Foydalanish shartlari

Ushbu hujjat «OSON APTEKA» MCHJga (STIR: 307 466 926) mulk xuquqi asosida tegishli bo‘lgan Oson Apteka mobil ilovasidan foydalanish shartlarini belgilaydi.

1 . Umumiy qoidalar:

1.1. Mazkur hujjat Oson Apteka mobil ilovasidan foydalanish shartlarini belgilaydi.

Oson Apteka tizimida ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab foydalanuvchi «OSON APTEKA» MCHJ bilan munosabatga kirishadi, mazkur foydalanish shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qiladi, undan kelib chiquvchi barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.

1.2. Oson Apteka mobil ilovasi orqali hisobi, hisoboti, monitoringi va nazorati yuritiluvchi aksiyalar, dasturlar va/yoki boshqa tadbirlar o‘tkazilgan xolatda yutuq to‘lovlari va xarid qilingan tovarlar narxining bir qismini qaytarish foydalanuvchi bank kartasiga O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oshiriladi.

1.3. Xarid qilingan tovarlar narxining bir qismini qaytarish bo‘yicha aksiyalar va dasturlar va/yoki pul mablag‘lari o‘tkazishni ko‘zda tutuvchi boshqa tadbirlar o‘tkazilgan taqdirda «OSON APTEKA» MCHJ tomonidan belgilanadigan vakolatli bank orqali, hamda xarid qilingan tovarlar narxining bir qismini qaytarish onlayn-kassa texnikasi cheklari Oson Apteka mobil ilovasida ro‘yxatga olingan oydan keyingi oyning yigirma beshinchi sanasidan keyin amalga oshiriladi.

1.4. Vakolatli bank foydalanuvchiga qaytariladigan summaning 0,7% miqdorida komissiya oladi.

2. Asosiy terminlar va tushunchalar:

Foydalanuvchi(lar) - Oson Aptekadan O‘zbekiston Respublikasidagi dorixonalardan dori vositalari va tibbiy buyumlar izlash uchun foydalanuvchi har qanday jismoniy shaxs;

Izlash natijasi - dori vositalari va tibbiy buyumlar izlash uchun foydalanuvchi so‘roviga javoban Oson Apteka izlash tizimi generasiya qilgan sahifasi;

Sotuvchi – tegishli ruhsatnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasida dori vositalari va tibbiy buyumlarning faqatgina chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yekti (dorixona);

Tovar xaqida ma’lumot – foydalanuvchi so‘roviga muvofiq bo‘lgan xolda sotuvchi tovarlari xaqidagi, lekin bular bilan cheklanmagan quyidagi ma’lumot: tovar nomi va tavsifi, narxi, sotuvchi firma nomi va tovar belgisi (mavjud bo‘lganda), sotuvchi va uning shahobchalari (mavjud bo‘lganda) manzillari, va Oson Aptekadagi bog‘lanish ma’lumotlari;

Oson Apteka - «OSON APTEKA» MCHJ tomonidan yaratilgan va mutlaq egalik xuquqi asosida tegishli bo‘lgan, foydalanuvchilar smartfonlariga va/yoki planshetlariga va/yoki kompyuterlariga Google Play Market yoki AppStore orqali o‘rnatishi, hamda tizimning texnik imkoniyatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi dorixonalaridagi dori vositalari va tibbiy buyumlar yuzasidan ma’lumot olish maqsadida foydalanish mumkin bo‘lgan mobil ilova;

Shubhali foydalanuvchilar reyestri

a) boshqa maxsus ilovalar va kompyuter dasturlari orqali generasiya qilingan avtomatik ravishda hisoblangan bal va bonuslarga ega bo‘lgan;

b) boshqa jismoniy shaxsga tegishli onlayn-kassa texnikasi chekini o‘zlashtirib va/yoki egasining ruhsatisiz va/yoki qoidabuzarlik natijasida, boshqa jismoniy shaxslarning xarid qilingan tovarlar narxining bir qismini qaytarish xuquqini cheklashga olib keluvchi xarakatlar natijasida, hamda boshqa xolatlarda pul mablag‘lari olish va/yoki xarid qilingan tovarlar narxining bir qismini qaytarish imkoniyatini qo‘lga kiritgan;

v) «OSON APTEKA» MCHJ fikriga ko‘ra shubhali deb topilgan,

shaxslar ro‘yhati;

