Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
БИСОПРОЛОЛ ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

БИСОПРОЛОЛ ТАБЛЕТКА 10МГ №90

60 000 so'mdan
(3334)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
LEK DD
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik hususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

 

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 2,5 mg, 5 mg yoki 10 mg bisoprolol fumarati;

yordamchi moddalar: kalsiy gidrofosfati (suvsiz), mikrokristall sellyuloza, makkajoʻxori kraxmali (oldindan jelatinlangan), natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, laktoza monogidrati, gipromelloza, titan dioksidi (Ye171), makrogol 4000, temir oksidi (Ye172)

 

Taʼrifi:

2,5 mg: oq, dumaloq, bir tomonida ikkiga boʻlish uchun moʻljallangan oʻyigʻi boʻlgan, “BIS2,5” bosib tushirilgan yozuvi boʻlgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka.

5 mg: sariq, dumaloq, bir tomonida toʻrtga boʻlish uchun moʻljallangan oʻyigʻi boʻlgan, “BIS5” bosib tushirilgan yozuvi boʻlgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka.

10 mg: “abrikos” rangli, dumaloq, toʻrtga boʻlish uchun moʻljallangan oʻyigʻi boʻlgan, “BIS10” yozuvi bosib tushirilgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka.

Dozalar diapazonini kengaytirish va dozaga asta-sekin individual ravishda tuzatish kiritish maqsadida tabletkalar boʻlaklarga boʻlinadi.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 selektiv beta1-adrenoblokatorlar.

 

 

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Bisoprolol ichki simpatik tuzilmalarni ragʻbatlantiruvchi va membranalarni ahamiyatli barqarorlashtiruvchi taʼsirga ega boʻlmagan, yuqori selektiv beta1-adrenoblokatordir.

Bronxlar, qon-tomirlarning silliq mushaklaridagi beta2-retseptorlarga va metabolik boshqaruvning beta2-retseptorlariga qisman yaqinlikka ega. Shuning uchun bisoprololni nafas yoʻllarining qarshiligiga va beta2-retseptorlarga bogʻliq metabolik samaralarga taʼsiri kutilmaydi. Bisoprololning beta1-retseptorlarga selektivligi terapevtik dozalar diapazonidan yuqori dozalarda tutib turiladi.

Boshqa beta1-adrenoblokatorlar bilan boʻlgani kabi, arterial gipertenziyada bisoprololning taʼsir mexanizmi ham nomaʼlum. Biroq, bisoprolol plazmadagi reninning faolligini ahamiyatli darajada pasaytirishi maʼlum.

NYHA tasnifi boʻyicha III va IV sinf barqaror sistolik yurak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar bisoprolol qabul qilishganida umumiy oʻlim koʻrsatkichi, toʻsatdan oʻlim holatlari, gospitalizatsiyani talab etuvchi yurak yetishmovchiligi hurujlari soni pasaygan, shuningdek NYHA tasnifiga muvofiq funksional holatni ahamiyatli darajada yaxshilanishi kuzatilgan.

Surunkali yurak yetishmovchiligisiz yurak ishemik kasalligi bilan xastalangan patsiyentlarda bir marta qoʻllanganida bisoprolol yurak qisqarishlari soni va yurakning zarb hajmini va buning natijasida yurakdan otilib chiqadigan qon hajmi va kislorodga boʻlgan ehtiyojni pasaytiradi. Uzoq muddat qoʻllanganida oldindan oshgan periferik qon tomirlar qarshiligi pasayadi.

 

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan soʻng bisoprolol soʻriladi, uning biokiraolishligi taxminan 90% ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi – taxminan 30%. Taqsimlanish hajmi – 3,5 l/kg. Umumiy klirensi – soatiga taxminan 15 l ni tashkil etadi.

Plazmadan yarim chiqarilish davri – 10-12 soat, bu bir martalik sutkalik dozasi qabul qilinganidan soʻng 24-soat davomida taʼsir qilishini taʼminlaydi.

