Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Азарга ГЛ/КАПЛИ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Азарга ГЛ/КАПЛИ 5МЛ

54 800 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Азарга ГЛ/КАПЛИ 5МЛ
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Comb.drug (Brinzolamide, Timolol)
Ishlab chiqaruvchi
(АЛКОН-КУВРЕР , Бельгия)
Chiqarilish shakli
штука
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruxi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
  • Faol ingredientlar yoki xar qanday yordamchi moddalarga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
  • Boshqa beta-blokatorlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
  • Sulfonilamidlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
  • Nafas yo‘llarining ta‘sirlanishi, shu jumladan bronxial astma yoki avvalda bronxial astma yoki og‘ir darajadagi o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi.
  • Sinusli bradikardiya, sinus tuguni kuchsizligi sindromi, sino-atrial blokada, ikkinchi yoki uchinchi darajadagi atrioventrikulyar blokada, yaqqol yurak yetishmovchiligi yoki kardiogen shok.
  • Kuchli allergik rinitlar.
  • Kuchli buyrak yetishmovchiligi.
  • Giperxloremik asidozda qo‘llash mumkin emas.
  •  
Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tibbiy preparatlarning AZARGA ko‘z tomchilari bilan

  • AZARGA ko‘z tomchilari karboangidraza ingibitori bo‘lgan brinzolamid saqlaydi va mahalliy qo‘llanilganda, tizimli so‘riladi. Peroral karboangidraza ingibitorlari qo‘llanilganda kislota-ishqor muvozanatini buzilishlari qayd qilingan. AZARGA ko‘z tomchilari qabul qilayotgan pasientlarda shunday ta‘sir bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.
  • Brinzolamid metabolizmi uchun javob beradigan sitoxrom R450 izofermentlariga CYP3A4 (asosiy), CYP2A6, CYP2V6, CYP2S8 va CYP2S9 kiradi. Ketokonazol, itrakonazol, klotrimazol, ritonavir va tromendomisin kabi CYP3A4 ingibitorlari CYP3A4 yordamida brinzolamid metabolizmi amalga oshishini susayishi kutiladi. Agar CYP3A4 ingibitorlari bir vaqtda qabul qilinayotgan bo‘lsa, ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Lekin, brinzolamidni to‘planishi ehtimoldan uzoq, chunki u asosan buyraklar orqali chiqariladi. Brinzolamid sitoxrom R450 izofermentlari ingibitori emas.
  • Oftalmologik beta-blokator peroral kalsiy kanalchalari blokatorlari, beta-blokatorlar, aritmiyaga qarshi preparatlar (shu jumladan amiodaron), digitalisli glikozidlar, parasimpatomimetiklar yoki guanetidin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda gipotenziya va/yoki yaqqol bradikardiya kabi qo‘shimcha noxush ko‘rinishlar rivojlanishi ehtimoli bor.
  • Peroral karboangidraza ingibitorlari va brinzolamid saqlaydigan ko‘z tomchilarini qabul qilayotgan pasientlarda karboangidrazaning tizimi ingibisiya qilinishi ta‘siri kabi qo‘shimcha noxush ko‘rinishlar rivojlanishi extimoli bor. AZARGA ko‘z tomchilari va peroral karboangidraza ingibitorlarini bir vaqt qabul qilish o‘rganilmagan va tavsiya etilmaydi.
  • Tizimli beta-blokator qabul qilayotgan pasientlar AZARGA ko‘z tomchilarini qabul qila boshlasa, tizimli beta-blokatorlarning ko‘z ichki bosimiga ta‘siri ehtimoli mavjud. Ushbu pasientlar sinchiklab kuzatilib turishlari kerak. Bir vaqtda ikkita mahalliy beta-blokatorlar yoki ikkita karboangidraza blokatorini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
  • Beta-blokatorlarni qabul qilganda klonidin to‘satdan ajralib chiqishiga gipertenziv reaksiya rivojlanishi mumkin.
  • CYP2D6 ingibitorlari (masalan, xinidin, fluoksetin, paraksetin) va timolol bilan majmuaviy davolashda tizimli beta-blokada (masalan, yurak qisqarishi sonini kamayishi, depressiya) kelib chiqishi mumkinligi qayd qilingan.
  • Beta-blokatorlar diabetga qarshi preparatlarining gipoglikemik samarasini oshirishi mumkin. Beta-blokatorlar gipoglikemiyaning belgilari va simptomlarini yashirish mumkin.
  • Oftalmologik beta-blokatorlar va adrenalin (epinefrin)ni bir vaqtda qo‘llanganda midriaz rivojlanishi qayd qilingan.

