Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АНЗИБЕЛ КЛАССИК

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АНЗИБЕЛ КЛАССИК ТАБЛЕТКА №30

20 000 so'mdan
(2375)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
НОБЕЛЬ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Средства для лечения заболеваний ЛОР органов
Dori tafsilotlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Dori shakli:
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga va boshqa mahalliy anesteziyalovchi preparatlarga yuqori sezuvchanlik.

Fenilketonuriyasi bo‘lgan, fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaydigan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Xlorgeksidin boshqa antiseptiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularni faolsizlanishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Sportchilarda qo‘llanganida preparatning  tarkibiga benzokain kirishini hisobga olish kerak, uning bo‘lishi doping-nazoratda ijobiy natija berishi mumkin. Preparatni samaradorligi organik substansiyalar (qon plazmasi) va fosfolipidlar ishtirokida qisman pasayishi mumkin.

Preparatni bolalarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Har bir tabletka shirin ta‘m beruvchi sifatida sorbitol saqlaydi. Sorbitol ayrim xollarda me‘daning ta‘sirlanishini va diareyani chaqirishi mumkin. Shirin ta‘m beruvchi sifatida kaliy asesulfami saqlashi tufayli, kaliyning so‘rilishi buzilgan pasientlarga buyurish havfli.

Peroral qabul qilinganida kaliyning miqdorini oshishi me‘daning ta‘sirlanishini va diareyaning sababchisi bo‘lishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishida yoki uzoq muddat qo‘llanganida shishlar va gipertenziya paydo bo‘lishi mumkin.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Dori shakli:

shimish uchun tabletkalar

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat. Preparat xlorgeksidinning antiseptik ta‘siri, enoksolonni lunjlar va halqumning shilliq qavatiga yallig‘lanishga qarshi samarasi, shuningdek benzokainning mahalliy anesteziyalovchi samarasiga ega. Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shilliq qavatlarining ta‘sirlanishini yoki qurishini chaqirmaydi. Preparat grammusbat va grammanfiy bakteriyalarni ko‘pchilik shtammlariga nisbatan bakterisid va bakteriostatik ta‘sirga ega. Achitqi zamburug‘larga, dermatofitlar, lipofil viruslarga nisbatan ham faol.

Farmakokinetikasi

Benzokain shilliq qavat va shikastlangan teri orqali yaxshi so‘riladi, qon plazmasi va kam darajada jigar esterazalari bilan gidrolizlanadi.

Xlorgeksidin teri, shilliq qavat va boshqa to‘qimalar bilan yaxshi bog‘lanadi va shuning uchun kam so‘riladi. Ichga qabul qilingandan keyin qonda aniqlanmaydi.

Enoksalon kortizolni faolsizlantiruvchi fermentni susaytiradi, bu orqali birga qo‘llanganda gidrokortizonning teriga ta‘sirini kuchaytiradi.

Qo‘llanilishi

Og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq va halqumning infeksion-yallig‘lanish jarayonlarning (engil va o‘rtacha) mahalliy belgilarini qisqa muddatli yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalarni chaynamasdan og‘izda sekin shimish lozim.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun tavsiya qilinadigan doza – 1 tabletkadan buyuriladi. Qabul qilish o‘rtasidagi oraliq 2-3 soatni tashkil qiladi . Maksimal sutkalik doza 8 tabletkani tashkil qiladi.

6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 1 tabletkadan. Qabul qilish o‘rtasidagi oraliq             4-5 soatni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza 6 tabletkani tashkil qiladi .

Tavsiya qilinadigan davolash kursi 7 kunni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda kam hollarda – allergik reaksiyalar (teri toshmasi) va ovqat hazm qilish buzilishlari (ko‘ngil aynishi, epigastriyada og‘riq) kuzatiladi. Pasientlarning tishlarida dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin.

Kam hollarda – davolashni davom ettirilganida o‘tib ketuvchi ta‘mning buzilishi paydo bo‘lishi mumkin.