Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Бактериофаг стафилококковый

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Бактериофаг стафилококковый "MediPhag" РАСТВОР 10мл №5

140 600 so'mdan
(1815)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Микроген НПО,ФГУП, филиал г.Пермь,Россия
Chiqarilish shakli
Р-Р
Farma. Guruh
МИБП-бактериофаг.
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

preparat turli jadallikdagi sariq rangli, tiniq eritmadir. 10 ml dan 5 flakon, 20 ml dan 4 flakon va 100 ml dan 1 flakon yoki dozator-purkagichli qopqoqli 20 ml dan 1 flakon (sprey) karton qutida.

 

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: Staphylococcus aureus bakteriyalari fagolizatlarining steril tozalangan filtrati, kamida 1x106 KOE/ml.

yordamchi moddalar: konservant, xinozol 0,00001 g/ml yoki suyuq fag xajmining 0,0001%. Tozalangan suv.

 

Ta‘rifi: 

turli jadallikdagi sariq rangli tiniq eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 stafilokokk bakteriofagi – immunobiologik preparat. Staphylococcus ni tanlab lizisga uchratadigan spesifik virus.

Farmakologik xususiyatlari

Stafilokokk bakteriofagi – yiringli va yallig‘lanish kasalliklarining etiologiyasida eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan stafilokokklarning shtammlariga nisbatan spesifik bakterisid ta‘sirga ega bo‘lgan dori preparatidir. Bakteriofag Staphylococcus bakteriyalarini spesifik lizisga uchratadi. Fag zarrachalari sezgir bakteriyalarning membranasiga yopishadi, xujayra ichiga kiradi va uning resurslari hisobiga ko‘payadi. Buning oqibatida xujayra nobud bo‘ladi va boshqa sezgir bakterial xujayralarni zararlash qobiliyatiga ega yetilgan virulent fag qismlarini ajralib chiqishi kuzatiladi. Stafilokokk bakteriofagi boshqa xujayralarga ta‘sir ko‘rsatmaydi, xususan tabiiy mikroflorani buzmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Preparat barcha yoshdagi va yuqori xavf guruhdagilarda Staphylococcus aureus tomonidan chaqirilgan bakterial yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.

Quyidgilarni davolash:

  • jarroxlik infeksiyalari: yiringli yara, kuyish, abssess, flegmona, furunkul, karbonkul, gidradenit, panarisiy, paraproktit, mastit, bursit, osteomielit.
  • urogenital infeksiyalar: uretrit, sistit, pielonefrit, kolpit, endometrit va salpingoofarit.
  • gastroenterologik kasalliklar: enterokolit, xolesistit, ta‘sirlangan ichak sindromi (TIS), disbakterioz.
  • yuqori nafas yo‘llarining bakterial infeksiyalari: burun bo‘shliqlari va o‘rta quloqni yallig‘lanishi, angina, faringit, laringit, traxeit, bronxit, pnevmoniya va plevritni davolash uchun qo‘llaniladi.

Profilaktika:

  • yangi jarohatlarga ishlov berish.
  • jarroxlik muolajalari va operasiyalardagi yiringli asoratlar.
  • o‘tkir respirator-virusli kasalliklarda bakterial asoratlar.
  • ona qornida infeksiyalangan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda sepsis va enterokolit.
  • davolash muassasalarida bakterial ifloslanish va kasalxona ichki infeksiyalarini profilaktikasida qo‘llaniladi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Samarali fagoterapiyaning muhim sharti bo‘lib, dastlab kasallik qo‘zg‘atuvchisining fagosezuvchanligini aniqlash (bemordan ajratib olingan shtammlarning stafilokokk bakteriofagiga sezuvchanligini aniqlash) hisoblanadi. Stafilokokk bakteriofagini qo‘llash kasallikning ilk bosqichida, shuningdek uni infeksiya o‘chog‘iga yuborish eng samarali hisoblanadi. Infeksiya o‘chog‘ini joylashishiga qarab, Stafilokokkovыy bakteriofag jidkiy:

mahalliy – chayish, yuvish, tomizish, applikasiyalar, tamponlar, turundalar ko‘rinishida. Karillyar drenaj, kateter orqali bo‘shliqlar (qorin, plevra, bo‘g‘im, qovuq) ichiga yuborish yo‘li orqali; ichga qabul qilish (per os) yo‘li orqali; klizma yordamida to‘g‘ri ichakka (per rectum) yuborish mumkin.

Mahalliy shikastlanish bilan kechuvchi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun Stafilokokkovыy bakteriofag jidkiy ham mahalliy, ham ichga qabul qilish (per os) uchun buyuriladi. Preparat bilan davolash kursi davomiyligi 5 kundan 10 kungacha. Preparatning dozasi infeksiya o‘chog‘ining xarakteri bilan belgilanadi va quyidagilarni tashkil etadi; 200 ml gacha (shikastlangan o‘choqning o‘lchamini hisobga olib) – chayish, namlash, tamponlar; 100 ml gacha – bo‘shliqlar (plevral, bo‘g‘im va boshqa chegaralangan bo‘shliqlar) ichiga yuborish uchun kapillyar drenaj orqali yuboriladi. So‘ngra bo‘shliq to‘liq tikiladi yoki kapillyar drenaj qoldiriladi, u orqali bir necha kun davomida bakteriofag takroran yuboriladi.

