Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
БЕКЛОМЕТОЗОН АЭРОЗОЛЬ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

БЕКЛОМЕТОЗОН АЭРОЗОЛЬ 250мкг/доза 200доз №1

28 000 so'mdan
(1326)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
БИННОФАРМ
Chiqarilish shakli
АЭРОЗОЛЬ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli 
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oʻtkir oshirib yuborilishi buyrak usti bezlarining faoliyatini vaqtinchalik pasayishiga olib kelishi mumkin, bu shoshilinch davolash choralarini talab etmaydi, chunki buyrak usti bezlarining faoliyati bir necha kunda tiklanadi va plazmadagi kortizolning miqdori buni tasdiqlaydi.

Dozani surunkali oshib ketishida buyrak usti bezlarining faoliyatini turgʻun susayishi kuzatiladi. Bunday hollarda buyrak usti bezlarining rezerv faoliyatining monitoringi oʻtkazilishi tavsiya etiladi. Doza oshirib yuborilganida beklometazon dipropionati bilan davolash preparatning terapevtik samarani tutib turish uchun yetarli boʻlgan dozada davom ettirilishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli 

200, 400 doza 50 mkg, 100 mkg yoki 250 mkg Beklometazon saqlovchi alyumin balloncha, dozalovchi qurilma va purkagich-uchlik bilan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga ikkilamchi oʻramda – karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor retsepti boʻyicha.

Dori shakli: 

ingalyatsiya uchun aerozol.

 

Tarkibi:

Har bir doza quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mkg, 100 mkg yoki 250 mkg beklometazon dipropionati.

yordamchi moddalar:

Beklometazon 50 mkg/doza: suvsiz etanol, 1,1,1,2- tetraftoretan.

Beklometazon 100 mkg/doza: suvsiz etanol, propilenglikol, 1,1,1,2 – tetraftoretan.

Beklometazon 250 mkg/doza: suvsiz etanol, izopropil spirti, 1,1,1,2- tetraftoretan.

 

Taʼrifi: 

dozalovchi moslama va purkagichli uchligi boʻlgan konteynerda bosim ostida rangsiz  tiniq beklometazon dipropionati eritmasi.

 

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Bronxial astmani davolash uchun ingalyatsion preparatlar. Glyukokortikosteroidlar.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Yalligʻlanishga qarshi va allergiyaga qarshi taʼsir koʻrsatadi.

Beklometazon dipropionati olddori boʻlib, GKS-retseptorlarga kuchsiz yaqinlikka ega. Esterazalar taʼsirida faol metaboliti – beklometazon-17-monopropionatga (B-17-MP) aylanadi va bu metaboliti yaqqol mahalliy yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Xemotaksis substansiyani hosil boʻlishini pasayishi hisobiga yalligʻlanishni kamaytiradi (allergiyaning “kechki” reaksiyalariga taʼsir qiladi), “darhol” rivojlanadigan allergik reaksiyani rivojlanishini tormozlaydi (araxidon kislotasining metabolitlarini hosil boʻlishini tormozlashi va semiz xujayralardan yalligʻlanish mediatorlarini ajralib chiqishini pasaytirishi hisobiga) va mukotsiliar tashilishni yaxshilaydi. Beklometazon taʼsirida bronxlar shilliq pardasidagi semiz xujayralarning miqdori pasayadi, epiteliyni shishi, bronxial bezlarning shilliq ajralib chiqishi, bronxlarni oʻta yuqori reaktivligi, xujayra chetida neytrofillarni toʻplanishi, yalligʻlanishda hosil boʻladigan ekssudat va limfokinlarni hosil boʻlishi kamayadi, makrofaglarning migratsiyasi tormozlanadi, infiltratsiya va granulyatsiya jarayonlarining jadalligi pasayadi.

Faol beta-adrenoretseptorlarning miqdorini oshiradi, bemorning bronxodilyatatorlarga reaksiyasini tiklaydi, ularni qoʻllash tez-tezligini kamaytirish imkonini beradi. Ingalyatsion yoʻl bilan yuborilgandan keyin deyarli rezorbtiv taʼsir koʻrsatmaydi.

Bronxospazmni bartaraf qilmaydi, odatda beklometazon dipropionatini 5-7 kunlik kursli qoʻllashdan soʻng terapevtik samarasi asta-sekin rivojlanadi.

