Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Андрокур Депо

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Андрокур Депо АМПУЛЫ 3мл №3

405 000 so'mdan
(1296)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Cyproterone
Ishlab chiqaruvchi
BAYER
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Антиандрогенный препарат
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

mushak ichiga yuborish uchun moyli eritma.

 

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 100 mg siproteron atsetati.

Yordamchi moddalar: kanakunjit moyi, benzilbenzoat.

 

Taʼrifi: 

tiniq, rangsizdan sargʻish rangligacha boʻlgan suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 antiandrogen

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Siproteron atsetati antiandrogen, gestagen va antigonadotrop taʼsirga ega.

Siproteron raqobatli taʼsir mexanizmi boʻyicha androgenlarni ularning nishon aʼzolariga taʼsirini susaytiradi, shuningdek moyaklarda testosteronning sintezini, va qon zardobida uning miqdorini pasayishiga olib keluvchi markaziy antiandrogen taʼsirga ega. Natijada prostata bezining toʻqimasini androgen ragʻbatlantirilishi bostiriladi.

Siproteron erkaklarda qoʻllanganida jinsiy maylni, potensiyani va moyaklar faoliyatini susayishi kuzatiladi. Bu samaralar butunlay qaytuvchan va davolash toʻxtatilganidan keyin oʻtib ketadi.

 

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga yuborilganidan keyin siproteron asta-sekin va toʻliq ajralib chiqadi. Plazmadagi 180±54 ng/ml ga teng maksimal konsentratsiyasiga 2-3 kundan keyin erishiladi. Shundan keyin preparatning plazmadagi konsentratsiyasini 4±1,1 kunlik yarim chiqarilish davri bilan pasayishi kuzatiladi. Muvozanatli konsentratsiyaga preparatni taxminan 5 hafta qoʻllashdan keyin erishiladi.

Siproteron qon plazmasi albuminlari bilan deyarli toʻliq bogʻlanadi. Faqat 3,5-4% qismi qonda erkin holda boʻladi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi nospetsifik boʻlganligi tufayli, JGBG (jinsiy gormonlarni bogʻlovchi globulin) darajasini oʻzgarishi siproteronning farmakokinetikasiga taʼsir qilmaydi.

Yuborilgan dozaning katta qismi metabolitlari koʻrinishida siydik va ahlat bilan chiqariladi. Katta boʻlmagan qismi safro bilan oʻzgarmagan holda chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi
  • Prostata bezining operatsiya qilib boʻlmaydigan raki.
  • Erkaklardagi seksual buzilishlardagi jinsiy maylning oshishida qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Barcha moyli eritmalar kabi, Androkur® Depo preparatini xam faqat mushak ichiga yuboriladi. Kam hollarda inyeksiya vaqtida yoki undan soʻng darhol qisqa muddatli reaksiya (yoʻtalga qistovlar, yoʻtal hurujlari, havo yetishmasligi hissi) kuzatilishi mumkin. Preparatni juda sekin yuborish bunday reaksiyalardan saqlanishga imkon beradi.

Prostata bezining operatsiya qilib boʻlmaydigan rakini antiandrogen davolash

  • 300 mg dan har 7 kunda mushak ichiga yuboriladi.
  • Holat yaxshilanganida yoki remissiyaga erishilganida davolashni toʻxtatish yoki dozani pasaytirish tavsiya qilinmaydi.

Erkaklardagi seksual oʻzgarishlarda jinsiy maylni pasaytirish uchun

Odatda har 10-14 kunda 300 mg dan mushak ichiga yuboriladi. Alohida hollarda, bu doza yetarli boʻlmaganida, 600 mg dan har 10-14 kunda yuborish mumkin (3 ml dan oʻng va chap dumbaga yuborish afzal). Davolashning qoniqarli natijasiga erishilganida inyeksiyalar orasidagi intervalni asta-sekin uzaytirib, dozani pasaytirishga urinib koʻrish kerak.

Nojoʻya taʼsirlari

Quyidagi noxush samaralar patsiyentlarda siproteron atsetatini qoʻllash fonida aniqlangan (postmarketing maʼlumotlar), lekin ularning Androkur® Depo bilan bogʻliqligi tasdiqlanmagan xam, rad etilmagan xam boʻlishi mumkin.

