Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АТРОПИНА СУЛЬФАТ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АТРОПИНА СУЛЬФАТ АМПУЛЫ 1МГ/МЛ 1МЛ №10

4 000 so'mdan
(2434)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
ATROPINE SULFATE
Ishlab chiqaruvchi
ДЖУРАБЕК
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Nojo‘ya ta‘sirlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruxi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, yopiq burchakli glaukoma yoki unga moyillik, taxiaritmiyalar, og‘ir dimlangan yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, mitral stenoz, reflyuks-ezofagit, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, ichak atoniyasi, miasteniya, prostata bezining giperplaziyasi, ichakning obstruktiv kasalliklari, falajli ileus, toksik megakolon, nospesifik yarali kolit, diafragmaning qizilo‘ngach teshigining churrasi, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Extiyotkorlik bilan

Gipertermiya, arterial gipertenziya. Gipertireoz, 40 yoshdan oshganlar (tashxis qilinmagan glaukoma ko‘rinishlarining xavfi).

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

M-xolinomimetiklar va antixolinesteraz vositalarning ta‘sirini susaytiradi.

Difengidramin yoki prometazin – atropinning ta‘sirini kuchayishi.

Nitratlar ko‘z ichki bosimini oshish ehtimolini oshiradi.

Prokainamid – antixolinergik ta‘sirini kuchayishi.

Guanetidinning ta‘siri ostida atropinning giposekretor ta‘siri kamayishi mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Og‘izni qurishi, taxikardiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ichak va qovuqning atoniyasi, qabziyat, siyishni qiyinlashishi, fotofobiya, midriaz, akkomodasiya falaji, ko‘z ichki bosimini oshishi, kserostomiya, taktil sezuvchanlikni buzilishi.

Dori shakli: 

in‘eksiya uchun eritma.

 

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: atropin sulfati – 1 mg;

yordamchi moddalar: xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

 

Ta‘rifi:

 tiniq, rangsiz suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruxi: 

M-xolinoblokator.

Farmakologik xususiyatlari

Ituzumdoshlar oilasi o‘simliklarida saqlanuvchi alkaloid, M-xolinoreseptorlarning blokatori, bir xil darajada muskarin reseptorlarining m1-, m2-, va m3-kichik turlari bilan bog‘lanadi. Ham markaziy, ham periferik M-xolinoreseptorlarga ta‘sir qiladi. Shuningdek n-xolinoreseptorlarga ham (garchi axamiyatli kuchsizroq bo‘lsa xam) ta‘sir qiladi. Asetilxolinning rag‘batlantiruvchi ta‘siriga to‘sqinlik qiladi; so‘lak, me‘da, bronxial, ko‘zyoshi, ter bezlarining, me‘da osti bezining sekresiyasini kamaytiradi. Ichki a‘zolarning (bronxlar, MIY a‘zolari, o‘t chiqarish yo‘llari va o‘t qopi, siydik chiqarish kanali, qovuq) silliq mushaklarining tonusini pasaytiradi; taxikardiya chaqiradi, AV o‘tkazuvchanlikni yaxshilaydi. MIY motorikasini kamaytiradi, safro sekresiyasiga deyarli ta‘sir qilmaydi. Qorachiqlarni kengaytiradi, ko‘z ichki suyuqligin oqib chiqishini qiyinlashtiradi, ko‘z ichki bosimini oshiradi, akkomodasiya falajini chaqiradi. O‘rtacha terapevtik dozalarda MNT ga rag‘batlantiruvchi ta‘sir va kechiktirilgan, lekin davomli sedativ ta‘sir ko‘rsatadi; nafasni qo‘zg‘atadi (yuqori dozalari – nafas falajligi). Bosh miya po‘stlog‘ini qo‘zg‘atadi (yuqori dozalarda), toksik dozalarda qo‘zg‘alash, ajitasiya, gallyusinasiyalar, komatoz holatni chaqiradi. Adashgan nervning tonusini kamaytiradi, bu YUQTT ni (AB ni ahamiyatsiz o‘zgarishida) oshishiga va Gis tutamida o‘tkazuvchanlikni biroz oshishiga olib keladi. Adashgan nervining dastlabki yuqori tonusida ta‘siri kuchliroq ifodalangan.