Umumiy

  • Mahalliy qo‘llaniladigan boshqa oftalmologik agentlar kabi, brinzolamid va timolol tizimli so‘riladi. Timololning beta-blokator komponenti bor bo‘lganligi tufayli beta-blokatorlarni tizimli qo‘llanilgandagi kabi yurak-qon tomir va o‘pka tizimlarida, shu jumladan noxush ko‘rinishlar kelib chiqishi mumkin. Brinzolamidning sulfonamid komponenti bor bo‘lganligi tufayli, mahalliy qo‘llanishida sulfonilamidlarga taalluqli noxush ko‘rinish kelib chiqishi mumkin.
  • Sulfonilamidlar hosilalariga tegishli yuqori sezuvchanlik reaksiyalari AZARGA ko‘z tomchilarni qabul qilayotgan pasientlarda kelib chiqishi mumkin, chunki ular tizimli so‘riladi. Agar yuqori sezuvchanlikning jiddiy nojo‘ya reaksiyalari kelib chiqsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
  • Kislota-ishqor muvozanatini buzilishlari karboangidrazaning peroral ingibitorlari qo‘llanganda qayd qilingan. Metabolik asidoz xavfi kelib chiqish natijasida buyrak yetishmovchiligi xavfini hisobga olib ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
  • Kislota-ishqor muvozanatini buzilishlari karboangidrazaning peroral ingibitorlari qo‘llanganda qayd qilingan. Metabolik asidoz kelib chiqish natijasida buyrak yetishmovchiligi xavfini hisobga olib ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Yurak tomonidan buzilishlar

  • Yurak kasalliklari bo‘lgan pasientlar (masalan yurakning koronar kasalliklari, Prinsmetal stenokardiyasi va yurak yetishmovchiligi) va gipotenziyasi borligi beta-blokatorlar bilan davolash tanqidiy baholanishi kerak va boshqa faol substansiyalari bilan davolash ko‘rib chiqilishi kerak. Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan pasientlar bunday kasalliklarni yomonlashish simptomlari va noxush ko‘rinishlar kelib chiqishi mumkinligiga kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Qon-tomirlardagi buzilishlari

  • Og‘ir darajadagi periferik qon aylanishi buzilishi/etishmovchiligi bo‘lgan pasientlar (masalan, Reyno kasalligining kuchli shakli yoki Reyno sindromi) davolanishni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazishlari kerak.

Respirator buzilishlar

  • Nafas olish bilan bog‘liq reaksiyalar, shu jumladan astmasi bo‘lgan pasientlarda bronxospazm bilan bog‘liq o‘lim, ba‘zi bir oftalmologik beta-blokator qabul qilingandan keyin qayd qilingan.

Gipoglikemiya/diabet

  • Beta-blokatorlarni spontan gipoglikemiyaga moyil pasientlarga yoki harakatchan diabetli pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki beta-blokatorlar o‘tkir gipoglikemiya belgilari va simptomlarini yashirishi mumkin.

Gipertireoz

  • Beta-blokatorlar gipertireoz belgilarini ham niqoblash mumkin.

Mushak bo‘shashishi

  • Beta-blokatorlar mushak bo‘shashishini chaqirishi aniqlangan va u miastenik simptomlar (masalan, diplopiya, ptoz, umumiy xolsizlikka olib keladi.

Boshqa beta-blokatorlar

  • Tizimli beta-blokatorni qabul qilayotgan pasientlar AZARGA ko‘z tomchilarini qabul qila boshlash ko‘z ichki bosimiga ta‘sir yoki ma‘lum bo‘lgan tizimli beta-blokatorlarning samarasi kuchayishi mumkin. Bunday pasientlarni sinchiklab kuzatib turish kerak. Ikkita mahalliy beta-blokator yoki ikkita mahalliy karbongidraza ingibitorlarini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Diqqatni jamlash

  • Karboangidrazaning peroral ingibitorlari diqqatni jamlashni va/yoki jismoniy koordinasiyani talab qiladigan qobiliyatga ta‘sir etishi mumkin. AZARGA ko‘z tomchilari tizimli so‘riladi va shuning uchun bu holat mahalliy qo‘llanganda kelib chiqishi mumkin.

Anafilaktik reaksiyalar

  • Beta-blokatorlarni qabul qilayotganda atopik kasallik tarixi yoki har xil allergiyalarga nisbatan kuchli allergik reaksiyalar tarixi bor pasientlar allergenlar qayta kirishiga kuchli darajada javob berishi va anafilaktik reaksiyalarni davolashda foydalaniladigan adrenalinning odatdagi dozalariga reaksiya bermasligi mumkin.

Xoriodal ko‘chish

  • Xoriodal ko‘chish filtrasiya muolajalaridan keyin suvli supressiv davolash (masalan, timolol, asetazolamid) qabul qilganda qayd qilingan.

Jarrohlik anesteziyasi

  • Beta-bloklovchi oftalmologik preparatlar tizimli beta-agonistlar, masalan adrenalinning ta‘sirini bloklanishi mumkin. Anesteziolog pasient timolol qabul qilayotganligi to‘g‘risida ogoxlantirish bo‘lishi kerak.