Med DRA 8.0 boʻyicha aʼzolar tizimi sinfi

Juda tez-tez

(³ 1/10)

 

Tez-tez

(³ 1/100 va

< 1/10)

 

Tez-tez emas

(³1/1000 va

< 1/100)

Kam (³1/10000 va

< 1/1000)

Juda kam (<1/10000)

Nomaʼlum

Xavfsiz, xavfli va nomaʼlum oʻsmalar

 

 

 

 

Jigarning xavfsiz, xavfli va nomaʼlum oʻsmala-ri*)

Menin-gioma§)*)

Qon va limfatik tizim

 

 

 

 

 

Anemiya *)

Immun tizimi

 

 

 

Oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari

 

 

Metabolik va alimentar buzilishlar

 

Tana vaznini oshishi yoki kamayishi

 

 

 

 

Ruhiy buzilishlar

Libidoni pasayishi, erektil disfunksiya

Kayfiyatni yomonlashi-shi, bezovta-lik (vaqtin-chalik)

 

 

 

 

Qon tomirlari

 

 

 

 

 

Oʻpka qon tomirlari mikroem-boliyasi*)

Vazovaginal reaksiyalar *)

Tromboembo-lik holat-lar*)**)

Nafas, koʻkrak qafasi

 

Hansirash *)

 

 

 

 

Meʼda-ichak yoʻllari

 

 

 

 

 

Intraabdo-minal qon quyilishla-ri *)

 

 

Gepato-biliar buzilishlar

 

Gepato-toksiklik, shu jumladan sariqlik, gepatit, jigar yetish-movchiligi *)

 

 

 

 

Teri va teri osti toʻqimalari

 

 

Toshma

 

 

 

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi toʻqima

 

 

 

 

 

Osteoporoz

Reproduktiv aʼzolar va sut bezlari

Spermatogenezni qaytuvchan susayishi

Ginekomastiya

 

 

 

 

Umumiy buzilishlar va mahalliy reaksiyalar

 

Kuchli toli-qish, “qizib ketish his-si”, kuchli terlash

 

 

 

 

  • ) “Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” boʻlimiga qarang

             *) Yanada batafsil maʼlumot olish uchun “Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang

             **) Androkur® Depo preparatini qoʻllanishi bilan oʻzaro bogʻliqlik aniqlanmagan.

Aniq nojoʻya reaksiyani belgilash uchun eng toʻgʻri keladigan atama MedDRA – Boshqaruv faoliyati uchun tibbiy lugʻat boʻyicha oʻtkaziladi (versiya 8,0). Sinonimlari va yoʻldosh holatlar sanab oʻtilmaydi, lekin ularni ham eʼtiborga olish kerak.

Androkur® Depo preparati bilan davolash fonida erkaklarda jinsiy mayl va potensiya pasayadi, bundan tashqari, jinsiy bezlarining faoliyati susayadi. Bu oʻzgarishlar qaytuvchan xarakterga ega va davolash bekor qilinganidan keyin oʻtib ketadi.

Androkur® Depo preparatining antiandrogen va antigonadotrop taʼsiri natijasida spermatogenezni susayishi yuz beradi, u davolash bekor qilinganidan keyin bir necha oy oʻtgach asta-sekin tiklanadi.

Androkur® Depo preparatini qabul qilish erkaklarda ginekomastiyaga olib kelishi mumkin (bu baʼzida yuqori taktil sezuvchanlik va sut bezlari soʻrgʻichlarini ogʻriqliligi bilan birga kechadi), u odatda preparat bekor qilinganidan yoki doza pasaytirilganidan keyin oʻtib ketadi.

Boshqa antiandrogen preparatlar ishlatilganida boʻlgani kabi, Androkur® Depo preparati chaqirgan androgenlarning uzoq muddatli tanqisligi osteoporozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Androkur® preparatini 25 mg va undan ortiq dozalarda uzoq muddat (bir necha yil davomida) qabul qilish bilan bogʻliq meningiomalarni rivojlanishi xaqida xabar berilgan.

