Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Атенолол 100МГ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Атенолол 100МГ №30

3 120 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Атенолол 100МГ №30
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
ATENOLOL
Ishlab chiqaruvchi
(Синтез , Россия)
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli

Tabletkalar 50 mg, 100 mg dan.

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Dori shakli:

 tabletkalar.

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mg, 100 mg atenolol,

yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, quyimolekulyar povidon, laktoza (sut qandi), etanol (etil spirti), magniy stearati, talk, kolloid kremniy dioksidi, krosskarmelloza natriy (primelloza).

 

Ta‘rifi: 

dumaloq, oq yoki qo‘ng‘irsimon yoki kremsimon tusli oq rangli, faska va riskali (100 mg dozali tabletkalar uchun) yoki riskasiz (50 mg dozali tabletkalar uchun) tabletkalar. Biroz «marmarlikka» yo‘l qo‘yiladi.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

selektiv beta1-adrenoblokator.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Antianginal, gipotenziv va antiaritmik ta‘sir ko‘rsatadi. Membranani barqarorlashtiruvchi va ichki simpatomimetik faollikka ega emas. Katexolaminlar bilan rag‘batlantirilgan adenozintrifosfat (ATF) dan siklik adenozinmonofosfat (sAMF) hosil bo‘lishini kamaytiradi, Sa2+ ni xujayra ichki oqimini pasaytiradi. Og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin birinchi 24 soatda yurakni chiqarib tashlashini pasayishi fonida, tomirlarning umumiy periferik qarshiligini reaktiv oshishi kuzatiladi, 1-3 sutka davomida asta-sekin dastlabki holatiga qaytadi, so‘ngra esa asta-sekin pasayadi. Gipotenziv ta‘siri sistologik va diastolik arterial bosimni (AB) pasayishi, zarb va minutlik hajmini kamayishi bilan namoyon bo‘ladi.

O‘rtacha terapevtik dozalarda periferik arteriyalar tonusiga ta‘sir qilmaydi. Gipotenziv ta‘siri 24 soat davom etadi, muntazam qabul qilinganida davolashning ikkinchi haftasini oxiriga kelib turg‘unlashadi.

Antianginal samarasi yurak qisqarishlari chastotasini (diastolani uzayishi va miokard perfuziyasini yaxshilanishi) va qisqaruvchanligini kamayishi oqibatida, miokardni kislorodga bo‘lgan talabini pasayishi, shuningdek simpatik innervasiya ta‘siriga miokardning sezuvchanligini pasayishi bilan belgilanadi. Yurak qisqarishlari chastotasini tinch holatda va jismoniy yuklamada siyraklashtiradi. Chap qorinchadagi oxirgi diastolik bosimni oshishi va qorinchalar mushak tolalarining cho‘zilishini oshishi hisobiga, miokardning kislorodga bo‘lgan talabini oshishi mumkin, ayniqsa surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda.

Antiaritmik ta‘siri sinus taxikardiyasini bosishi bilan namoyon bo‘ladi va yurakni o‘tkazuvchi tizimiga aritmogen simpatik ta‘sirlarni bartaraf qilishi, sinoaurikulyar tugun orqali qo‘zg‘alishni tarqalish tezligini kamayishi va refraktor davrini uzayishi bilan bog‘liq. Impulslar o‘tkazilishini antegrad va kam darajada, retrograd yo‘nalishda AV (atrioventrikulyar) tugun va qo‘shimcha yo‘llar bo‘ylab o‘tishini susaytiradi.

Manfiy xronotrop samarasi qabul qilinganidan keyin 1 soat o‘tgach namoyon bo‘ladi, 2-4 soatdan keyin maksimumga yetadi, 24 soat davom etadi.

Sinus tugunining avtomatizmini kamaytiradi, YUQS qisqartiradi, AV o‘tkazuvchanlikni sekinlashtiradi, miokardning qisqaruvchanligini pasaytiradi, miokardning kislorodga bo‘lgan talabini pasaytiradi. Miokardning qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi. O‘rtacha terapevtik dozalarda qo‘llanganida, noselektiv beta-adrenoblokatorlarga qaraganda bronxlar va periferik arteriyalarning silliq mushaklariga kamroq ta‘sir ko‘rsatadi.

Miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarni tirik qolishini oshiradi (qorinchalar aritmiyasi va stenokardiya xurujlari chastotasini pasaytiradi).

Izoproterenolning bronxlarni dilyatasiyalovchi ta‘sirini deyarli susaytirmaydi.

Noselektiv beta-adrenoblokatorlardan farqli ravishda, o‘rtacha terapevtik dozalarda buyurilganida beta2-adrenoreseptorlarni saqlovchi a‘zolarga (me‘da osti bezi, skelet mushaklari, periferik arteriyalar, bronxlar va bachadonning arteriyalar silliq mushaklariga) va lipidlar almashinuviga kamroq ta‘sir qiladi; aterogen ta‘sirining yaqqolligi propranololning ta‘siridan farq qilmaydi. Kamroq darajada manfiy
batmo-, xrono-, ino- va dromotrop samara ko‘rsatadi. Katta dozalarda qo‘llash (sutkada
100 mg dan ko‘proq) beta-adrenoreseptorlarning ikkala kichik turiga bloklovchi samara ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi – tez, to‘liq emas (50%), biokiraolishligi – 40-50%, qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti – 2-4 soat. Gematoensefalik to‘siqdan yomon o‘tadi, kam miqdorda yo‘ldosh to‘sig‘idan va ko‘krak sutiga o‘tadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 6-16%. Jigarda deyarli metabolizmga uchramaydi. Yarim chiqarilish davri – 6-9 soat (keksa yoshdagi pasientlarda oshadi). Buyraklar orqali kalava filtrasiyasi yo‘li bilan chiqariladi (85-100% o‘zgarmagan holda). Buyraklar faoliyatini buzilishi yarim chiqarilish davrini uzayishi va kumulyasiya bilan birga kechadi: kreatinin klirensi 35 mg/min/1,73m2 dan kam bo‘lganida, yarim chiqarilish davri 16-27 soatni tashkil qiladi, kreatinin klirensi 15 mg/min/1,73 m3 dan kam bo‘lganida – 27 soatdan ko‘proq (dozani kamaytirish kerak). Gemodializ vaqtida chiqariladi.

 

 

 

Qo‘llanilishi
  • arterial gipertenziya;
  • stenokardiya xurujlarini oldini olish (Prinsmetal stenokardiyasidan tashqari);
  • yurak ritmini buzilishi: sinusli taxikardiya, qorinchalar ustki taxikardiyasini oldini olish, qorinchalar ekstrasistoliyasida qo‘llanadi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan oldin buyuriladi, chaynamasdan ozgina miqdordagi suyuqlik bilan ichiladi.

Arterial gipertenziya. Davolash 50 mg atenololni sutkada 1 marta qabul qilishdan boshlanadi. Turg‘un gipotenziv samaraga erishish uchun 1-2 hafta qabul qilish talab qilinadi. Gipotenziv samarasi yetarlicha bo‘lmaganida doza bir qabulga 100 mg gacha oshiriladi. Dozani yanada oshirish tavsiya etilmaydi, chunki bu klinik samarasini oshishi bilan birga kechmaydi.

Yurak ishemik kasalligida, yurak ritmini taxisistolik buzilishlarida – 50 mg sutkada
1 marta.

Stenokardiya. Boshlang‘ich doza sutkada 50 mg ni tashkil qiladi. Agar hafta davomida optimal terapevtik samaraga erishilmasa, doza sutkada 100 mg gacha oshiriladi. Keksa yoshdagi pasientlarda va buyraklarning chiqarish faoliyati buzilgan bemorlarda dozalash tartibini to‘g‘rilash kerak. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lganida dozani kreatinin klirensiga qarab to‘g‘rilash tavsiya qilinadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kreatinin klirensi 35 ml/min/1,73 m2 dan yuqori bo‘lganida (normal ko‘rsatgichi          100-150 ml/min/1,73m2 ni tashkil qiladi) atenololni sezilarli kumulyasiyasi bo‘lmaydi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun quyidagi minimal dozalar tavsiya etiladi:

Kreatinin klirensi (ml/min/1,73 m2) Atenololning yarim chiqarilish davri (soat) Maksimal doza
15-35 16-27 Sutkada 50 mg yoki kun ora 100 mg
15 dan kam 27 dan ko‘p Kun ora 50 mg yoki 4 kunda 1 marta 100 mg

Gemodializda bo‘lgan bemorlarga har bir dializ o‘tkazilganidan keyin darhol atenolol sutkada 50 mg dozada buyuriladi, buni stasionar sharoitida o‘tkazish kerak, chunki arterial bosim tushib ketishi mumkin.

