Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Черника форте

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Черника форте с лютеином ТАБЛЕТКА №100

55 000 so'mdan
(1698)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ЭВАЛАР
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Средства применяемые в офтальмологии
Dori tafsilotlari
Farmakoterapevtik guruhi: 
Dori shakli: 
Bir kapsulaning tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Farmakoterapevtik guruhi: 

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita

 

Dori shakli: 

Kapsulalar.

 

Bir kapsulaning tarkibi:

Faol moddalar:

Antotsianidlar standartlashtirilgan chernika quruq ekstrakti koʻrinishida, (25% antotsianid)                                                                                             – 44,25 mg

20% lyutein FS lyutein koʻrinishida                                           – 6,0 mg

20% lyutein FS lyutein koʻrinishida                                           – 0,3 mg

20% zeaksantin FS zeaksantin koʻrinishida                               – 1,2 mg

Yordamchi moddalar: tozalangan letsitin, asalari mumi, kungaboqar moyi.

 

Taʼrifi: 

Oval yoki dumaloq shaklli, chokli, egiluvchan, toʻq-binafsha rangli, yumshoq jelatin kapsulalar.

Kapsula ichidagisi – toʻq binafsha rangli, moyli suspenziya.

 

Farmakologik xususiyatlari

Quyidagilarni oldini olish va majmuaviy davolash:

  • diabetik va gipertonik retinopatiya;
  • koʻz toʻr pardasining distrofik kasalliklari;
  • koʻz toʻr pardasini yoshga oid makulyar degeneratsiyasi;
  • ham tungi, ham gʻira-shira qorongʻida koʻrishni qorongʻilikka adaptatsiya mexanizmlarini buzilishi;
  • koʻzga yuqori yuklamada (kompyuterda ishlash, televizor koʻrish, haddan tashqari yorugʻlikda (payvandlash uskunalari, sofitlar) bilan ishlar, vindserfing, togʻ changʻisi, alpinizm (katta suv va qorli yuzalarning yuqori qaytaruvchanlik qobiliyati sababli) bilan shugʻullanish davri koʻrishni yomonlashishi;
  • koʻrishni toliqishi;
  • 50 yoshdan oshgan shaxslarda koʻrishni yoshga oid oʻzgarishlari;
  • jarroxlik aralashuvlaridan (fotorefraksion keratektomiya, koʻzning toʻr pardasini koʻchishi va boshqalar) keyingi xolatda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga qabul qilinadi. Kattalarga 1 kapsuladan sutkada 2-3 marta ovqatdan keyin bir oy davomida, soʻngra 1 kapsuladan sutkada 1 marta keyingi ikki oy davomida buyuriladi. Tavsiya etilgan qabul qilish kursi yiliga 2-3 martani tashkil etadi.

 

Nojoʻya taʼsirlari
  • eshakemi va teri qichishishi koʻrinishidagi allergik reaksiyalar.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • bolalar va 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Taʼriflanmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Homiladorlik va laktatsiya. Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllashning xavfsizligi va samaradorligi boʻyicha adekvat va yaxshi nazoratlangan klinik tadqiqotlar oʻtkazilmagan.

Dori vositasini transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsirining oʻziga xosligi. Taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: dori vositasining dozasini oshirib yuborilishi hollari haqida xabar berilmagan.

Davolash: dozani behosdan oshirib yuborilganida faollashtirilgan koʻmirni qabul qilish, meʼdani yuvish koʻrsatilgan; zarurati boʻlganida simptomatik davolash oʻtkaziladi.

 

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan PVX li kontur uyali oʻramlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.