Farmakokinetikasi

Ingalyatsiya qilinayotgan preparatning 25% dan koʻprogʻi nafas yoʻllarida qoladi; qolgan qismi ogʻizda va tomoqda qoladi va yutiladi. Oʻpkada soʻrilishidan oldin beklometazon dipropionati jadal metabolizmga uchrab, Beklometazon-17-monopropionati (B-17-MP) ni hosil qiladi. B-17-MP metabolitining tizimli soʻrilishi oʻpkada (36% oʻpka fraksiyasi), meʼda-ichak yoʻllarida (yutilganida kirgan dozaning 26%) sodir boʻladi. Oʻzgarmagan beklometazon dipropionati va B-17-MP metabolitining mutloq biokiraolishligi ingalyatsion dozaning muvofiq ravishda taxminan 2% va 62% ni tashkil qiladi. Beklometazon dipropionati tez soʻriladi, qon plazmasida maksimal konsentratsiyasiga erishish vaqti (Tmax) 0,3 soatni tashkil qiladi. B-17-MP metabolitini sekinroq soʻrilishi tufayli, qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasining vaqti (Tmax) 1 soatni tashkil qiladi. Preparatni ingalyatsiya qilingan dozasini oshirilishi va uning tizimli ekspozitsiyasi orasida taxminan proporsional bogʻliqlik kuzatiladi.

Toʻqimalardagi taqsimlanish beklazon dipropionati uchun 20 l ni va B-17-MP uchun 424 l ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanishi nisbatan yuqori – 87%.

Beklometazon dipropionati va B-17-MP yuqori plazma klirensiga ega (muvofiq soatiga 150 l va soatiga 120 l). Organizmdan yarim chiqarilish davri muvofiq 0,5 soat va 2,7 soatni tashkil qiladi.

 

Qoʻllanilishi

Bronxial astmani bazis davolash.

Kattalar va bolalar

Yengil darajadagi astma

Bronxodilatator bilan vaqti-vaqti bilan simptomatik davolashni talab qiluvchi patsiyentlar

Oʻrtacha darajadagi astma

Doimiy astmaga qarshi davolashga talab etiladigan patsiyentlar va nostabil astma yoki mavjud profilaktik davolash yoki bitta bronxodilatator bilan davolash fonida xolatini yomonlashishi kuzatilgan patsiyentlar.

Ogʻir darajadagi astma

Ogʻir surunkali astmasi boʻlgan patsiyentlar. Beklometazon aerozolini qoʻllashni boshlagandan keyin tizimli steroidlarga qaramligi boʻlgan, koʻpchilik patsiyentlar, astma belgilarini adekvat nazorat qilish uchun, kortikosteroidlarni peroral qoʻllashdan toʻliq voz kechishlari yoki ahamiyatli kamaytirishlari mumkin.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Beklometazon ingalyatsiya uchun aerozol preparati faqat ingalyatsion qoʻllaniladi. Beklometazon ingalyatsiya uchun aerozol kasalliklaridan profilaktika uchun qoʻllanilishini va shuning uchun muntazam ravishda va xattoki astma xurujlari boʻlmagan davrda ham qoʻllanilishini patsiyenlar bilishlari kerak. Preparat dozasi shaxsiy reaksiyaga bogʻliq holda belgilanadi. Agar qisqa vaqt taʼsir etuvchi bronxodilatatorlarni qoʻllashdan keyingi xolatni yaxshilanishi kamroq samara berayotgan boʻlsa yoki ingalyatsiya sonini koʻpaytirish odatdagidan koʻproq talab qilinayotgan boʻlsa, mutaxassis kuzatuvi ostida nazoratli davolash zarur. Ingalayatorni qoʻllash bilan nafas olishni sinxronizatsiya qilish qiyin kechayotgan patsiyentlarda – ingalyatsion preparatni qoʻllashda nafas chiqarishni osonlashtirish uchun speyser moslamadan foydalanish tavsiya qilinadi.

Bolalarga ham maxsus bolalar uchun speyserini qoʻllash tavsiya qilish mumkin.

Ingalyatsion beklometazon dipropionatini boshlangʻich dozasiga kasallikni ogʻirlik darajasini hisobga olgan holda tuzatish kiritish shart. Astmani nazorat qilishni boshqarishga erishgach dozaga tuzatish kiritish mumkin, undan keyin esa dozani eng kichik darajagacha yetguncha titrlash zarur, shunda astmani nazorat qilish samaradorligi saqlanadi.

