Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АСКОРБИНОВАЯ КИСЛОТА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АСКОРБИНОВАЯ КИСЛОТА 5% 5 МЛ АМП. №5

5 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
АСКОРБИНОВАЯ КИСЛОТА 5% 5 МЛ АМП. №5
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Ascorbic acid
Ishlab chiqaruvchi
(Integra DD , Узбекистан)
Chiqarilish shakli
штука
Farma. Guruh
Витамины и минералы
Dori tafsilotlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Dori shakli
Saqlash sharoiti
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tarkibi
Yaroqlilik muddati
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Farmakologik xususiyatlari
Maxsus ko‘rsatmalar
Farmakokinetikasi

Leykositlarga, trombositlarga, so‘ngra esa barcha to‘qimalarga oson kiradi; gipofizning orqa bo‘lagida, buyrak usti bezlarining po‘stlog‘i, ko‘z epiteliysi, urug‘ bezlarining oraliq hujayralari, tuxumdonlar, jigar, miya, taloq, me‘da osti bezi, o‘pkalar, buyraklar, ichak devori, yurak, mushaklar, qalqonsimon bezida to‘planadi. Asosan jigarda dezoksiaskorbin va keyin shovilsirka va diketogulon kislotalarigacha metabollanadi. o‘zgarmagan askorbat va metabolitlari siydik, ahlat, keyin ko‘krak suti bilan chiqariladi. Yuqori dozalarda chiqarilishi keskin kuchayadi, bunday yuqori chiqarilish qabul qilish to‘xtatilganidan keyin ham saqlanishi mumkin. Chekish va etil spirtini ist‘emol qilish organizmdagi zahiralarini keskin pasaytirib (nofaol metabolitlarga aylanishi) parchalanishini tezlashtiradi.

 

Qo‘llanilishi

S gipo- va avitaminozni oldini olish va davolash, gemorragik diatez, kapillyarotoksikoz, gemorragik insult, yordamchi vositasi sifatida: qon ketishlari (burun, o‘pka, bachadon va boshqalardan), infeksion kasalliklar, intoksikasiyalar, alkogolli va infeksion deliriy, o‘tkir nur kasalligi, posttransfuzion asoratlar, jigar (Botkin kasalligi, surunkali gepatitlar va sirrozlar), me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklari (axiliya, yara kasalligi, ayniqsa qon ketishidan keyingi, enteritlar, kolitlar, gelmintozlar), xolesistit, buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi (Addison kasalligi), uzoq bitmaydigan yaralar, jarohatlar, suyak sinishlari, distrofiya, jismoniy va aqliy yuklamalar, homiladorlik va laktasiya, gemosideroz, melanodermiyalar, eritrodermiyalar, psoriaz, surunkali tarqalgan dermatozlar, aterosklerz, bronxial astma, biriktiruvchi to‘qimaning diffuz kasalliklari (revmatoid artrit, tizimli qizil yugurik, sklerodermiya) va boshqalar; antikoagulyantlar dozasini oshirib yuborish, akonit, anestezin, anilin, antabus, barbituratlar, benzol, dixloretan, kaliy permanganat, metil spirti, margimush, uglerod oksidi, sinil kislotasi, sulfanilamidlar, talliy, fenol, xinin bilan zaharlanishda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga mushak ichiga va vena ichiga 5% askorbin kislota eritmasi 1-5 ml dan, bolalarga – 1-2 ml dan yuboriladi. Zaharlanishda 60 ml gacha yuboriladi.

