Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АЗИТРОМИЦИН ПОРОШОК

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АЗИТРОМИЦИН ПОРОШОК ДЛЯ СУСПЕНЗИИ 200МГ/5МЛ 20МЛ №1

9 000 so'mdan
(1389)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
AZITHROMYCIN
Ishlab chiqaruvchi
УЗБЕКИСТАН
Chiqarilish shakli
ПОР Д/СУСП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruxi: 
Farmakologik xususiyatlari
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli

Suspenziyani tayyorlash uchun kukun 200 mg/5 ml flakonlarda + 10 ml inyeksiya uchun suv 3 ta polietilen ampulalarda..

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Tayyorlangan suspenziyani sovutgichda 10ºS haroratda saqlanganda – 7 kun.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Dori shakli:

 suspenziyani tayyorlash uchun kukun.

 

Tarkibi:

5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:  azitromitsin digidrati – 200 mg;

yordamchi moddalar: natriya benzoat, natriya sitrat, natriy karboksimetilsellyuloza ochiщyennaya, saxar,  aerosil, essensiya aromaticheskaya piщyevaya.

 

Taʼrifi: 

oq ranli yoki oq sariq tusli, oʻziga xos boʻlgan meva aromatizatori xidli, shirin taʼmli kukun. Oq ranli yoki oq sariq tusli, shirin taʼmli oʻziga xos boʻlgan aromatizator hidli tayyor suspenziya.

 

Farmakoterapevtik guruxi: 

antibiotiklar (makrolidlar guruhi).

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Keng taʼsir doirasiga ega boʻlgan antibiotik. Yangi makrolid antibiotiklarining guruhi – azalidlarning birinchi vakili hisoblanadi. Yalligʻlanish oʻchogʻida yuqori konsentratsiyalari hosil qilinganida bakteritsid taʼsir koʻrsatadi.

Preparatga grammusbat kokklar: Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, C, F va G guruhi streptokokklari, Streptococcus viridans; Staphylococcus aureus, grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus infeluenzae, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, Bordetella parapertussis, Haemophilus ducrei, Campylobacter jejuni, Neisseria gonorrhoeae va Gardnerella vaginalis; ayrim anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides bivius, Clostridium perfringens, Peptostreptococcus spp; shuningdek Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdorferi  sezgir. Eritromitsinga chidamli grammusbat bakteriyalarga nisbatan faol emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Antatsid vositalar (alyuminiy, magniy saqlovchi), etanol va ovqat qabul qilish azitromitsinning soʻrilishini sezilarli darajada kamaytiradi, shuning uchun preparatni bu preparatlar va ovqat qabul qilishdan kamida 1 soat oldin yoki 2 soatdan keyin qabul qilish kerak.

Azitromitsin, boshqa makrolid antibiotiklaridan farqli ravishda sitoxrom R450 tizimining izofermentlari bilan bogʻlanmaydi. Hozirgi kunda teofillin, terfenadin, karbamazepin, triazolam, digoksin bilan oʻzaro taʼsiri aniqlanmagan.

Varfarin bilan birga qoʻllashning zarurati boʻlganida protrombin vaqtini sinchiklab nazorat qilish tavsiya etiladi. Makrolidlar ergotamin va digidroergotamin bilan bir vaqtda qabul qilinganda, ularning zaharli taʼsirlari (tomirlarning spazmi, dizesteziya) namoyon boʻlishi mumkin.

Linkozaminlar azitromitsinning samarasini pasaytiradi, tetratsiklin va xloramfenikol esa – oshiradi.

Azitromitsin geparin bilan farmatsevtik nomutanosib.