Kattalar (shu jumladan keksalarda):

Beklometazon 50 mkg/doza:

Odatdagi boshlangʻich doza kuniga ikki marta 200 mkg ni tashkil qiladi. Ogʻir holatlarda doza kuniga 600–800 mkg gacha oshirilishi mumkin (bu xolatda preparatning faol moddasi yuqori boʻlgan shakli qoʻllash tavsiya qilinadi). Preparat dozasiga keyinchalik astma simptomlarini nazorat qilishni erishilgan holatigacha tuzatish kiritish yoki beʼmorning shaxsiy reaksiyasiga qarab minimal samaradorlikkacha kamaytirish mumkin.

 

Umumiy kundalik doza kuniga ikkidan toʻrt marttagacha qoʻllanilishi mumkin.

Beklometazon 250 mkg/doza:

Odatdagi doza 1000 mkg kuniga, u 2000 mkg gacha oshirilishi mumkin.

Agar patsiyentda astma barqarorlashsa dozani kamaytirish mumkin.

Odatdagi kundalik doza ikki martadan toʻrt martagacha qoʻllanilishi shart. Speyser moslamasi umumiy kundalik 1000 mkg  va undan yuqori dozada kattalar va 16 yosh oʻsmirlarda qoʻllashda har doim ishlatilishi kerak.

Bolalar:

Beklometazon 50 mkg/doza:

Odatdagi boshlangʻich doza kuniga ikki marta 100 mkg ni tashkil qiladi. Bronxial astma ogʻirlik darajasiga qarab sutkalik doza 400 mkg gacha oshirish mumkin, uni 2-4 marta qabul qilishgacha oshirish mumkin.

Beklometazon 250 mkg/doza:

Beklometazonning 250 mkg/dozasi  bolalar uchun tavsiya qilinmaydi.

Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda:

Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Quyidagi nojoʻya taʼsirlar aʼzolar va tizimlar boʻyicha yuzaga kelish tezligiga qarab: juda tez-tez (1/10), tez –tez (1/100 va <1/10), tez-tez emas (1/1000 va <1/100), kam hollarda (1/10000 va <1/1000) va juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan alohida xabarlar. Juda tez-tez, tez –tez  va tez-tez emas holatlarda uchraydigan nojoʻya taʼsirlar haqidagi maʼlumotlar, asosan klinik tadqiqodlarga asoslanadi. Kam hollarda va juda kam hollarda yuzaga keladigan nojoʻya taʼsirlar xaqida maʼlumotlar asosan spontan ravishda olingan.

Infeksiyalar va invaziya

Juda tez – tez: ogʻiz boʻshligʻi va tomoqda kandidoz.

Baʼzi bemorlarda ogʻiz boʻshligʻi va tomoqda kandidoz rivojlanishi mumkin, uni yuqori dozalarda qoʻllaganda tez-tezligi oshadi (sutkada 400 mkg dan ortiq beklometazon dipropionati). Bunday asoratlar qonda Candida precipitins darajasi yuqori boʻlgan beʼmorlarda tez-tez yuzaga keladi, bu esa avval infeksiya oʻtkazganligidan dalolat beradi. Bunday holatda ingalyatsiyadan soʻng ogʻiz boʻshligʻini chayish tavsiya qilinadi. Zaruriyat boʻlganda, davolashni xamma davri davomida beklometazon qoʻllanilishini davom ettirgan holda zamburugʻlarga qarshi preparat buyuriladi.

Immun tizimi

Quyidagi koʻrinishlarda gipersezuvchanlik reaksiyalari haqida xabarlar boʻlgan:

Tez-tez emas – teri toshmasi. Qizamiq, qichishish, eritema;

Juda kam hollarda: koʻzlar, yuz, lablar va xalqumning antionevrotik shishi, respirator simptomlar (hansirash va/yoki bronxospazm) va anafilaktoid/anafilaktik reaksiyalar.

Endokrin tizimi

Tizimli taʼsir qilishi mumkin, shu jumladan:

Juda kam hollarda: Kushing sindromi, kushingsimon belgilar, buyrak usti bezlari faoliyatini susayishi, oʻsmirlar va bolalarda boʻy oʻsishi kechikishi, suyaklar mineralizatsiyasi pasayishi, katarakta va glaukoma.

Ruhiy buzilishlar

Juda kam hollarda: xavotirlik hissi, uyquni buzilishi, xulqini oʻzgarishi, shu jumladan giperfaollik va tasirchanlik (asosan bolalarda).

Nafas olish tizimi va koʻkrak qafasi

Tez–tez: ovoz boʻgʻilishi , tomoq qichishi.

