Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Аспаркам ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Аспаркам ТАБЛЕТКА №60

7 800 so'mdan
(1678)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
potassium aspartate, magnesium aspartate
Ishlab chiqaruvchi
ФАРМАПОЛ-ВОЛГА ООО
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Dori shakli

 tabletkalar.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Preparat kaliy va magniy ionlarining manbai hisoblanadi. Organizmda asparagin kislotasiga qadar gidrolizlanadi. Metabolik jarayonlarni boshqaradi.

Asosiy ta‘sir mexanizmi kaliy va magniy ionlarini hujayra ichki bo‘shlig‘iga tashuvchisi sifatida asparaginat bilan bog‘liq.

Vosita hujayralarda elektrolitlarni muvozanatini normallashtiradi, kardiomiositlarni qo‘zg‘aluvchanligini va miokardni o‘tkazuvchanligini pasaytiradi (o‘rtacha antiaritmik samara). Miokard infarkti va stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda qon aylanishini har qanday yetishmovchiligida yurak qorinchalari ekstrasistoliyasini va paroksizmal lipillovchi aritmiyani bartaraf etadi, ammo ko‘pincha kamaytiradi. Koronar qon aylanishini yomonlashishi bilan bog‘liq miokard metabolizmining gipoksik  buzilishlarini kamaytiradi.

Qon aylanishini zarbdor hajmini oshishi kaliyni eritrositlardagi miqdorini  normallashuvi va yurak faoliyatini buzilgan ritmini yo‘qolishi yoki sezilarli darajada kamayishi fonida kuzatiladi.

Farmakokinetikasi

Preparat tez so‘riladi. Asparaginat  kaliy va  magniy  ionlarini  hujayraga kirishiga yordam beradi.

Qo‘llanilishi

Gipokaliemiya bilan kechuvchi holatlar. Angishvonagul preparatlarining toksik ta‘siri, yaqinda paydo bo‘lgan yurak qorinchalari ekstrasistoliyasi, bo‘lmalarni lippilashini paroksizmi bilan bog‘liq yurak ritmini buzilishi, yurak glikozidlari preparatlarini va diuretiklarni (halqali, tiazid, tiazidsimon) qo‘llanishi bilan bo‘lgan yurak ishemik kasalligini kompleks davolashda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Asparkamni ovqatdan keyin suv bilan ichgan holda qo‘llanadi. -kattalarga 2 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi. Davolash kursi – 3-4 hafta. Yanada og‘irroq holatlarda (koronar qon aylanishini buzilishlarida, angishvonagul preparatlarini o‘zlashtiraolmaslikda) – kattalarga 3 tabletkadan sutkada 3 marta, 2-3 haftadan keyin dozani 1 tabletkagacha sutkada 2-3 martaga kamaytiriladi.

Profilaktika yoki samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun kattalar 1 tabletkadan sutkada 3 marta qabul qiladilar.

Preparatni bolalarda qo‘llash tajribasi  yo‘q.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Uzoq qo‘llanganda ko‘ngil aynishi, epigastriya sohasida noxushlik (holesistitda va antasid gastritda), giperkaliemiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, giperkaliemiya va gipermagniemiya. II va III darajali atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Asparkam yurak glikozidlarga nisbatan sezuvchanlikni kamaytiradi va oxirgining toksikligini kamaytiradi. Kaliyni tejovchi diuretiklar va AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda giperkaliemiyani rivojlanish xavfi (kaliyni plazmadagi darajasini nazorat qilish kerak) oshadi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Ritm buzilishini atrioventrikulyar blokadasi bilan birga kechishida preparat buyurilmaydi. Preparatni giperkaliemiyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Uzoq qo‘llanganda qonda kaliy va magniy darajasini nazorat qilish kerak. Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat haydovchilarga va texnika bilan  ishlaydigan  odamlarga  salbiy ta‘sir qilishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Giperkaliemiya va gipermaniemiya simptomlari: yuzni qizarishi, chanqoqlik, arterial bosimni pasayishi, diareya, nafasni susayishi, aritmiya, tirishishlar, mushak zaifligi bo‘lishi mumkin.

Ko‘rsatilgan holatlar doza kamaytirilganda yoki preparat to‘liq bekor qilinganda yo‘qoladi, simptomatik  davolashni buyurish mumkin.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.