimmun gemolitik anemiya; kattalarda ikkilamchi trombotsitopeniya; eritroblastopeniya; oʻtkir limfoblast leykemiya (induksion davolash); miyelodisplastik sindrom; angioimmunoblast xavfli T-xujayra limfomasi (sitostatiklar bilan majmuada); plazmotsitoma (sitostatiklar bilan majmuada); miyeloid metaplaziya yoki limfoplazmotsitoid immunotsitoma bilan miyelofibrozdan keyingi ogʻir anemiya; tizimli gistotsitoz (tizimli qaramlik).

Buyrak kasalliklari:

  • birlamchi va ikkilamchi glomerulonefrit (Gudpascher sindromi); biriktiruvchi toʻqimaning tizimli kasalliklarida buyrak yetishmovchiligi (tizimli qizil yugirigi, Shegren sindromi); tizimli vaskulit (asosan  siklofosfamidlar bilan birgalikda) tugunli poliartritda glomerulonefrit; Cherdja-Strossa sindromi; Vegener granulematozi; Shenleyna-Genox purpurasi; aralash krioglobulinemiya; Takayasu arteritidagi buyrak yetishmovchiligi; interstitsial nefrit; buyrakni koʻchirib oʻtkazishdagi immunosupressiv davolash; diurezning induksiyasi va idiomatik nefrotik sindromdagi proteinuriya (uremiyasiz) i tizimli qizil yugurikdagi buyrak yetishmovchiligi.

Onkologik kasalliklar:

  • kattalarda leykemiya va limfomani palliativ davolash, bolalarda oʻtkir leykemiya, xavfli kasalliklarda giperkalsiyemiya.

Boshqa koʻrsatmalar:

  • buyrak usti bezi giperfunksiyasini diagnostik tekshirish,
  • nevrologik simptomlar bilan kechuvchi trixinoz yoki miokard trixinozi,
  • subaraxnoidal blokadali yoki blokada xavfi boʻlgan tuberkulezli meniingit (muvofiq tuberkulezga qarshi terapiya bilan birga).
  • subaraxnoid blokada bilan tuberkulezli meningit (muvofiq tuberkulyozga qarshi davolash bilan birgalikda),  nevrologik simptomlar bilan birga  trixinoz yoki  miokard trixinozi; buyrak usti bezini giperfunksiyasida tashhisli tekshiruvlarda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Dozani konkret patsiyentning kasalligiga muvofiq, koʻzda tutilgan davolash davri, kortikoidlarni oʻzlashtiraolinishi va organizmning reaksiyasiga muvofiq shaxsiy ravishda aniqlash kerak.

 

 

Davolash.

Kattalar uchun tavsiya qilingan boshlangʻich doza sutkada 0,5-9 mg ni tashkil qiladi. Tutib turuvchi doza odatda sutkada 0,5-3 mg ni tashkil qiladi. Sutkalik dozani 2-4 marta qabul qilishga boʻlish mumkin.

Deksametazonni boshlangʻich dozalari klinik reaksiya paydo boʻlgunga qadar qoʻllanadi, keyin esa dozani asta-sekin eng past klinik samarali dozagacha kamaytirish zarur. Agar katta dozalar bilan peroral davolash bir necha kundan ortiq davr davomida davom etsa, dozani asta-sekin bir necha ketma-ket kunlar davomida yoki xatto uzoqroq vaqt davomida (odatda 3 kunda 0,5 mg ga) kamaytirish kerak. Maksimal sutkalik doza odatda  15 mgni, minimal samarali doza- sutkada 0,5-1 mg ni tashkil qiladi.

Yuqori dozalar bilan uzoq muddat davolash vaqtida deksametazonni ovqat bilan birga qabul qilish, ovqat qabul qilish orasida esa, antatsidlarni qoʻllash  tavsiya qilinadi.

Bolalar uchun dozalari

Oʻrinbosar davolashda peroral qoʻllash uchun tavsiya qilingan dozalar tana vazniga 0,02 mg/kg yoki tana yuzasi maydoniga 0,67 mg/m2 ni tashkil qiladi.