Oftalmologik samaralar

  • AZARGA ko‘z tomchilarini soxtaeksfolativ glaukomali yoki pigmentli glaukomali pasientlarda qo‘llash bo‘yicha chegaralangan ma‘lumotlar mavjud. Bunday pasientlarni davolayotganda ehtiyot bo‘lish va ko‘z ichki bosimini sinchiklab nazorat qilib turish tavsiya etiladi.
  • AZARGA ko‘z tomchilari yopiq burchakli glaukomali pasientlarda o‘rganilmagan va ularni bunday pasientlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
  • Muguz pardasi shikastlangan (shu jumladan endotelial hujayralari kam bo‘lgan pasientlarda) pasientlarda brinzolamidning muguz qavati endoteliyasi faoliyatidagi mumkin bo‘lgan roli o‘rganilmagan. Muguz qavati shikastlangan, ya‘ni qandli diabet va muguz parda distrofiyasi bor pasientlarni sinchiklab nazorat qilib turish tavsiya qilinadi. Ayniqsa kontakt linza taqib yuradigan pasientlar tekshirilmagan, shuning uchun bunday pasientlarni brinzolamid qo‘llanganda sinchiklab nazorat qilib turish tavsiya etiladi, chunki karbongidraza ingibitorlari muguz parda namlanishiga ta‘sir etishi mumkin, kontakt linzalarni taqib yurish muguz parda shikastlanishi xavfini oshirishi mumkin.
  • Oftalmologik mahsulotda benzalkoniy xloridi konservant sifatida foydalaniladi va u nuqtali keratopatiya va/yoki toksik yarali keratopatiyaga olib keluvi sifatida qayd qilingan. AZARGA ko‘z tomchilari benzalkoniy xloridi saqlaganligi tufayli, tez-tez va uzoq vaqt qo‘llanilganda sinchiklab kuzatib turish tavsiya etiladi.

Kontakt linzalar

  • AZARGA ko‘z tomchilari ko‘z ta‘sirlanishiga va yumshoq kontakt linzalarini rangsizlantirishga olib keluvi benzalkoniy xloridi saqlaydi. Yumshoq kontakt linzalari bilan kontaktga yo‘l qo‘ymang. Pasientlarni AZARGA ko‘z tomchilarini tomizishdan oldin kontakt linzalarni olib turish va uni qayta taqishdan oldin kamida 15 minut kutib turishlari kerakligi to‘g‘risida ogoxlantirish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Pediatriya: AZARGA ko‘z tomchilari pediatriyada o‘rganilmagan.

Keksa pasientlar: Xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha keksa va boshqa katta pasientlarda xech qanday farq kuzatilmagan.

Jins: AZARGA ko‘z tomchilari mahalliy oftalmologik qo‘llanilganda brinzolamid yoki timololning N-dizetilga xech qanday klinik ahamiyatiga ega bo‘lmagan tizimli tegishli jins bo‘yicha farqi aniqlanmagan.

Irq: AZARGA ko‘z tomchilari qo‘llanilganda, xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha pasientning irqqa tegishliligi bilan bog‘liq xech qanday farqi aniqlanmagan.

Jigar yetishmovchiligi: AZARGA ko‘z tomchilari jigar kasalligi bo‘lgan pasientlarda o‘rganilmagan.

Buyrak yetishmovchiligi: AZARGA ko‘z tomchilari buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda o‘rganilmagan.

Fertillik, homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik

Oftalmologik brinzolamid va timololni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha tegishli ma‘lumotlar yo‘q. Brinzolamid bilan hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar tizimli qabul qilgandan keyin reproduktiv toksikligini ko‘rsatadi. Epidemiologik tadqiqotlar malformativ ta‘sirini aniqlamagan, lekin beta-blokatorlarni peroral qabul qilinganda, ona qornida homila rivojlanishi ushlanib qolinishi ko‘rsatgan. Bundan tashqari, beta-blokatorlar ta‘siri simptomlari (masalan, bradikardiya, gipotenziya, nafas olishning o‘zgarishlari va gipoglikemiya) tug‘ilishigacha beta-blokatorlar qabul qilinganda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kuzatilgan.

AZARGA ko‘z tomichilarini, agar bunga kuchli ehtiyoj bo‘lmasa, homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Lekin, AZARGA ko‘z tomchilari tug‘ishdan oldin qabul qilinayotgan bo‘lsa, chaqaloqni hayotining birinchi kunlarida ahamiyat berib kuzatish kerak.

Emizish

Oftalmologik brinzolamid odam sutiga o‘tishi mumkinligi noma‘lum emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatadiki, brinzolamid og‘iz orqali qabul qilinganda ko‘krak suti tarkibiga o‘tadi. Beta-blokatorlar ko‘krak sutiga o‘tadi va emizikli chaqaloqda potensial noxush ko‘rinishlar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Chaqaloqni emizish foydasi va ayol uchun davolash foydasini solishtirib va hisobga olib, AZARGA ko‘z tomchilari bilan davolashni to‘xtatish/to‘xtatib turish yoki emizishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish kerak.

Fertillik

Klinika oldi ma‘lumotlar na brinzolamid, na timololning erkak yoki ayol fertillika xech qanday ta‘siri yo‘qligini ko‘rsatadi. AZARGA ko‘z tomchilarini qo‘llaganda erkak yoki ayol fertilligiga ta‘siri kutilmaydi.

Pediatriyada qo‘llash

Xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha 18 yoshdan kichik bolalarda ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi tufayli, AZARGA ko‘z tomchilarini ularda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Transport vositalarini xaydash va mexanizmlarni boshqarsh qobiliyatiga ta‘siri

AZARGA ko‘z tomchilari transport vositalarini xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ahamiyatsiz darajada ta‘sir etadi.

Vaqtinchalik ko‘rishni noaniqligi yoki boshqa ko‘rishni buzilishlari transport vositalarini haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir etishi mumkin. Agar ko‘z tomchilarini qo‘llagandan keyin ko‘rishni noaniqligi kelib chiqsa, pasient ko‘rish qobiliyatiga tiklanguncha, transport vositasini haydash va mexanizmlarni boshqarishdan, kutib turishi kerak.