Dozaning 50% jigarda nofaol metabolitlargacha metabolizmga uchraydi va nofaol metabolitlari hosil boʻladi, soʻngra ular buyrak orqali chiqariladi. Qolgan 50% buyraklar orqali metabolizmga uchramagan holda chiqariladi. Preparatni buyrak hamda jigar orqali chiqarilishi bir xil darajada amalga oshirilishi tufayli, jigar va buyrak faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda odatda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Barqaror surunkali yurak yetishmovchiligi va jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda preparatning farmakokinetikasi oʻrganilmagan.

Bisoprololning kinetikasi toʻgʻri proporsional va yoshga bogʻliq emas.

Barqaro surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi boʻyicha III sinf) boʻlgan patsiyentlarda bisoprololning plazmadagi darajasi va yarim chiqarilish davri sogʻlom koʻngillilarga nisbatan yuqori. Muvozanat holatida plazmadagi choʻqqi konsentratsiyasi
10 mg sutkalik dozada qabul qilinganida 64±21 ng/ml ni, yarim chiqarilish davri esa –
17±5 soatni tashkil etadi.

 

Qoʻllanilishi

Arterial gipertenziya.

Stenokardiya.

Yurak qorinchalarining sistolik faoliyati past boʻlgan (zarb fraksiyasi: ≤ 35%, exokardiografiya maʼlumotlariga koʻra) oʻrtacha yoki ogʻir darajadagi barqaror surunkali yurak yetishmovchiligini davolash uchun AAF ingibitorlari, diuretiklar va fakultativ yurak glikozidlariga qoʻshimcha sifatida qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Arterial gipertenziya / stenokardiyani davolash

Preparatning dozasi individual ravishda aniqlanishi kerak. Davolash preparatning eng kichik dozasidan boshlanishi kerak. Ayrim patsiyentlarga sutkada 5 mg doza yetarli boʻlishi mumkin. 10 mg dozada sutkada bir marta qabul qilish odatdagi doza hisoblanadi, bunda tavsiya etilgan maksimal doza sutkada 20 mg ni tashkil etadi.

Ayrim patsiyentlar guruhi

Buyrak funksiyasini buzilishi boʻlgan patsiyentlar

Buyrak funksiyasini yengil va oʻrtacha darajada buzilishi boʻlgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish odatda talab etilmaydi. Buyrak funksiyasini ogʻir darajadagi buzilishi (kreatinin klirensi < 20 ml/min) boʻlgan patsiyentlarda preparatning dozasini sutkada 10 mg dan oshirmaslik kerak. Dozani ikki marta qabul qilishga boʻlish mumkin.

Jigar funksiyasini buzilishi boʻlgan patsiyentlar

Jigar funksiyasini yengil va oʻrtacha darajada buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi, lekin sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Jigar funksiyasini ogʻir darajada buzilishi boʻlgan patsiyentlarda doza sutkada 10 mg dan oshirmaslik tavsiya etiladi.

Keksa patsiyentlar

Odatda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Davolashni imkoni boricha eng past dozadan boshlash tavsiya etiladi.

12 yoshdan kichik bolalar va oʻsmirlar

Bisoprololni pediatriyada qoʻllash tajribasi yoʻq, shuning uchun preparatni bolalarda qoʻllash tavsiya etilmaydi.

 

Oʻrtacha va ogʻir barqaror surunkali yurak yetishmovchiligini davolash

Surunkali yurak yetishmovchiligi oxirgi 6 oy davomida oʻtkir dekompensatsiyasiz barqaror boʻlib qolishi, asosiy davolash esa asosan oxirgi 2 xafta davomida oʻzgarmasligi kerak. Bisoprololni buyurishdan oldin patsiyentlar AAF ingibitori (yoki agar AAF ingibitori oʻzlashtirilmasa boshqa vazodilatator) va diuretikning optimal dozasini va fakultativ ravishda yurak glikozidlarini qabul qilishlari kerak.

Davolovchi shifokor surunkali yurak yetishmovchiligini davolash tajribasiga ega boʻlishi tavsiya etiladi.

Ogohlantirish: barqaror surunkali yurak yetishmovchiligini bisoprolol bilan davolashni quyida taʼriflangandek dozani titrlash fazasidan boshlash kerak.

