Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Антиоксикапс с

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Антиоксикапс с цинком КАПСУЛА №30

24 000 so'mdan
(2963)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
МИНСКИНТЕРКАПС
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Витамины и родственные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 kapsulalar

 

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: beta-karotinning moydagi 30% suspenziyasi koʻrinishida – 6 mg, a-tokoferilatsetati – 30 mg, askorbin kislotasi – 100 mg, rux oksidi koʻrinishida rux –
8 mg.

Yordamchi moddalar: kungaboqar moyi, asalari mumi, tozalangan letsitin.

Kapsula qobigʻining tarkibi: jelatin, glitserin, tozalangan suv, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, titan dioksidi,

boʻyovchi: qizil boʻyovchi Ye129.

 

Taʼrifi: 

uzunchoq shaklli, chokli, qayishqoq, qizil rangli yumshoq jelatin kapsulalar.

Kapsula ichidagisi – qizil rangli, achimagan hidli moyli suspenziya. Saqlanganida aralashmani qatlamlanishi mumkin.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 vitaminlar minerallar bilan.

Farmakologik xususiyatlari

“Antioksikaps s sinkom” ning farmakologik faolligi unda saqlanuvchi quyidagi vitaminlarning majmuaviy taʼsiri belgilaydi: askorbin kislotasi, alfa-tokoferilatsetati, beta-karotin va rux.

Askorbin kislotasi organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda qatnashadi, qon ivishini oshiradi, toʻqimalar regeneratsiyasini, steroid gormonlar, kollagen va prokollagen sintezini kuchaytiradi, temirning soʻrilishini yaxshilanishiga yordam beradi. U organizmning moslashish imkoniyatlarini oshiradi va uning infeksiyalarga boʻlgan qarshiligini kuchaytiradi.

a-Tokoferilatsetati organizmda yogʻlarni oksidlanishini va ulardan zaharli perekislar hosil boʻlishini ingibirlaydi, toʻyinmagan yogʻ kislotalaridagi bogʻlarning mustahkamligini turgʻunlashtiradi. U eritrotsitlar, endoteliotsitlar, enterotsitlar va boshqalar membranalarining tuzilmasi va faoliyatini normallashtiradi. Tokoferol kollagen, gem va oqsillar biosintezida ishtirok etadi, toʻqimalar nafas olishini tartibga solishda va hujayra metabolizmining boshqa muhim jarayonlarida qatnashadi. U gonadotropinlar hosil boʻlishini, spermatogenezni, urugʻlantirilgan tuxum, yoʻldosh rivojlanishini ragʻbatlantiradi.

Beta-karotin antioksidant, immunomodullovchi va yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega, uni faol kislorodni bogʻlash qobiliyati hisobiga va, shunday qilib, tashqi muhitni noxush omillarini taʼsiri yoki organizmda patologik jarayonlar rivojlarishida katta miqdorda hosil boʻladigan erkin radikallar tomonidan xujayra strukturasini buzilishini himoya qiladi.

Rux V guruhi vitaminlarini yaxshiroq oʻzlashtirilishi va taʼsiriga yordam beradi, pankreatik shiraning tarkibiy qismi boʻlib hisoblanadi, endokrin boshqarish, ruxiy reaksiyalarni shakllanishida, qator gormonlarni, shu jumladan jinsiy aʼzolarning ham gormonlarini hosil boʻlishida qatnashadi. U shuningdek organizmning biokimyoviy reaksiyalarida, qon hosil boʻlish jarayonida ishtirok etadi. Rux xujayralar membranasini himoyalovchi va turgʻunlashtiruvchi fermentlar tarkibiga kiradi, nuklein kislotalari, oqsillar, yogʻlar, uglevodlarni metabolizmida, shuningdek immunokompetent xujayralarning oʻzaro taʼsiri jarayonlarida qatnashadi.

 

Qoʻllanilishi

“Antioksikaps s sinkom” preparati polivitamin antioksidant sifatida quyidagilarni majmuaviy davolashda koʻrsatilgan:

  • vitamin (S, Ye va A) yetishmovchiligini va rux ionlarining yetishmovchiligini oldini olish va davolash uchun;
  • organizmning shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun;
  • yuqori jismoniy va ruxiy buzilishlarda;
  • davomli va/yoki ogʻir kechuvchi, shu jumladan infeksion, kasalliklardan keyingi tiklanish davrida;
  • turli etiologiyali astenik holatlarda;
  • alkogolli abstinent sindromini va nikotinga qaramlikni majmuaviy davolashda;
  • muvozanatlanmagan va sifatsiz ovqatlanishda.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

“Antioksikaps s sinkom” ovqatdan keyin suv bilan birga qabul qilinadi.

Oldini olish maqsadida preparatni bolalarga 14 yoshdan boshlab va kattalarga 1 kapsuladan sutkada 1 marta 1-3 oy davomida buyurish tavsiya qilinadi.

Oldini olish kursini yilda bir necha marta takrorlash tavsiya qilinadi.

Davolash maqsadida “Antioksikaps s sinkom”ning dozasini shifokor patologiyaning xarakteri va yaqqollik darajasini, shuningdek organizmning A, S va Ye vitaminlariga va ruxga boʻlgan talabini hisobga olib belgilaydi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat tavsiya etilgan dozalarda qoʻllanganida nojoʻya taʼsirlar kuzatilmaydi.

Uzoq muddat yuqori dozalarda qoʻllanganida allergik reaksiyalar, mis tanqisligi, anemiya rivojlanishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik boʻlganida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Kortikosteroid preparatlari, tetratsiklinlar guruhi antibiotiklari, shuningdek etanol va etanol saqlovchi preparatlar birga qoʻllanganida A provitaminning terapevtik samarasini pasaytiradi.

Tokoferol tutqanogʻi boʻlgan bemorlarda tirishishga qarshi vositalar samarasini oshirishi mumkin, ularning qonida lipidlarning perekisli oksidlanishi mahsulotlarining miqdorini oshishi aniqlangan.

Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa polivitamin preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Sutli mahsulotlarni isteʼmol qilishdan saqlanish kerak, chunki bunda ruxning ovqat hazm qilish yoʻllaridan soʻrilishi tormozlanadi.

Spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishdan saqlanish lozim.

Avtomobilni haydash, texnika bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri

Taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozalash boʻyicha koʻrsatmalarga rioya qilinganida hatto preparat uzoq vaqt qabul qilinganida ham dozani oshirib yuborish koʻrinishlari kuzatilmaydi.

Sutkalik norma oshirilganida “Antioksikaps s sinkom” qabul qilinganidan keyin koʻngil aynashi, diareya, terini qizarishi va boshqa simptomlar koʻrinishidagi nospetsifik nojoʻya samaralari boʻlishi mumkin, ular preparat bekor qilinganida oʻtib ketadi.

 

Chiqarilish shakli

Yumshoq jelatin kapsulalar, 10 kapsuladan kontur uyali oʻramda, 2, 3 yoki 4 kontur uyali oʻramdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

Namliklan va yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor retsepti boʻyicha beriladi.