Karboangidraza inibitorlari diqqatni jamlash va/yoki jismoniy koordinasiyani talab qiluvchi vazifalarni amalga oshirish qobiliyatini yomonlashtirish mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

AZARGA ko‘z tomchilari dozani oshirib yuborilishni ko‘zlarni iliq suvda yuvib tashlash orqali bartaraf qilish mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi holatlari qayd etilmagan.

Behosdan yutib yuborilgan hollarda, beta-blokatorlar bilan dozani oshirib yuborilishi simptomlariga bradikardiya, gipotenziya, yurak yetishmovchiligi va bronxospazm kiradi. Brinzolamid ta‘sirida elektrolit disbalans, asidotik xolat rivojlanishi va markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar kelib chiqishi mumkin.

Behosdan yutib yuborilganda simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkazishi kerak. Zardobda elektrolitlari (asosan kaliy) va qon rN ni nazorat qilib turish lozim. Tadqiqotlar timolol oson dializlanmasligini ko‘rsatadi.

 

Chiqarilish shakli

5 ml dan tiniq, (LDPE) past zichlikdagi polietilen va oq polipropilen qopqoqli (RR) flakonda.

1 flakondan yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

 

 

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroartda saqlansin.

Birinchi marta ochilgandan 4 haftadan keyin yo‘qotilsin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Dori shakli: 

ko‘z tomchilari, suspenziya

 

Tarkibi:

1 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 10 mg brinzolamid va 5 mg timolol (timolol maleati ko‘rinishida);

yordamchi moddalar: 0,1 mg benzalkoniy xloridi (konservant), mannitol (Ye421), karbomer 947R, tiloksapol, dinatriy edetati, natriy xloridi, xlorid kislotasi va/yoki natriy gidroksidi (rN ni muvofiqlashtirish uchun), tozalangan suv.

 

Ta‘rifi: 

oqdan och-sariq ranggacha bo‘lgan bir xil ko‘rinishdagi suspenziya.

Farmakoterapevtik guruxi: 

glaukomaga qarshi preparatlar va miotiklar.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ta‘sir etish mexanizmi

AZARGA* ko‘z tomchilari ikkita faol komponent saqlaydi: brinzolamid va timolol maleati. Bu ikki komponent oshgan ko‘z ichki bosimini (KIB) pasaytiradi, asosan suv sekresiyasini kamaytirish yo‘li orqali, lekin, buni ular ta‘sir etishning xar xil mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu ikkita faol substansiyalarning majmuaviy ta‘siri KIB ning xar bir substansiya alohida ta‘sir etganiga qaraganda qo‘shimcha pasaytiradi.

Brinzolamid ko‘zdagi asosiy izoferment bo‘lgan odam karboangidrazasi II (SA-II) ning kuchli ta‘sir etadigan ingibitori hisoblanadi.

Ko‘z kiprikli o‘simtalarida karboangidrazaning ingibisiya qilinishi suv sekresiyasini, taxminan bikarbonat ionlarini paydo bo‘lishini sekinlashtirish va keyinchalik natriy va suyuqlik transportini kamayishi orqali kamaytiradi.

Timolol ichki simptomimetik faolliksiz noselektiv beta-blokator hisoblanadi, miokardga to‘g‘ridan-to‘g‘ri depressiv ta‘sir ko‘rsatmaydi, membranani barqarorlashtiruvchi faollikka ega emas.

Tonografik va flyurofotometrik tekshirishlar ko‘rsatadiki, uning ustunlik qiladigan ta‘siri suvli namlik paydo bo‘lishini kamaytirishi va suyuqlik chiqib ketishini biroz ko‘paytirish bilan bog‘liq.

Farmakodinamik samaralar

Klinik samaralar:

KIBning dastlabki ko‘rsatkichi 25 mm sim. ust. dan 27 mm sim. ust. ga teng bo‘lgan ochiq burchakli glaukomali yoki ko‘z gipertenziyasi pasientlardagi nazoratlangan o‘n ikki oy davom etgan klinik tadqiqotlarda, tadqiqotchining fikri bo‘yicha majmuaviy davolashdan foyda olish mumkinligi aniqlanganda, AZARGA ko‘z tomchilarini kuniga ikki marta dozada qo‘llaganda KIB pasayishining o‘rtacha samarasi 7 mm sim. ust. dan
9 mm sim. ust. ga teng bo‘lgan. AZARGA ko‘z tomchilarini avvalgidan kam bo‘lmagan samarasi dorzolamid 20 mg/ml + timolol 5 mg/ml qo‘llaganga qaraganda hamma vaqtli nuqtalarda hamma toifalar paytida aniqlangan.

KIB ning dastlabki ko‘rsatkichi 25 mm sim. ust. dan 27 mm sim. ust. ga teng bo‘lgan ochiq burchakli glaukoma yoki ko‘z gipertenziyasini pasientlarda nazoratlangan olti oylik tadqiqotlarda AZARGA ko‘z tomchilarini kuniga ikki marta dozada qo‘llanganda KIB pasayishining o‘rtacha samarasi 7 mm sim. ust. dan 9 mm sim. ust. ga teng bo‘lgan va brinzolamidni 10 mg/ml da kuniga ikki marta dozada qo‘llanganda 3 mm sim. ust. ga ortiq va 5 mg/ml timololni kuniga 2 marta dozada ishlatilgandagiga qaraganda 2 mm sim. ust. gacha yuqori bo‘lgan.

