Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Ангримакс КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Ангримакс КАПСУЛА №20

18 000 so'mdan
(3930)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
МИНСКИНТЕРКАПС
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Средство для устранения симптомов ОРЗ
Dori tafsilotlari
Tarkibi
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Dori shakli:
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalarda berish tartibi
Tarkibi

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: parasetamol – 180 mg, remantadin gidroxloridi – 25 mg, askorbin kislotasi (SC turidagi qobiq bilan qoplangan askorbin kislotasi ko‘rinishida) – 150 mg, loratadin – 1,5 mg, rutin – 10 mg, kalsiy (kalsiy karbonati ko‘rishida) – 4,45 mg

yordamchi moddalar: kalsiy stearati, kartoshka kraxmali, laktoza.

Jelatin kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, gliserin, metilparagidroksibenzoat Ye-218, propilparagidroksibenzoat Ye-216, tozalangan suv, titan dioksidi Ye-171, natriy laurilsulfati, bo‘yovchilar: xinolin sarig‘i Ye-104, brilliant ko‘ki Ye-133, quyosh shafaqi sarig‘i Ye-110.

Farmakologik xususiyatlari

AnGriMaks dori vositasining farmakologik faolligi uning tarkibidagi parasetamol, remantadin, askorbin kislotasi, loratadin, rutin va kalsiyning majmuaviy ta‘siri bilan ifodalanadi.

Preparat viruslarga qarshi, interferonogen, isitma tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, antigistamin, angioprotektor ta‘sir ko‘rsatadi.

Parasetamol isitma tushiruvchi, analgetik va biroz yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, shamollash kasalliklarida, tomoqdagi og‘riqda, bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘im og‘riqlarida kuzatiladigan og‘riq sindromini kamaytiradi, yuqori haroratni pasaytiradi. Asosan markaziy nerv tizimi (MNT) da SOG-1 va SOG-2 bloklaydi. Periferik to‘qimalarda prostaglandinlar sinteziga bloklovchi ta‘sirini yo‘qligi tufayli, suv-tuz almashinuviga (Na+ va suvni tutilishi) va me‘da-ichak yo‘llari (MIY) ning shilliq qavatiga ta‘sir qilmaydi.

Remantadin – viruslarga qarshi vosita, adamantan hosilasidir. A grippi virusining turli shtammlari, Herpes simplex virusining I va II turlari, kana ensefaliti virusi (Flaviviridae oilasi arboviruslar guruhiga mansub markaziy yevropa va Rossiyaning bahor-yozgi virusi) ga nisbatan faoldir.

Remantadin replikasiya siklining ilk bosqichlariga ingibisiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi, ehtimol virus genomining transkripsiyasini ingibisiya qilsa kerak. Genetik tadqiqotlarning natijalari, vibrionning ko‘rsatilgan M2 genining virus oqsili A virusining remantadinga bo‘lgan sezuvchanligida muhim rol o‘ynaydi. Remantadin odam xujayralaridan ajratib olingan A grippi virusining uchta antigen kichik turi, ya‘ni H1N1, H2N2 va H3N3 ning har birining izolyatlari xujayra kulturasida replikasiyani ingibisiya qiladi. Remantadin V grippi virusiga nisbatan faol emas yoki deyarli faol emas. A grippi virusining xujayra strukturasidagi remantadinga bo‘lgan sezuvchanlik va klinik samara o‘rtasida miqdoriy nisbat aniqlanmagan. Xujayra kulturasida virus replikasiyasini 50% yoki undan ortiqqa ingibisiya qilish uchun zarur bo‘lgan dori vositasining konsentrasiyasi ko‘rinishida ifodalangan sezuvchanlikni o‘rganish yuzasidan tadqiqotlarning natijalari, tadqiqotlarning qo‘llanilayotgan protokoli, A grippi virusining ajratib olingan shtammlarini inokulyatlarining o‘lchami va ishlatilayotgan xujayra turlariga qarab, judap kuchli (19 nM dan 93 mkM gacha) farq qiladi.

