Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
БЕЛОСАЛИК ЛОСЬОН

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

БЕЛОСАЛИК ЛОСЬОН 0,05%+2% 100мл №1

180 000 so'mdan
(3067)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
БЕЛУПО
Chiqarilish shakli
ЛОСЬОН
Farma. Guruh
Гормональные препараты
Dori tafsilotlari
NOJO‘YA TA‘SIRI
DOZANI OSHIRIB YUBORILISH
BOSHQA DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TA‘SIRI
MAXSUS KO‘RSATMALAR
SAQLASH SHAROITI
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
QO‘LLANILISHI
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
NOJO‘YA TA‘SIRI

Nojo‘ya ko‘rinishlari, odatda, kuchsiz ifodalangan xarakterga ega.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi (qichishish, achishish yoki qizarish) rivojlanishi mumkin. Kam hollarda, boshqa glyukokortikoidlarni qo‘llashdagi kabi, ankesimon o‘zgarishlar, gipopigmentasiya, striyalar, terini atrofiyasi, gipertrixoz, teleangioektiaziyalar, terining ikkilamchi infeksiyalari rivojlanishi mumkin.

Davomli uzluksiz va terining katta sohalarida qo‘llashda betametazonni mahalliy qo‘llash, buyrak usti bezlari po‘stlog‘i funksiyani bostirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli nojo‘ya ko‘rinishlar chaqirishi mumkin.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi yoki nojo‘ya ko‘rinishlar paydo bo‘lgan holda davolashni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak.

DOZANI OSHIRIB YUBORILISH

Betametazon va salisil kislotasi majmuasini davomli uzluksiz ishlatishda, ayniqsa bolalarda, terining katta yuzalarida, butunligi buzilgan teriga qo‘yilganda yoki okklyuzion bog‘lov ostida ishlatilganida, faol komponentlarning so‘rilishini kuchayishi va tizimli samaralarini (ikkilamchi buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi, giperkortisizm, Kushing sindromi) namoyon bo‘lishi istisno qilinmaydi. Bunday hollarda preparatni bekor qilish va simptomatik davolash tavsiya etiladi.

BOSHQA DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TA‘SIRI

Boshqa dori vositalari bilan klinik ishonchli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Akneni davolash uchun kosmetik va dermatologik vositalar, etanol saqlovchi vositalar yoki yaqqol qurutuvchi samarali tibbiy sovun va shunga o‘xshashlarini bir vaqtda ishlatish, ayrim xollarda terining ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin.

 

MAXSUS KO‘RSATMALAR

BELOSALIK® surtmasi teri va/yoki boshning sochli qismida sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Ko‘zlarga va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Rozasea turi bo‘yicha dermatit, perioral dermatit, terining atrofiyasi va akne rivojlanishi mumkinligi tufayli, yuz terisida surtmani uzoq muddat qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatni anogenital sohasida qo‘llashdan saqlanish kerak.

Zarurati bo‘lgan hollardan tashqari, preparatni okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Terida zamburug‘li yoki bakterial mikroflora rivojlanganida, qo‘shimcha antibakterial yoki zamburug‘larga qarshi vositalarni qo‘llash kerak.

SAQLASH SHAROITI

25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda.

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

BELOSALIK® yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi, antiproliferativ, keratolitik va mikroblarga qarshi ta‘sirga ega.

Betametazon yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiproliferativ va qichishishga qarshi ta‘sirlarga ega. Teri yuzasiga qo‘yilganda betametazon yallig‘lanish o‘chog‘ida ob‘ektiv simptomlar (eritema, shish, lixenifikasiya) va sub‘ektiv tuyg‘ular (qichishish, ta‘sirlanish, og‘riq) yaqqolligini kamaytirib, tez va kuchli ta‘sir ko‘rsatadi.

Salisil kislotasi keratolitik ta‘siri xisobiga shikastlanish sohasini tangachalardan tozalaydi, betametazonni teriga singishiga yordam beradi, bakterial va zamburug‘li infeksiya rivojlanishini oldini oladi.

QO‘LLANILISHI

BELOSALIK® giperkeratoz va kepaklanish bilan birga kechuvchi, tashqi kortikosteroid davolashga sezgir nimo‘tkir va surunkali dermatozlarni davolash uchun qo‘llanadi.

Psoriaz, ekzema (disgidrotik, seboreyali, tilotik), neyrodermatit, qizil yassi temiratki, surunkali diskoid qizil yugirik, ixtioz va terini ixtioz shikastlanishi va boshqalarda qo‘llanadi.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Betametazon, salisil kislotasi yoki preparatning har qanday komponentlaridan biriga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Teri tuberkulyozi, sifilisning teri ko‘rinishlari, suvchechak, terining virusli infeksiyalari, postvaksinal teri reaksiyalari, ochiq jarohatlar, trofik yaralar, rozasea, oddiy xusnbuzar, 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

EHTIYOTKORLIK BILAN

Jigar yetishmovchiligi, bolalar, uzoq muddatli davolash, ayniqsa okklyuzion bog‘lovlarni ishlatish bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

BELOSALIK® preparati sirtga qo‘llash uchun surtma shaklida silliq terida qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

BELOSALIK® surtmasi kuniga ikki marta qo‘llanadi. Surtmaning katta bo‘lmagan miqdori yengil ishqalanib, teri yuzasida birtekis taqsimlanadi. Yengil hollarda bir marta ishlatish yetarli bo‘ladi.

Davolash kursi, odatda, 3-4 haftani tashkil qiladi. Davomliroq davolash kursining zarurati bo‘lganda, preparatni kamroq, masalan, kunora ishlatish tavsiya etiladi. Surunkali kasalliklarni davolashda, kasallikni qaytalanishidan saqlanish uchun barcha simptomlar yo‘qolganidan keyin shifokorning kuzatuvi ostida davolashni yana ma‘lum vaqt davom ettirish kerak. Yil davomida davolashni bir necha marta takrorlash mumkin.