Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Бровенсин СИРОП

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Бровенсин СИРОП 100МЛ

17 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Бровенсин СИРОП 100МЛ
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Comb.drug (Bromhexine, Тerbutaline, Guaifenesin)
Ishlab chiqaruvchi
(World Medicine , Турция)
Chiqarilish shakli
сироп
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Tarkibi:

100 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: bromgeksin gidroxloridi – 8 mg; terbutalin sulfati – 2,5 mg; gvayfenezin – 100 mg;

yordamchi moddalar: benzoy kislotasi, limon kislotasi monogidrati, gliserin, kaliy sorbati, propilenglikol, ponso 4R, makrogol, natriy saxarini, kristallanmaydigan sorbitol eritmasi, “Malina” aromatizatori, mentol, tozalangan suv.

Ta‘rifi: 

pushti rangli, qovushqoq suyuqlik.

Farmakologik xususiyatlari

Brovensin yo‘tal va shamollash kasalliklarida qo‘llanadigan majmuaviy dori vositasi bo‘lib, terapevtik ta‘siri uning tarkibidagi komponentlarning farmakologik hususiyatlari bilan ifodalanadi.

Bromgeksin gidroxloridi – balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega bo‘lgan mukolitik vositadir. Bronxial sekretda mavjud bo‘lgan kislotasi polisaxaridlarni depolyarizasiyasi va bronxlarning shilliq qavatida, neytral polisaxaridlarni saqlagan sekretni ishlab chiqaruvchi sekretor hujayralarni rag‘batlantirishi hisobiga bronxial sekretning qovushqoqligini pasaytiradi. Bromgeksin nafas jarayonida alveolyar hujayralarning barqarorligini ta‘minlovchi endogen surfaktantni ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.

Terbutalin sulfati – adrenomimetik vosita, bronxlardagi b2-adrenoreseptorlarni selektiv rag‘batlantiradi, shu tufayli bronxlarni kengaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, mukosiliar klirensni oshiradi, bronxlarning shilliq qavati shishini kamaytiradi.

Gvayfenezin – balg‘am ko‘chiruvchi vosita bo‘lib, uning ta‘siri balg‘amning sirt tarangligini pasaytirishga va balg‘amni bronxlarning shilliq qavatiga yopishishini kamaytirishga asoslangan. Bronxlardagi kipriksimon epiteliyning ta‘sirini kuchaytiradi va balg‘amni nafas yo‘llaridan chiqarilishini yengillashtiradi. Gvayfenezin anksiolitik ta‘sirga ega.

Farmakokinetikasi

Preparatning ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning birgalikdagi ta‘siri bilan bog‘liq, shuning uchun farmakokinetik tadqiqotlarni o‘tkazish ilojisi yo‘q.

Qo‘llanilishi
  • bronxospazm bilan kechuvchi yo‘talni simptomatik davolash;
  • o‘tkir respirator kasalliklarni (laringit, traxeobronxit, obstruktiv bronxit, bronxial astma) majmuaviy davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari

Brovensin ichga ovqatdan so‘ng 30 minutdan keyin qabul qilinadi. Preparatni suv yoki mevali sharbat bilan aralashtirish mumkin. Siropni dozalash uchun 5 ml, 10 ml, 15 ml ga bo‘lingan o‘lchov stakani ishlatiladi.

Brovensin quyidagicha buyuriladi:

0 dan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2,5 ml dan sutkada 3 marta;

2-6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 ml dan sutkada 3 marta;

6 yoshdan boshlab bolalarga – 10 ml dan sutkada 3 marta;

kattalarga – 15-20 ml dan sutkada 3 marta buyuriladi.

Davolash kursining davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy nerv tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya, kam hollarda – peptik yarani zo‘rayishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurakni urishini his etish, taxikardiya.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, tremor, uyquchanlik.

Juda kam hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • yurak ritmini buzilishi;
  • jigar faoliyatini buzilishi;
  • me‘da va o‘n ikki barmoqni peptik yarasi;
  • qon ketishlariga moyillik;
  • homiladorlikning I uch oyligi, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat simpatomimetiklar va teofillin bilan bir vaqtda qo‘llanganida preparatning tarkibiga kiruvchi terbutalinning ta‘siri kuchayadi va nojo‘ya reaksiyalarini rivojlanish ehtimoli oshadi.

Bir vaqtda qo‘llanganida gvayfenezin markaziy nerv tizimi (MNT) ning faoliyatiga susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatuvchi vositalar, shuningdek etanolning ta‘sirini kuchaytiradi.

Bromgeksin antibiotiklar (amoksisillin, eritromisin, sefaleksin, oksitetrasiklin), sulfanilamid dori vositalarni o‘pka to‘qimasiga o‘tishiga yordam beradi.

Yurak glikozidlari, kortikosteroidlar, bronxodilatatorlar, diuretiklarni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Balg‘am ko‘chishi jarayoniga qarshilik ko‘rsatuvchi, tarkibida kodein saqlovchi dori vositalar bir vaqtda qo‘llanganida brovensinni buyurish mumkin emas.

Preparat gipertireoz, qandli diabet, yurak-qon tomir tizimini og‘ir darajadagi kasalliklari, arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparatni b-adrenoblokatorlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

Brovensin preparatini homiladorlikning I uch oyligi va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlikning II-III uch oyliklarida ona uchun kutilgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holatdagina preparatni qo‘llash mumkin.

 

Pediatriyada qo‘llanishi

Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanadi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat bilan davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarish va potensial havfli mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: taxikardiya, ongni buzilishi, tirishishlar, ekstrasistoliya, gipotenziya, gipokaliemiya bo‘lishi mumkin.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish kerak. Davolash simptomatik bo‘ladi.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun sirop 100 ml dan buraladigan qopqoqli sariq rangli shisha flakonda.

1 flakon o‘lchov stakani va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.