REZISTENTLIK: xujayra kulturasida va in vivo sharoitida davolash natijasida yuz bergan A grippi virusining remantadinga rezistent bo‘lgan izolyatlari aniqlangan. A grippi virusining remantadinga rezistent shtammlari, remantadin ishlatilgan eksperimental sharoitlarda yaqinda ajratib olingan shtammlari orasida xam paydo bo‘lgan. Rezistent viruslar organizmga o‘tishi va tipik gripp bilan kasallanishga sabab bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan. M2 domeni membranasidagi beshta aminokislotadan birontasini almashtirish remantadinga nisbatan rezistentlikka olib keladi. Rezistentlikni chaqiruvchi keng tarqalgan almashtirishlar A grippi (H1N1) va A (H3N2) xamda S31N ni o‘z ichiga oladi. Rezistentlikni chaqiruvchi uncha keng tarqalmagan almashtirishlar A30F, V27A va L26F ni o‘z ichiga oladi. Remantadinga rezistentlik, remantadin qabul qilmagan shaxslarda pandemik mavsumiy grippning ajratib olingan shtammlarida aniqlanadi. Remantadinga rezistent bo‘lgan cho‘chqa A grippi (H1N1) (S-OIV) ning viruslari S31N almashinishna saqlashi ko‘rsatilgan.

KROSS-REZISTENTLIK: adamantanlar, remantadin va amantadin orasida kross-rezistentlik kuzatiladi. Remantadinga rezistentlik amantadinga kross-rezistentlik orqali yuz beradi va aksincha. Remantadinga rezistentlikning sababi bo‘lgan aminokislotalarni almashtirish (ko‘proq) M2 S31N ni o‘z ichiga oladi, shuningdek kamroq tarqalgan o‘zgarishlar V27, V30A, L26F va A30T da yuz beradi.

Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, uglevodlar almashinuvida, qon ivish jarayonida, to‘qimalar regenerasiyasida ishtirok etadi, qon tomir o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Antiagregant va yaqqol antioksidant xususiyatlariga ega. Xujayralararo moddaning kolloid holatini va kapillyarlarning normal o‘tkazuvchanligini bir maromda saqlab turadi (gialuronidazani susaytiradi). Jigardagi to‘qimalar nafasi fermentlarini faollashtirish hisobiga, uning dezintoksikasion va oqsil hosil qiluvchi faoliyatini kuchaytiradi, protrombin sintezini oshiradi. Immunologik reaksiyalarni boshqaradi (antitelalar, komplementning S3-komponenti, interferon sintezini faollashtiradi), fagositozga yordam beradi, organizmning infeksiyalarga qarshiligini oshiradi. Gistaminni ajralib chiqishini tormozlaydi va degradasiyasini tezlashtiradi, Pg va yallig‘lanish va allergik reaksiyalarning boshqa mediatorlarini hosil bo‘lishini susaytiradi.

Loratadin – N1-gistamin reseptorlarining uzoq ta‘sirga ega yuqori faol blokatoridir. Semiz xujayralardan gistamin va leykotrien S4 ni ajralib chiqishini susaytiradi. Allergiyaga qarshi, qichishishga qarshi va ekssudasiyaga qarshi ta‘sirga ega. Kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, to‘qimalar shishini rivojlanishini oldini oladi, silliq mushaklar spazmini yengillashtiradi.

Kalsiy karbonati – qon tomirlarining o‘tkazuvchanligini va sinuvchanligini rivojlanishini oldini oladi, normal qon ivishiga yordam beradi, nerv impulslarining o‘tkazish jarayonlarini amalga oshirishda, skelet va silliq mushaklarni qisqarishlarida, yurak faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi.

Rutin angioprotektordir. Grippda gemorragik jarayonlarga olib keluvchi qon tomirlarni o‘tkazuvchanligi va sinuvchanligini rivojlanishini oldini oladi, shuningdek kapillyarlarda qon aylanishini tiklaydi. Rutin askorbin kislotasi bilan birga oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi, antioksidant xususiyatlarga ega, askorbin kislotasini oksidlanishini oldini oladi va uni to‘qimalarda to‘planishiga yordam beradi. Ikkala komponent xam qon tomir devorini mustahkamlaydi (xujayralararo moddani hosil bo‘lishiga yordam beradi va gialuronidaza faolligini susaytiradi), kapillyarlar o‘tkazuvchanligi va sinuvchanligini kamaytiradi.

