Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Ангиозид ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Ангиозид ТАБЛЕТКА 20мг №60

34 200 so'mdan
(2542)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
REMEDY GROUP
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Кардиотонические препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologii xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: trimetazidin digidroxloridi – 20,0 mg;

yordamchi moddalar: makkajo‘hori kraxmali, magniy stearati, mannitol, polivinilpiralidon, aerosil (kolloid kremniy dioksidi), laktoza.

 

Ta‘rifi:

 dumaloq, ikki tomoni kavariq, qobiq bilan qoplangan pushti-qizil rangli tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida ikki qavat ko‘rinadi, oq yoki deyarli oq rangli ichki qavati (yadrosi).

 

Farmakoterapevtik guruhi:

Stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun vositalar.

Farmakologii xususiyatlari

Gipoksiya yoki ishemiyaga duchor bo‘lgan hujayralarning energetik metabolizmni normallashtiradi, hujayra ichidagi ATF miqdorini kamayishi oldini oladi. Shunday qilib, preparat membrana ion kanallarining me‘yoriy faoliyatini kaliy va natriy ionlarini membranalararo tashilishini va hujayra gomeostazini saqlanishini ta‘minlaydi.

Hayvonlardagi eksperimental tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha trimetazidin yurak va neyrosensor a‘zolarning ishemiya xurujlari davrida energetik metabolizmini tutib turadi; hujayra ichki asidozi kattaligini va ishemiyada paydo bo‘ladigan membranalararo ionlar oqimini kamaytiradi; yurakning ishemik va reperfuzion to‘qimalarida polinuklear neytrofillarning migrasiyasi va infiltrasiyasi darajasini kamaytiradi, miokardning shikastlanish o‘lchamini kamaytiradi; bunda gemodinamikaga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Klinik tadqiqotlarda YUIK bo‘lgan (shu jumladan stenokardiyasi) pasientlarda davolashning 15-nchi kunidan boshlab preparat koronar zahirasini oshirishi ko‘rsatilgan bo‘lib, shu bilan jismoniy yuklama chaqirgan ishemiyaning rivojlanishini sekinlashtiradi; yurak ritmini biron-bir sezilarli o‘zgarishlarsiz AB ni keskin tebranishini cheklaydi.

Preparat stenokardiya xurujlarini tez-tezligini pasaytiradi, nitrogliserinni qabul qilishga ehtiyojini kamaytiradi.

 

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi – preparat ichga qabul qilinganidan keyin trimetazidin tez so‘riladi. Maksimal konsentrasiyaga (Cmax) 2 soatdan keyin erishiladi va 20 mg bir martalik doza qabul qilinganidan keyin 55 mg/ml ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi – takroriy qo‘llanganida muvozanat holatiga 24-36 soatdan keyin erishiladi va davolash kursining oxirgacha turg‘un bo‘lib qoladi.

Taqsimlanishi hajmi (Vd) 4,8 l/kg ni tashkil qiladi, bu to‘qimalarda yaxshi taqsimlanishni nazarda tutadi.

Plazmada oqsillari bilan bog‘lanishi past, in vitro sharoitida taxminan 16% ni tashkil qiladi.

Chiqarilishi – organizmdan asosan buyraklar orqali o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T ½ ) – taxminan 6 soatni tashkil qiladi.

 

Qo‘llanilishi
  • YUIK ni uzoq muddatli davolash: stenokardiya xurujlarini oldini olish (monoterapiya yoki majmuaviy davolash tarkibida);
  • ishemik tabiatli koxleo-vestibulyar buzilishlarini davolash (bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, eshitishni buzilishi kabi);
  • ishemik komponentli xorioretinal qon tomirli buzilishlarda qo‘llanadi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni sutkada 40-60 mg dozada buyuriladi. Qabul qilishlar soni sutkada 2-3 martani tashkil qiladi. Davolash davomiyligi klinik holatga qarab shaxsiy ravishda belgilanadi.

Preparat ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat-hazm qilish tizimi tomnidan: kam hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish va boshqa ko‘rinishlar bo‘lishi mumkin.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • homiladorlik;
  • laktasiya (emizish);
  • preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ta‘riflanmagan.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri – preparat avtomobilni haydash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarish kobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida xabar qilinmagan.

 

 

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 20 mg dan.

 

 

Saqlash sharoiti

Quruk, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.