Boshqa hamma koʻrsatmalarda boshlangʻich dozalar diapozoni sutkada 3-4 marta qabul qilish uchun 0,08-0,3 mg/kg yoki sutkada tana yuzasi maydoniga 2,5-10 mg/m2 ni tashkil qiladi.

Buyrak usti bezini giperfunksiyasini diagnostik tekshiruvi

Deksametazon bilan sinama (Lidl sinamasi). Kichik va katta testlar koʻrinishida oʻtkaziladi.

Kichik test vaqtida deksametazonni 0,5 mg dan har 6 soatda 48 soat davomida (aynan esa: ertalab soat 8 da, soat 14 da, soat 20 da va tungi soat 2 da) buyuriladi. Deksametazonni buyurishdan oldin va keyin sutkalik siydikda 17-gidroksikortikosteroid yoki erkin kortizol miqdori aniqlanadi. Deksametazonni keltirilgan dozalari deyarli hamma sogʻlom shaxslarda kortikosteroidlarni hosil boʻlishini susaytiradi. Deksametazonning oxirgi dozasidan 6 soatdan keyin kortizolni qon plazmasidagi miqdori 135-138 nmol/l dan (4,5-5 mkg/100 ml) past. 17-giroksikortikosteroidlarni chiqarilishini pasayishi sutkada 3 mg dan, erkin kortizolni esa – sutkada 54-55 nmol dan (sutkada 19-20 mkg) pastligi buyrak usti bezini giperfunksiyasini istisno qiladi. Kushing kasalligi yoki sindromi boʻlgan shaxslarda kichik test oʻtkazilganda kortikosterioidlarni chiqarilishi  oʻzgarmaydi.

Katta testlarni oʻtkazish vaqtida deksametazonni 2 mg dan har 6 soatda 48 soat davomida (aynan esa: sutkada 8 mg deksametazon) buyuriladi. Shuningdek, 17-gidroksikortikoste-roidlarni yoki erkin kortizolni aniqlash uchun siydikni yigʻish oʻtkaziladi (zarurat boʻlganida qon plazmasida erkin kortizol aniqlanadi). Kushing kasalligida 17-gidroksikortikosteroidlarni yoki erkin kortizolni chiqarilishini 50% va undan koʻpga pasayishi kuzatiladi, ayni vaqtda buyrak usti bezi oʻsmalarida yoki AKTG-ektopovanli sindromi boʻlgan (yoki kortikoliberin-ektopovan boʻlgan) sindromida kortikosteroidlarni chiqarilishi oʻzgarmaydi. AKTG-ektopovanli sindromi boʻlgan ayrim bemorlarda kortikosteroidlarni chiqarilishini pasayishi, xatto deksametazonni sutkada 32 mg gacha qabul qilgandan keyin ham pasaymaydi.

Kortikosteroidlarning ekvivalent dozalari:

Deksametazon 0,75 mg

Prednizon 5 mg

Kortizon 25 mg

Metilprednizon 4 mg

Gidrokortizon 20 mg

Triamsinolon 4 mg

Prednizolon 5 mg

Betamezon 0,75 mg

Bunday dozalash nisbatlari, faqat ushbu preparatlarni peroral yoki vena ichiga qoʻllashga taaluqlidir. Bu preparatlar yoki ularni hosilalari mushak ichiga yoki boʻgʻim ichiga yuborilganida ularni nisbiy xususiyatlari ahamiyatli darajada oʻzgarishi mumkin.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Deksametazon bilan qisqa vaqt davomida davolagandagi nojoʻya holatlar

Immun tizimi tomonidan: oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Endokrin tizimi tomonidan: buyrak usti bezi faoliyatini tranzitor susayishi.

Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: uglevodlarlarga nisbatan tolerantlikni pasayishi, ishtahani oshishi va tana vaznini oshishi, gipertriglitseridemiya.

Ruhiyat tomonidan: ruhiy buzilishlar.

Meʼda-ichak yoʻllarii tomonidan: peptik yara va  oʻtkir pankreatit.

Deksametazon bilan uzoq vaqt davomida davolangandagi nojoʻya holatlar

Immun tizimi tomonidan: immun javobni pasayishi va infeksion kasalliklarga nisbatan beriluvchanlikni oshishi.

