Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Бонджигар КАПС

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Бонджигар КАПС №60

29 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Бонджигар КАПС №60
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Comb.drug (Eclipta alba, Silybum marianum, Glycyrrhiza glabra, Cichorium intybus, Berberis aristat, Boerhaavia, Tamarix gallica, Picrorhiza kurroa, Raphanus sativus, Solanum nigrum, Sphaeranthus indicus)
Ishlab chiqaruvchi
(Herbion , Пакистан)
Chiqarilish shakli
капсулы
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli
Tarkibi
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonlardan berish tartibi
Chiqarilish shakli

60 kapsula plastmassa buraladigan qalpoqchali plastmassa flakonda. 1 flakon qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida. 

Tarkibi

Bir kapsula quyidagi ekstraktlarni saqlaydi:

Dogʻli Rastoropsha 200 mg
Oq verbezina 250 mg
Pikroriza kurroa 100 mg
Qora ituzum 50 mg
Oddiy sachratqi 175 mg
Yalangʻoch chuchukmiya 200 mg
Tojli tamariks 100 mg
Dala turupi 50 mg
Serqiltiq zirk 150 mg
Hind sferantusi 50 mg
Sershox Berxaviya 100 mg

 

Farmakologik xususiyatlari

Bondjigar jigarni zararsizlantirish qibiliyatini kuchaytiradi, uchkarbon kislotalari siklini tezlashtiradi va shunday qilib oqsillar almashinuvi oqibatida toʻplangan mahsulotlarini (ammiak) mochevina shaklida chiqarishga yordam beradi. Jigarni himoyalovchi va zaharli moddalarni chiqarib yuboruvchi vosita sifatida taʼsir qiladi. Oʻzining lipotrop taʼsiri orqali Bondjigar yogʻlarning (asosan triglitseridlarni) toʻplanishini oldini oladi va jigardan yogʻlarning yoʻqotilishi tezligini oshiradi. Oʻzining safro haydovchi taʼsiri yordamida jigardan safroni chiqishini ragʻbatlantiradi va bu bilan jigarning tozalovchi faoliyatini yaxshilaydi va organizmdan zaharli metabolitlarni yoʻqotadi. U shuningdek jigarning kattalashgan oʻlchamlarini qisqartiradi va gistologik tuzilishini saqlaydi.

Shunday qilib, Bondjigar zaharli taʼsirdan jigarni himoya qiladi va uning metabolik, zaharlarni chiqaruvchi va immunitetni boshqaruvchi faoliyatini faollashtirib, uning faoliyatini kuchaytiradi. Buning natijasida jigarning turli buzilishlaridagi qon zardobidagi oshgan bilirubin, itshqoriy fosfotazalar, tranaminazalar miqdori normallashadi. 

Qoʻllanilishi
  • Jigarning oʻtkir va surunkali buzilishlari ;
  • Oʻtkir va surinkali gepatit;
  • Infeksion gepatit;
  • Yogʻli degeneratsiyasi, jigarning yogʻli infiltratsiyasi;
  • Gepatotsellyulyar sariqlik va yashirin jigar kasalliklari;
  • Boʻshashgan jigar;
  • Gepatotoksik medikametlar, sanoat kiyoviy moddalari va infeksiyalar chaqirgan jigar faoliyatining buzilishlari;
  • Surunkali toshsiz xoletsistitda qoʻllanadi. 
Qoʻllash usuli va dozalari

1-2 kapsuladan kuniga ikki marta ovqatdan keyin buyuriladi. 

Nojoʻya taʼsirlari

Aniqlanmagan. 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Allergik kasalliklarda. Preparatning komponentlarini shaxsiy oʻzlashtiraolmaslik.

Homiladorlikning birinchi uch oyligida Bondjigarni qoʻllash mumkin emas. 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Maʼlum emas. 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin. 

Dozani oshirib yuborilishi

Maʼlum emas. 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. 

Yaroqlilik muddati

3 yil. 

Dorixonlardan berish tartibi

Shifokor retseptisiz beriladi.