Keksa pasientlarda boshlang‘ich bir martalik doza – 25 mg (arterial bosim, yurak qisqarishlari chastotasini nazorati ostida oshirilishi mumkin).

Sutkalik dozani 100 mg dan oshirish tavsiya qilinmaydi, chunki terapevtik samarasi kuchaymaydi, nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanish ehtimoli esa oshadi.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yurak-qon tomir tizimi: surunkali yurak yetishmovchiligining belgilarini rivojlanishi (yomonlashishi) (to‘piqlarni, oyoq panjalarini shishi; hansirash), atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi, aritmiya, bradikardiya, arterial bosimini (AB) yaqqol pasayishi, yurak urishi, miokardning qisqaruvchanligini, susayishi, ortostatik gipotenziya, angiospazm ko‘rinishlari (oyoqlarning sovushi, Reyno sindromi), vaskulit, ko‘krakda og‘riq.

Markaziy nerv tizimi: bosh aylanishi, diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi, reaksiya tezligini pasayishi, uyquchanlik yoki uyqusizlik, depressiya, gallyusinasiyalar, yuqori charchoqlik, bosh og‘rig‘i, bo‘shashish, “dahshatli” tush ko‘rishlar, bezovtalik, ongni chalkashishi yoki qisqa muddatli xotirani yo‘qotish, oyoq-qo‘llarni paresteziyasi («o‘zgaruvchan» cho‘loqlik va Reyno sindromi), mushaklarni bo‘shashishi, tirishishlar.

Me‘da-ichak yo‘llari: og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ichni ketishi, qorin og‘riqlari, qabziyat yoki diareya, ta‘mni o‘zgarishi.

Nafas tizimi: dispnoe, bronxospazm, apnoe, burunni bitishi.

Gematologik reaksiyalar: trombositar purpura, anemiya (aplastik), tromboz.

Endokrin tizimi: potensiyani pasayishi, libidoni pasayishi, giperglikemiya (insulinga qaram bo‘lmagan qandli diabetli bemorlarda), gipoglikemiya (insulin qabul qilayotgan bemorlarda), gipotireoid holat.

Teri reaksiyalari: eshakemi, dermatitlar, teri qichishishi, fotosezuvchanlik, ter chiqishini kuchayishi, teri giperemiyasi, psoriazning kechishini zo‘rayishi, qaytuvchi alopesiya.

Sezgi a‘zolari: ko‘rishni buzilishi, ko‘z yoshi suyuqligining sekresiyasini kamayishi, ko‘zlarni quruqligi va og‘riqliligi, kon‘yunktivit.

Homilaga ta‘siri: ona qornida o‘sishni susayishi, gipoglikemiya, bradikardiya.

Laboratoriya ko‘rsatgichlari: agranulositoz, leykopeniya, «jigar» fermentlarining faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, trombositopeniya (odatdagi bo‘lmagan qon ketishlari va qon quyilishlar).

Boshqalar: orqada og‘riq, artralgiya, «bekor qilish» sindromi (taxikardiya, stenokardiya xurujlarini tezlashishi, arterial bosimni oshishi va boshq.).