Endokrin tizimi tomonidan: buyrak usti bezi faoliyatini doimiy susayishi; bolalar va oʻsmirlarda oʻsishni sekinlashishi, epifizar oʻsish zonalarini muddatidan oldin berkilishi.

Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: semirish.

Koʻrish aʼzolari tomonidan: katarakta, glaukoma.

Tomirlar tomonidan: gipertenziya; teleangioektaziya.

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan: terini yupqalashishi.

Suyak-mushak va biriktiruvchi toʻqima tomonidan: mushak atrofiyasi, osteoporoz, suyaklarning aseptik nekrozi; naysimon suyaklarni sinishi.

Deksametazon bilan davolaganda alohida aʼzolar va tizimlarda kelib chiqishi mumkin boʻlgan nojoʻya holatlar:

Qon va limfatik tizim tomonidan: tromboembolik asoratlar, monotsitlar va/yoki limfotsitlar miqdorini kamayishi, leykotsitoz, eozinofiliya (boshqa glyukokortikoidlarni qoʻllashdagi kabi); trombotsitopeniya va trombotsitopenik boʻlmagan purpura.

Immun tizimi tomonidan: toshmalar, eshakemi, Kvinke shishi, bronxospazm, anafilaktik reaksiyalar; opportunistik infeksiyalarni rivojlanishi.

Yurak tomonidan: qorinchalarning mutifokal ekstrasistoliyasi, vaqtinchalik bradikardiya, yurak yetishmovchiligi, yurakni toʻxtab qolishi; miokard infarkti natijasidagi miokardni perforatsiyasi.

Tomirlar tomonidan: gipertenziv ensefalopatiya, gipertenziya.

Nafas tizimi, koʻkrak qafasi va koʻks oraligʻi tomonidan: faol boʻlmagan tuberkulyozni qaytalanishi.

Nerv tizimi tomonidan: davolash toʻxtatilgandan keyin koʻrish nervini shishi va bosh miya ichki bosimini oshishi (xavfsiz bosh miya ichki bosimini  gipertenziyasi); bosh aylanishi, vertigo; tirishishlar; bosh ogʻrigʻi.

Ruhiyat tomonidan: shaxsiyatni oʻzgarishi va eyforiya koʻrinishida namoyon boʻladigan xarakatlar; uyqusizlik, taʼsirchanlik, giperkinez va depressiya, jizzakilik, shuningdek xavotirlik ham aniqlangan;  maniakal-depressiv psixoz, deliriy, dezoriyentatsiya, gallyutsinatsiyalar, paranoyya, kayfiyatni oʻzgaruvchanligi, oʻz joniga qasd qilish fikrlari; psixozlar, uyquni buzilishi, ongni chalkashishi, amneziya;  shizofreniyani kechishini yomonlashuvi, tutqanoqni kechishini yomonlashuvi.

Endokrin tizimi tomonidan: buyrak usti bezi funksiyasini susayishi va buyrak usti bezi atrofiyasi (stressga nisbatan reaksiyani pasayishi), bolalarda va oʻsmirlarda oʻsishni kechikishi, Kushing sindromi,  hayz sikllarini buzilishlari, girsutizm.

Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: diabetni latent shaklidan klinik faol shakliga oʻtishi,  qandli diabeti boʻlgan bemorlarda insulin va peroral diabetga qarshi preparatlarga nisbatan talabni oshishi, kalsiy ionlarini chiqarilishini oshishi;  gipokaliyemik alkaloz, oqsillar katabolizmi bilan bogʻliq boʻlgan manfiy azot muvozanati;  gipokalsiyemiya.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: ezofagit, koʻngil aynishi, hiqichoq, dispepsiya, qusish; meʼda yoki oʻn ikki barmoq ichakning yarali kasalligi, meʼda-ichak yoʻllarida perforatsiya va qon ketishlar (qonli qusish, melena), pankreatitlar, oʻt pufagi perforatsiyasi va ichak perforatsiyasi (ayniqsa ichakning yalligʻlanish kasalliklari boʻlgan patsiyetlarda).