Brinzolamid va timololga solishtirganda o‘rta KIB pasayishi hamma vaqtni nuqtalarda va hamma toifalar paytida tadqiqotlarda statistik ishonarli darajada past bo‘lgan.

Uchta nazoratlangan klinik tadqiqotlarda AZARGA ko‘z tomchilarini instillyasiya qilganda ko‘zlardagi diskomfort dorzolamid 20 mg/ml + timolol 5 mg/ml ga solishtirganda sezilarli darajada kam bo‘lgan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Ko‘zga mahalliy qo‘llanilgandan keyin brinzolamid va timolol muguz parda orqali tizimli qon oqimiga so‘riladi.

Farmakokinetik tadqiqotda sog‘ odamlar peroral brinzolamidni qabul qilish vaqtini qisqartirish uchun sutkada ikki marta 2 hafta mobaynida qabul qilgan. AZARGA ko‘z tomchilarini keyingi dozalarda ikkala ko‘zga kuniga ikki marta 13 hafta davomida tomizilganda eritrositlarda brinzolamid konsentrasiyasi muvofiq ravishda to‘rtinchi, o‘ninchi va o‘n beshinchi haftalarda 18,8±3,29 µM, 18,1±2,68 µM va 18,4±3,01 µM bo‘lib, brinzolamid eritrositlari konsentrasiyasi holatda ushlab turilganini ko‘rsatgan (eritrositlarning SA-II ni yutish taxminan 20 µM).

Stabil holatda AZARGA ko‘z tomchilarini qabul qilgandan keyin timololning Smax va AUC0-12 coat ning o‘rtacha konsentrasiyasi (Smax-0,824±0,453 ng/ml; AUC0-12 coat ng·soat/ml), muvofiq ravishda 5 mg/ml timolol qabul qilish bilan solishtirilganda (Smax
1,13±0,494 ng/ml , AUC0-12 coat – 6,58 ±3,18 ng·soat/ml). 27% va 28% past bo‘lgan. AZARGA ko‘z tomchilarini qabul qilgandan keyin timololga nisbatan pastroq tizimli bog‘lanish klinik ahamiyatga ega emas. AZARGA ko‘z tomchilarini qabul qilgandan keyin timololning Smax o‘rtacha konsentrasiyasi 0,79±0,45 soatga yetgan.

Taqsimlanishi

Brinzolamid bilan bog‘langan plazma oqsillari (taxminan 60% atrofida) o‘rtacha xususiyatga ega. Brinzolamid eritrositlarda uning SA-II va kamroq darajada SA-I bilan bog‘lanishga moyilligi tufayli ajraladi. Uning faol N-desetil metaboliti ham eritrositlarda to‘planadi va u yerda asosan SA-I bilan bog‘lanadi. Brinzolamid va metabolitining eritrositlar va to‘qimalar SA ga yaqinligi plazmadagi past konsentrasiyaga olib keladi.

Quyonlarda ko‘z to‘qimasida taqsimlanish bo‘yicha ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, timololni AZARGA ko‘z tomchilari qabul qilgandan 48 soatdan keyin suv namlikda aniqlash mumkin.

Timololni oftalmologik eritmasini qo‘llagandan keyin odam suvli namligida aniqlash mumkin. Turg‘un holatda AZARGA tomchilarini qabul qilgandan keyin 12 soat vaqt davomida odam plazmasida timololni aniqlash mumkin.

Metabolizmi

Brinzolamidning metabolizmi yo‘llari o‘z ichiga N-dealkilizasiya, O-dealkilizasiya va uning N-propil zanjiriga oksidlanish jarayonlarini oladi.

N-dezetil brinzolamid odamda paydo bo‘ladigan brinzolamidning asosiy metaboliti hisoblanadi va u ham brinzolamid ishtirokida SA-I bilan va eritrositlarda to‘planadi. Sitoxrom R450 izofermentlarini in vitro sharoitida o‘rganilganda brinzolamid metabolizmga CYP3A4 ta‘sir ko‘rsatadi va kamida to‘rtta izofermentlar – CYP2A6, CYP2V6, CYP2S8 va CYP2S9 ishtirok etadi.

Timolol ikki yo‘l orqali metabolizmga uchraydi. Bir yo‘l tiadiazol halqadagi etanolaminli yon zanjirini karbonil guruhiga beradi. Timolol metabolizmi asosan CYP2D6 orqali amalga oshadi.

Chiqarilishi

Brinzolamid asosan buyraklar orqali chiqarib yuboriladi (taxminan 60%). Dozaning taxminan 20% siydikda metabolit ko‘rinishida bo‘ladi. Brinzolamid va N-dezetil-brinzolamid siydikda aniqlanadigan ustunlik qiladigan komponent hisoblanadi va N-dezmetoksil propil va O-dezmetil kabi metabolitlar izi ham (<1%) aniqlanadi.

Timolol va uning metabolitlari asosan buyrak orqali chiqariladi. Timolol dozasining taxminan 20% siydikka o‘zgarmagan ko‘rinishida chiqariladi, qolganlari siydikka metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Timololning plazma t1/2 si AZARGA ko‘z tomchilari qabul qilinganidan keyin 4,8 soatga teng.

Xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi ma‘lumotlari

Brinzolamid

Klinika oldi tadqiqotlar xavfsizligi, ko‘p martalik dozalarning toksikligi, gentoksikligi va kanserogen potensiali kabi farmakologiyaning an‘anaviy tadqiqotlarga asoslanib brinzolamidning odamlar uchun xech qanday xavfi yo‘qligini aniqlangan.

Quyonlarda brinzolamidni kuniga 6 mg/kg (tavsiya qilinadigan doza – kuniga 28 µ/kg 214 marta yuqori) peroral dozada toksikligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar ona organizmga nisbatan yuqori toksikligi bo‘lsada, embrional rivrjlanishiga xech qanday ta‘sirini aniqlanmagan. Shunga o‘xshash kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar brinzolamidni kuniga 18 mg/kg dozada (tavsiya qilingan har kungi dozadan 642 marta yuqori) lekin kuniga 6 mg/kg qabul qilganda ona homilasi bosh suyagi va ko‘krak segmentining suyagi aylanishini biroz orqada qolishini ko‘rsatgan. Bu natijalar metabolik asidoz, onalarda tana vaznini oshishini kamayishi va homilalar (embrion) tana vaznini kamayishiga olib keladigan dozalarda yuzaga kelgan. Kuchukchalarda dozaga bog‘liq embrionlar vaznini kamayishi: onalari brinzolamidni og‘iz orqali kuniga 2 mg/kg qabul qilganda kamroq kamaygan (5-6%), kuniga 18 mg/kg dozada taxminan 14% gacha kuzatilgan. Itlarning emizish davrida kuniga 5 mg/kg doza avlodga hech qanday nojo‘ya samara ko‘rsatmagan.

Timolol

Klinika oldi tadqiqotlar xavfsizligi, ko‘p martali dozalarning toksikligi, genotoksiklik va kanserogen potensiali kabi farmakologiyaning an‘anaviy tadqiqotlariga asoslanib, odamlar uchun hech qanday alohida xavf yo‘qligini aniqlagan. Timolol bilan reproduktiv toksiklikni tadqiqotlar kalamushlarda (kuniga 50 mg/kg yoki har kungi klinik doza – kuniga 14 mg/kg dan 3500 marta yuqori) postnatal rivojlanishga nojo‘ya samara bo‘lmaganini lekin, homilada suyak shakllanishini sekinlashishi ko‘rsatgan va quyonlarda (kuniga 90 mg/kg dozada yoki xar kungi klinik dozadan 6400 marta yuqori) homilaning yuqori darajada resorbsiyasi kuzatilgan.

 

Qo‘llanilishi

Monoterapiya ko‘z ichki bosimini pasaytirish uchun yetarli bo‘lmaganda ochiq burchakli glaukoma yoki ko‘z ichi gipertenziyasi bo‘lgan katta pasientlarda ko‘z ichki bosimi (KIB) ni pasaytirishda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar, shu jumladan keksalarda qo‘llash

Doza shikastlangan ko‘z kon‘yunktiva qopiga kuniga ikki marta bir tomchi AZARGA ko‘z tomchilarini tashkil etadi.

Agar doza o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, keyingi dozani odatdagi sxema bo‘yicha davom ettiriladi. Doza sutkada 2 marta 1 tomchidan oshmasligi kerak.

Agar AZARGA ko‘z tomchilari boshqa glaukomaga qarshi preparat o‘rniga buyurilgan bo‘lsa, AZARGA ko‘z tomchilarini oldingi preparatini bekor qilgandan keyingi kuni ishlatish boshlanadi.

Pediatrik pasientlarda qo‘llanilishi

AZARGA ko‘z tomchilarining xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma‘lumotlar bo‘lmaganligi tufayli 18 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Keksa pasentlarda qo‘llanilishi

Keksa pasientlar va boshqa katta pasientlar orasida xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha xech qanday tafovut kuzatilmagan.

Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilishi

AZARGA ko‘z tomchilari yoki timolol ko‘z tomchilari 5 mg/ml ni jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Jigar yetishmovchiligi yoki yengil o‘rta darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Jigar yetishmovchiligi yoki yengil yoki o‘rta darajadagi bo‘yrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritishga extiyoj yo‘q.

AZARGA ko‘z tomchilarini kuchli buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi
<30 ml/min) yoki giperxloremik asidozi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Brinzolamid va uning asosiy metaboliti asosan buyraklar orqali chiqarilgani tufayli, AZARGA ko‘z tomchilari kuchli darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Oftalmologiyada foydalanish uchun.

Pasientlarni preparatni ishlatishdan oldin flakonni yaxshilab chayqatish to‘g‘risida ogohlantirish kerak.

Burun-ko‘z yo‘li okklyuziyasi yoki qovoqni yopib turganda 2 minut davomida tizimli so‘rilish kamayadi. Bu esa tizimli noxush holatlarni kamaytirishga yordam beradi va mahalliy ta‘sirini oshiradi.

Agar bittadan ortiq oftalmologik preparat qo‘llash zarur bo‘lib qolsa, preparatlarni kamida 5 minut oralab qabul qilish kerak. Ko‘z surtmalarini oxirida qo‘llash kerak.