 

Farmakokinetikasi

Preparat meʼda-ichak yoʻllaridan tez soʻriladi, bu uni kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan bogʻliq. Ichga 500 mg qabul qilinganidan keyin, azitromitsinning qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasiga (Cmax) 2,5–2,96 soatda erishadi va u 0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi 37% ni tashkil qiladi. Azitromitsin nafas yoʻllariga, urogenital yoʻllarining aʼzolari va toʻqimalariga yaxshi oʻtadi. Toʻqimalardagi yuqori konsentratsiyasi (qon plazmasidagiga nisbatan 10-50 marta yuqori) va yarim chiqarilish davrining (T1/2) uzoqligi azitromitsinning qon plazmasi oqsillari bilan past darajada bogʻlanishi, hamda uni eukariotik xujayralarga kira olish qobiliyati va rN past boʻlgan, lizosomalar atrofidagi muhitda koʻproq toʻplanishi bilan bogʻliq. Bu oʻz navbatida, katta ehtimoliy taqsimlanish xajmini (31,1l/kg) va yuqori plazma klirensini belgilaydi. Azitromitsinni koʻproq lizosomalarda toʻplanish qobiliyati, ayniqsa hujayra ichki qoʻzgʻatuvchilarini eliminatsiyasi uchun muhim. Fagotsitlar azitromitsinni infeksiya joyiga yetkazib berishi, u yerda uning fagotsitoz jarayonida ajralib chiqishi isbotlangan. Azitromitsinning konsentratsiyasi infeksiya oʻchogʻida, sogʻlom toʻqimalarga nisbatan (oʻrtacha 24-34% ga) ishonarli yuqori va yalligʻlanish shishi darajasi bilan toʻgʻri qiladi.

Fagotsitlardagi yuqori konsentratsiyasiga qaramay, azitromitsin ularning faoliyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatmaydi. Azitromitsin yalligʻlanish oʻchoqlarida bakteritsid konsentratsiyalarda, oxirgi qabul qilingan dozadan keyin 5-7 kun davomida saqlanadi, bu qisqa (3-kunlik va 5-kunlik) davolash kurslarini ishlab chiqish imkonini beradi. Asosan jigarda nofaol metabolitlarni hosil qilib metabolizmga uchraydi. Azitromitsin qon plazmasidan 2 bosqichda chiqariladi: T1/2 qabul qilingandan  keyin 8 dan 24 soat oraligʻida 14-20 soatni va 24 dan 72 soat oraligʻida – 41 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 1 marta qoʻllash imkonini beradi. Asosan safro bilan oʻzgarmagan holda, oz qismi – buyraklar orqali  siydik bilan chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Preparatga sezgir boʻlgan 

qoʻzgʻatuvchilar chaqirgan infeksion- yalligʻlanish kasalliklari:

– nafas yoʻllarining yuqori boʻlimlari va LOR-aʼzolarining (angina, sinusit, tonzillit, oʻrta otit) infeksiyalari;

– skarlatina;

– nafas yoʻllarining quyi boʻlimlarining (bakterial va tipik pnevmoniyalar, bronxit) infeksiyalari;

– teri va yumshoq toʻqimalarning (oʻrtacha ogʻirlikdagi  husnbuzar (Ance Vulgaris) toshmasi, saramas, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar) infeksiyalari;

– urogenital yoʻllarining infeksiyalari (asoratlanmagan uretrit va yoki servitsit);

– Layma kasalligi (borrelioz), boshlangʻich bosqichini davolash uchun (erythema migrans) qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga ovqatdan keyin 1 soat oldin yoki 2 soatdan keyin sutkada 1 marta buyuriladi.

Bolalarga yuqori va quyi nafas yoʻllarining, teri va yumshoq toʻqimalarining infeksiyalarida 10 mg/kg tana vazniga hisobidan sutkada 1 marta 3 kun davomida (kursiy doza – 30 mg/kg tana vazni) yoki 5 kun davomida: birinchi kuni – 10 mg/kg tana vazniga, keyin 5-10 mg/kg tana vaznigadan sutkada 1 marta 4 kun davomida buyuriladi.