Suyak-mushak va biriktiruvchi toʻqima tomonidan: mushak kuchsizligi, steroid miopatiya (mushak katabolizmi mushak kuchsizligini chaqiradi), osteoporoz (organizmdan kalsiy chiqarilishini oshishi) va bosganda xerbtni sinishlari, suyakning aseptik nekrozi (koʻproq – son va yelka suyaklari boshchalarini nekrozi), paylarni yorilishi (ayniqsa baʼzi xinolonlarni bir vaqtda qoʻllaganda).

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan: jarohatlarni sekin bitishi, terini yupqalashishi, striyalar va ekximozlar, eritema, koʻp terlash, akne, teri usti testlariga boʻlgan reaksiyalarni susayishi, Kvinke shishi, allergik dermatit, eshakemi; terini qichishi.

Koʻrish aʼzolari tomonidan: koʻz ichki bosimini oshishi, glaukoma, katarakta, ekzoftalm; koʻzning bakterial, zamburugʻli yoki virusli infeksiyalarini xuruji; shox pardani yupqalashishi.

Jinsiy aʼzolar va sut bezlari tomonidan: impotensiya, amenoreya.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: shish.

Glyukokortikoidlarni bekor qilish sindromi belgilari.

Deksametazon bilan uzoq vaqt davolangan patsiyentlarda dozani juda tez kamaytirganda bekor qilish sindromi rivojlanishi mumkin va buning natijasida – buyrak usti bezi yetishmovchiligi, arterial gipotenziya yoki oʻlim holati yuzaga kelishi mumkin. Baʼzi holatlarda bekor qilish sindromi patsiyent davolanayotgan kasallik belgilarini yomonlashishi yoki qaytalanishi koʻrinishida namoyon boʻlishi mumkin. Agar ogʻir noxush reaksiyalar kuzatilsa davolashni toʻxtatish lozim.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Deksametazonga yoki preparatning har-qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Oʻtkir virusli, bakterial yoki tizimli zamburugʻli infeksiyalar (agar muvofiq terapiya qoʻllanmasa), Kushing sindromi, tirik vaksina bilan vaksinatsiya, shuningdek emizish davrida (shoshilinch holatlardan tashqari) qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Deksametazon va nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalarini bir vaqtda qoʻllash meʼda-ichak qon ketishlari va yaralarni hosil boʻlish xavfini oshiradi.

CYP 3A4 fermentlarini faollashtiruvchi preparatlar (fenitoin, karbamazepin, primidon, rifabutin, rifampitsin)  yoki glyukokortikoidlarni metabolik klirensini oshiruvchi (efedrin va aminoglutetimid) bilan bir vaqtda qoʻllansa, deksametazonning taʼsiri  kamayadi; bunday sharoitlarda deksametazonning dozasini oshirish lozim. Deksametazon va boshqa yuqorida eslatib oʻtilgan dori vositalari orasidagi oʻzaro taʼsiri deksametazonni bostrishi testini notoʻgʻri koʻrsatishi mumkin. Buni test natijalarini baholashda hisobga olish lozim.

Deksametazonni va CYP3A4 fermenti faolligini ingibitsiya qiluvchi ketokonazol, makrolid kabilar bilan birga qoʻllash deksametazonni qon zardobidagi konsentratsiyasini oshishini chaqirishi mumkin. Deksametazon CYP3A4 oʻrtacha induktori hisoblanadi. CYP3A4 ishtirokida metabolizmga uchraydigan indinavir, eritromitsin kabi preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllash, ularni qon zardobidagi konsentratsiyasini pasayishini chaqiruvchi klirensini oshirishi mumkin.

Ketokonazol CYP3A4 ning fermentli taʼsirini ingibitsiya qilish yoʻli bilan qon zardobida deksametazonni konsentratsiyasini oshirishi mumkin. Boshqa tarafdan, ketokonazol glyukokortikoidlarni buyrak usti bezi tomonidan sintezini susaytirishi mumkin, shunday qilib, deksametazonni konsentratsiyasini pasayishi oqibatida buyrak usti yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.

Deksametazon diabetga qarshi preparatlar va antigipertenziv vositalari, prazikvantel va natriyuretiklarning terapevtik samaralarini kamaytiradi (shuning uchun bu preparatlarni dozalarini oshirish zarur); u geparin, albendazol va kaliyuretiklarning faolligini oshiradi (zarur boʻlganida bu preparatlarning dozalarini kamaytirish kerak).