Ushbu preparat bilan davolash, dozani quyidicha asta-sekin oshirish bilan boshlanadi:

1,25 mg sutkada bir marta 1 hafta davomida buyuriladi; yaxshi oʻzlashtirilganida doza quyidagigacha oshiriladi; keyingi hafta davomida sutkada bir marta 2,5 mg gacha oshiriladi; yaxshi oʻzlashtirilganida doza; keyingi hafta davomida sutkada bir marta 3,75 mg gacha oshiriladi; yaxshi oʻzlashtirilganida doza; 4 hafta davomida sutkada bir marta 5 mg gacha oshiriladi; yaxshi oʻzlashtirilganida doza; 4 hafta davomida sutkada bir marta 7,5 mg gacha oshiriladi; yaxshi oʻzlashtirilganida doza; samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun 10 mg sutkada bir marta buyuriladi.

1,25 mg dozada davolash boshlanganidan keyin patsiyent taxminan 4 soat davomida kuzatuv ostida boʻlishi kerak (ayniqsa arterial bosim, yurak qisqarishlari soni, oʻtkazuvchanlikni buzilishi, yurak yetishmovchiligi belgilarini yomonlashishi yuzasidan nazorat qilish uchun).

Tavsiya etilgan maksimal doza sutkada bir marta 10 mg ni tashkil etadi.

Noxush samaralarni yuzaga kelishi barcha patsiyentlarga tavsiya etilgan maksimal dozani qabul qilish imkonini bermaydi. Zarurati boʻlganida, erishilgan doza asta-sekin kamaytirilishi mumkin. Zarurati boʻlganida davolash toʻxtatilishi, soʻngra takroran davom ettirilishi mumkin. Agar dozani oshirish fazasida yurak yetishmovchiligi yomonlashsa yoki oʻzlashtiraolmaslik rivojlansa (ogʻir arterial gipotenziya, oʻtkir oʻpka shishi bilan kechuvchi yurak yetishmovchiligini yomonlashishi, kardiogen shok, simptomatik bradikardiya yoki atrioventrikulyar blokada holatlarida), bisoprololning dozasini kamaytirish yoki zarurati boʻlganida davolashni darhol toʻxtatish tavsiya etiladi.

Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi

Surunkali yurak yetishmovchiligi va jigar va buyrak funksiyasini buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda bisoprololning farmakokinetikasi boʻyicha maʼlumotlar yoʻq. Bu guruhda dozani asta-sekin oshirishni ham juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish kerak.

Keksa patsiyentlar

Odatda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Bolalar

Bisoprololni pediatriyada qoʻllash tajribasi yoʻq, shuning uchun preparatni bolalarda qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Qoʻllash usuli

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Tabletkalarni ertalab, ovqat bilan qabul qilish mumkin. Tabletkalar chaynamasdan va oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.

Stabil surunkali yurak yetishmovchiligini davolash odatda uzoq muddatli hisoblanadi.

Preparat bilan davolashni toʻsatdan toʻxtatish maqsadga muvofiq emas, chunki bu yurak yetishmovchiligini vaqtincha yomonlashishiga olib kelishi mumkin (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang). Agar preparatni bekor qilish zarur boʻlsa, doza xaftada dozaning yarmiga asta-sekin kamaytirilishi kerak.

Tabletkani boʻlish

Tabletkani boʻlish uchun uni oʻyiqchasi (oʻyiqchalari) bilan yuqoriga qaratib tekis yuzaga qoʻying. Katta barmoq bilan tabletkani bosish natijasida u boʻlinadi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100), kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000).

Ruhiy buzilishlar

Tez-tez emas:            depressiya, uyquni buzilishi.

Kam hollarda:           tungi dahshatlar, gallyutsinatsiyalar.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez:                     bosh aylanishi*, bosh ogʻrigʻi*.

Kam hollarda:           hushdan ketish.

Koʻrish aʼzosi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda:           koʻz yoshi ajralishini kamayishi.

Juda kam hollarda: konʼyunktivit.

Eshitish aʼzosi va labirint tomonidan buzilishlar

Kam hollarda:           eshitishni buzilishi.

Yurak tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez:          bradikardiya (surunkali yurak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda).

