Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АНТИСТРУМИН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АНТИСТРУМИН ТАБЛЕТКА №100

2 760 so'mdan
(4423)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
САМО
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilinadi, me‘da-ichak yo‘llariga salbiy ta‘sir qilmasligi uchun sut, kisel yoki shirin choy bilan ichib yuboriladi. Haftada 1 marta 1 tabletkadan, bo‘qoqning diffuz shakllarida – haftada 2-3 marta 1-2 tabletkadan buyuriladi.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yod moddasiga nisbatan idiosinkraziyada allergik reaksiyalar: eshakemi, Kvinke shishi, eozinofiliya, shok. Uzoq vaqt davomida qabul qilinganda yodizm alomatlari: burun shilliq qobig‘ining shishishi, tumov, so‘lak oqishi, ko‘z yoshlanishi, kurak ostida noxushlik sezilishi kabilar yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, taxikardiya, asabiylik, uyquning buzilishi, haddan tashqari ko‘p terlash, diareya (yoshi 40 dan oshgan bemorlarda) bo‘lishi mumkin.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Yaqqol namoyon bo‘lgan gipertireoz, yashirin gipertireoz (150 mkg/sut dan kattaroq dozalarni qo‘llaganda), toksik adenoma, tugunli yoki diffuz toksik bo‘qoq (300-1000 mkg/sut dan kattaroq dozalarni qo‘llaganda), gerpetiform dermatit (Dyuring kasalligi), o‘pka tuberkulyozi, nefrit, nefroz, husnbuzar toshishi, eshakem, furunkulyoz, surunkali piodermiya,  gemorragik diatez, yod moddasiga nisbatan o‘ta sezuvchanlik, homiladorlik va emizikli davrda (1-2 mg/sut dozalarda qo‘llaganda) qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda yuqori dozadagi (1 mg/sut dan ortiq) kaliyni saqlovchi diuretiklar bilan birgalikda davolaganda – giperkaliemiya, litiy preparatlari bilan birgalikda davolaganda – bo‘qoq va gipotireoz rivojlanishi mumkin.

Perxlorat va tiosionat raqobatli ravishda yodning qalqonsimon bez tomonidan singdirilishini sekinlashtiradi, TTG esa – kuchaytiradi.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolash zaminida buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda giperkaliemiya rivojlanishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

 

 

Chiqarilish shakli

0,001 g tabletkalar.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: kaliy yodid.

yordamchi moddalar: qand-rafinad, kalsiy stearat yoki magniy stearat yoki stearin kislotasi.

 

Ta‘rifi:

 oq rangli, shirin ta‘mli tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Endemik buqoqni profilaktikasi va davolash uchun vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Noorganik yodidi. Qalqonsimon bez faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatadi, chunki yod moddasi tiroksin (T4) va triyodtironin (T3) sintezida ishtirok etadi. Organizm yod moddasi bilan yetarli darajada ta‘minlanmasa, tireoid gormonlar sintezi buziladi va qalqonsimon bez faoliunksiyasi susayadi; bunday holatlarda preparat yod moddasining yetishmovchiligini qoplab, tireoid gormonlar sintezini tiklaydi. Biroq, yodidlar haddan tashqari ko‘payib ketsa, tireoid gormonlar biosinteziga to‘sqinlik qiladi, qalqonsimon bezining gipofizni tireotrop gormoniga bo‘lgan sezuvchanligi pasayadi va uning gipofiz tomonidan sekresiyasi to‘xtatiladi.

 

Farmakokinetikasi

Me‘da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi, organizmning barcha to‘qimalari va suyuqliklarida keng tarqaladi, asosan buyrak, qisman me‘da-ichak yo‘llari, ter va sut bezlari orqali ajralib chiqadi.

 

 

Qo‘llanilishi

Endemik bo‘qoqning oldini olish uchun qo‘llanadi.