Deksametazon kumarin antikoagulyantlarini taʼsirini oʻzgartirishi mumkin, shuning uchun bunday majmualar qoʻllanganda dori vositalarini  protrombin vaqtini tez-tez tekshirish zarur.

Glyukokortikoidlarni  yuqori dozalarda va β2-adrenblokatorlarning agonistlarini  bir vaqtda qoʻllash gipokaliyemiya xavfini oshiradi. Gipokaliyemiyali patsiyentlarda yurak glikozidlari  koʻp darajada ritmni buzilishiga olib keladi va yuqori toksiklikka egadir.

Deksametazon miasteniyada qoʻllanadigan antixolinesteraz vositalarning terapevtik samarasini kamytiradi.

Antatsidlar deksametazonni meʼdada soʻrilishini kamaytiradi. Ovqat yoki alkogolni bir vaqtda isteʼmol qilinganda deksametazonni farmakokinetikasiga taʼsir qilishi aniqlanmagan, biroq,  dori vositalarini va natriyning yuqori miqdorda saqlangan ovqatlarni parallel qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Chekish deksametazonning farmakokinetikasiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Glyukokortikoidlar salitsilatlarni buyrak klirensini kuchaytiradi, shuning uchun baʼzida salitsilatlarning qon zardobida terapevtik konsentratsiyalariga erishishi qiyin. Kortikosteroidlarni asta-skekin pasaytiradigan patsiyentlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak, chunki bunda salitsilatlarning qon zardobidagi konsentratsiyasini oshishi va  intoksikatsiya kuzatilishi mumkin.

Agar peroral kontratseptivlarni bir vaqtda qabul qilinsa, glyukokortikoidlarning yarim chiqarilish davri uzayishi mumkin, bu ularni  biologik taʼsirini kuchaytirishi va nojoʻya samaralari xavfini  oshirishi mumkin.

Ritordin va deksametazonni tugʻruq vaqtida birga qabul qilish mumkin emas, chunki bu tugʻayotgan ayolning oʻpka shishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻlimiga olib kelishi mumkin.

Bunday holatni rivojlanishi tufayli tugʻayotganlarda oʻlim holatlari uchraganligi toʻgʻrisida xabar qilingan.

Deksametazon va tolidomidni bir vaqtda qoʻllash toksik epidermal nekrolizni kelib chiqishini chaqirishi mumkin.

Terapevtik ustunlikka ega  boʻlgan oʻzaro taʼsir turlari:

Deksametazon va metoklopramid, difengidramin, proxlorperazin, yoki 5-NT3 retseptorlarini antagonistlarini (ondansetron yoki granisetron kabi serotonin yoki       5-gidroksi-triptamin 3 turi retseptorlari) bir vaqtda buyurish sisplatin, siklofosfamid, metotreksat, ftoruratsil bilan ximiyaterapiya chaqirgan koʻngil aynishi va qusishni oldini olish uchun samarali.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Ogʻir ruhiy reaksiyalar kortikosteroidlarni tizimli qoʻllash bilan kechishi mumkin. Odatda simptomlar davolashni boshlagandan bir necha kundan yoki xaftadan soʻng namoyon boʻladi. Yuqori dozalarni qabul qilishda ushbu simptomlarning rivojlanishi xavfi oshadi. Koʻpgina reaksiyalar dozani kamaytirganda yoki preparatni bekor qilganda oʻtib ketadi. Ruhiy holatni oʻzgarishini, ayniqsa depressiv kayfiyat, oʻz joniga qasd qilish yoki xarakat qilishni kuzatish va vaqtida aniqlash lozim. Anamnezida affektiv buzilishlari boʻlgan, ayniqsa anamnezida, hamda yaqin qarindoshlarida  har qanday boshqa dori vositalariga allergik reaksiyalari  boʻlgan patsiyentlarga kortikosteroidlarni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

Qisqa vaqt davomida minimal samarali dozani  yoki preparatning zarur boʻlgan kunduzgi dozasini ertalab bir marta qabul qilib, nohush samaralarni paydo boʻlishidan saqlanish  mumkin.