Vena ichiga yuborilganidan keyin maksimal samarasi 2-4 minut o‘tgach, peroral qabul qilinganidan keyin (tomchilar ko‘rinishida) – 30 minut o‘tgach namoyon bo‘ladi.

Farmakokinetikasi

Organizmda keng taqsimlanadi. Jigarda fermentativ gidroliz yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Plazma oqsillri bilan bog‘lanishi – 18%. Gematoensefalik to‘siq, yo‘ldosh orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. 0,5-1 soatdan keyin MNT ahamiyatli konsentrasiyalarda aniqlanadi. Yarim chiqarilish davri – 2 soat.

Buyraklar orqali – 50% o‘zgarmagan xolda, qolgan qismi – gidroliz va kon‘yugasiya mahsulotlari ko‘rinishida chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi; o‘tkir pankreatit; pilorospazm; ichak, o‘t qopi, o‘t chiqarish yo‘llari, siydik chiqarish yo‘llarining spazmlari; laringospazm (oldini olish); gipersalivasiya (parkinsonizm, og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanish); bradikardiya; AV blokada; xolinomimetik va antixolinesteraz vositalar bilan zaharlanish; jarrohlik operasiyalar oldidan premedikasiyada qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Me‘da va 12-barmoq ichak yarasi va pankreatitdagi o‘tkir og‘riqlarni, buyrak, jigar sanchiqlari va boshqalarni bartaraf qilish uchun preparat teri ostiga yoki mushak ichiga 0,25–1 mg dan (0,25–1 ml eritma) yuboriladi.

Bradikardiyani yo‘qotish uchun – vena ichiga 0,5–1 mg dan, zarurati bo‘lganida 5 minut o‘tgach yuborishni takrorlash mumkin.

Premedikasiya maqsadidi – mushak ichiga 0,4–0,6 mg anesteziyadan 45-60 minut oldin yuboriladi.

Bolalarga preparat 0,01 mg/kg dozada yuboriladi.

M-xolinoblokatorlar va antixolinesteraz vositalar bilan zaharlanishda 1,4 ml 0,1% li eritma vena ichiga (shpris-tyubik) yuboriladi, afzalrog‘i xolinesteraza reaktivatorlari bilan majmuada.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Atropin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Homiladorlik vaqtida atropinni qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homiladorlik vaqtda yoki bevosita tug‘ruqdan oldin preparat vena ichiga yuborilganda homilada taxikardiya rivojlanishi mumkin.

Gestoz bilan asoratlangan homiladorlik vaqtda buyurilmaydi, chunki arterial bosimni oshishiga olib kelishi mumkin.

Preparatni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Dori preparatini transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish vaqtida transport vositalaritni boshqarish, shuningdek psixomotor reaksiyalar tezligini va aniq xarakatlarni talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari. Og‘iz bo‘shlig‘i va burun-halqum shilliq qavatining quruqligi, yutish va nutqni buzilishi, teri qoplamalarining quruqligi, gipertermiya, midriaz va hokazo («Nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limiga qarang); harakat va nutq qo‘zg‘alishi, xotirani buzilishi, gallyusinasiyalar, psixoz.

Davolash. Antixolinesteraz va sedativ vositalar.

 

 

 

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun 0,1% li eritma

1 ml dan neytral shisha ampulalarda.

10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatori bilan karton qutiga joylanadi.

O‘yiqchasi, sindirish halqasi va nuqtasi bo‘lgan ampulalar ishlatilganda ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatorini joylamaslikka yo‘l qo‘yiladi.

5 ampuladan polivinilxlorid plyonka va laklangan alyumin folgali yoki folgasiz kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 2°S dan 30°S gacha haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.