Nojo‘ya ko‘rinishlarining tez-tezligi preparatning dozasi oshirilganida oshadi.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik, kardiogen shok, II-III darajali atrioventrikulyar (AV) blokada, yaqqol bradikardiya (YUQS minutiga 40 zarbdan kam), sinus tugunini kuchsizligi sindromi, sinoaurikulyar blokada, dekompensasiya bosqichidagi o‘tkir yoki surunkali yurak yetishmovchiligi, yurak yetishmovchiligining belgilarisiz kardiomegaliya, Prinsmetal stenokardiyasi, arterial gipotenziya (miokard infarktida ishlatilgan holda, sistolik arterial bosim 100 ml sim. ust. dan past), laktasiya davri, bir vaqtda MAO ingibitorlarini qabul qilish, 18 gacha bo‘lgan yosh – preparatning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Ehtiyotkorlik bilan: qandli diabet, metabolik asidoz, gipoglikemiya, anamnezdagi allergik reaksiyalar, o‘pkalarni surunkali obstruktiv kasalliklari (shu jumladan o‘pkalar emfizemasi); I darajali AV blokadasi, surunkali yurak yetishmovchiligi, periferik tomirlarning obliterirlovchi kasalliklari («o‘zgaruvchan» cho‘loqlik, Reyno sindromi); feoxramositoma, jigar yetishmovchiligi, surunkali buyrak yetishmovchiligi, miasteniya, tireotoksikoz, depressiya (shu jumladan anamnezdagi), psoriaz, keksalik yoshi, homiladorlik.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Atenololni bir vaqtda insulin, ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganda – ularning gipoglikemik ta‘siri kuchayadi.

Turli guruh antigipertenziv vositalar yoki nitratlar bilan birga qo‘llanganida, gipotenziv ta‘sirini kuchayishi sodir bo‘ladi. Atenolol va verapamil (yoki diltiazem) bir vaqtda qo‘llanganida, kardiodepressiv ta‘sirini o‘zaro kuchayishini chaqirishi mumkin.

Estrogenlar (natriy tutilishi) va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, glyukokortikosteroidlar gipotenziv ta‘sirini susaytiradi. Atenolol va yurak glikozidlari bir vaqtda qo‘llanganida bradikardiya rivojlanishi va atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning buzilishini xavfi oshadi.

Atenolol bir vaqtda rezerpin, metildopa, klonidin, verapamil bilan buyurilganida, yaqqol bradikardiya paydo bo‘lishi mumkin.

Bir vaqtda verapamil va diltiazemni vena ichiga yuborish yurakni to‘xtab qolishini chaqirishi mumkin; nifidepin – arterial bosimni ancha pasayishiga olib kelishi mumkin.

Atenolol ergotamin, ksantin hosilalari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, uning samaradorligi pasayadi.

Atenolol va klonidinni birga qo‘llash to‘xtatilganida, atenolol bekor qilinganidan keyin, yana bir necha kun klonidin bilan davolash davom ettiriladi.

Lidokain bilan bir vaqtda qo‘llash, uning chiqarilishini kamaytirishi va lidokainning zaharli ta‘siri xavfini oshirishi mumkin.

Fenotiazin hosilalari bilan birga qo‘llash, qon zardobida har bir preparatning konsentrasiyasini oshishiga yordam beradi.

Fenitoin vena ichiga yuboriganida, umumiy anasteziya uchun dori vositalari (karbonvodorodlarning hosilalari) kardiodepressiv ta‘siri yaqqolligini va AB pasayishi ehtimolini oshiradi.

Eufillin va teofillin bilan birga qo‘llanganida, terapevtik samarasini o‘zaro susaytirishi mumkin.

MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash, gipotenziv ta‘sirini ahamiyatli kuchayishi oqibatida tavsiya qilinmaydi. MAO ingibitorlari va atenololni qabul qilish orasida davolashdagi tanaffus 14 kundan kam bo‘lmasligi kerak.

Immunoterapiya uchun ishlatiladigan allergenlar, yoki teri sinamalari uchun allergen ekstraktlari, og‘ir tizimli allergik reaksiyalar yoki anafilaksiya paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.

Ingalyasion narkoz uchun vositalar (uglevodorodlarning hosilalari) miokard faoliyatini susayishi va arterial gipotenziya rivojlanishi xavfini oshiradi.

Amiodaron bradikardiya rivojlanishi va AV o‘tkazuvchanligini susayishi xavfini oshiradi.

Simetidin qon plazmasida konsentrasiyasini oshiradi (metabolizmini tormozlaydi).

Vena ichiga yuborish uchun yod saqlovchi rengenokontrast moddalar anafilaktik reaksiyalar rivojlanishi xavfini oshiradi.

Depolyarizasiyalamaydigan miorelaksantlar ta‘sirini, kumarinlarning antikoagulyasion samarasini uzaytiradi.

