Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Бактериофаг сальмонеллезный

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Бактериофаг сальмонеллезный РАСТВОР ДЛЯ ВНУТРЕННЕГО ПРИМЕНЕНИЯ 100МЛ №1

149 900 so'mdan
(2366)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Bacteriophage Salmonellicum
Ishlab chiqaruvchi
МИКРОГЕН
Chiqarilish shakli
Р-Р ВНУТРЬ
Farma. Guruh
МИБП-бактериофаг.
Dori tafsilotlari
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Maxsus koʻrsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davri
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllash usuli va dozalari

Samarali fagoterapiyaning muhim sharti boʻlib, dastlab kasallik qoʻzgʻatuvchisining fagosezuvchanligini aniqlash (bemordan ajratib olingan shtammlarning stafilokokk bakteriofagiga sezuvchanligini aniqlash) hisoblanadi. Stafilokokk bakteriofagini qoʻllash kasallikning ilk bosqichida, shuningdek uni infeksiya oʻchogʻiga yuborish eng samarali hisoblanadi. Infeksiya oʻchogʻini joylashishiga qarab, Stafilokokkovыy bakteriofag jidkiy:

mahalliy – chayish, yuvish, tomizish, applikatsiyalar, tamponlar, turundalar koʻrinishida. Karillyar drenaj, kateter orqali boʻshliqlar (qorin, plevra, boʻgʻim, qovuq) ichiga yuborish yoʻli orqali; ichga qabul qilish (per os) yoʻli orqali; klizma yordamida toʻgʻri ichakka (per rectum) yuborish mumkin.

Mahalliy shikastlanish bilan kechuvchi yiringli-yalligʻlanish kasalliklarini davolash uchun Stafilokokkovыy bakteriofag jidkiy ham mahalliy, ham ichga qabul qilish (per os) uchun buyuriladi. Preparat bilan davolash kursi davomiyligi 5 kundan 10 kungacha. Preparatning dozasi infeksiya oʻchogʻining xarakteri bilan belgilanadi va quyidagilarni tashkil etadi; 200 ml gacha (shikastlangan oʻchoqning oʻlchamini hisobga olib) – chayish, namlash, tamponlar; 100 ml gacha – boʻshliqlar (plevral, boʻgʻim va boshqa chegaralangan boʻshliqlar) ichiga yuborish uchun kapillyar drenaj orqali yuboriladi. Soʻngra boʻshliq toʻliq tikiladi yoki kapillyar drenaj qoldiriladi, u orqali bir necha kun davomida bakteriofag takroran yuboriladi.

  1. Abssesslarda punksiya yordamida yiring olib tashlangandan keyin preparat oʻchoq boʻshligʻiga yuboriladi. Yuborilayotgan preparatning miqdori olib tashlangan yiringning xajmidan biroz kam boʻlishi kerak. Yiring abssessni ochish yoʻli bilan olib tashlanishi mumkin, keyinchalik bakteriofag bilan namlangan tampon boʻshliqqa yuboriladi.

10-20 ml – osteomiyelitda yaralarga yuborish uchun (tegishli jarroxlik ishlovidan keyin) qoʻllaniladi.

2-10 ml – quloq, tomoq, burunning yiringli-yalligʻlanish kasalliklarida chayish, yuvish, tomizish, turundalarni namlash uchun qoʻllaniladi. Muolaja kuniga 1-3 marta oʻtkaziladi (turunda 1 soatga qoldiriladi). 11 yoshgacha boʻlgan bolalarda bodomsimon bezlarga shpris (yoki grusha) yordamida ishlov berish va halqumning orqa sohasiga ishlov berish uchun preparatni burunga tomizgan afzal; katta yoshdagi bolalar tomoqni chayishlari va preparatning oz miqdorini (2 ml) burunga tomizishlari mumkin.

  1. Sistit, piyelonefrit, uretritlarda preparat ichga qabul qilinadi. Agar qovuq yoki buyrak jomi drenajlangan boʻlsa, bakteriofag kateter yoki zond orqali 20-30 ml dan qovuqqa va 10 ml dan buyrak jomiga kuniga 2 mata yuboriladi.
  2. Staphylococcus aureus mikroorganizm tomonidan chaqirilgan enteral patologiyada, TIS (disbakterioz) da Stafilokokkovыy bakteriofag jidkiy ichga va klizma koʻrinishida qoʻllanadi. Preparat ovqatdan 1-1,5 soat oldin och qoringa qabul qilinadi. Klizma koʻrinishida kuniga 1 marta, kechqurun, uyqudan oldin, ichak boʻshaganidan keyin buyuriladi.

Preparatning tavsiya etilgan dozalari:

 

Yosh

Ichga (per os)

Klizma (per rectum)

1

6 oylikkagacha

5 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 1 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi

10 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi

2

6 oylikdan 12 oylikkagacha

5 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 2 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi

10 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi

3

1 yoshdan 3 yoshgacha

5 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 3 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi

20 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi

4

3 yoshdan 8 yoshgacha

10 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 2-3 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi

30 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi

5

8 yoshdan oshganlar

20 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 2-3 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi

40-50 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi

Stafilokokk bakteriofagi sprey koʻrinishida kuyishlar, yirinli-yalligʻlanish kasalliklari, infeksiyalangan yaralar, anginada stafilokokk bilan infeksiyalangan teri qoplamalari va shilliq qavatlarni chayish koʻrinishida davolash va profilaktika maqsadida qoʻllanadi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat zaharli emas. Biron-bir nojoʻya koʻrinishlari aniqlanmagan.