Qo‘llanilishi

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarda nafas yo‘llarining virus bilan zararlanishi oqibatidagi gripp, o‘tkir respirator virusli kasallik, isitmali holatlarni etiotrop va simptomatik davolashda qo‘llaniladi.

 

Dori shakli:

kapsulalar

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan keyin, suv bilan qabul qilinadi.

12 yoshdan katta bolalarga va kattalarga – isitma sindromi saqlanganida 2 kapsuladan kuniga 2-3 marta 3-5 kun davomida qabul qilinadi.

Preparatni qabul qilish davomida ahvolni yaxshilanishi kuzatilmasa, qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

MNT tomonidan: kam hollarda – bosh og‘rig‘i, kuchli toliqish, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, bosh aylanishi, tremor, giperkineziya.

MIY tomonidan: 7 kundan ortiq uzluksiz qabul qilinganida me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning shilliq qavati shikastlanishi mumkin, dispepsiya, og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, anoreksiya, meteorizm, diareya.

Qon tizimi tomonidan: 7 kundan ortiq uzluksiz qabul qilinganida – agranulositoz, leykopeniya, trombositopeniya, neytropeniya, anemiya.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda – teri toshmasi, qichishish, eshakemi bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– preparatning tarkibiga kiruvchi bir yoki bir necha komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

– homiladorlik va laktasiya davri;

– 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan birga qabul qilish zarurati tug‘ilganda oldindan shifokor bilan maslahatlashing.

Parasetamol va remantadinni birga qo‘llanishi remantadinning  maksimal konsentrasiyasi va AUC ko‘rsatkichini taxminan 11% ga pasayishiga olib keladi. Askorbin kislotasi remantadinning Cmax ko‘rsatkichini 10% ga pasaytiradi. Simetidin remantadinning klirenini 18% ga pasaytiradi.

Remantadin tutqanoqqa qarshi vositalarning samaradorligini pasaytiradi.

Parasetamol urikozurik dori vositalarning samaradorligini pasaytiradi. Jigarda mikrosomal oksidlanish fermentlari induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampisin, fenilbutazon, trisiklik antidepressantlar), etanol va gepatotoksik preparatlar gidroksillangan faol metabolitlarni ishlab chiqarilishini oshiradi, bu xatto dozani biroz oshirib yuborilganda ham og‘ir intoksikasiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Barbituratlarni uzoq muddat qo‘llanilishi parasetamolning samaradorligini pasaytiradi. Etanol o‘tkir pankreatitni rivojlanishiga zamin yaratadi. Jigarda mikrosomal oksidlanish fermentlari ingibitorlari (shu jumladan simetidin) gepatotoksik ta‘sir xavfini kamaytiradi. Parasetamol va boshqa NYAQV ni uzoq vaqt birga qo‘llanishi “analgetik” nefropatiyani va buyrak papillyar nekrozini rivojlanish xavfini, buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichini boshlanish xavfini oshiradi. Diflunisal parasetamolning plazmadagi konsentrasiyasini 50% ga oshiradi – gepatotoksiklikni rivojlanish xavfi oshadi. Mielotoksik dori vositalari preparatning gematotoksiklik ko‘rinishlarini kuchaytiradi.

Askorbin kislotasi qonda benzilpenisillin va tetrasiklinlarning konsentrasiyasini oshiradi; sutkada 1 g dozada etinilestradiolning (shu jumladan peroral kontraseptivlarning tarkibiga kiruvchi etinilestradiolning) biokiraolishligini oshiradi. Geparin va bilvosita antikoagulyantlarning samaradorligini pasaytiradi. Salisilatlar va qisqa ta‘sirga ega sulfanilamidlar bilan davolanganda kristalluriyani rivojlanish xavfini oshiradi, buyrak orqali kislotalarni chiqarilishini  sekinlashtiradi, ishqoriy reaksiyaga ega dori vositalarni (shu jumladan alkaloidlarni) chiqarilishini kuchaytiradi. Etanolning umumiy klirensini oshiradi, bu o‘z navbatida organizmda askorbin kislotasining konsentrasiyasini pasaytiradi. Bir vaqtda qo‘llanganda izoprenalinning xronotrop ta‘sirini pasaytiradi. Barbituratlar va primidon askorbin kislotasini siydik bilan chiqarilishini oshiradi. Neyroleptiklar – fenotiazin hosilalarining terapevtik ta‘sirini, amfetamin va trisiklik antidepressantlarning buyrak kanalchalarida reasorbsiyasini kamaytiradi.