Tri- va tetrasiklik antidepressantlar, antipsixotik, sedativ, uyqu vositalari va etanol markaziy nerv tizimining susayishini kuchaytiradi.

Shoxkuyaning gidratlanmagan alkaloidlari periferik qon aylanishini buzilishlari rivojlanishi xavfini oshiradi.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Atenolol qabul qilayotgan bemorlarning nazorati yurak qisqarishlari tez-tezligi va arterial bosimni (davolash boshida – har kuni, so‘ngra 3-4 oyda 1 marta), qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qondagi glyukoza miqdorini (4-5 oyda 1 marta) kuzatishni o‘z ichiga olishi kerak. Keksa pasientlarda buyrak faoliyatini kuzatish (4-5 oyda 1 marta) tavsiya qilinadi.

Bemorga yurak qisqarishi tez-tezligini hisoblash usulini o‘rgatish kerak va yurak qisqarish tez-tezligi minutiga 50 dan kam bo‘lganida shifokor maslahati zarurligi haqida xabar berish lozim.

Tireotoksikozda atenolol gipertireozning ayrim klinik belgilarini (masalan, taxikardiyani) niqoblashi mumkin. Tiriotoksikozi bo‘lgan bemorlarda birdan bekor qilish mumkin emas, chunki belgilarini kuchaytirishi mumkin. Qandli diabetda gipoglikemiya chaqirgan taxikardiyani niqoblashi mumkin. Noselektiv beta-adrenoblokatorlardan farqli ravishda, insulin chaqirgan gipoglikemiyani deyarli kuchaytirmaydi va qondagi glyukoza konsentrasiyasini normal darajagacha tiklanishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Yurak ishemik kasalligi (IBS) bo‘lgan bemorlarda beta-adrenoblokatorlarni birdan bekor qilish, anginal xurujlar tez-tezligi yoki og‘irligini ko‘payishini chaqirishi mumkin, shuning uchun yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda atenolol qabul qilishni asta-sekin to‘xtatish kerak.

Noselektiv beta-adrenoblokatorlar bilan solishtirganda, kardioselektiv beta-blokatorlar o‘pka faoliyatiga kamroq ta‘sir qiladi, shunga qaramasdan nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklarida, atenololni faqat mutloq ko‘rsatmalar bo‘lganidagina buyurish kerak. Ularni buyurishning zaruratini ayrim hollarida, beta2-adrenomimetiklarni qo‘llashni tavsiya etish mumkin.

Bronxospastik kasalliklari bo‘lgan bemorlar boshqa gipotenziv preparatlarni o‘zlashitiraolmaganida va/yoki samarasizligida, kardioselektiv adrenoblokatorlarni buyurish mumkin, biroq bunda qat‘iy dozasini kuzatish kerak. Dozani oshirib yuborish bronxospazm rivojlanishi bilan xavfli.

Atenolol qabul qilayotgan bemorlarda, agar narkoz ostida jarrohlik aralashuv talab qilingan hollarda, maxsus e‘tibor zarur.

Jarrohlik aralashuvidan 48 soat oldin preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak. Anestetik sifatida imkoni boricha minimal manfiy inotrop ta‘sirli preparat tanlash kerak.

Atenolol va klonidin bir vaqtda qo‘llanganida, atenolol qabul qilish klonidindan bir necha kun oldin to‘xtatiladi, klonidin bekor qilish belgilaridan saqlanish maqsadida.

Og‘irlashgan allergologik anamnez fonida epinefrinni odatdagi dozalaridan samara bo‘lmasligi va o‘ta yuqori sezuchanlik reaksiyasining yaqqolligini kuchayishi mumkin.

Katexolaminlar zahirasini kamaytiruvchi preparatlar (masalan, rezerpin), beta-adrenoblokatorlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun bunday dori vositalarini birga qabul qilayotgan bemorlar, arterial gipotenziya yoki bradikardiyani vaqtida aniqlash uchun doimiy shifokor nazorati ostida bo‘lishlari kerak.

Keksa yoshdagi bemorlarda yaqqol bradikardiya (minutiga 50 dan kam), arterial gipotenziya (arterial bosim 100 mm sim. ust. dan past), AV blokada, bronxospazm, yurak qorinchalari aritmiyasi, jigar va buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari paydo bo‘lgan hollarida, dozani kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish kerak.