Shuningdek “Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga ham qarang.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • Siproteronga yoki preparatning boshqa tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
  • Jigar faoliyatini buzilishi bilan birga kechuvchi uning kasalliklari.
  • Dubin-Djonson sindromi, Rotor sindromi.
  • anamnezdagi yoki hozirgi vaqtdagi jigar oʻsmalari (prostata bezining rakini jigarga metastazlaridan tashqari).
  • Hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi meningioma.
  • Kaxeksiya (prostata bezining rakidan tashqari kaxeksiya).
  • Ogʻir darajali surunkali depressiya.
  • Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi trombozlar va tromboemboliya.

Patsiyentda diabetning, oʻroqsimon hujayrali anemiyaning ogʻir shakllari boʻlgan hollarda Androkur® Depo preparatini jinsiy moyillikni pasaytirish maqsadida erkaklardagi seksual buzilishlarda qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Anamnezida tromboembolik jarayonlari boʻlgan prostata bezining operatsiya qilib boʻlmaydigan raki boʻlgan patsiyentlarda, angiopatiya bilan kechuvchi qandli diabetning ogʻir shaklida, oʻroqsimon-xujayrali anemiyada Androkur® Depo, har bir xolda faqat foyda va xavf nisbati shaxsiy ravishda baholanganidan keyin buyuriladi.

Qandli diabeti boʻlgan bemorlar, davolanish vaqtida shifokor nazorati ostida boʻlishlari kerak.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Oʻzaro taʼsirni oʻrganish boʻyicha klinik tadqiqotlarni yoʻqligiga qaramasdan, ketokonazol, itrakonazol, klotrimazol, ritonavir va CYP3A4 boshqa kuchli ingibitorlari CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan siproteron atsetatining metabolizmini susaytiradilar. Boshqa tomondan, rifampitsin, fenitoin va dalachoy preparatlari kabi CYP3A4 induktorlari siproteron atsetatining konsentratsiyasini kamaytirishi mumkin.

In vitro sharoitidagi tadqiqotlarning natijalariga koʻra, siproteron atsetati yuqori terapevtik dozalari (100 mg kuniga 3 marta) taʼsirida CYP2C8, 2C9, 2C19, 3A4 va 2D6 kabi sitoxrom R450 tizimi izofermentlari susayishi mumkin.

Statinlarni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan miopatiya va rabdomioliz xavfi siproteron atsetatining yuqori terapevtik dozalari GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar) bilan bir vaqtda buyurilganida oshishi mumkin, ular asosan CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydi, chunki ularda metabolizmning yoʻli bir.

Peroral antidiabetik vositalar yoki insulinga boʻlgan ehtiyoj oʻzgarishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Androkur® Depo bilan davolash vaqtida jigar, buyrak usti bezi faoliyatini baholashni va periferik qon tekshirishlarini muntazam oʻtkazish kerak.

Siproteron atsetatini 200-300 mg dan har kuni qabul qilayotgan patsiyentlarda, gepatotoksiklik holatlari, shu jumladan sariqlik, gepatit va baʼzan oʻlim bilan yakunlanuvchi jigar yetishmovchiligi hollari aniqlangan. Bu holatlarning qoʻpchiligi prostata bezining karsinomasi boʻlgan erkaklarda qayd etilgan. Preparatning toksikligi dozaga bogʻliq va odatda davolash boshlanganidan keyin bir necha oy oʻtgach rivojlanadi. Davolashni boshlash oldidan va gepatotoksiklikning xar qanday simptomlari yoki belgilari paydo boʻlganida jigarning faoliyatini tekshiruvini oʻtkazish lozim. Gepatotoksiklik tasdiqlanganida, agar faqat gepatotoksiklik boshqa sabablar, masalan, metastatik jarayon bilan bogʻliq boʻlmasa, siproteron atsetati bilan davolashni bekor qilish tavsiya etiladi. Yuqoridagi holatda davolashni faqat, agar kutilayotgan ijobiy samara xavfdan ustun boʻlgan holdagina davom ettirish kerak.