Sezuvchan patsiyentlarda allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning biron-bir komponentiga oʻta yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Preparatni har qanday guruhdagi preparatlar bilan birga qoʻllash mumkin.

 

Dori shakli: 

preparat turli jadallikdagi sariq rangli, tiniq eritmadir. 10 ml dan 5 flakon, 20 ml dan 4 flakon va 100 ml dan 1 flakon yoki dozator-purkagichli qopqoqli 20 ml dan 1 flakon (sprey) karton qutida.

 

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: Staphylococcus aureus bakteriyalari fagolizatlarining steril tozalangan filtrati, kamida 1x106 KOЕ/ml.

yordamchi moddalar: konservant, xinozol 0,00001 g/ml yoki suyuq fag xajmining 0,0001%. Tozalangan suv.

 

Taʼrifi: 

turli jadallikdagi sariq rangli tiniq eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 stafilokokk bakteriofagi – immunobiologik preparat. Staphylococcus ni tanlab lizisga uchratadigan spetsifik virus.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Stafilokokk bakteriofagi – yiringli va yalligʻlanish kasalliklarining etiologiyasida eng muhim ahamiyatga ega boʻlgan stafilokokklarning shtammlariga nisbatan spetsifik bakteritsid taʼsirga ega boʻlgan dori preparatidir. Bakteriofag Staphylococcus bakteriyalarini spetsifik lizisga uchratadi. Fag zarrachalari sezgir bakteriyalarning membranasiga yopishadi, xujayra ichiga kiradi va uning resurslari hisobiga koʻpayadi. Buning oqibatida xujayra nobud boʻladi va boshqa sezgir bakterial xujayralarni zararlash qobiliyatiga ega yetilgan virulent fag qismlarini ajralib chiqishi kuzatiladi. Stafilokokk bakteriofagi boshqa xujayralarga taʼsir koʻrsatmaydi, xususan tabiiy mikroflorani buzmaydi.

 

Qoʻllanilishi

Preparat barcha yoshdagi va yuqori xavf guruhdagilarda Staphylococcus aureus tomonidan chaqirilgan bakterial yiringli-yalligʻlanish kasalliklarini davolash va oldini olish uchun qoʻllanadi.

Quyidgilarni davolash:

  • jarroxlik infeksiyalari: yiringli yara, kuyish, abssess, flegmona, furunkul, karbonkul, gidradenit, panaritsiy, paraproktit, mastit, bursit, osteomiyelit.
  • urogenital infeksiyalar: uretrit, sistit, piyelonefrit, kolpit, endometrit va salpingoofarit.
  • gastroenterologik kasalliklar: enterokolit, xoletsistit, taʼsirlangan ichak sindromi (TIS), disbakterioz.
  • yuqori nafas yoʻllarining bakterial infeksiyalari: burun boʻshliqlari va oʻrta quloqni yalligʻlanishi, angina, faringit, laringit, traxeit, bronxit, pnevmoniya va plevritni davolash uchun qoʻllaniladi.

Profilaktika:

  • yangi jarohatlarga ishlov berish.
  • jarroxlik muolajalari va operatsiyalardagi yiringli asoratlar.
  • oʻtkir respirator-virusli kasalliklarda bakterial asoratlar.
  • ona qornida infeksiyalangan yangi tugʻilgan chaqaloqlarda sepsis va enterokolit.
  • davolash muassasalarida bakterial ifloslanish va kasalxona ichki infeksiyalarini profilaktikasida qoʻllaniladi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Bakteriofag bilan davolashni iloji boricha erta boshlash kerak. Preparatni qoʻllashdan oldin chayqatish kerak. Xira preparatni ishlatish mumkin emas. Agar bakriofagni qoʻllashdan oldin yaraga ishlov berish uchun kimyoviy antiseptiklar ishlatilgan boʻlsa, yarani 0,9% li natriy xloridining sterial eritmasi bilan yaxshilab yuvish kerak. Chunki preparat atrof muhitdagi bakteriyalar rivojlanishi mumkin boʻlgan ozuqa muhitini saqlaydi, flakon ochilganda, tanlab olganda va saqlaganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak;

  • Qoʻllarni yaxshilab yuvish kerak
  • Flakon qalpoqchasini ochishdan oldin uni spirt eritmasi bilan ishlov berish kerak;
  • Qalpoqchani tiqinni olmasdan ochish kerak;
  • Ochilgan flakondagi preparatni steril shpris yordamida (tiqinni teshish orqali) olish kerak;
  • Agar flakonni ochishda qalpoqcha bilan birga tiqin ham chiqqan boʻlsa, flakonni ochiq qoldirish mumkin emas;
  • Ochilgan flakonni sovutgichda saqlash kerak. Tegishli sharoitlarda saqlaganda flakon ochilgandan keyin 24 soat davomida preparatni ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
  • Spreydan foydalanilganda flakonni qalpoqchasi bilan yuqoriga qaratilgan vertikal holatda va purkagich ishlov berilayotgan yuzaga qaratilgan holatda ushlash kerak.

 

Homiladorlik va laktatsiya davri

Bakteriofagni homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllash mumkin.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi holatlari taʼriflanmagan.

 

Chiqarilish shakli

Preparat dozator-purkagich boʻlgan qalpoqcha (sprey) 10 ml dan 5 flakonda, 20 ml dan 4 flakonda va 100 ml dan 1 flakonda yoki 20 ml dan 1 flakonda, davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, qorongʻi joyda, +2°S dan +15°S gacha boʻlgan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.