Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Био Декалсин

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Био Декалсин ТАБЛЕТКА 1500мг №60

26 000 so'mdan
(2438)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
BIO DEKALSIN
Ishlab chiqaruvchi
БИОФАРМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Препараты кальция и средства для профилактики и лечения остеопороза
Dori tafsilotlari
Ishlab chiqarish shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo’llashga doir ko’rsatmalar
Qo’llash usuli va dozalari
Nojo’ya ta’siri
Mumkin bo’lmagan holatlar
Saqlash sharoti
Ishlab chiqarish shakli

Tabletka ko’rinishida 1500 mg 60 dona.

Farmakologik xususiyatlari

Kalsiy –organizmda elektrolitlar muvozanatini tutib turish va boshqaruvchi mexanizmlarni adekvat faoliyati uchun zarur mineral elementdir. Kalsiy suyak to’qimalarini shakllanishida ishtirok etadi, tishlarni mineralizatsiyasi, nerv o’tkazuvchanligini boshqarish, mushaklar qisqaruvchanligi, turg’un yurak faoliyatini tutib turish uchun zarur va qon ivishi tizimi komponenti hisoblanadi.

Qo’llashga doir ko’rsatmalar

Kalsiy yetishmovchiligi, balanslanmagan va to’liq bo’lmagan ovqatlanish, ratsionida sut yoki sut maxsulotlari iste’mol qilmaslik hollarida.

Kalsiy almashinuvi buzilishi, suyak to’qimalari tuzilmasini mustahkamlash va tiklash.

Tishlarni o’z vaqtida o’smasligi, tirnoq va sochlar sinuvchanligida;

Suyak sinishi hollarida, uning bitish jarayonining me’yorlashuvi, yoshi kattalarda suyaklarning mo’rtligi, osteroporoz rivojlanishini oldini olish.

Kalsiyga yuqori muhtojlik  intensiv o’sish, sport bilan shug’ullanish davrida.

Raxitni va osteomalyatsiya ( asosiy davolashga qo’shimcha sifatida ) alergik riaksiyalar ( yordamchi davolash sifatida ).

Kalsiyga yuqori extiyoj bilan kuzatiluvchi holatlar : homiladorlik va emizish davri, uyqusizlik, qo’zg’aluvchanlik, xavotirlik, qo’rquv, charchoqlik bilan kuzatiluvchi nevrasteniyani yengil shakllari.

Turli patologiyalarda qon tomirlar devorini o’tkazuvchanligini normallashtirish uchun qo’llaniladi.

Qo’llash usuli va dozalari

Kattalar 1 tabletkadan 2 marta ovqat vaqtida, bolalar 0.5-1 tabletkadan 1-2 marta ovqat vaqtida. Qabul qilish davomiyligi bir oy.

Nojo’ya ta’siri

Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yakka tarzda uchraydigan   yuqori sezuvchanlik holatlarida allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktidagi dispepsik buzilishlar kuzatilishi mumkin.

Mumkin bo’lmagan holatlar

Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

Saqlash sharoti

Preparat yorug’likdan himoyalangan  quruq, harorati +250C dan yuqori bo’lmagan joyda  saqlanishi lozim.