Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АРКОКСИА ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АРКОКСИА ТАБЛЕТКА 60МГ №28

200 000 so'mdan
(3866)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Etoricoxib
Ishlab chiqaruvchi
МЕРК ШАРП И ДОУМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Нестероидные противосполительные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat.

 

Tarkibi:

Bir ampula quyidagilarni saqlaydi:

Faol  modda: kokarboksilaza gidroxloridi – 50 mg;

Yordamchi moddalar: natriy karbonati – 8 mg.

 

Taʼrifi: 

oq rangli, oʻziga xos xidli, liofilizirlangan kukun yoki quruq gʻovak gigroskopik massa.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

metabolitik vosita.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Kokarboksilaza – tiaminning (V1 vitamini) kofermenti, organizmda fosforlanadi va mono-, di- va trifosforli efirlarini hosil qiladi, alfa-ketokislotalar, piruvat kislotasini karboksillanishi va dekarboksillanishini katalizlovchi fermentlar tarkibiga kiradi. Endogen kokarboksilaza organizmda ekzogen tiamindan fosforlanish yoʻli bilan hosil boʻladi, biroq kokarboksilazaning xususiyatlari tiaminning xususiyatlariga toʻliq mos kelmaydi va uni Vgipo- va avitaminozini oldini olish va davolash uchun ishlatish mumkin emas. Kokarboksilaza glyukozani oʻzlashtirilishini, nerv tizimi toʻqimalari trofikasini yaxshilaydi, yurak-qon tomir tizimining faoliyatini normallashishiga yordam beradi. Qonda sut va piruvat kislotasi darajasini kamaytiradi (ushbu kislotalarni miqdorini oshishi atsidoz va atsidotik komaga olib keladi).

 

Qoʻllanilishi

Kokarboksilaza jigar va buyrak yetishmovchiligi, diabetik prekoma va koma, diabetik ketoatsidoz, surunkali yurak yetishmovchiligi va yurak ritmini buzilishlarida, periferik nevritlarda majmuaviy davolash tarkibida buyuriladi.

Bolalarga preparat xuddi shu koʻrsatmalar boʻyicha buyuriladi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda shuningdek gipoksiya  va atsidoz bilan kechuvchi holatlarni, shu jumladan yangi tugʻilgan chaqaloqlar asfiksiyasi, gipoksik ensefalopatiya, qon aylanishini yetishmovchiligi, pnevmoniya, sepsisni majmuaviy davolashda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kokarboksilaza mushak ichiga yoki vena ichiga (oqim bilan yoki tomchilab) yuboriladi.

Ampulaning ichidagisi (50 mg) bevosita yuborishdan oldin 2 ml inyeksiya uchun suvda eritiladi. Vena ichiga oqim bilan yuborilganda hajmni natriy xloridining 0,9% eritmasi yoki dekstrozaning (glyukoza) eritmasini qoʻshish bilan 10-20 ml gacha, tomchilab yuborilganida esa 200-400 ml gacha yetkaziladi.

Yurak ritmi buzilishlarida: sutkada 100-200 mg dan 15-30 kun davomida. Surunkali yurak yetishmovchiligida: angishvonagul preparatlarini qoʻllashdan 2 soat oldin 50 mg dan sutkada 2-3 marta.

Qandli diabetda (ketoatsidoz, koma) sutkalik doza 100 mg ni tashkil qiladi.

Oʻtkir buyrak yoki jigar yetishmovchiligida  vena ichiga oqim bilan 100-150 mg dan sutkada 3 marta yoki tomchilab (dastlab 5% dekstroza (glyukoza) eritmasida eritib) sutkada 100-150 mg dan yuboriladi.

Periferik nevritlarda mushak ichiga sutkada 50-100 mg dozada 1-1,5 oy davomida buyuriladi.

Bolalarda mushak ichiga, vena ichiga (tomchilab yoki oqim bilan) yuboriladi. Holatining ogʻirlik darajasi va klinik simptomlarga qarab, sutkada 25 dan 50 mg gacha buyuriladi. Davolash kursi 3-7 kundan to 15-30 kungacha. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarga vena ichiga (sekin) 1 kg tana vazniga 10 mg dan sutkada bir marta yuboriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar (eshakemi, teri qichishishi) paydo boʻlishi mumkin; mushak ichiga yuborilganda – giperemiya, teri qichishishi, shish (yuborilgan joyda) boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Kokarboksilaza yurak glikozidlarining kardiotonik taʼsirini kuchaytiradi va ularning oʻzlashtirilishini yaxshilaydi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Ahamiyatga ega emas.

Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qoʻllanishi

Homilador ayollarda preparatning qoʻllanilishi xavfsizligi haqidagi maʼlumotlar yoʻq. Izlanishlarning yetarli boʻlmaganligi oqibatida preparatni homilador va emizikli ayollarga buyurish mumkin emas.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri oʻrganilmagan.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi haqida maʼlumotlar yoʻq.

 

Chiqarilish shakli

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 50 mg dan ampulalarda.

10 ampuladan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi, ampula pichogʻi yoki ampula skarifikatori bilan birga oʻramda yoki karton qutida.

Komplektda preparatli 5 ampula 2 ml dan inyeksiya uchun suvli 5 ta ampula qoʻllash yoʻriqnomasi bilan birga, ampula pichogʻi yoki ampula skarifikatori bilan birga oʻramda yoki karton qutida.

Preparat 5 ampula 2 ml dan inyeksiya uchun suv 5 ta ampula alohida kontur uyali oʻramlarda. Preparatli 1 ta kontur uyali oʻram va inyeksiya uchun suv 1 ta kontur uyali oʻram qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi, ampula pichogʻi yoki ampula skarifikatori bilan birga karton qutida.

Sindirish xalqasi yoki ochish uchun nuqtasi boʻlgan ampulali oʻramga ampula pichogʻi yoki ampula skarifikatori joylanmaydi.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 20ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha beriladi.