3. Foydalanish shartlari:

3.1. «OSON APTEKA» MCHJ tomonidan foydalanish kafolatlari:

3.1.1. Oson Apteka faqat ma’lumotlar platformasi hisoblanadi;

3.1.2. foydalanuvchilar Oson Aptekadan bepul asosda foydalanishlari mumkin;

3.1.3. Oson Apteka sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi savdo platformasi emas;

3.1.4. Oson Apteka faqatgina foydalanuvchi roziligi bilan foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini saqlashi va/yoki foydalanishi mumkin;

3.1.5. Oson Apteka tovarlarga kafolat taqdim etmaydi, maslahatchi vazifasini, sotuvchi yoki foydalanuvchiga vositachi va oldi-sotdi shartnomasi tomonlaridan biri vazifasini bajarmaydi;

3.1.6. foydalanuvchi sotuvchi bilan o‘zaro muammo, nizo va/yoki da’volarini «OSON APTEKA» MCHJni jalb qilmasdan mustaqil hal etishi lozim;

3.1.7. foydalanuvchi sotuvchi tovari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lish uchun sotuvchiga mustaqil murojaat etishi lozim;

3.1.8. foydalanuvchi Oson Aptekadan mazkur mobil ilova imkoniyatlari doirasida foydalanishi mumkin;

Oson Aptekadan foydalanish uchun foydalanuvchi quyidagilarni bajarishi lozim:

3.1.9. Oson Apteka ilovasini smartfon(lar) va/yoki planshet(lar) va/yoki kompyuter(lar)ga Google Play Market yoki App Store orqali yuklab olishi;

3.1.10. ilovani ishga tushirish va mazkur foydalanish shartlari bilan tanishib chiqishi;

3.1.11. Oson Aptekadan foydalanish qulayligi uchun hududni tanlash;

3.1.12. «Dori izlash» bo‘limida kerakli dori voistasi va/yoki tibbiy buyum nomini kiritish;

3.1.13. foydalanuvchi izlash natijasini «Arzonroq» yoki «Yaqinroq» shartlarida saralash/filtrlashi, hamda sotuvchi joylashuvini aniqlashi mumkin.

4. Aksiyalar, dasturlar va/yoki boshqa tadbirlarda ishtirok etish shartlari.

4.1. Oson Apteka tomonidan o‘tkaziluvchi aksiyalar, dasturlar va/yoki boshqa tadbirlarda ishtirok etish - ixtiyoriy;

4.2. Oson Apteka aksiyalari, dasturlari va/yoki boshqa tadbirlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart;

4.3. Ro‘yxatdan o‘tish uchun:

foydalanuvchi ismi va familiyasi,

foydalanuvchi telefon raqami,

ko‘rsatilishi lozim;

5. Xarid qilingan tovarlar narxining bir qismini qaytarish dasturida ishtirok etish shartlari.

5.1. Xarid qilingan tovarlar narxining bir qismini qaytarish dasturida ishtirok etish uchun foydalanuvchi quyidagi ma’lumotlarni kiritishi shart:

foydalanuvchi ismi va familiyasi,

foydalanuvchi telefon raqami,

bank kartasi raqamlari,

5.2. Onlayn-kassa texnikasi chekining fiskal belgisini xarid chekidagi matrisali shtrix-kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazish lozim.

5.3. Foydalanuvchi «OSON APTEKA» MCHJ dasturida ishtirok etayotgan dorixonalarda berilgan onlayn-kassa texnikasi chekini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

5.4. Foydalanuvchi onlayn-kassa texnikasi chekini berilgan sanasidan o‘n kalendar kunidan ko‘p vaqt o‘tmasdan ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

5.5. Oson Aptekada quyidagi fiskal belgili onlayn-kassa texnikasi cheklari ro‘yxatga olinmaydi:

5.5.1. avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki xarid qilingan tovarlar narxining bir qismini qaytarish amalga oshirilgan;

5.5.2. dorixona bo‘lmagan boshqa chakana savdo nuqtalari onlayn-kassa texnikasi tomonidan, hamda dorixonalarda savdo qilinmaydigan tovarlar xaridi bo‘yicha berilgan;

5.5.3. shubhali foydalanuvchilar reyestriga kiritilgan jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan.