Tomchilagich uchi va suspenziya ifloslanishni oldini olish uchun tomchilagich uchi bilan qovoq, yuz yoki boshqa yuzalarga tegib ketmasligi axamiyat berish kerak. Pasientlarga flakon ishlatilmaganda zich yopilgan holda saqlash kerakligi to‘g‘risida tushuntirish kerak.

Qopqoqni olib tashlagandan keyin, agar ochilib ketishdan himoya tiqin xalqasi bo‘shalgan bo‘lsa, preparatni ishlatishdan oldin olib turish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Xavfsizligi bo‘yicha profili tafsifi

Davolash sifatida AZARGA ko‘z tomchilarini qabul qilgan 394 nafar pasientda 6 va 12 oy davom etgan ikki klinik sinovlarda eng tez-tez qayd qilingan reaksiyalar instillyasiyadan keyin bir necha sekunddan tortib to bir necha minutgacha davom etgan ko‘rinishning noaniqligi bo‘lgan.

Nojo‘ya reaksiyalarning majmuaviy jadvali

Quyidagi nojo‘ya reaksiyalar, quyidagi tez-tezlikga muvofiq tasniflanadi: juda tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha, kam xollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam xollarda (<1/10000) yoki noma‘lum (bor bo‘lgan ma‘lumotlarga qarab baholab bo‘lmaydi).

Tez-tezligi bo‘yicha xar bir guruhlaganda, noxush ko‘rinishlar jiddiyligining kamayib borishi bo‘yicha ko‘rsatilgan. Nojo‘ya reaksiyalar klinik sinovlar va past marketing tadqiqotlarda aniqlangan.

A‘zo-tizimlar sinf Nojo‘ya reaksiyalar
Immun tizimi tomonidan buzilishlar Noma‘lum: yuqori sezuvchanlik
Ruhiy o‘zgarishlar Tez emas: uyqusizlik

Noma‘lum: depressiya

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tez emas: disgevziya

Noma‘lum: bosh aylanishi, bosh og‘rishi

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar Tez-tez: ko‘rishni noaniqligi, ko‘zlarda og‘riq, ko‘z ta‘sirlanishi

Tez-tez emas: muguz parda eroziyasi, nuqtali keratit, ko‘z oldingi kamerasida hujayrali opalessensiya, fotofobiya, “quruq ko‘z” sindromi, ko‘z pruriti, ko‘zda yot jism xissi, ko‘p ko‘z yoshi chiqishi, ko‘zdan ajralmalar ajralishi, ko‘z giperemiyasi, blefarit, allergik kon‘yunktivit, muguz qavati buzilishlari, ko‘z oq pardasi giperemiyasi, kon‘yunktivit giperemiya, qovoq chetida qasmoq, astenopatiya, qovoq pruriti, ko‘zlarda normal bo‘lmagan hissiyot, allergik blefarit, qovoq eritemasi.

Noma‘lum: qovoq shishi, ko‘rishni buzilishi.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: qon bosimini pasayishi

Noma‘lum: qon bosimini oshishi

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan Tez-tez emas: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari, faringolaringeal og‘riq, rinoreya, yo‘tal

Noma‘lum: hansirash, burundan qon ketishi

Me‘da-ichak yo‘llar tomonidan buzilishlar Noma‘lum: qorin yuqori qismida og‘riq, ich ketishi, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: soch qoplami tomonidan buzilishlar, Vilson temiratki

Noma‘lum: soch to‘kilishi, eritema toshmalari

Skelet mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar Noma‘lum: mialgiya
Umumiy o‘zgarishlar va yuborish joyidagi buzilishlar Noma‘lum: ko‘krakda og‘riq, holsizlik

Ayrim noxush ko‘rinishlarning ta‘rifi

Disgevziya (instillyasiyadan keyin og‘izda achchiq yoki odatdan tashqari ta‘m), klinik sinovlarda AZARGA ko‘z tomchilari bilan bog‘liq tez-tez qayd qilinadigan tizimli nojo‘ya reaksiya bo‘lgan.

Extimol, buning sababi, ko‘z tomchilarining burun-ko‘z yoshi kanali orqali burun-halqumga o‘tishi va brizolamid tomonidan chaqirilgan bo‘lishi mumkin. Burun-ko‘z okklyuziyasi yoki ko‘z qovog‘ini instillyasiyadan keyin ehtiyotkorlik bilan berkitib turilishi ushbu reaksiyaning paydo bo‘lishini kamaytirishi mumkin.

AZARGA ko‘z tomchilari karboangidrazaning tizimli so‘riladigan sulfonilamidli ingibitori hisoblanadi. Me‘da-ichak yo‘llar, nerv tizimi, gematologik, buyrak va metabolik tizimlarga ta‘siri karboangidrazaning tizimli ingibisiyasi bilan bog‘liq. Karbongidrazaning peroral ingibitorlariga tegishli shu tipdagi nojo‘ya reaksiyalar mahalliy qo‘llanganda ham kelib chiqishi mumkin.

