Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
АНТИОКСИКАПС С

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

АНТИОКСИКАПС С СЕЛЕНОМ КАПСУЛА №30

20 000 so'mdan
(1981)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
МИНСКИНТЕРКАПС
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Витамины и родственные препараты
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Dori shakli: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: beta-karotinning moydagi 30% suspenziyasi – 6 mg, alfa-tokoferilatsetati – 30 mg, askorbin kislotasi – 100 mg, selen (0,1% li achitqi selen koʻrinishida – 30 mg yoki 0,2% li achitqi selen – 15 mg) – 0,03 mg.

Yordamchi moddalar – tozalangan kungaboqar moyi, asalari mumi, letsitin.

Jelatin kapsula qobigʻining tarkibi: jelatin, glitserin, metilparagidroksibenzoat Ye218, propilparagidroksibenzoat Ye216, tozalangan suv, titan dioksidi Ye171, boʻyovchi: qizil boʻyovchi Ye129.

 

Taʼrifi: 

uzunchoq shaklli, chokli, qayishqoq, qizil rangli, yumshoq jelatin kapsulalar.

Kapsula ichidagisi – qizil rangli, achimagan hidli, moyli suspenziya. Saqlanganida aralashmani qatlamlanishi mumkin.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

polivitaminlar mikroelementlar bilan majmuada.

 

Dori shakli: 

kapsulalar.

 

Farmakologik xususiyatlari

“Antioksikaps s selenom” ning farmakologik faolligi unda saqlanuvchi quyidagi vitaminlarning majmuaviy taʼsiri belgilaydi: askorbin kislotasi, alfa-tokoferilatsetati, beta-karotin va selen mikroelementi.

Askorbin kislotasi organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda qatnashadi, qon ivishini oshiradi, toʻqimalar regeneratsiyasini, steroid gormonlar, kollagen va prokollagen sintezini kuchaytiradi, temirning soʻrilishini yaxshilanishiga yordam beradi. U organizmning moslashish imkoniyatlarini oshiradi va uning infeksiyalarga boʻlgan qarshiligini kuchaytiradi.

Alfa-tokoferilatsetati lipidlarning peroksidli oksidlanishi mahsulotlari hosil boʻlishini ingibirlaydi. U eritrotsitlar, endoteliotsitlar, enterotsitlar membranalarining tuzilmasi va faoliyatini normallashtiradi. Tokoferol kollagen, gem va oqsillar biosintezida ishtirok etadi, toʻqimalar nafas olishini tartibga solishda va hujayra metabolizmining boshqa muhim jarayonlarida qatnashadi.

U gonadotropinlar hosil boʻlishini, spermatogenezni, urugʻlantirilgan tuxum, yoʻldosh rivojlanishini ragʻbatlantiradi.

Beta-karotin antioksidant va immunomodullovchi taʼsirga ega.

Selen glutationperoksidaza ferment tizimining bir qismi hisoblanadi. Glutationperoksidaza hujayra ichi tuzilmalarini erkin kislorodli radikallarning shikastlovchi taʼsiridan himoya qiladi.

 

Qoʻllanilishi

Antioksikaps s selenom” polivitamin antioksidant preparati sifatida quyidagilarni davolashda koʻrsatilgan:

  • vitamin (S, Ye va A) yetishmovchiligini va selen yetishmovchiligini oldini olish va davolash;
  • organizmning shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun;
  • yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda;
  • muvozanatlanmagan va sifatsiz ovqatlanishda.
  • davomli va/yoki ogʻir kechuvchi, shu jumladan infeksion kasalliklardan keyingi tiklanish davrida.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

“Antioksikaps s selenom” ovqatdan keyin suv bilan birga qabul qilinadi.

Oldini olish maqsadida preparatni bolalarga 14 yoshdan boshlab va kattalarga 1 kapsuladan sutkada 1 marta 1-3 oy davomida buyurish tavsiya qilinadi.

“Antioksikaps s selenom” dozasini shifokor patologiyani xarakteri va yaqqollik darajasiga, shuningdek organizmning A, S va Ye vitaminlariga boʻlgan talabini hisobga olib belgilaydi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Diareya, teri rangini oʻzgarishi – sargʻish tusli rangni paydo boʻlishi, kam: bosh aylanishi, boʻgʻimlarda ogʻriq. Dori vositasini katta dozalarda qabul qilish qorinda ogʻriq paydo boʻlishiga, K vitaminining tanqisligi boʻlgan patsiyentlarda qon oquvchanligini paydo boʻlishiga, estrogenlarni qabul qilgan patsiyentlarda tromboz xavfini oshishiga, giperoksaluriyaga va buyraklarda toshlar – oksalatlar hosil boʻlishi xavfini oshishiga, G6FD tanqisligi boʻlgan patsiyentlarda gemolizni rivojlanish xavfini kuchayishiga, shuningdek koʻrishni xiralashishi, bosh aylanishi, kuchli toliqish va holsizlikni paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Preparatning alohida komponentlariga allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin, ular preparat bekor qilinganidan soʻng yoʻqoladi.

Preparat tavsiya etilgan dozalarda qoʻllanganida nojoʻya samaralar kuzatilmaydi.

Noxush reaksiyalar paydo boʻlganida preparatni qabul qilishni toʻxtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Kortikosteroid preparatlari, tetratsiklinlar guruhi antibiotiklari, shuningdek etanol va etanol saqlovchi preparatlar birga qoʻllanganida A provitaminning terapevtik samarasini pasaytiradi.

Tokoferol qonida lipidlarni perekisli oksidlanishi mahsulotlari, shuningdek A va D vitaminlari miqdori oshgan tutqanogʻi boʻlgan bemorlarda tirishishga qarshi vositalarning samarasini oshirishi mumkin.

Oral kontratseptivlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida askorbin kislotasini soʻrilishi kamayadi. S vitamini temirni soʻrilishini oshiradi, salitsilatlar va qisqa taʼsir qiluvchi sulfanilamidlar bilan davolashda kristalluriya paydo boʻlishi xavfini oshiradi.

Xolestiramin, orlistat A va Ye vitaminlarining soʻrilishini kamaytiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Giperoksaluriyasi boʻlgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi

“Antioksikaps s selenom” ni homiladorlik va emizish davrida qoʻllash mumkin emas.

Avtomobilni haydash va texnika bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri

Taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida nafas bilan chiqarilayotgan havoda sarimsoqpiyoz hidini paydo boʻlishi mumkin. Bunday holda preparatni bekor qilish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Yumshoq jelatin kapsulalar, 10 kapsuladan kontur uyali oʻramda, 2, 3 yoki 4 kontur uyali oʻramdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

Namlikdan va yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha haroratda saqlanadi.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.