Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Бифидумбактерин САШЕ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Бифидумбактерин САШЕ №10

5 900 so'mdan
(1967)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Bifidumbacterin
Ishlab chiqaruvchi
FOUR TRADE LABORATORIES
Chiqarilish shakli
САШЕ
Farma. Guruh
Пробиотики
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Dori shakli

ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun bakterial massa liofilizati ampulalarda

Farmakologik xususiyatlari

Bifidumbakterin – ichak mikroflorasini normallashtiradi, immunitetni rag‘batlantiruvchi vositadir. Bifidumbakterin probiotik bo‘lib hisoblanadi va liofil quritilgan antagonistik faol tirik bifidobakteriyalar saqlaydi. Keng doiradagi patogen va shartli-patogen mikroorganizmlarning antagonisti bo‘lib hisoblanadi; ovqat hazm qilish jarayoni va me‘da-ichak yo‘llarining funksiyasini, almashinuv jarayonlarini faollashtiradi, organizmning nospesifik rezistentligini oshiradi.

 

Qo‘llanilishi

Bifidumbakterin me‘da-ichak yo‘llarining mikrobiosenozini normallashtirish (ichak mikroflorasini muvofiqlashtirish), organizmning nospesifik rezistentligini oshirish, ovqat hazm qilish yo‘llarining funksional faoliyatini rag‘batlantirish, tug‘ruqxonalar va kasalxonalar ichki infeksiyasini oldini olish uchun qo‘llanadi, detoksikasion xususiyatlarga ega. Kattalarga va bolalarga quyidagilarni davolash uchun qo‘llanadi:

  • disbakteriozlar, shu jumladan antibiotiklar, gormonlar, nur bilan davolash va ximioterapiyada, stresslarda profilaktika uchun;
  • o‘tkir ichak infeksiyalarida, shu jumladan etiologiyasi aniqlanmagan infeksiyalarda;
  • surunkali qabziyatlarda;
  • malabsorbsiya sindromlarida;
  • disbakteriozlar bilan kechuvchi allergik kasalliklarda;
  • O‘RVI bilan tez-tez kasallanuvchi bolalar va kattalarda disbakteriozni oldini olish uchun;
  • emizikli bolalarni sun‘iy ovqatlantirishga erta o‘tkazilganda va donor suti bilan emizilganda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilinadi, qabul qilishdan oldin preparat ovqatning suyuq qismi bilan aralashtiriladi, qatiq bilan aralashtirish afzal va ovqatdan oldin beriladi. Preparatni 30-50 ml xona haroratidagi qaynagan suvda aralashtirish va hosil bo‘lgan aralashmani ichish mumkin. Emizikli bolalarga ko‘krak suti bilan aralashtirib, emizish vaqtida beriladi.

Disbakteriozni oldini olish uchun bifidumbakterin 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga 2,5 dozadan kuniga 1-2 marta, 6 oylikdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 dozadan kuniga 1-2 marta, 3 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga – 10 dozadan kuniga 1-2 marta buyuriladi. Profilaktik kurs 2-3 xafta yiliga 2-3 marta o‘tkaziladi. Davolash uchun bifidumbakterin 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga 2,5 dozadan kuniga 2-6 marta, 6 oylikdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 dozadan kuniga 3-5 marta, 7 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga 10 dozadan kuniga 3-4 marta buyuriladi. Davolash kursi 5 kundan 15 kungacha, kasallikning xarakteri va og‘irlik darajasiga bog‘liq. Davolash kursi 3-4 xaftani tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida davolash kursini 2-3 marta takrorlash mumkin. Har bir kurs avvalgi kurs yakunlangandan keyin bir oy o‘tgach o‘tkaziladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Aniqlanmagan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni individual o‘zlashtiraolmaslikdan tashqari qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar yo‘q.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirida noxush samaralar kuzatilmaydi.

Nomutanosiblik

Ma‘lumotlar yo‘q.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi haqidagi ma‘lumotlar yo‘q.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +10°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.