CYP3A4 ingibitorlari (shu jumladan ketokonazol, eritromisin), CYP3A4 va CYP2D6 ingibitorlari (simetidin va boshqalar) qonda loratadinning konsentrasiyasini oshiradi. Jigarda mikrosomal oksidlanish fermentlari induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampisin, fenilbutazon, trisiklik antidepressantlar) loratadinning samaradorligini pasaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashni kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lganidan keyin kechi bilan 48 soat ichida boshlash lozim.

Qo‘llash davomiyligi – 5 kundan oshmasligi kerak. Uzoq muddat (7 kundan ortiq) qo‘llanganda yondosh surunkali kasalliklar zo‘rayishi mumkin, arterial gipertenziyasi bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlarda gemorragik insultni (preparatning tarkibiga kiruvchi remantadinni hisobiga) rivojlanish xavfi oshadi.

Postinfeksion immunitetni shakllanishi uchun 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Anamnezda tutqanoq bo‘lganiga ko‘rsatmalar bo‘lganida va remantadinni qo‘llash fonida tirishishga qarshi davolash o‘tkazilganda tutqanoq xurujini rivojlanish xavfi oshadi.

Preparat qabul qilinganda alkogolli gepatozi bo‘lgan bemorlarda jigarni shikastlanish xavfi oshadi. Plazmada glyukoza va siydik kislotasini miqdoriy aniqlashda laborator tekshiruvlarning ko‘rsatkichlarini (parasetamol) o‘zgartiradi.

Askorbin kislotasining kortikosteroid gormonlar sinteziga rag‘batlantiruvchi ta‘siri tufayli, buyrak usti bezi faoliyatini va arterial bosim (AB) ni kuzatib turish lozim. Askorbin kislotasi kimyoviy jihatdan qaytaruvchi sifatida turli laborator testlar (qonda glyukoza, bilirubin miqdori, “jigar” transaminazalari va LDG faolligi) natijalarini o‘zgartirishi mumkin.

Metastazlanuvchi o‘smalar bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.

Parasetamolning dozasini oshirib yuborish xavfi sirrozsiz jigarning alkogolli kasalligi bo‘lgan bemorlarda yuqoriroqdir. Doza oshirib yuborilgan hollarda, xatto agar pasient o‘zini yaxshi his etayotgan bo‘lsa xam, kechikish xavfi tufayli va jigarni jiddiy shikastlanishi mumkinligi tufayli, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Noxush oqibatlar simtomlarni nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan eng samarali dozani eng qisqa vaqt davomida qo‘llab, shuningdek dozani ovqat bilan birga qabul qilib, minimumga yetkazilishi mumkin.

Jigarni bo‘lishi mumkin bo‘lgan shikastlovchi ta‘siriga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida preparatni qabul qilish davrida alkogolni iste‘mol qilish mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davri

Teratogen samaralar: Homiladorlik – toifa S. Homilador ayollarda adekvat va anzorat qilingan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Remantadin sichqonlarda yo‘ldosh orqali o‘tishi xabar berilgan. Remantadin kalamushlarda sutkada 200 mg/kg dozada (mg/m2 asosida hisoblanganda MRHD 11 barobar doza) yuborilganda embriotoksik ta‘sir ko‘rsatadi. Bu dozada embriotoksik ta‘sir fetal rezorbsiyadan iborat bo‘lgan bo‘lib, ushbu doza shuningdek onada juda ko‘p samaralarni, shu jumladan ataksiya, tremor, tirishishlar va tana vaznini ancha kamayishini chaqirgan. Quyonlar sutkada 50 mg/kg gacha bo‘lgan dozani (AUC ga asoslangan MRHD taxminan 0,1 barobar doza) qabul qilganlarida embriotoksiklik kuzatilmagan, lekin rivojlanish anomaliyalari ko‘rinishidagi dalillar, 12 ta yoki 13 ta qovurg‘ali homilalar nisbatini o‘zgarishi ko‘rinishida aniqlangan. Bu nisbat avlodda odatda taxminan 50:50 bo‘lib, ammo remantadin bilan davolangandan keyin esa, 80:20 ni tashkil etgan.