Beta-adrenoblokatorlarni qabul qilish chaqirgan depressiya rivojlanganda davolashni to‘xtatish tavsiya qilinadi.

Verapamilni vena ichiga yuborishni zarurati bo‘lgan holda, buni atenolol qabul qilgandan keyin 48 soatdan kam bo‘lmagan vaqt o‘tgach amalga oshirish kerak.

Atenolol qo‘llanganida ko‘z yoshi suyuqligini ishlab chiqarilishi kamayishi mumkin, bu kontakt linzalaridan foydalanuvchi pasientlar uchun ahamiyatga ega.

Og‘ir aritmiyalar va miokard infarkti rivojlanishi xavfi tufayli davolashni keskin bekor qilish mumkin emas. Dozani ikki haftadan ko‘proq vaqt davomida asta-sekin kamaytirib borib bekor qilish o‘tkaziladi (3-4 kunda doza 25% kamaytiriladi).

Qon va siydikda katexolaminlar, normetanefrin va vanililmindal kislotasi miqdorini, antinuklear antitelalar titrini tekshirish oldidan preparatni bekor qilish kerak.

Chekuvchilarda beta-adrenoblokatorlarni samaradorligi past bo‘ladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Atenolol yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va kindik qonida aniqlanadi. Birinchi uch oylikda atenololni qo‘llash bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan va shuning uchun homilaga shikastlovchi ta‘siri bo‘lishi mumkinligini istisno qilib bo‘lmaydi. Homiladorlikning uchinchi uch oyligida arterial gipertenziyani davolash uchun preparat sinchkov shifokor nazorati ostida qo‘llanadi. Homiladorlikda atenololni qo‘llash homilaning o‘sishini buzilishini sababi bo‘lishi mumkin. Atenololni homilador yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga atenololni faqat ona uchun foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan holda, ayniqsa homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyligida buyurish kerak, chunki beta-adrenoblokatorlar plasentar perfuziya darajasini pasaytiradi, bu homilani ona qornidagi o‘limiga yoki uni yetilmasligiga va muddatidan oldin tug‘ilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, gipoglikemiya va bradikardiya kabi nojo‘ya samaralari, homilada ham, yangi tug‘ilgan chaqaloqda ham kuzatilishi mumkin.

Homiladorlarga atenololni faqat ona uchun bo‘ladigan foyda, homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan holda buyurish kerak. Atenolol ko‘krak suti bilan chiqadi, shuning uchun emizish davrida uni juda zarur hollarda juda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Mashina haydash va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri.

Davolanish davrida diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: yaqqol bradikardiya, II va III darajali atrioventrikulyar blokada, yurak yetishmovchiligi belgilarini ko‘payishi, arterial bosimni haddan ziyod pasayishi, nafasni qiyinlashishi, bronxospazm, bosh aylanishi, xushdan ketish, aritmiya, yurak qorinchalari ekstrasistoliyasi, barmoqlarning tirnoqlarini yoki kaftlarni ko‘karishi, tirishishlar.

Davolash: me‘dani yuvish va adsorbsiyalovchi dori vositalarini buyurish, bronxospazm paydo bo‘lganida beta2-adrenomimetik salbutamolni ingalyasion yoki vena ichiga yuborish ko‘rsatilgan. AV o‘tkazuvchanlik buzilganida, bradikardiyada – vena ichiga 1-2 mg atropin, epinefrin yuborish yoki vaqtinchalik kardiostimulyator o‘rnatish; yurak qorinchalari ekstrasistoliyasida – lidokain (I A sinf preparatlari qo‘llanmaydi); arterial gipotenziyada – bemor Trendelenburg holatida bo‘lishi kerak. Agar o‘pkalar shishining belgilari bo‘lmasa – plazma o‘rnini bosuvchi eritmalar vena ichiga, samarasi bo‘lmaganida – epinefrin, dopamin, dobutamin yuborish; surunkali yurak yetishmovchiligida – yurak glikozidlari, diuretiklar, glyukagon; tirishishlarda – vena ichiga diazepam. Dializ o‘tkazish mumkin.