Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
БРОМГЕКСИН СИРОП

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

БРОМГЕКСИН СИРОП 90МЛ №1

1 800 so'mdan
(2610)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
BROMHEXINE
Ishlab chiqaruvchi
ЛАФЗ
Chiqarilish shakli
СИРОП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik hususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar.
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: Insonlarda bromgeksinning dozasini oshirib yuborilish hollari hanuzgacha taʼriflanmagan. Eksperimental hayvonlarda bromgeksin bilan oʻtkir zaharlanishi soʻlak oqishi, koʻngil aynishi, qusish, arterial bosimni pasayishi kabi belgilar bilan ifodalanadi.

Davolash: Dozani oshirib yuborilganda meʼdani yuvish, qon aylanishi koʻrsatkichlarini nazorat qilish va zarurat boʻlganida simptomatik davolashni buyurish tavsiya qilinadi.

Bromgeksinni farmakokinetik xususiyatlarini (katta taqsimlanish hajmi, qayta parchalanish sekin jarayoni va proteinlar bilan yaqqol bogʻlanish) eʼtiborga olgan holda, dializ yoki kuchaytirilgan diurez bromgeksinning eliminatsiyasiga sezilarli taʼsir koʻrsatmaydi.

 

Chiqarilish shakli

100 ml dan birinchi ochish nazorati uchun himoya halqasi boʻlgan buraluvchi plastmassa qopqoqli, toʻq shisha flakonlarda.

Bir flakondan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

Dori shakli: 

sirop

 

Tarkibi:

5 ml (bir choy qoshiq) sirop quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: bromgeksin gidroxloridi – 4 mg,

Yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat, sorbit, 96% etil spirti, levomentol, anis moyi, yalpiz moyi, ukrop moyi, tozalangan suv.

 

Taʼrifi: 

rangsiz yoki biroz boʻyalgan, oʻziga xos hidli tiniq suyuqlik.

 

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

mukolitik vosita.

Farmakologik hususiyatlari

Preparat balgʻamni suyultiradi, uning hajmini oshiradi va balgʻam koʻchishiga yordam beradi. Bromgeksinning balgʻam koʻchiruvchi taʼsiri ogʻiz orqali qabul qilinadigan koʻpchilik balgʻam koʻchiruvchi vositalar (ipekakuana ildizidan olinadigan emetin alkaloidi, ammoniy tuzlari va b.) taʼsiridan ancha kuchli.

Bromgeksin bronxlarni va burun shilliq qavatining bokalsimon hujayralariga taʼsir qiladi, ularda fermentativ jarayonlarni induksiyalaydi. Mukolitik taʼsiri uning mukoproteinlar va mukopolisaxaridlarning tolalarini depolimerlanish va suyultirish xususiyati orqali tushuntiriladi.

Bromgeksinga shuningdek yoʻtalga qarshi taʼsir ham xos boʻlib, bu xususiyati kodein samaradorligidan anchagina past. Bromgeksin juda katta (terapevtik dozadan 40 marta yuqori) dozalarda qoʻllanganda eksperimental hayvonlarda qusishni chaqirgan.

 

 

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi

Ichga qabul qilinganda meʼda-ichak yoʻllarida 30 minut davomida deyarli toʻliq (99%) soʻriladi.

Taqsimlanishi

Biokiraolishligi – 20% (jigar orqali, birinchi “oʻtish” samarasi). Bromgeksin gidroxloridi yuborilgandan soʻng 1 soatdan keyin qon plazmasida maksimal konsentratsiyasiga erishiladi. Taqsimlanish hajmi taxminan tana vazniga nisbatan 7 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma proteinlari bilan bogʻlanishi 99% ni tashkil qiladi. Yoʻldosh va gematoensefalik toʻsiq orqali oʻtadi, koʻkrak suti bilan ajraladi.

Metabolizmi

Jigarda demetillanish va oksidlanish yoʻli orqali jadal metabolizmga uchraydi va farmakologik faol ambroksol hosil boʻladi.