Tez-tez:                     mavjud yurak yetishmovchiligini yomonlashishi (surunkali yurak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda).

Tez-tez emas:            atrioventrikulyar oʻtkazuvchanlikni buzilishlari; mavjud yurak yetishmovchiligini yomonlashishi (arterial gipertenziya yoki stenokardiyasi boʻlgan patsiyentlarda); bradikardiya (arterial gipertenziya yoki stenokardiyasi boʻlgan patsiyentlarda).

Qon-tomir tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez:                     qoʻl-oyoqda sovuq qotishni his qilish yoki uvishish, arterial gipotenziya.

Tez-tez emas:            ortostatik gipotenziya.

Nafas tizimi, koʻkrak qafasi va koʻks oraligʻi aʼzolari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas:            anamnezida bronxial astma yoki oʻpkaning obstruktiv kasalligi boʻlgan patsiyentlarda bronxospazm.

Kam hollarda:           allergik rinit.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar

Tez-tez:                     koʻngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat kabi meʼda-ichak yoʻllari tomonidan shikoyatlar.

Jigar va oʻt chiqarish yoʻllari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda:           gepatit.

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda:           qichishish, qizib ketish hissi, toshma kabi oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Juda kam hollarda: alopetsiya. Beta-blokatorlar psoriazni paydo boʻlishi yoki zoʻrayishini yoki psoriazsimon toshma paydo boʻlishini chaqirishi mumkin.

Suyak-koʻmik tizimi va biriktiruvchi toʻqima tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas:            mushak kuchsizligi, mushak spazmlari.

Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda:           potensiyani buzilishi.

Tizimli buzilishlar

Tez-tez:                     asteniya (surunkali yurak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda), toliqish*.

Tez-tez emas:            asteniya (arterial gipertenziya yoki stenokardiyasi boʻlgan patsiyentlarda).

Laborator tahlillar

Kam hollarda:           triglitseridlar darajasini oshishi, jigar fermentlari (AlAT, AsAT) darajasini oshishi.

Faqat arterial gipertenziya yoki stenokardiyani davolash uchun qoʻllanilganda

*Ushbu simptomlar ayniqsa davolashning boshida xarakterli. Odatda ular kuchsiz yaqqollikda boʻladi va odatda 1-2 haftadan keyin oʻtib ketadi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • Bisoprololga yoki preparatning yordamchi moddalariga oʻta yuqori sezuvchanlik;
  • Oʻtkir yurak yetishmovchiligi yoki yurak yetishmovchiligining dekompensatsiya hurujlari, bunda vena ichiga inotrop vositalarni yuborish talab etiladi;
  • kardiogen shok;
  • ikkinchi yoki uchinchi darajadagi atrioventrikulyar blokada;
  • sinus tugunining kuchsizligi sindromi;
  • sinoatrial blokada;
  • simptomatik bradikardiya;
  • simptomatik arterial gipotenziya;
  • bronxial astmaning ogʻir shakli yoki oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi;
  • periferik arteriyalarning obliteratsiyalanuvchi kasalligining ogʻir shakllari yoki Reyno sindromining ogʻir shakllari;
  • davolanmagan feoxromotsitoma (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimlariga qarang);
  • metabolik atsidozda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Tavsiya etilmaydigan majmualar

Faqat surunkali yurak yetishmovchiligini davolash uchun qoʻllanilganda

I sinf aritmiyaga qarshi vositalar: atrioventrikulyar oʻtkazuvchanlik vaqtiga taʼsiri kuchayishi va manfiy inotrop taʼsiri kuchayishi mumkin.

Barcha koʻrsatmalar boʻyicha qoʻllanilganda

Verapamil qatori va kamroq darajada diltiazem qatori kalsiy antagonistlari: qisqaruvchanlik xususiyati va atrioventrikulyar oʻtkazuvchanlikka salbiy taʼsiri kuzatiladi. Beta-blokatorlarni qabul qilayotgan patsiyentlarga verapamilni vena ichiga yuborish ogʻir arterial gipotenziya va atrioventrikulyar blokadaga olib kelishi mumkin.