Davolash kursi kasallikning xarakteri va kechishiga qarab belgilanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Arterial gipertenziya, modda almashinuvini tuzilishi, me‘da osti bezining insulyar apparati faoliyatini (giperglikemiya, glyukonuriya) va glikogen sintezini susayishi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini va to‘qimalar trofikasini pasayishi, trombositoz, giperprotrombinemiya, tromb hosil bo‘lishi, eritrositopeniya, neytrofil leykositoz, miokard distrofiyasi, buyraklarning glomerulyar apparatini shikastlanishi, allergik reaksiyalar (shu jumladan anafilaktik shok); uzoq vaqt qabul qilinganida siydik toshlarini hosil bo‘lishi, rux, mis almashinuvini buzilishi, MNT qo‘zg‘aluvchanligini oshishi, uyquni buzilishi, mikroangiopatiyalarni rivojlanishi.

 

Dori shakli

in‘eksiya uchun eritma.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni katta dozalarda yuqori qon ivishi oshgan, tromboflebit, trombozlarga moyilligi bo‘lgan bemorlarga, qandli diabetda, hamda askorbin kislotasiga yuqori shaxsiy sezuvchanlikda buyurish tavsiya qilinmaydi.

 

Tarkibi

faol modda: askorbin kislotasi – 50 mg;

yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonat – 23,85 mg, suvsiz natriy sulfit – 2 mg, in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha karbonat angidrid gazi bilan to‘yingan.

Ta‘rifi: rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli, tiniq eritma.

Yaroqlilik muddati

1 yil 6 oy.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Qonda salisitlar (kristalluriya xavfini oshiradi), etinilestradiol, benzilpenisillin va tetrasiklinlar konsentrasiyasini oshiradi, oral kontraseptivlarni – kamaytiradi. Kumarin hosilalarining antikoagulyasion samarasini kamaytiradi. Ichakda temir preparatlarining so‘rilishini yaxshilaydi. Xinolin qatori preparatlari, kalsiy xloridi, salisilatlar, kortikosteroidlar uzoq vaqt qo‘llanganida, S vitaminining zahirasini kamaytiradi.

 

Farmakologik xususiyatlari

Yaqqol antioksidant xususiyatlarga ega. Ko‘pchilik biokimyoviy reaksiyalarda vodorodning tashilishini boshqaradi, uch karbon kislotalari siklida glyukozaning ishlatilishini yaxshilaydi, tetragidrofolat kislotasining hosil bo‘lishida va to‘qimalarning regenerasiyasida, steroid gormonlar, kollagen, prokollagenning sintezida ishtirok etadi. ²ujayralararo moddaning kolloid holatini va kapillyarlarni me‘yoriy o‘tkazuvchanligini (gialuronidazani susaytiradi) saqlab turadi. Proteolitik fermentlarni faollashtiradi, aromatik aminokislotalar, pigmentlar va xolesterin almashinuvida ishtirok etadi. Jigarda glikogenning to‘planishiga yordam beradi. Jigarda nafas fermentlarini faollashuvi hisobiga uning detoksikasion va oqsil hosil qilish faoliyatini kuchaytiradi, protrombin sintezini oshiradi.

Safro ajralib chiqishini yaxshilaydi, me‘da osti bezini tashqi sekretor va qalqonsimon bezining inkretor faoliyatini tiklaydi. Immunologik reaksiyalarni boshqaradi (antitelolar, S3 – komplement komponenti, interferon sintezini faollashtiradi), fagositozga yordam beradi, organizmni infeksiyalarga bo‘lgan qarshiligini oshiradi. Yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Gistaminning ajralib chiqishini tormozlaydi va degradasiyasini tezlashtiradi, PG va boshqa yallig‘lanish mediatorlarini va anafilaksiyani hosil bo‘lishini susaytirdi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Askorbin kislotasi tiklovchi sifatida turli laboratoriya sinamalarining natijalarini o‘zgartirishi (qondagi glyukoza, bilirubin miqdorini, transaminazalar, LDG faolligini) mumkin.

Uzoq davolanish vaqtida buyraklar faoliyatini, AB ni va me‘da osti bezini faoliyatini (uning insulyar apparatini susayishi tufayli) ayniqsa yuqori dozalarda buyurilganida nazorat qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.