Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Бороментол МАЗЬ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Бороментол МАЗЬ 25г №1

4 000 so'mdan
(2353)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
REMEDY GROUP
Chiqarilish shakli
МАЗЬ
Farma. Guruh
Антисептические препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozasi
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Maxsus ko‘rsatmalar
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli

Surtma

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat. Mentol teriga surtilganida va shilliq qavatlarga qo‘yilganida sovuqlik, yengil achishish va sanchiq xis qilish bilan birga kechuvchi va yengil og‘riqni qoldiruvchi (chalg‘ituvchi) ta‘siriga sabab bo‘luvchi nerv oxirlarini qo‘zg‘alishini chaqiradi, shuningdek kuchsiz antiseptik xususiyatga ham ega. Preparat tarkibiga kiruvchi borat kislotasi, antiseptik ta‘sir ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi

Teri qichishishi; nevralgiya, rinitlarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozasi

Sirtga buyuriladi. Teriga qichishishda va nevralgiyada qo‘yiladi, shuningdek rinitlarda burunni shilliq qavatlariga surtiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat komponentlariga bo‘lgan  maxalliy qo‘zg‘alish va allergik reaksiyalar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, bolalar, homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Terining katta yuzalariga preparatni qo‘llash mumkin emas. Buyrak faoliyati buzilishi bo‘lgan pasientlarda, laktasiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratd asaqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.