Markaziy taʼsirga ega antigipertenziv vositalar: ularni bir vaqtda qoʻllash yurak qisqarishlari soni va yurakdan otilib chiqayotgan qon xajmini kamayishiga, shuningdek vazodilatatsiyaga olib kelishi mumkin. Preparatni toʻsatdan bekor qilish “rikoshet arterial gipertenziya” xavfini oshirishi mumkin.

Ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadigan majmualar

Faqat arterial gipertenziya yoki stenokardiyani davolash uchun qoʻllanilganda

I sinf aritmiyaga qarshi vositalar: atrioventrikulyar oʻtkazuvchanlik vaqtiga taʼsiri kuchayishi va manfiy inotrop taʼsiri kuchayishi mumkin.

Barcha koʻrsatmalar boʻyicha qoʻllanilganda

Digidropiridin qatori kalsiy antagonistlari: bir vaqtda qoʻllash arterial gipotenziya xavfini oshirishi mumkin, yurak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda esa, yurakning nasos funksiyasini keyinchalik yomonlashishi xavfi inkor etilmaydi.

III sinf aritmiyaga qarshi vositalar: atrioventrikulyar oʻtkazuvchanlik vaqtiga taʼsiri kuchayishi mumkin.

Parasimpatomimetik vositalar: bir vaqtda qoʻllash atrioventrikulyar oʻtkazuvchanlik vaqtini uzayishiga va bradikardiya xavfiga olib kelishi mumkin.

Mahalliy beta-blokatorlar (masalan glaukomani davolash uchun koʻz tomchilari): bisoprololning tizimli taʼsirini kuchaytirishi mumkin.

Insulin va peroral diabetga qarshi vositalar: gipoglikemik samaralar kuchayadi. Beta-adrenoretseptorlarni blokadasi gipoglikemiya simptomlarini niqoblashi mumkin.

Ogʻriq qoldiruvchi vositalar: reflektor taxikardiyani susayishi va arterial gipotenziya xavfini oshishi kuzatiladi.

Yurak glikozidlari: atrioventrikulyar oʻtkazuvchanlik vaqtini uzayishi, yurak qisqarishlari sonini kamayishi kuzatiladi.

Nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar (NYAQV): bisoprololning gipotenziv samarasini pasaytirishi mumkin.

Beta-simpatomimetiklar: bisoprolol bilan birga qoʻllash ikkala preparatlarning samarasini kamaytirishi mumkin.

Beta-adrenoretseptorlarni ham, alfa-adrenoretseptorlarni ham faollashtiruvchi simpatomimetiklar: bisoprolol bilan birga qoʻllash arterial bosimni oshishiga olib kelishi mumkin.

Antigipertenziv vositalar va arterial bosimni pasaytirish potensialiga ega boshqa preparatlar bilan birga qoʻllash arterial gipotenziya xavfini oshirishi mumkin.

Qoʻllashni maqsadga muvofiqligini talab etuvchi majmualar

Mefloxin: bradikardiya xavfi oshadi.

Monoaminoksidaza ingibitorlari (MAO-V ingibitorlaridan tashqari): gipertonik kriz xavfini oshishi bilan bir vaqtda beta-blokatorlarning gipotenziv samarasi kuchayadi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Barcha koʻrsatmalar boʻyicha qoʻllanganida

Agar bisoprolol bilan davolashni toʻxtatishga mutloq zaruriyat boʻlmasa, preparatni bekor qilish, ayniqsa yurak ishemik kasalligi boʻlgan patsiyentlarda, keskin boʻlmasligi lozim, chunki preparatni toʻsatdan bekor qilish yurak faoliyatini oʻtkinchi yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Faqat SYUЕ ni davolash uchun qoʻllanganida

Kompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligini bisoprolol bilan davolash dozani titrlash fazasi bilan boshlanishi kerak.

Kompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligini bisoprolol bilan davolash boshlanganida va toʻxtatilganida patsiyentning holatini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.