Teratogen bo‘lmagan samaralar: Remantadin homilador kalamushlarga tug‘ruqdan oldingi va keyingi davrda sutkada 30, 60 va 120 mg/kg dozalarda (mg/m2 asosida hisoblanganda MRHD 1,7, 3,4 va 6,8 barobar dozalar) yuborilgan. Homiladorlik vaqtida onalardagi toksiklik remantadinning ikkita ancha yuqori dozalarida aniqlangan bo‘lib, sutkada 120 mg/kg li maksimal dozada tug‘ruqdan keyingi birinchi 2-4 kun ichida o‘lim ko‘rsatkichi oshgan. F1 avlodni mahsuldorligini pasayishi shuningdek ikkita yanada yuqoriroq dozalar uchun aniqlangan.

Shu sabablarga ko‘ra preparatni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.

Emizikli onalar: Remantadinni emizish davri davomidan qabul qilgan kalamushlarning avlodida aniqlangan nojo‘ya samaralar tufayli, remantadinni emizikli onalarda qo‘llash mumkin emas.

Remantadin dozalarga qarab, kalamushlar sutida aniqlangan: qabul qilingandan keyin 2 dan 3 soatgacha bo‘lgan davrda aniqlangan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Pasientlar yuqori diqqat, ruxiy tezkorlik va harakat reaksiyalarini talab qiluvchi faoliyat turlaridan saqlanishlari kerak (preparat remantadin saqlaydi).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: birinchi 24 soat davomida terini oqarishi, ko‘ngil aynishi, qusish va epigastral sohada og‘riq, tremor, uyquchanlik, taxikardiya, qonda bilirubinni oshishi, moddalar almashinuvini izdan chiqishi, yondosh surunkali kasalliklarni zo‘rayishi yuz berishi mumkin.

Parasetamolning dozasini oshirib yuborilishini belgilari – ko‘ngil aynishi, qusish, me‘dada og‘riq, teri qoplamalarini oqarishi, anoreksiya. Bir yoki ikki sutkadan keyin jigarni shikastlanish belgilari aniqlanadi. Og‘ir hollarda jigar yetishmovchiligi va komatoz holat rivojlanadi. Kattalarda parasetamolning toksik ta‘siri 10-15 g dan ortiq parasetamol qabul qilingandan keyin yuz berishi mumkin: «jigar» transaminazalari faolligini oshishi, protrombin vaqtini oshishi (qabul qilingandan keyin 12-48 soatdan so‘ng); jigarni shikastlanishining yoyilgan klinik manzarasi 1-6 kundan keyin paydo bo‘ladi. Kam hollarda jigarni shikastlanishi yashin tezligida rivojlanadi va buyrak yetishmovchiligi (tubulyar nekroz) bilan asoratlanishi mumkin.

Davolash: doza oshirib yuborilganiga shubha tug‘ilganda shifokorga murojaat qilish lozim. Jabrlangan pasientda zaharlanishning birinchi 4 soati davomida me‘dani yuvishni o‘tkazish, adsorbentlarni (faollashtirilgan ko‘mir) qabul qilish kerak. SH-guruhi donatorlari va glutation sintezining o‘tmishdoshi – metioninni – doza oshirib yuborilgandan keyin 8-9 soatdan so‘ng va N-asetilsisteinni esa – 12 soatdan so‘ng yuborish kerak. Qo‘shimcha terapevtik choralarni o‘tkazish zarurati qondagi parasetamolning konsentrasiyasi, shuningdek uni qabul qilingandan keyin o‘tgan vaqtga qarab aniqlanadi.

Saqlash sharoiti

Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalarda berish tartibi

Reseptsiz.