AZARGA ko‘z tomchilari brinzalamid va timolol (timolol maleati ko‘rinishida) saqlaydi. AZARGA ko‘z tomchilari tomonidan potensial ravishda kelib chiqadigan qo‘shimcha nojo‘ya reaksiyalar uning aloxida komponentlari qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lib, quyida keltirilgan nojo‘ya reaksiyalarni o‘z ichiga oladi. Har qanday boshqa qo‘llaniladigan maxalliy oftalmologik preparatlar kabi, timolol tizimli qon oqimiga so‘riladi. Bu esa tizimli beta-blokatorlari ta‘sirida kuzatiladigan noxush ko‘rinishlarga o‘xshash o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Keltirilgan nojo‘ya reaksiyalar oftalmologik beta-blokatorlar mahalliy qo‘llash ta‘sirida kelib chiqadigan tizimli nojo‘ya reaksiyalar kelib chiqishi mumkinligi tizimli qo‘llanilgandan past.

  Brinzolamid 10 mg/ml Timolol 5 mg/ml
A‘zo-tizimlar tasnifi Nojo‘ya reaksiyalar
Infeksion va parazitar kasalliklar nazofaringit, faringit, sinusit, rinit  
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar eritrositlar sonini kamayishi, qonda xlor miqdorini oshishi  
Immun tizim tomonidan buzilishlar   tizimli allergik reaksiyalar, shu jumladan angionev-rotik shish, eshakemi, tarqalgan yoki chegaralangan toshmalar, prurit va anafilaktik shok
Moddalar almashinuvi va oziqlanishni buzilishlari   gipoglikemiya
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar apatiya, depressiya, kayfiyatni yomonlashishi, libidoni pasayishi, tungi dahshatlar asabiylik tungi daxshatlar, xotirani yo‘qolishi
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar uyquchanlik, harakat disfunksiyasi, amneziya xotirani yomonlashishi paresteziya, tremor, gipoasteziya, agevziya serebral ishemiya, bosh miya insulti, sinkope, miasteniya gravis simptomlari va belgilarini oshishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar keratit, keratopatiya, ko‘rish nervi diski/kosachasi koeffisentini oshishi, muguz parda epiteliysi nuqsoni, ko‘z ichki bosimini oshishi, ko‘zda qatlam bo‘lishi, muguz pardada dog‘, muguz parda shishi, kon‘yunktivit, meybomianit, diplopiya, shu‘la, fotofobiya, fotopsiya, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi pterigiy, ko‘rish diskomforti, quruq keratokon‘yunktivit, ko‘z gipoasteziyasi, ko‘z sklerasi pigmentasiyasi, kon‘yunktiva osti kistasi, ko‘p ko‘z yosh ajralishi, ko‘rishni buzilish-lari, ko‘zni shishishi, ko‘z allergiyasi, madaroz, ko‘z qovog‘i faoliyatini buzilishi, ko‘z qovog‘i shishi

 

ko‘z ta‘sirlanishi belgilari va simptomlari (masalan achishish, qichishish, ko‘z yoshi oqishi, qizarish), keratit, filtrasiya muolajasidan keyin xoroidal ko‘chib tushishi, muguz parda sezuvchanligini pasayishi, ptoz, diplopiya
Eshitish a‘zolari va muvozanatni buzilishlari tinnitus, vertigo  
Yurak tomonidan buzilishlar kardiorespirator distress, stenokardiya, bradikardiya, yurak ritmining muntazam emasligi, aritmiya, yurakning tez urib ketishlarini tezlashishi bradikardiya, ko‘krakda og‘riq, yurak tez urib ketishi, shish, aritmiya, dimlanish, yurak yetishmovchiligi, atrioventrikulyar blokada, yurak to‘xtab qolishi, yurak yetishmovchiligi
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar gipertenziya gipotenziya, Reyno fenomeni, sovuq qo‘l va tovonlar
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar xansirash, bronxial astma, bronxial giperfaollik, epistaksis, tomoqni ta‘sirlanishi, burun bitishi, yuqori nafas olishi yo‘llarining giperemiyasi, postnazal shishi, aksirish, burunni qurishi bronxospazm (asosan avval bronxospastik kasalligi bo‘lgan pasientlarda), hansirash
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar og‘izni qurishi, ezofagit, qusish, dispepsiya,qorinda diskomfort, me‘dada diskom-fort, ichak peristaltikasini tezlashishi, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzi-lishlari, og‘iz gipesteziyasi, og‘iz paresteziyasi, meteorizm ko‘ngil aynishi, dispepsiya, diareya, og‘iz qurishi, qorinda og‘riq, qusish
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar jigarning normal bo‘lmagan funksional sinamasi  
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar urtikariya, makulopapulez toshmalar, tarqalgan prurit, alopesiya, teri tarangligi buzilishi, dermatit, eritema alopesiya psoriazga o‘xshash toshmalar psoriazni zo‘rayishi, teri toshmalari
Skelet mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar belda og‘riq, mushak spazmlari, mialgiya, artralgiya, qo‘l-oyoqlarda og‘riq mialgiya
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar buyraklarda og‘riq, pallakiuriya  
Jinsiy a‘zolar va sut bezi tomonidan buzilishlar erektil disfunksiya jinsiy disfunksiya, libidoni pasayishi
Umumiy o‘zgarishlar va yuborish joyidagi buzilishlar og‘riq, aspeniya, ko‘krakda diskomfort, xolsizlik, o‘zini yomon his qilish, xavotirlik hissi, qo‘zg‘aluvchanlik, ko‘krakda og‘riq, qo‘l-oyoqlar shishi, loxaslik asteniya/holsizlik
Jarohatlar, zaharlanish va muolajalar asorati ko‘zda yot jism