Quyidagi kasalliklari va holatlari boʻlgan patsiyentlarda yurak yetishmovchiligini bisoprolol bilan terapevtik davolashning tajribasi yoʻq:

  • insulinga qaram qandli diabet (I tipi);
  • buyrak funksiyasini ogʻir darajadagi buzilishi;
  • jigar funksiyasini ogʻir darajadagi buzilishi;
  • restriktiv kardiomiopatiya;
  • tugʻma yurak nuqsoni;
  • yurak klapanlarining gemodinamik ahamiyatli organik shikastlanishi;
  • oxirgi uch oy davomida miokard infarkti.

Barcha koʻrsatmalar boʻyicha qoʻllanganida

Quyidagi holatlarda bisoprololni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak:

  • bronxospazm (bronxial astma, oʻpkani obstruktiv kasalliklari);
  • qonda glyukozaning darajasini ancha sezilarli oʻzgarishlari bilan kechuvchi qandli diabet. Gipoglikemiyaning simptomlari niqoblanishi mumkin;
  • qatʼiy ochlik;
  • desensibilizatsiyalovchi davolashni oʻtkazish. Boshqa beta-blokatorlar kabi, bisoprolol ham allergenlarga sezuvchanlikni va anafilaktik reaksiyalarning ogʻirligini oshirishi mumkin. Adrenalinni qoʻllash har doim ham kutilgan terapevtik samarani koʻrsatavermaydi;
  • birinchi darajadagi atrioventrikulyar blokada;
  • Prinsmetal stenokardiyasi;
  • periferik arteriyalarning obliteratsiyalanuvchi kasalliklari. Simptomlar, ayniqsa davolashni boshida ogʻirlashishi mumkin.

Psoriaz bilan xastalangan yoki anamnezida psoriaz boʻlgan patsiyentlarga beta-blokatorlar (xususan, bisoprolol) foyda va havf sinchiklab baholangandan keyingina buyurilishi kerak.

Bisoprolol bilan davolash tireotoksikoz simptomlarini yashirishi mumkin.

Feoxromotsitoma bilan xastalangan patsiyentlarga bisoprolol, alfa-adrenoretseptorlarning blokadasi taʼminlangandan soʻnggina buyurilishi mumkin.

Umumiy anesteziya oʻtkazilganida anesteziolog beta-adrenoretseptorlarni blokadasi xaqida xabardor boʻlishi kerak. Agar operatsiyadan oldin beta-blokatorlarni bekor qilish zaruriyati boʻlsa, preparatni qabul qilish asta-sekin toʻxtatilishi kerak va anesteziyadan taxminan 48 soat oldin tugatilishi kerak.

Bronxial astmada yoki klinik koʻrinishlari bilan kechuvchi oʻpkaning boshqa surunkali obstruktiv kasalliklarida yondosh bronxodilatatsion davolashni oʻtkazish tavsiya etiladi. Baʼzida astma bilan xastalangan patsiyentlarda nafas yoʻllarining rezistentligi oshishi mumkin, shuning uchun beta2-stimulyatorlarning dozasini oshirish talab etilishi mumkin.

Sportchilar doping-test oʻtkazilganida, ushbu preparat soxta musbat natijalar berishi mumkinligi yuzasidan ogohlantirilgan boʻlishlari kerak.

Preparatning ayrim yordamchi moddalari xaqida maʼlumot

Preparat tarkibida laktoza saqlaydi. Galaktozani oʻzlashtirolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani soʻrilishini buzilishi kabi kam uchraydigan nasliy holatlari boʻlgan patsiyentlar ushbu dori preparatini qabul qilishlari mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davri

Bisoprololning farmakologik hususiyatlari homiladorlikka va (yoki) homilaga (yangi tugʻilgan chaqaloqqa) salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Umuman olganda, beta-adrenoblokatorlar yoʻldoshda qon oqimini kamaytirishi, bu homilani oʻsishini kechikishiga, ona qornida nobud boʻlishiga, homila tashlashga yoki muddatidan oldin tugʻruqqa olib kelishi mumkin. Homilada va yangi tugʻilgan chaqaloqda noxush samaralar (masalan, gipoglikemiya, bradikardiya) kuzatilishi mumkin. Agar beta-adrenoblokatorlar bilan davolash zarur boʻlsa, selektiv beta1-adrenoblokatorlarni qoʻllash afzaldir.