Chiqarilishi

Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 15 soat (toʻqimalardan sekin qaytuvchan diffuziya oqibatida). Asosan buyrak orqali (90% gacha) chiqariladi. Preparatning oz miqdorigina siydik bilan oʻzgarmagan holda chiqariladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligida metabolitlarni chiqarilishi buziladi, shuning uchun dozani kamaytirish kerak.

Ogʻir jigar yetishmovchiligida bromgeksin va uning metabolitini klirensini pasayishi yuz beradi, shuning uchun dozani kamaytirish kerak.

Koʻp marta qoʻllanganda organizmda toʻplanmaydi.

 

 

Qoʻllanilishi

Yuqori qovushqoqlikka ega balgʻamni hosil boʻlishi bilan kechuvchi oʻpkaning oʻtkir va surunkali kasalliklarida (bronxial astma, mukovissidoz, tuberkulyoz, pnevmoniya, traxeobronxit, obstruktiv bronxit, bronxoektazalar, oʻpka emfizemasi, pnevmokonioz), koʻkrak qafasining jarohatlarida qoʻllanadi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat ichga, ovqat qabul qilishdan qatʼiy nazar, koʻp miqdordagi suyuqlik bilan kuniga 3 marta qabul qilinadi.

1 choy qoshiq 5 ml siropga mos keladi.

Siropning bir martalik dozasi patsiyentning yoshiga bogʻliq.

Bolalar va kattalar

Patsiyentning yoshi

Doza (choy qoshiq)

Bolalar

1 yoshdan 2 yoshgacha

2 yoshdan 6 yoshgacha

6 yoshdan 14 yoshgacha

Oʻsmirlar 14 yoshdan boshlab va kattalar

 

1/2

1/2-1

1-2

2-3

Terapevtik samara odatda qoʻllashning 2-5 kunida kuzatiladi.

Preparat 1 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash uchun moʻljallanmagan.

Patsiyentning holati 6 kun davomida yaxshilanmasa, shifokorga murojaat qilish lozim.

Keksa patsiyentlar

Buyrak va/yoki jigar faoliyatida buzilishlari boʻlmagan keksa patsiyentlar uchun dozani tanlash talab qilinmaydi.

Buyrak faoliyatini buzilishlari boʻlgan patsiyentlar

Ogʻir buyrak yetishmovchiligida bromgeksinni jigarda hosil boʻladigan metabolitlari toʻplanishi mumkin. Bunday hollarda dozani kamaytirish yoki dozalarni qabul qilishlari orasidagi intervallarni uzaytirish kerak.

Jigar faoliyatini buzilishlari boʻlgan patsiyentlar

Buzilishlarni ogʻirlik darajasiga qarab bromgeksin dozasini kamaytirish yoki dozalarni qabul qilish oʻrtasidagi intervallarni uzaytirish lozim. Jigar faoliyatini, ayniqsa preparat uzoq vaqt qoʻllangan hollarda nazorat qilish tavsiya etiladi.

Agar Siz preparatning navbatdagi qabulini oʻtkazib yuborgan boʻlsangiz, uni darhol qabul qiling. Oʻtkazib yuborilgan dozaning oʻrniga ikki barobar dozani qabul qilmang. Preparatni qabul qilishni  shifokorni tavsiyasiga muvofiq davom ettiring.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Odatda bromgeksin yaxshi oʻzlashtiriladi. Ammo baʼzida uni qoʻllash vaqtida nojoʻya taʼsirlar paydo boʻlishi mumkin.

Nojoʻya taʼsirlar tizim va aʼzolarda uchrash tez-tezligi boʻyicha tasnifga muvofiq berilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), kamroq (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam (<1/10 000), shu jumladan alohida xabarlar.

Har bir guruhda nojoʻya samaralarni uchrash chastotasi ularning jiddiyliligini kamayishi qarab ketma-ketligida berilgan.

Nerv tizimi tomonidan

Kam: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, terlash.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan

Kam: ishtahani yoʻqolishi, koʻngil aynishi, qorinda ogʻriq, qorinda diskomfort hissi.

Immun tizimi tomonidan

Juda kam: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (teri va shilliq qavatida toshmalar, yuzni shishi, nafas yetishmovchiligi, yuqori tana xarorati va istma, anafilaktik shok)

Tekshirishlar

Kam: zardobda aminotransferazalar faolligini qisqa muddatli oshishi.

