Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Д-пара ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Д-пара ТАБЛЕТКА 50мг/500мг №10

8 000 so'mdan
(1411)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
BKRS PHARMA
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Нестероидные противосполительные препараты
Dori tafsilotlari
Maxsus saqlash sharoitlari
Dozirovkasi
Dozani oshirib yuborilishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakologik ta'sir
Farmakodinamikasi
Nojo'ya samaralari
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Farmakokinetikasi
Maxsus shartlar
Maxsus saqlash sharoitlari
Quruq va qorong'u joyda, 25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.



Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
 
Dozirovkasi
Tabletkalarni chaynamasdan, butunligicha, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Preparatni ovqat qabul qilinganidan keyin qabul qilish kerak. Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 2 - 3 marta buyuriladi. 12 yoshdan oshgan tana vazni 30 kg dan ortiq bo'lgan bolalarga ½ tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi. Navbatdagi har bir qabullar oralig'i kamida - 4 soat bo'lishi kerak.
 
 
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: allergik reaktsiyalar, bosh og'rig'i, psixomotor qo'zg'alishlar, bosh aylanishi.
Davolash: me'dani yuvish, simptomatik davolash.
 
 
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Homiladorlikda va laktatsiya (emizish) davrida preparatni qo'llash mumkin emas.
 
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: paratsetamol - 500 mg, diklofenak natriy 50 mg;
yordamchi moddalar: makkajo'xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, ikki asosli fosfat kalьtsiy, povidon, natriy metilparaben, natriy propilparaben, tozalangan suv, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati, talьk, aerosil.
 
 
Farmakologik ta'sir

D-Para – bu og'riqni qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi majmuaviy preparat.

Farmakodinamikasi
Paratsetamol og'riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Og'riqni qoldiruvchi ta'sir mexanizmi, asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish bilan bog'liq. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi ta'siri, termoregulyatsiyaning gipotalamik markazlariga to'g'ridan-to'g'ri ta'siri bilan bog'liq, buning natijasida tomirlarning kengayishi va kuchli terlash tufayli, tanadan issiqlikning ajralib chiqishi kuchayadi.
Diklofenak natriy nosteroid yallig'lanishga qarshi vositadir. Ta'sir mexanizmi siklooksigenazani nospetsifik susaytirilishi, prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish, shuningdek leykotsitlarda erkin araxidonlar kontsentratsiyasini pasaytirishi bilan bog'liq. Yallig'lanishga qarshi, og'riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi, trombotsitlarning agregatsiyasiga to'sqinlik qiladi. Uzoq muddat qo'llanganida desensibilizatsiyalovchi ta'sir ko'rsatadi.
 
Nojo'ya samaralari
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diskomfort hissi (epigastriya sohasida og'riqlar va spazmlar), meteroizm, ishtahaning pasayishi. Kam xollarda: qon ketishi, perforatsiya bilan asoratlangan me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, aftozli stomatit, ezofagit. Alohida hollarda nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, yuqori charchoqlik, uyquni buzilishi.
Dermatologik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi.
Jigar funktsiyasi tomonidan: jigar funktsiyasini buzilishi, shu jumladan gepatit (sariqlik yoki sariqliksiz).
Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda: anemiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yakka hollari: taxikardiyani yuzaga kelishi.
 
Qo'llanilishi
Revmatoid artrid, osteoartrit, bel og'rig'i va tendinit, tendosinovit, bursit, paylarni cho'zilishi va suyaklarni chiqishi kabi, boshqa o'tkir skelet – mushak buzilishlari; ankilozlovchi spondilit; ortopedik, stomatologik va boshqa kichik xirurgik operatsiyalaridagi og'riq va yallig'lanishni susaytirish; yuvenil surunkali artrit; operatsiyadan keyingi og'riq; bosh og'rig'i; tanadagi og'riqlar; isitmani pasaytirishda qo'llaniladi.
 
 
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
anamnezdagi aspirin yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalariga angionevrotik shish va bronxospastik reaktsiyalar (“aspirin astmasi”), bronxial astma xurujlari;
zo'rayish bosqichidagi me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan peptik yara, Kron kasalligi, nospetsifik yarali kolit);
homiladorlik, laktatsiya;
12 yoshgacha bo'lgan bolalar;
ko'ruv nervining kasalliklari, nafas yo'llarining surunkali obstruktiv kasalliklari, burun poliplari, pichan isitmasi;
buyraklar va jigar funktsiyasining yaqqol buzilishlarida qo'llash mumkin emas.
 