Homiladorlik vaqtida, mutloq kerak boʻlgan holatlardan tashqari hollarda, bisoprolol preparatini qoʻllash tavsiya etilmaydi. Agar preparat bilan davolash juda kerak boʻlsa, bachadon-yoʻldosh qon oqimi va homilani oʻsishi koʻrsatkichlarini sinchiklab nazorat qilish kerak. Agar homiladorlikka yoki homilaga salbiy taʼsiri aniqlangan boʻlsa, boshqa davolash sxemalariga oʻtishni koʻrib chiqish kerak. Yangi tugʻilgan chaqaloq, sinchkov kuzatuv ostida boʻlishi kerak. Hayotining birinchi uch kuni davomida, odatda gipoglikemiya va bradikardiya simptomlari paydo boʻlishini kutish mumkin.

Ushbu preparat bilan davolanish vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri

Ushbu preparatni qabul qilish, ayniqsa davolashning boshida, dozasi oshirilganida, davolash oʻzgartirilganida va alkogol bilan birga qabul qilinganida transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

7,5 mg oʻrniga 15 mg sutkalik doza qabul qilinganda uchinchi darajadagi atrioventrikulyar blokada, yurak urishini sekinlashishi va bosh aylanishi kuzatilgan. Umuman olganda, quyidagi simptomlar: yurak urishini sekinlashishi, arterial bosimni pasayishi, bronxospazmlar, oʻtkir yurak yetishmovchiligi va qonda glyukoza darajasini pasayishi kuzatilishi mumkin.

Hozirgi vaqtgacha arterial gipertenziya va (yoki) yurak ishemik kasalligi boʻlgan patsiyentlarda kuzatilgan va bradikardiya va (yoki) arterial gipotenziya bilan namoyon boʻlgan bisoprololning dozasini oshirib yuborilishi (maksimal 2000 mg) haqida bir necha xabarlar olingan. Barcha patsiyentlarda simptomlar bartaraf etilgan.

Bisoprololning yuqori dozalarini bir marta qabul qilishga sezuvchanlikning individlar orasidagi katta oʻzgaruvchanligi kuzatiladi. Yurak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda bisoprololning yuqori dozalarini bir marta qabul qilishga yuqori sezuvchanlikning ehtimoli mavjud. Shuning uchun ushbu toifadagi patsiyentlarda davolashni albatta dozalash boʻlimida taʼriflangan sxemaga muvofiq dozani asta-sekin oshirish yoʻli bilan boshlash kerak.

Dozani oshirib yuborilganda bisoprolol bilan davolashni toʻxtatish va tutib turuvchi va simptomatik davolashni buyurish kerak. Bisoprolol dializ yordamida yomon chiqariladi. Bradikardiyada atropinni vena ichiga buyurish tavsiya etiladi, javob yetarli boʻlmaganida esa izprenalin yoki musbat xronotrop xususiyatlarga ega boshqa vositalarni ehtiyotkorlik bilan buyurish mumkin. Ayrim holatlarda yurak ritm yurgizuvchisini transvenoz implantatsiyasi talab etilishi mumkin.

Gipotenziyada vena ichiga suyuqliklar va qon tomirlarni toraytiruvchi vositalarni yuborish tavsiya etiladi, vena ichiga glyukagonni yuborish foydali boʻlishi mumkin.

Ikkinchi yoki uchinchi darajadagi AV-blokadada patsiyentning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish va izoprenalin infuziyasi yoki vaqtincha kardiostimulyatsiyani amalga oshirish zarur.

Yurak yetishmovchiligi zoʻrayganda vena ichiga diuretiklar, inotrop vositalar va vazodilatatorlar, bronxospazmda – izoprenalin, beta2-adrenoretseptorlarga taʼsir etuvchi simpatomimetiklar va (yoki) aminofillin, gipoglikemiyada – vena ichiga glyukozani yuborish buyuriladi.

 

Chiqarilish shakli

Alyuminiy blisterlar qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida.

2,5 mg: 30 tabletkadan qutida.

5 mg: 100 tabletkadan qutida.

10 mg: 100 tabletkadan qutida.

 

Saqlash sharoiti

30°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha beriladi.