Deksametazon bilan uzoq vaqt davolangan patsiyentlarda davolash toʻxtatilgandan keyin bekor qilish (shuningdek buyrak usti bezlarini sezilarli belgilarisiz) quyidagi simptomlar: haroratni oshishi, tumov, konʼyunktivani qizarishi, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, uyquchanlik yoki taʼsirchanlik, mushak va boʻgʻimlarda ogʻriqlar, qusish, tana vaznini kamayishi, umumiy holsizlik, koʻp hollarda tirishishlar bilan sindromi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun deksametazon dozasini asta-sekin pasaytirish kerak. Davolashni toʻsatdan toʻxtatish oʻlim bilan yakunlanishi mumkin.

Agar patsiyent ogʻir stress holatida boʻlsa (jarohatlar, operatsiyalar yoki ogʻir kasalliklar tufayli) davolash davri davomida deksametazonning dozasini oshirish kerak, agar bu davolashni toʻxtatish vaqtida yuz bersa, gidrokortizon yoki kortizonni  qoʻllash kerak.

Deksametazonni uzoq vaqt qabul qilayotgan va davolash toʻxtatilgandan keyin kuchli stresssni his qilayotgan patsiyentlarga, deksametazonni qabul qilishni tiklash kerak, chunki ular chaqirgan buyrak usti yetishmovchiligi davolash toʻxtatilgandan keyin bir necha oy davom etishi mumkin.

Deksametazon yoki tabiiy glyukokortikoidlar bilan davolash mavjud boʻlgan yoki yangi infeksiya simptomlarini, shuningdek ichak perforatsiyasi simptomlarini niqoblashi mumkin. Deksametazon tizimli zamburugʻ infeksiyani, latent amyobiazni va oʻpka tuberkulyozini kuchaytirishi mumkin.

Faol shakldagi oʻpka tuberkulezi boʻlgan patsiyentlar  deksametazonni faqat tez kechadigan yoki kuchli tarqalgan oʻpka tuberkulyozida (tuberkulyozga qarshi vositalari bilan birga) olishlari kerak. Deksametazon bilan davolanayotgan nofaol shakldagi oʻpka tuberkulezi boʻlgan patsiyentlar yoki tuberkulinga javob qiladigan patsiyentlar kimyoviy profilaktik vositalarini olishlari kerak.

Osteoporozi, arterial gipertenziyasi, yurak yetishmovchiligi, tuberkulezi, glaukomasi, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, qandli diabeti, faol peptik yarasi, yaqinda qoʻyilgan ichak anastomozi, yarali koliti va tutqanogʻi boʻlgan bemorlarga ehtiyotkorlik va tibbiy kuzatuv tavsiya qilingan. Patsiyentlarga miokard infarktidan keyin birinchi hafta davomida, tromboemboliyasi, gravis miasteniyasi, glaukomasi, gipotireozi, psixozi yoki psixonevrozi boʻlgan patsiyentlarga, shuningdek keksa yoshdagi patsiyentlar alohida parvarishni talab qiladilar.

Davolanish vaqtida qandli diabetni zoʻrayishi yoki qandli diabetni latent bosqichidan klinik koʻrinishlariga oʻtishi  kuzatilishi mumkin.

Uzoq davolanganda qon zardobida kaliyni darajasini nazorat qilish lozim.

Deksametazon bilan davolash vaqtida tirik vaksina bilan vaksinatsiya qilish mumkin emas. Oʻldirilgan virusli yoki bakterial vaksina bilan emlash antitelalarni kutiladigan sinteziga olib kelmaydi va kutiladigan himoya samarasiga ega emas. Deksametazonni odatda emlashdan 8 hafta oldin buyurilmaydi va emlashdan keyin 2 hafta oʻtmasdan qoʻllanmaydi.

Deksametazon bilan uzoq vaqt yuqori dozalarda davolanayotgan va hech qachon qizamiq bilan ogʻrimagan patsiyentlar infeksiyalangan shaxslar bilan kontaktdan saqlanishlari kerak, tasodifan muloqat boʻlgan hollarda immunoglobulin bilan profilaktik davolash tavsiya qilinadi.

