Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЧЕРНИКА ЗРЕНИЕ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЧЕРНИКА ЗРЕНИЕ + ТАБЛЕТКА 100мг №40

15 000 so'mdan
(2781)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ФАРМ-ПРОДУКТ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Витамины и родственные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 Kapsulalar.

 

Tarkibi:

taʼsir etuvchi modda: Antotsianidinlar standartlangan chernikaning quruq ekstrakti koʻrinishida.

yordamchi moddalar: tozalangan letsitin, asalari mumi, kungaboqar moyi.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparatning farmakologik faolligi uning tarkibiga kiruvchi komponentlarini majmuaviy taʼsir bilan bogʻliq boʻlib, ularning ichidan asosiylari bioflavonoidlarga mansub boʻlgan antotsianidlar hisoblanadi.

Chernikaning quruq ekstraktida 5ta asosiy aglikon – antotsianidinlar: delfinidin, petunidin, peonidin, malvidin, sianidindan iborat 11 antotsianin saqlanadi. Antotsianidinlar antioksidant, antikanserogen, yalligʻlanishga qarshi, desensibilizatsiyalovchi xususiyatlarga ega, ichakda chirish jarayonlarini bostiradi, reparativ jarayonlarini ragʻbatlantiradi, jarohatlarning bitishini tezlashtiruvchi, shishga qarshi, tomirlarni mustahkamlovchi taʼsirlarga ega, tromblar hosil boʻlishiga toʻsqinlik qiladi, diabetik retinopatiyaning rivojlanishini tormozlaydi va diabetda koʻzning toʻr pardasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, katarakta hosil boʻlishining patologik mexanizmlarini bostiradi, uzoqni koʻraolmaslikni kamayishiga yordam beradi.

Sianidin va malvidin sitotoksik taʼsirga ega.

Delfinidin qon tomirlarning endoteliysini oʻsishi proliferatsiyasini bostiradi, bu aterosklerozning barqarorlanishida va xavfli oʻsmalarning rivojlanishida muhim rol oʻynaydi.

Antotsianlar a-tokoferoloksil radikalni a-tokoferolgacha tiklaydi.

Antotsianidinlar toʻr pardaning yorugʻlikni sezuvchi pigmenti – rodopsinning regeneratsiyasiga yordam beradi; koʻzning toʻr pardasining trofikasini yaxshilaydi, uning mikrotsirkulyatsiyasini ragʻbatlantiradi; toʻr parda himoyasining toʻqimaviy mexanizmlarini tiklaydi; biriktiruvchi toʻqmaning kollagen matriksini mustahkamlaydi; biriktiruvchi toʻqimaning komponenti – glyukozaminoglikanning sintezini ragʻbatlantiradi, buning hisobiga toʻr pardaning kapillyarlarini yanada mustahkam qiladi; xujayra membranalarining fosfolipidlarini turgʻunlashtiradi; erkin radikallar tomonidan chaqirilgan lipidlarning perekisli oksidlanishini ingibirlaydi. Shunday qilib, toʻr pardani yorugʻlik nurlanishining turli darajalariga sezuvchanligi yaxshilanadi va past yorugʻlikda koʻrish oʻtkirligi kuchayadi.

Antotsianidinlar-juda kuchli oʻsimlik polifenol antioksidantlaridir, erkin radikallarni samarali neytrallab, 100 ga yaqin kasalliklarning rivojlanishida, shu jumladan koʻzning toʻr pardasi toʻqimasi va gavharning erkin radikalli oksidlanish jarayonlarini rivojlanishidagi salbiy patogenetik bogʻlarni uzadi. Chernikaning antotsianidinlarini yuqori antioksidant faolligi, antotsianidlarning hosilalarini fenolli kislorod radikallarini yuqori juftsiz zichligi bilan bogʻliq.

Yaqqol antioksidantlik samarasi tufayli, antotsionozidlar glaukoma patogenezining boʻgʻinlaridan biri boʻlgan lipidlarning perekisli oksidlanishini bloklaydi.

Gistaminlar, proteazalar, prostaglandinlar va leykotriyenlarning sintezini va qon oqimiga ajralib chiqishini kamaytiradi, bu organizmda yalligʻlanish reaksiyalarning paydo boʻlishini oldini oladi.

Farmakokinetikasi

Antotsianidinlarning farmakokinetik tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, ushbu moddalar meʼdada tez va samarali soʻriladi, jigarga intakt va metabolizmga uchragan shakllari koʻrinishida tushadi, turli toʻqimalarga taqsimlanadi. Chiqarilishi siydik va safro bilan amalga oshadi. Bir marta qabul qilgandan soʻng antotsianidinlarning qon plazmasidagi konsentratsiyasi maksimumga 15 minutdan soʻng yetadi va soʻngra 2 soat davomida tez pasayadi. Meʼda-ichakdan cheklangan soʻrilishi va mutloq past biokirishaolishligiga (yuborilgan dozaning 1-2%) qaramasdan, ogʻiz orqali qabul qilinganida soʻng plazmadagi maksimal qiymati (2-3 mkg/ml) ushbu moddalar uchun biologik faolligi diapozonida boʻladi.

 

Qoʻllanilishi

Preparat nospetsifik antioksidant davolash vositasi sifatida oldini olish va majmuaviy davolash uchun qoʻllanadi:

– miopatiyalar;

– diabetik retinopatiyalar;

– gipertonik retinopatiyalar;

-tunda ham, kechqurun ham qorongʻuda koʻrishning moslashuvchi mexanizmlarining buzilishlari;

– toʻr pardaning distrofik kasalliklari;

– katarakta;

– toʻr parda tomirlarining okklyuziyasi;

– koʻrish astenopiyasini (shu jumladan 7 yoshli bolalarda) oldini olish va majmuaviy davolash uchun qoʻllanadi.

Preparat yuqori koʻrish yuklamalarida, kompyuter bilan ishlashda, koʻrishdan toliqish belgilarini bartaraf qilish uchun va operativ aralashuvlardan (FRK, toʻr pardani koʻchishida va bosh.) keyingi holatlarda majmuaviy tiklanish davosida qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. 1 kapsuladan sutkada 1-3 marta buyuriladi. Davolash kursi – 7-21 kunni tashkil qiladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va laktatsiyada qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Taʼriflanmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Avtomobilni boshqarish, texnika bilan ishlash qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng ishlatilmasin.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 150S dan 250S gacha boʻlgan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.