5.6. «OSON APTEKA» MCHJ quyidagi xollarda xarid qilingan tovarlar narxining bir qismini qaytarishni butunlay yoki qisman rad etish haqida qaror qabul qilish huquqiga ega:

5.6.1. sotuvchi tomonidan sotuvchi ro‘yhatida mavjud bo‘lmagan tovarlar yoki sotuvchida mavjud tovarlar miqdordan ko‘p miqdorda tovarlar sotilganligi;

5.6.2. onlayn-kassa texnikasi cheklarida noto‘g‘ri identifikasiya kodlari va shtrix-kodlari yoki ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lmagan identifikasiya kodlari va shtrix-kodlari aks ettirilganligi;

5.6.3. mavjud ma’lumotlar bazasidagi ma’lumot bilan berilgan onlayn-kassa texnikasi chekidagi ma’lumotlar mos kelmaganligi;

5.6.4. onlayn-kassa texnikasi chekini ro‘yxatdan o‘tkazgan foydalanuvchi shubhali foydalanuvchilar reyestriga kiritilganligi;

5.6.5. boshqa tasdiqlangan ma’lumotlar asosida pul mablag‘larini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan qoidabuzarliklar sodir etilishi alomatlari aniqlanganda.

5.7. «OSON APTEKA» MCHJ onlayn-kassa texnikasi chekini Oson Aptekada ro‘yxatga olgan foydalanuvchidan xaqiqatda xarid amalga oshirilgani tasdig‘ini so‘rash, agar foydalanuvchi tomonidan xaqiqatda xarid amalga oshirilgani xolati bo‘yicha shubha bo‘lganda xarid qilingan tovarlar narxining bir qismini qaytarishni rad etish xaqida qaror qabul qilish xuquqiga ega.

5.8. Agar foydalanuvchi Oson Aptekada onlayn-kassa texnikasi chekini ro‘yxatdan o‘tkazayotganda ushbu onlayn-kassa cheki Oson Aptekada boshqa shaxs tomonidan ro‘yxatga olinganligini aniqlasa, ko‘rsatilgan foydalanuvchi onlayn-kassa texnikasi chekidan Oson Aptekada ro‘yxatdan o‘kazgan shaxs foydasiga voz kechishga xaqli, yoki ushbu shaxs xarid qilingan tovarlar narxining bir qismini qaytarish xuquqini qoidabuzarlik va o‘zganing chekini o‘zlashtirish orqali qo‘lga kiritgani yuzasidan shikoyat qoldirishi mumkin.

5.9. Xarid amalga oshirgan, lekin onlayn-kassa texnikasi chekini Oson Aptekada boshqa jismoniy shaxs tomonidan ushbu chekni va xarid qilingan tovar narxining bir qismini qaytarish xuquqini qo‘lga kiritgani sababli ro‘yxatdan o‘tkazmagan jismoniy shaxs qonunchilikda beligilangan tartibda sudga murojaat xuquqiga ega.

5.10. Oson Aptekada onlayn-kassa chekini ro‘yxatdan o‘tkazgan foydalanuvchiga to‘lov amalga oshirilishidan avval jismoniy shaxs tomonidan shikoyat qoldirilgan bo‘lsa, Oson Apteka xarid qilingan tovarlar narxining bir qismini qaytarish bo‘yicha to‘lovni to‘xtatib turadi.

Bu xolatda, xaridni amalga oshirgani va onlayn-kassa texnikasi chekini olganini ko‘rsatuvchi hujjatlar va boshqa ma’lumotlar taqdim etish orqali tasdiqlagan foydalanuvchiga to‘lov amalga oshiriladi.

Agar, tovarlar xaridi va onlayn-kassa texnikasi cheki olingani xolati aniqlanishi mumkin bo‘lmasa, xarid qilingan tovar narxining bir qismini qaytarish sud qarori asosida amalga oshiriladi.

6. Boshqa shartlar

6.1. Oson Apteka mobil ilovasidan foydalanish yuzasidan savollar yuzaga kelganda foydalanuvchi «OSON APTEKA» MCHJga murojaat qilishi lozim;

6.2. «OSON APTEKA» MCHJ vaqti-vaqti bilan Oson Apteka mobil ilovasi funksionali, dizayni, rang va texnik imkoniyatlari, jumladan har qanday elementlari va tarkibiy qismlarini o‘zgartirish xuquqiga ega..