Bolaning tana vazniga koʻra quyidagi dozalash tartibi tavsiya qilinadi:

Tana vazni

Oʻrtacha sutkalik (bir martalik) doza

15-24kg

25-34 kg

35-44 kg

>45 kg

5 ml (200 mg)
7,5 ml (300 mg)
10 ml (400 mg)
kattalar uchun dozalarda (500-1000 mg) buyuriladi

Bolalarda erythema migrans davolashda preparatni sutkada bir marta 5 kun davomida buyuriladi:

20 mg/kg tana vaznigachani birinchi kuni va 10 mg/kg tana vaznigachani 2 dan 5 kungacha.

Suspenziyani quyidagi tarzda tayyorlanadi: kukunli flakonga quti ichidagi 3 ta polimer ampulalardagi inyeksiya uchun suvning 2 tasi quyiladi va yaxshilab chayqatiladi. Keyin qolgan 1 ta polimer ampuladagi inyeksiya uchun suv bilan 30 ml gacha quyiladi va yana suspenziya xosil boʻlgungacha chayqatiladi. Flakon ichidagini har bir isteʼmol oldidan kamida 1-3 minut davomida chayqatish tavsiya etiladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Kam uchraydi (0,7% va undan kam  hollarda).

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: melena, xolestatik sariqlik, koʻngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, ishtaxani pasayishi, gastrit, jigar fermentlarining faolligini oʻrtacha  qayta oshishi, ogʻiz boʻshligʻini shilliq   qavatini kandidomikozi, taʼmni oʻzgarishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan:  nefrit, qin kandidomikozi.

Yurak – qon tomir tizimi tomonidan :  yurak urishi, koʻkrak qafasida ogʻriqlar.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan:  bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, uyquchanlik, yuqori toliqish; bolalarda – bosh ogʻrigʻi (oʻrta otitni davolashda), giperkineziya, xavotirlik, nevroz, uyquni buzilishi.

Allergik reaksiyalar: juda kam hollarda teri toshmalari, Kvinke shishi, terini qichishishi, eshakemi, fotosensibilizatsiya, qichishish, konʼyunktivit, Stivensa-Jonson sindromi.

Laboratoriya koʻrsatkichlari tomonidan: alohida hollarda – neytrofiliya, eozinofiliya (oʻzgargan koʻrsatkichlar davolash toʻxtatilganidan keyin 2-3 hafta oʻtgach meʼyorga qaytadi).

Boshqalar: asteniya, fotosensibilizatsiya.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • jigar va buyraklar faoliyatining ogʻir buzilishlari;
  • azitromitsinga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • makrolid guruhi antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik;
  • 6 oylikgacha boʻlgan bolalarda (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) qoʻllash mumkin emas.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Ehtiyotkorlik bilan jigar va buyraklar faoliyatining buzilishlarida  qoʻllaniladi.

Azitromitsin va antatsid preparatlarini qabul qilish orasida kamida 2 soatlik tanaffusga rioya qilish tavsiya etiladi.

Preparatning bir dozasini qabul qilish oʻtkazib yuborilganida, oʻtkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq, keyingilarini esa 24 soatlik tanaffus bilan qabul qilish kerak.

Patsiyentni har qanday nojoʻya samaralar paydo boʻlganida shifokorga xabar qilishi kerakligi toʻgʻrisida ogohlantirish lozim.

Preparatni  homiladorlikda faqat agar ona uchun taxmin  qilinadigan  foyda homila uchun boʻlgan potensial xavfdan ustun boʻlgan hollarda mumkin. Preparatni laktatsiya davrida  qoʻllash  zarur boʻlgan  hollarda koʻkrak bilan emizishni toʻxtatish lozim (koʻkrak suti bilan chiqariladi).

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: koʻngil aynishi, eshitishni vaqtinchalik yoʻqotish, qusish, diareya.

Davolash: meʼdani yuvish, simptomatik davolash.