Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АЦИКЛОВИР МАЗЬ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АЦИКЛОВИР МАЗЬ 5% 5Г №1

3 500 so'mdan
(2438)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
ACICLOVIR
Ishlab chiqaruvchi
СИНТЕЗ
Chiqarilish shakli
МАЗЬ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Dori shakli: 
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Tarkibi:

Asiklovir (suvsiz moddaga qayta hisoblanganda) – 5,0 g.

Polietilenglikol (polietilenoksid) yuqori molekulyar va past molekulyar.

 

 

Taʼrifi:

 Oq sragʻish tusli yoki oq rangli surtma.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Viruslarga qarshi vosita.

Dori shakli: 

Surtma

 

Farmakologik xususiyatlari

Viruslarga qarshi preparat, gerpes virusiga nisbatan yuqori tanlab taʼsir qilish xususiyatiga ega boʻlgan atsiklik purin nukleozidining sintetik analogi. Virus bilan infeksiyalangan hujayra ichida atsiklovir virus timidinkinazasi taʼsirida mono-, di- va trifosfat atsiklovir hosil boʻlgunigacha qator ketma-ket rivojlanuvchi transformatsiya reaksiyalari yuz beradi. Asiklovir tri fosfati virus DNK si zanjiriga kiradi va virus DNK- polimeraza sintezini raqobatli ingibirlashi orqali uning sintezini toʻxtatadi. In vitro atsiklovir oddiy gerpes – Herpes simplex ni I va II turlari, Varicella zoster viruslariga nisbatan: yuqoriroq konsentratsiyalarda esa Epshteyn-Barra virusiga nisbatan faol. In vivo sharoitida atsiklovir terapevtik va profilaktik, avvalom bor Herpes simplex viruslari chiqargan infeksiyalarda samarali.

 

Farmakokinetikasi

Surtma sogʻlom teriga qoʻllaganda: soʻrilishi minimal, shikastlangan terida – oʻrtacha. Qonda va siydikda aniqlanmaydi. Buyrak faolliyati meʼyorida boʻlgan bemorlarda qon zardobidagi konsentratsiyasi 0,28 mkg/ml gachani, surunkali buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda – 0,78 mkg/ml gachani tashkil qiladi. Buyraklar orqali chiqariladi (sutkalik dozani 9,4% gachasi).

 

 

Qoʻllanilishi

Terining oddiy gerpesi, genital gerpes (birlamchi va qaytalanuvchan): cheklangan oʻrab oluvchi temiratki (yordamchi davolash).

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Sirtga. Surtma shikastlangan sohaga sutkada 5-6 marta (iloji boricha infeksiyaning boshlanishidan oldin) teng vaqt oraligʻida surtiladi.

Qaytalanuvchan infeksiyaning davolashni prodromal bosqichi vaqtida yoki infeksiyaning belgilarini namoyon boʻlishining eng boshida boshlash muhim.

Davolashning davomiyligi kamida 5 kun, maksimum – 10 kun.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Alohida hollarda qoʻyilgan joyida ogʻriq va achishish, qichishish, teri toshmasi, vulvit. Koʻrsatilgan koʻrinishlar preparat bekor qilingandan keyin yoʻqoladi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar

Asiklovir yoki valatsiklovirga yoki preparatning har qanday komponentiga oʻta yuqori sezuvchanlik.

Extiyotkorlik bilan homiladorlik, laktatsiya davri.

Preparatni homiladorlikda ona uchun kutiladigan foyda faqat homila uchun boʻlgan potensial xavfdan ustun boʻlgan xollarda qoʻllash mumkin. Onaning tizimli qon oqimiga tushganida atsiklovir koʻkrak sutiga oʻtadi, ammo surtma  qoʻllanganida bola oladigan preparatning miqdori juda oz.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Immunostimulyatorlar bilan birga qoʻllash atsiklovirning samarasini kuchaytiradi.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Shilliq qavatlarga (ayniqsa ogʻiz va burunning), hamda koʻzga tushishidan saqlanish kerak. Preparat qoʻyilganidan keyin darxol yuvinish va choʻmilish mumkin emas. Immuniteti pasaygan patsiyentlarga (OITV/OITSda yoki suyak koʻmiki koʻchirib oʻtkazilgandan keyin) va infeksiyaning ogʻir va qaytalanuvchan hollarida, atsiklovir surtmasini mahalliy qoʻllash fonida preparatni tizimli  buyurish  kerak.

2,5 smli uzunlikdagi surtmani shikastlangan terining 25 kv. Sm ga surtish lozim. Terining boshqa soxalariga autoinokulyatsiyani oldini olish uchun barmoqqa kiygiziladigan rezinani va rezina qoʻlqoplarni ishlatish kerak.

Asiklovir gerpesning jinsiy yoʻl bilan yuqishini oldini olmaydi, shuning uchun davolash davrida jinsiy aloqalardan, klinik belgilari boʻlmasada saqlanish kerak.

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatmaslik lozim.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Asiklovir sirtga qoʻllaganida dozani oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qoʻllash uchun 5% surtma, 5 g, 10 g yoki 15 g dan tubalarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.