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Kaliy tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llanganida, qonda kaliy miqdori oshishi mumkin. Bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida qon ketishi rivojlanishi mumkin. Preparat litiy, digoksin va siklosporinning qondagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin, shuning uchun ular bilan birga qo'llanganida, oxirgilarning dozasini korrektsiya qilish kerak. Metotreksat bilan davolashni boshlashdan 24 soat oldin yoki davolash to'xtatilganidan keyin preparat buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bunda uning zaharli ta'sirining rivojlanish xavfi oshadi.
Jigar mikrosomal fermentlarini induktsiya qiluvchi dorilar (barbituratlar va ayrim tutqanoqqa qarshi vositalar, jumladan, fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, benzonal), spirt saqlovchi dori vositalari, rifampitsin bilan birga qabul qilinganida preparatning gepatotoksik ta'siri kuchayadi. Fenotiazinlar bilan birga qo'llanganida haddan ziyod gipotermiya, azidotimidin bilan – neytropeniya rivojlanishi mumkin. Preparat xloramfenikolning zaharliligini oshiradi, bilvosita antikoagulyantlar, difenin, peroral gipoglikemik preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin, “halqali” va tiazidli diuretiklarning diuretik va natriyuretik samarasini susaytiradi.
Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, shuningdek glyukokortikoidlar bilan birga qo'llanganida nojo'ya ta'sirlari tezlashadi va kuchayadi.
 
 
Farmakokinetikasi
Paratsetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez so'riladi. Plazmadagi cho'qqi kontsentratsiyasiga 30 - 90 minut o'tgach erishiladi. Organizmning deyarli barcha to'qimalariga kiradi, yo'ldoshga oson o'tadi va ko'krak suti bilan chiqariladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo to'planganida jigarni nekrozga uchratishi mumkin. Asosan metabolitlari ko'rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarimchiqarilish davri 1,5 - 3 soat oralig'ida. Jigar funktsiyasi buzilganida preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda to'planishiga yordam beradi.
Diklofenak natriy - bir marta ichga qabul qilinganidan so'ng, ichakdan tez va to'liq so'riladi, faol moddaning taxminan 50% jigardan birinchi o'tishda metabolizmga uchraydi. 50 mg dozada preparatning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi 1 - 2 soatdan so'ng kuzatiladi va 1,5 mkg/ml (5 mkmolь/l) ni tashkil qiladi. Ovqat preparatni so'rilishini sekinlashtiradi, ammo so'rilayotgan faol moddaning miqdori o'zgarmaydi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 99,7% ni tashkil qiladi; bunda preparatning ko'p qismi (99,4%) alьbuminlar bilan bog'lanadi. Sinovial suyuqligiga bo'g'im bo'shlig'iga yaxshi kiradi, u yerda faol moddaning maksimal kontsentratsiyasiga plazmadagiga qaraganda 2 - 4 soat kech erishiladi. Sinovial suyuqligidan yarimchiqarilish davri 3 - 6 soatni tashkil qiladi. Preparatning 60% metabolitlari ko'rinishda buyraklar orqali, qolgan qismi o't-safro orqali chiqariladi. Buyraklar funktsiyasi yaqqol buzilgan (kreatinin klirensi 10ml/min dan kam) bemorlarda, o't-safro bilan chiqariladigan metabolitlarining solishtirma og'irligi oshadi, shuning uchun ularning qondagi kontsentratsiyasining oshishi kuzatilmaydi.
 
Maxsus shartlar
Anamnezida me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishlari bo'lgan bemorlarga, shuningdek jigar, buyraklar, qon hosil qilish a'zolari funktsiyasining yaqqol buzilishlari bo'lgan patsiyentlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Yuqori dozalarda preparat trombotsitlar agregatsiyasini susaytirishi mumkin, shuning uchun gemostazining buzilishi bo'lgan patsiyentlarni sinchkov kuzatish kerak. Preparatni keksalarda, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertoniyasi, porfiriyasi bo'lgan bemorlarda, shuningdek bevosita jiddiy jarrohlik aralashuvlaridan keyin ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.
Preparat bilan davolash davrida jigar, buyraklar funktsiyasiini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qo'llash vaqtida preparat gepatotoksik ta'sirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni iste'mol qilish mumkin emas. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Bemorlar preparatni qabul qilish vaqtida yuqori diqqat va tezkor ruhiy va harakat reaktsiyalarini talab qiluvchi ishlarni bajarishdan (masalan, avtomobilni haydash) saqlanishlari kerak.