Preparatni qoʻllash toʻxtatilganda nojoʻya taʼsirlar odatda oʻtib ketadi.

Allergik reaksiyalar paydo boʻlganida preparatni qoʻllashni toʻxtatish kerak.

Sanab oʻtilgan nojoʻya reaksiyalar paydo boʻlganida shuningdek yoʻriqnomada koʻrsatilmagan nojoʻya reaksiyalar paydo boʻlganida shifokorga murojaat qiling.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar.

Bromgeksinga va/yoki uning boshqa har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.

  • Yoʻtalga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish, ular yoʻtal reaksiyasini susaytiradi (masalan, kodein) ayniqsa tungi uyqudan oldin bunday preparatlarni majmuaviy qoʻllanishi balgʻam koʻchishini kechiktiradi.
  • Meʼda va oʻn ikki barmoq ichakning yara kasalligi kasalliklarida tavsiya etilmaydi, chunki bromgeksin meʼda-ichak toʻsigʻini shilliq qavatiga taʼsir qilishi mumkin,
  • 1 yoshgacha boʻlgan bolalarda,
  • Homiladorlik va emizish davri.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Bromgeksinni bir vaqtda boshqa bronx-oʻpka kasalliklarini davolashda qoʻllanadigan preparatlar bilan buyurish mumkin.

Bromgeksinni boshqa yoʻtalga qarshi preparatlar, shu jumladan kodein saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda buyurilmaydi, chunki yoʻtal refleksini bostirilishi balgʻamni chiqarilishini qiyinlashtiradi.

Bromgeksin antibiotiklar (eritromitsin, sefaleksin, oksiteratsiklin) ning oʻpka toʻqimasiga kirishga yordam beradi.

Bromgeksinni ayrim nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar (masalan, salitsilatlar, fenilbutazon yoki butadion) bilan birga qoʻllanganida meʼda shilliq qavatini taʼsirlanishini chaqirishi mumkin.

Bromgeksin ishqoriy eritmalar bilan nomutanosib.

Sirop tarkibiga kiruvchi spirt boshqa dori vositalarning taʼsirni oʻzgartirishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatni holsizlangan odamlarda, bronxial astmasi boʻlgan bemorlarda, shuningdek bronxlarning mexanik torayishi boʻlgan (bronxlarning sekretini ajralib chiqishi qiyinlashgan) patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

Bromgeksin meʼda va ichak yoʻllarini shilliq qavatini taʼsirlaydi, shuning uchun anamnezida meʼda yoki oʻn ikki barmoq ichak yara kasalliklari boʻlgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

Ogʻir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda bromgeksin va uning metabolitlarini chiqarilishi pasaygan.

5 ml sirop 0,625 ml 96% etil spirtini saqlaydi. Buni bolalarda, shuningdek anamnezida, jigar kasalliklari tutqanogʻi boʻlgan yoki alkogolizmga chalingan bemorlarda hisobga olish kerak.

5 ml sirop 2 g sorbit (Ye420) saqlaydi. Bu preparatni kam uchraydigan fruktozani tugʻma oʻzlashtiraolmaydigan patsiyentlarda qoʻllash mumkin emas. Metil-p-gidroksibenzoat (Ye218) allergik reaksiyalarni (sekinlashgan boʻlishi mumkin), kamdan-kam hollarda – broxospazm chaqirishi mumkin.

Homiladorlik va emizish

Bromgeksinni homiladorlarga qoʻllash xavfsizligi isbotlanmagan, shuning uchun homiladorlik vaqtida ishlatilmaydi.

Bromgeksinn koʻkrak sutiga oz miqdorda tushishi aniqlangan. Preparatni qoʻllash vaqtida emizishni toʻxtatish lozim.

Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarda xizmat koʻrsatish qobiliyatiga taʼsiri

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarda xizmat koʻrsatish qobiliyatiga taʼsirini baholash uchun tekshirishlar oʻtkazilmagan. Ammo bu preparat tarkibida spirt borligini hisobga olish lozim.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.