Ayrim bemorlarda ovoz boʻgʻilishi yoki tomoq taʼsirlanishi beklometazon dipropionati ingalyatsiyasi sabab boʻlishi mumkin, bu holatda ingalyatsiyadan soʻng darrov tomoqni chayish tavsiya qilinadi.

Juda kam hollarda: paradoksal bronxospazm.

Xuddi boshqa ingalyatsion preparatlar bilan davolashdagi kabi, ingalyatsiyadan soʻng tez kuchayuvchi hansirash bilan kechuvchi paradoksal bronxospazmi rivojlanishi mumkin. Bunday holatlarda zudlik bilan tez taʼsir qiluvchi ingalyatsion bronxodilatator qoʻllaniladi, beklometazon ingalyatsiyasi darhol toʻxtatiladi, patsiyentni tekshirish oʻtkaziladi va zarur boʻlsa muqobil davolash buyuriladi.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

 

Yuqori sezuvchanlik, tuberkulyoz (faol va faol boʻlmagan) infeksiya, yuqori nafas yoʻllari kandidomikozi, homiladorlikning I uch oyligi, 4 – yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Beklometazonni tizimli yoki intranazal qoʻllash uchun boshqa glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda qoʻllaganda buyrak usti bezi poʻstloq qismining faoliyatini pasayishi kuchayishi mumkin. Avval beta–adrenostimulyatorlarni ingalyatsion qoʻllash beklometazonning klinik samaradorligini oshirishi mumkin. Fenobarbital, fenitoin, rifampitsin va boshqa mikrosomal oksidlanish induktorlari samaradorlikni susaytiradi. Yuqori sezuvchanligi boʻlgan, disulfiram yoki metronidazol qabul qilayotgan patsiyentlarda tarkibida kichik miqdorda etanol mavjudligi sababli oʻzaro taʼsir vujudga kelishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Beklometazon qisqa taʼsirli ingalyatsion bronxodilatator talab qiluvchi astmaning oʻtkir simptomlarini bartaraf qilmaydi. Patsiyentlar xurujlarni bartaraf qilish uchun vositalarga ega boʻlishlari shart. Ogʻir turdagi astma muntazam tibbiy tekshiruvni talab qiladi, shu jumladan, oʻpka faoliyatini tekshirish kerak, chunki ogʻir xurujlar va xattoki oʻlim xavfi bor. Agar qisqa taʼsirli bronxolitik vositalar bilan davolanish samarasiz boʻlib borayotgan boʻlsa va ingalyatsiya sonini odatdagidan koʻpaytirish talab qilinayotgan boʻlsa, chunki bu astmani nazoratini qiyinlashishiga olib kelishi mumkin,  shuning uchun patsiyentlar zarur holatlarda tibbiy yordamga murojat qilishlari kerakligi haqida ogohlantirilgan boʻlishlari shart. Agar shunday holat vujudga kelsa, bemorlar tibbiy tekshiruvdan oʻtishlari kerak va yalligʻlanishga qarshi vositalar (masalan, yuqori dozada ingalyatsion kortikosteroidlar yoki peroral kortikosteroidlar davolash kursi) bilan davolashni kuchaytirilishi zarurati koʻrib chiqilishi kerak. Zoʻraygan ogʻir astmani davolash odatdagi tartibda oʻtkazilishi kerak, yaʼni ingalyatsion beklometazon dipropionati dozasini oshirish evaziga, tizimli steroidlarni buyurish va/yoki muvofiq antibiotik, agar infeksiya boʻlsa β-agonistlar bilan bir qatorda davolash oʻtkaziladi. Beklometazon bilan davolashni keskin toʻxtatib boʻlmaydi. Ingalyatsion kortikosteroidlarning tizimli samarasi yuzaga kelishi mumkin, ayniqsa, ular uzoq muddatga va yuqori dozalarda buyurilgan boʻlsa. Bunday oqibatlarni, oral kortikosteroidlardagidan ehtimoli kamroq. Kutilishi mumkin boʻlgan tizimli samaralar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: burak usti bezi faoliyatini susayishi, bolalar va oʻsmirlarda boʻy oʻsishini kechikishi, suyak toʻqimalarining mineral zichligini pasayishi, katarakta va glaukoma, bir qator ruhiy yoki xulqiy samaralar, psixomotor giperfaollikni xisobga olib, uyqu buzilishi, havotirlik xissi, depressiya yoki tajavuzkorik (ayniqsa bolalarda). Ingalyatsion kortikosteroidlar dozasi astmani samarali nazorati saqlanib qoladigan, eng past dozagacha titrlanishi muximdir. Ingalyatsion kortikosteroidlar bilan uzoq muddat davolanayotgan bolalarda boʻy oʻsishini nazorat qilish tavsiya qilinadi. Agar boʻy oʻsishi sekinlashsa, ingalyatsion kortikosteroidlarni dozasini pasaytirish maqsadida davolashni koʻrib chiqish lozim, agar buning imkoni boʻlsa, astmani nazorat qilishni samaradorligi saqlanadigan eng past doza buyurilishi kerak boʻladi.