Kam hollarda jinsiy gormonlarni (ularga shuningdek Androkur® Depo preparatining faol komponenti ham kiradi) qabul qilinganidan keyin jigarning xavfsiz va yanada kamroq hollarda, ayrim hollarda hayot uchun xavfli boʻlgan qorin ichki qon ketishlariga olib kelishi mumkin boʻlgan xavfli oʻsmalari aniqlangan. Qorinning yuqori qismidagi oʻtkir ogʻriqqa, jigarni kattalashishiga shikoyatlar boʻlganida yoki oʻtkir qorin ichki qon ketishi belgilari boʻlganida, differensial diagnozni jigarning boʻlishi mumkin boʻlgan oʻsmasini hisobga olgan holda oʻtkazish kerak.

Androkur® Depo preparati qoʻllanganda anemiyani rivojlanishi haqida xabar berilgan, shuning uchun Androkur® Depo preparati bilan davolash jarayonida qizil qon tanachalari sonini muntazam nazorat qilib turish lozim.

Qandli diabeti bilan xastalangan patsiyentlar sinchkov tibbiy kuzatuvga muhtojdirlar. Androkur® Depo preparati bilan davolanishda qabul qilinadigan antidiabetik preparatlar yoki insulinning miqdorlarini oʻzgartirish zarurati tugʻilishi mumkin (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” boʻlimiga qarang).

Koʻpincha Androkur® Depo preparatining yuqori dozalari bilan davolashda nafasni tezlashishi yuz berishi mumkin. Bunga oʻxshash hollarda differensial diagnozni oʻtkazishda, gipokapniya va kompensator nafas alkalozi bilan kechuvchi progesteron va sintetik gestagenlarning nafasga maʼlum boʻlgan ragʻbatlantiruvchi taʼsirini eʼtiborga olish kerak. Bu simptomokompleksda maxsus davolash talab qilinmaydi.

Androkur® Depo preparatini qabul qilgan patsiyentlarda, garchi sabab-oqibat bogʻliqligi aniqlanmagan boʻlsada, tromboembolik holatlarni paydo boʻlishi haqida xabar berilgan. Arteriyalar va venalarning oldindan trombotik/tromboembolik kasalliklari (masalan, chuqur venalarning trombozi, oʻpka arteriyasining emboliyasi, miokard infarkti), anamnezida bosh miyada qon aylanishini buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda yoki xavfli oʻsma kasalliklarining kechki bosqichlarida tromboembolik asoratlarni paydo boʻlish xavfi yuqori boʻladi.

Davolanish jarayonida shuningdek buyrak usti bezi poʻstlogʻining faoliyatini muntazam nazorat qilib turish kerak, chunki klinika oldi maʼlumotlari asosida, preparatning yuqori dozalarda kortikoidsimon samarasi tufayli buyrak usti bezi faoliyatini susayishi taxmin qilinadi.

Jinsiy yetilish tugagunga qadar preparatni qoʻllash mumkin emas, chunki preparatni boʻyga, shuningdek xali barqarorlashmagan endokrin tizimiga noxush taʼsir ehtimolini inkor etib boʻlmaydi.

Seksual buzilishlardagi yuqori jinsiy mayli boʻlgan bemorlarni Androkur® Depo preparati bilan davolashda, alkogolni qabul qilish preparatning taʼsirini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Anamnezida tromboembolik sindromi bilan kechuvchi operatsiya qilib boʻlmaydigan prostata bezi karsinomasi boʻlgan patsiyentlarga, shuningdek oʻroqsimon xujayrali anemiya yoki qon tomir oʻzgarishlari bilan kechuvchi qandli diabetning ogʻir shakllarida Androkur® Depo preparatini buyurishdan oldin, har bir individual holatda davolashdan kutilayotgan foyda va boʻlishi mumkin boʻlgan xavf nisbatini sinchkov baholash lozim.

Androkur® Depo preparati bilan davolash davrida avtomobilni haydash va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparatni qabul qilish bu koʻrsatkichlarni yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Preparatni qon tomiriga yuborishdan saqlanish lozim.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Siproteron deyarli notoksik modda hisoblanishi mumkin. Koʻp martalik terapevtik dozani bir marta behosdan qabul qilingandan keyin oʻtkir intoksikatsiya xavfi juda kam.

 

Chiqarilish shakli

Mushak ichiga yuborish uchun moyli eritma 300 mg/3 ml dan toʻq shisha ampulalarda.

3 ampuladan karton taglikda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.