Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Артихол (Артишок)

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Артихол (Артишок) ТАБЛЕТКА 200мг №30

21 000 so'mdan
(1985)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Артихол (Артишок) ТАБЛЕТКА 200мг №30
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Dori shakli: 
Tarkibi:
Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni o‘t chiqarish yo‘llarini o‘tkazmasligiga olib keluvchi kasalliklarda va jigarning og‘ir kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Agar kasallik simptomlari yo‘qolmasa yoki doimo qaytalansa yoki diareya, qorinda og‘riq paydo bo‘lgan hollarda preparat bilan davolashni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparatni buyrakning o‘tkir kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Bolalar. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat qo‘llanilmaydi.

Avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Nojo‘ya samaralar kuchayishi mumkin.

Davolash: Preparatni bekor qilish. Simptomatik davolash.

 

 

Chiqarilish shakli

200 mg: 10 tabletkadan blisterda; 3 blisterdan qutida.

400 mg: 10 tabletkadan blisterda; 4 blisterdan qutida.

 

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ta‘rifi: 

dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, och-jigarrang plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 jigar va o‘t chiqarish yo‘llari kasalliklarida qo‘llanadigan vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakologik xususiyatlari dala artishokini (Cynara scolymus) barglarining tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalar kompleksining ta‘siri bilan bog‘liq. Safro haydovchi, gepatoprotektor va siydik haydovchi ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek qonda mochevina darajasini kamaytiradi. Artishokning tarkibidagi insulin va boshqa moddalar organizmda almashinuv jarayonlarini yaxshilaydi.

 

Qo‘llanilishi

Surunkali gepatit, jigar sirrozi, surunkali toshsiz xolesistit, gipokinetik tipdagi o‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi, surunkali nefrit, surunkali buyrak yetishmovchiligida qo‘llanadi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga 200-400 mg dan sutkada 3 marta ovqatdan oldin ichga buyuriladi.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 200 mg dan sutkada 3 marta.

Davolash kursi – 2-3 hafta. Zarurati bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashgandan keyin takroriy kurslarni o‘tkazish mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida diareya, qorinning yuqori sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi va jig‘ildon qaynashi, allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Artishok va murakkabguldoshlar oilasiga mansub bosh o‘simliklarga ma‘lum yuqori sezuvchanlik, o‘t chiqarish va siydik chiqarish yo‘llarini o‘tkazmasligi, o‘t-tosh kasalligi, og‘ir jigar yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kumarin qatori antikoagulyantlarning (masalan, fenprokumon, varfarin) terapevtik samarasi susayishi mumkin, bu bunday preparatlarning dozasiga tuzatish kiritishni talab etadi.

 

 

Dori shakli: 

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 200 mg yoki 400 mg artishok quruq ekstrakti (Cynara scolymus);

yordamchi moddalar: magniy oksidi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, makkajo‘xori kraxmali, talk, magniy stearati; qobig‘i: plyonka qobig‘i uchun Opadry 200 Brown aralashmasi (polivinil spirti, talk, titan dioksidi (Ye 171), polietilenglikol, temir (II) oksidi (Ye 172), temir (III) oksidi (Ye 172), temir (II,III) oksidi (Ye 172), metakril sopolimeri (S tip), natriy gidrokarbonati).