Ingalyatsion kortikosteroidlarning yuqori dozalari uzoq muddat davolanganda buyrak usti bezini klinik ahamiyatli susayishiga olib kelishi mumkin. Qoʻshimcha tarzda tizimli kortikosteroidlarni buyurilishi stress yoki rejali operatsiya davrida koʻrib chiqish kerak. Beklometazon buyurilgan, tizimli steroidlar bilan uzoq muddatli yoki yuqori dozalarda davolanayotgan bemorlar alohida parvarishga muxtojlar, chunki, buyrak usti bezi poʻstlogʻini susayishi yuzaga kelgandan soʻng tiklanish ancha vaqtni talab qilishi mumkin.

Beklometazon bilan davolashni boshlagandan soʻng ikki xafta oʻtgach tizimli steroidlarning dozasini qisqartirishni boshlash kerak. Dozani qisqartirish samarani bir maromda saqlab turuvchi tizimli steroidlar dozasiga muvofiq boʻlishi kerak. Prednizolonning 10 mg kuniga (yoki ekvivalent) samarani bir maromda saqlab turuvchi dozasini qabul qiluvchi beʼmorlar uchun xaftasiga 1 mg dozadan koʻp boʻlmagan xolda kamaytirish kerak. Yuqoriroq dozalar uchun dozalar oraligʻini qisqartirish, intervali kattaroq boʻlgani maqsadga muvofiq boʻladi.

Buyrak usti bezi poʻstlogʻi faoliyatini tizimli steroidlarning dozasi asta–sekin pasaytirilishida muntazam ravishda nazorat qilib turilishi kerak.

Ayrim bemorlar tizimli steroidlarni chiqirilishi vaqtida nafas faoliyatini yaxshilanishi va saqlanishiga qaramay oʻzlarini yomon xis qilishlari mumkin. Agar buyrak usti bezi yetishmovchiligini obyektiv belgilari boʻlsa ingalyatsion beklometazon dipropionatini qatʼiy qabulini ragʻbatlantirib turish va tizimli steroidlar chiqarilishini davom ettirish kerak.

Buyrak usti bezi poʻstlogʻi faoliyatini buzilishi boʻlgan bemorlarda oral steroidlardan chetlashtirilganda, stress davrida qoʻshimcha tizimli steroidlar buyurilishi talab qilinganda kerak boʻlishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan ogohlantiruvchi steroid kartaga ega boʻlishlari kerak, masalan, astma xurujlarini yomonlashishi, torakal infeksiya, jiddiy interkurrent kasalliklar, jarroxlik aralashuvi, shikastlanish va boshqalar. Ayrim hollarda tizimli steroidli davolashni ingalyatsion davolashga oʻzgartirilganda, ilgari tizimli dori vositasi yordamida nazorat qilsa boʻladigan allergik rinit yoki qichishish kabi allergiyani fosh qiladi. Bunday allergiyada simptomlarga asoslangan holda antigistaminlar bilan va/yoki mahalliy qoʻllaniladigan vositalar bilan, shu jumladan mahalliy steroidlar bilan ham davolash kerak. Barcha ingalyatsion kortikosteroidlar kabi oʻpka tuberkulyozining faol yoki faol boʻlmagan shakllari boʻlgan bemorlar aloxida eʼtibor talab qiladi.

Bemorlar bu dori vositasi tarkibida oz miqdorda etanol  (taxminan 9 mg har qabul uchun) borligi haqida xabardor boʻlishlari kerak. Odatdagi dozalarda etanol miqdori ahamiyatli darajada emas va bemorlar uchun xavf tugʻdirmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanilishi.

Homiladorlikning II va  III uch oyligida faqat ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori boʻlgandagina qoʻllash mumkin. Homiladorlik vaqtida beklometazonga oʻrgangan onalarning chaqaloqlarini buyrak usti bezi faoliyatini yetishmovchiligi sinchkovlik bilan tekshiruv oʻtkazish kerak boʻladi.

Zarur boʻlganda laktatsiya davrida emizishni toʻxtatish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.