  1. Abssesslarda punksiya yordamida yiring olib tashlangandan keyin preparat o‘choq bo‘shlig‘iga yuboriladi. Yuborilayotgan preparatning miqdori olib tashlangan yiringning xajmidan biroz kam bo‘lishi kerak. Yiring abssessni ochish yo‘li bilan olib tashlanishi mumkin, keyinchalik bakteriofag bilan namlangan tampon bo‘shliqqa yuboriladi.

10-20 ml – osteomielitda yaralarga yuborish uchun (tegishli jarroxlik ishlovidan keyin) qo‘llaniladi.

2-10 ml – quloq, tomoq, burunning yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida chayish, yuvish, tomizish, turundalarni namlash uchun qo‘llaniladi. Muolaja kuniga 1-3 marta o‘tkaziladi (turunda 1 soatga qoldiriladi). 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bodomsimon bezlarga shpris (yoki grusha) yordamida ishlov berish va halqumning orqa sohasiga ishlov berish uchun preparatni burunga tomizgan afzal; katta yoshdagi bolalar tomoqni chayishlari va preparatning oz miqdorini (2 ml) burunga tomizishlari mumkin.

  1. Sistit, pielonefrit, uretritlarda preparat ichga qabul qilinadi. Agar qovuq yoki buyrak jomi drenajlangan bo‘lsa, bakteriofag kateter yoki zond orqali 20-30 ml dan qovuqqa va 10 ml dan buyrak jomiga kuniga 2 mata yuboriladi.
  2. Staphylococcus aureus mikroorganizm tomonidan chaqirilgan enteral patologiyada, TIS (disbakterioz) da Stafilokokkovыy bakteriofag jidkiy ichga va klizma ko‘rinishida qo‘llanadi. Preparat ovqatdan 1-1,5 soat oldin och qoringa qabul qilinadi. Klizma ko‘rinishida kuniga 1 marta, kechqurun, uyqudan oldin, ichak bo‘shaganidan keyin buyuriladi.

 

Preparatning tavsiya etilgan dozalari:

  Yosh Ichga (per os) Klizma (per rectum)
1 6 oylikkagacha 5 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 1 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi 10 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi
2 6 oylikdan 12 oylikkagacha 5 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 2 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi 10 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi
3 1 yoshdan 3 yoshgacha 5 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 3 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi 20 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi
4 3 yoshdan 8 yoshgacha 10 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 2-3 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi 30 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi
5 8 yoshdan oshganlar 20 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 2-3 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi 40-50 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi

 

Stafilokokk bakteriofagi sprey ko‘rinishida kuyishlar, yirinli-yallig‘lanish kasalliklari, infeksiyalangan yaralar, anginada stafilokokk bilan infeksiyalangan teri qoplamalari va shilliq qavatlarni chayish ko‘rinishida davolash va profilaktika maqsadida qo‘llanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat zaharli emas. Biron-bir nojo‘ya ko‘rinishlari aniqlanmagan.

Sezuvchan pasientlarda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning biron-bir komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni har qanday guruhdagi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Bakteriofag bilan davolashni iloji boricha erta boshlash kerak. Preparatni qo‘llashdan oldin chayqatish kerak. Xira preparatni ishlatish mumkin emas. Agar bakriofagni qo‘llashdan oldin yaraga ishlov berish uchun kimyoviy antiseptiklar ishlatilgan bo‘lsa, yarani 0,9% li natriy xloridining sterial eritmasi bilan yaxshilab yuvish kerak. Chunki preparat atrof muhitdagi bakteriyalar rivojlanishi mumkin bo‘lgan ozuqa muhitini saqlaydi, flakon ochilganda, tanlab olganda va saqlaganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak;

  • Qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak
  • Flakon qalpoqchasini ochishdan oldin uni spirt eritmasi bilan ishlov berish kerak;
  • Qalpoqchani tiqinni olmasdan ochish kerak;
  • Ochilgan flakondagi preparatni steril shpris yordamida (tiqinni teshish orqali) olish kerak;
  • Agar flakonni ochishda qalpoqcha bilan birga tiqin ham chiqqan bo‘lsa, flakonni ochiq qoldirish mumkin emas;
  • Ochilgan flakonni sovutgichda saqlash kerak. Tegishli sharoitlarda saqlaganda flakon ochilgandan keyin 24 soat davomida preparatni ishlatishga yo‘l qo‘yiladi.
  • Spreydan foydalanilganda flakonni qalpoqchasi bilan yuqoriga qaratilgan vertikal holatda va purkagich ishlov berilayotgan yuzaga qaratilgan holatda ushlash kerak.

Homiladorlik va laktasiya davri

Bakteriofagni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi holatlari ta‘riflanmagan.

 

 

Chiqarilish shakli

Preparat dozator-purkagich bo‘lgan qalpoqcha (sprey) 10 ml dan 5 flakonda, 20 ml dan 4 flakonda va 100 ml dan 1 flakonda yoki 20 ml dan 1 flakonda, davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida joylangan.

 

 

Saqlash sharoiti

Quruq, qorong‘i joyda, +2°S dan +15°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.