Operatsiyadan yoki suyaklarni sinishidan keyin sogʻayotgan patsiyentlarga ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya qilinadi, chunki deksametazon yaralarni bitishini va suyak toʻqimasini hosil boʻlishini sekinlashtirishi mumkin.

Jigar sirrozi yoki gipotireozi boʻlgan bemorlarda glyukokortikoidlarni  taʼsiri kuchayadi.

Kortikosteroidlar teri allergik reaksiyalari natijalarini oʻzgartirishi mumkin.

Agar patsiyentda ayrim qandlarni oʻzlashtiraolmaslik aniqlangan boʻlsa, ushbu dori vositasini qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Bolalar. Deksametazonni faqat juda zaruriyat holatlarda bolalarga va oʻsmirlarga qoʻllash mumkin. Deksametazon bilan davolash vaqtida bolalarni boʻyi va rivojlanishini sinchkov nazoratini oʻtkazish lozim.

Homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllanilishi.

Homilaga va yangi tugʻilgan chaqaloqlarga zararli taʼsirini istisno etib boʻlmaydi. Dori vositasi ona qornida homilani rivojlanishini bostiradi. Deksametazonni faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan oshgan holatda, faqat alohida shoshilinch holatlarda homilador ayollarga buyurish mumkin.  Preeklampsiya holatida alohida ehtiyotkorlik tavsiya etiladi.

Homiladorlik davrida glyukokortikoidlar bilan davolashda umumiy tavsiyalarga muvofiq asosiy kasalliklarni nazorati uchun eng past samarali doza ishlatilishi lozim. Homiladorlik davrida glyukokortikoidlar buyurilgan onalardan tugʻilgan bolalarni buyrak usti bezining yetishmovchiligi mavjudligini sinchkovlik bilan nazorat qilish lozim.  Glyukokortikoidlar yoʻldosh orqali oʻtadi va homilada yuqori konsentratsiyaga erishadi. Deksametazon, masalan prednizonga nisbatan yoʻldoshda kam faol metabolizmga uchraydi, shuning uchun homilaning qon zardobida deksametazonning yuqori konsentratsiyalari kuzatiladi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, glyukokortikosteroidlarning hatto farmakologik dozalari yoʻldosh yetishmovchiligi, oligogidramnion, homila rivojlanishi sekinlashishi yoki ona qornida nobud boʻlishi, homilada leykotsitlar sonini oshishi (neytrofillar) va buyrak usti bezi yetishmovchiligi kelib chiqish xavfini oshirishi mumkin. Deksametazonning teratogen taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq.

Homiladorlik davrida glyukokortikosteroidlarni qoʻllagan ayollar tugʻruq vaqtida qoʻshimcha dozalar qabul qilish tavsiya etiladi. Tugʻruq  jarayoni choʻzilib ketishi holatida yoki kesar kesish rejalashtirilgan hollarda, har 8 soatda 100 mg gidrokortizonni vena ichiga yuborish tavsiya etiladi.

Glyukokortikoidlarning ozgina miqdori koʻkrak sutiga ajraladi, shuning uchun deksametazon bilan davolanganda, ayniqsa fiziologik normalar (1 mg atrofida) dan oshganda, emizish tavsiya etilmaydi. Bu  bola rivojalanishini sekinlashishi va endogen kortikosteroidlar sekretsiyasi kamayishiga olib kelishi mumkin.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati. Deksametazon avtomobilni va boshqa mexanik vositalarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oʻtkir oshirib yuborilishi yoki dozani oʻtkir oshirib yuborilishi oqibatida oʻlim holatlari toʻgʻrisida kam xabarlar mavjud.

Haddan ziyod dozalarda bir necha hafta qoʻllangandan keyin dozani oshirib yuborilishi nojoʻya samaralarning koʻpchiligini, eng avvalo Kushing sindromini chaqirishi mumkin.

Haddan tashqari koʻp miqdordagi tabletkalarni bir martada qabul qilish, odatda klinik ahamiyatli intoksikatsiyaga olib kelmaydi. Maxsus antidoti yoʻq. Davolash tutib turuvchi va simptomatik boʻlishi kerak. Gemodializ deksametazonni organizmdan tezkor chiqarib yuborish boʻyicha samarali usul hisoblanmaydi.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 5 blisterdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original  oʻramda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.