Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Анаприлин ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Анаприлин ТАБЛЕТКА 10мг №50

3 500 so'mdan
(2746)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Propranolol
Ishlab chiqaruvchi
ТАТХИМФАРМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti 
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli

10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali oʻramda.

1, 3, yoki 5 kontur uyali oʻram ilova-varaqasi bilan birga karton qutida (№10x1, 10x3, 10x5).

 

 

 

Saqlash sharoiti 

Yorugʻlikdan va namlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: propranolol (propranolol gidroxloridi koʻrinishida) – 40,0 mg;

yordamchi moddalar: qand upasi, qand kukuni yoki qand rafinadi, kartoshka kraxmali, talk, kalsiy stearati.

 

Taʼrifi:

 oq rangli, yassi silindrik, faskali tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

noselektiv b-adrenoblokatorlar.

 

 

Qoʻllanilishi

Arterial gipertenziya; stenokardiya; essensial tremor; tireotoksikoz xavotirli buzilishlarni, majmuaviy davolashda, migrenni oldini olish uchun qoʻllanadi.

Qoʻllash usuli va dozalari

Agar Siz Anaprilinni qabul qilishni unutgan boʻlsangiz, tabletkani iloji boricha tezroq, navbatdagi qabul qilish vaqti yaqinlashishidan oldin qabul qiling. Agar dori vositaning navbatdagi dozasini qabul qilish vaqti kelgan boʻlsa, oʻtkazib yuborilgan dozani qabul qilmang. Oʻtkazib yuborilgan dozani oʻrnini bosish uchun dori vositasining dozasini ikki marta oshirib qabul qilish mumkin emas. Keyinchalik preparat dozalash tartibiga rioya qilib qoʻllanadi.

Ichga ovqatdan keyin buyuriladi.

Arterial gipertenziyada – 40 mg dan sutkada 2 marta qabul qilinadi. Yetarli samara boʻlmaganida dozani 40 mg dan, sutkada 3 martagacha yoki sutkada 2 marta 80 mg gacha oshiriladi. Dozaga oldingi dozasi qabul qilinganidan soʻng bir xaftadan keyin tuzatish kiritiladi. Maksimal sutkalik doza – 320 mg ni tashkil etadi.

Stenokardiyada – 20 mg boshlangʻich dozada sutkada 3 marta, soʻngra dozasi bir xaftalik oraliq bilan asta-sekin 80-120 mg gacha oshiriladi, 2-3 marta qabul qilinadi. Maksimal sutkalik doza – 240 mg ni tashkil etadi.

Xavotirli buzilishlarda: sutkada 40 mg doza voqeaviy xavotirli xolatlarni bartaraf qilish uchun qoʻllanishi mumkin. Tarqalgan xavotirli buzilishlarni uzoq muddatli davolashda sutkada 2 marta 40 mg dozadan bilan boshlash kerak, zarurati boʻlganida sutkada 3 marta 40 mg dozagacha oshirish mumkin. Davolash davomiyligi oʻtkaziladigan davolashga javob reaksiyasi bilan aniqlanadi.

Olti oydan keyin davolash qayta koʻrib chiqilishi kerak.

Migrenni oldini olish uchun, shuningdek essensial tremorda – boshlangʻich dozada 40 mg dan sutkada 2-3 marta, zarurat boʻlganda dozasi asta-sekin sutkada 160 mg gacha oshiriladi.

Tireotoksikozni davolashda preparatni qabul qilish 40 mg doza bilan boshlanadi, sutkada 3-4 marta qabul qilinadi. Keyinchalik dozasi har 3-4 kunda yurak qisqarishlar sonini minutiga 60-90 zarb orasida boʻlishini nazorat qilishga imkon beruvchi optimal dozagacha oshiriladi.

Maksimal sutkalik doza – sutkada 160 mg.

Jigar funksiyasi buzilganida preparatning dozasini kamaytirish lozim. Buyrak funksiyasi buzilishida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Bolalar

Ushbu dori vositasi pediatriya amaliyotida qoʻllanmaydi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Nerv tizimi tomonidan: kuchli toliqish, holsizlik, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, uyquchanlik yoki uyqusizlik, tungi dahshatlar, depressiya, xotirani pasayishi, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, tremor, asabiylik, bezovtalik;

Sezgi aʼzolari tomonidan: koʻrish oʻtkirligini buzilishi, koʻz yoshi suyuqligi sekretsiyasini kamayishi, koʻzni qurishi va ogʻrishi, keratokonʼyunktivit.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: sinusli bradikardiya, atrioventrikulyar blokadalar, aritmiyalar, surunkali yurak yetishmovchiligini rivojlanishi (dekompensatsiya), arterial pasayishi, ortostatik gipotenziya, angiospazm (periferik qon aylanishini buzilishini kuchayishi, oyoqlarni sovuq qotishi, Reyno sindromi), koʻkrakda ogʻriq.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: koʻngil aynishi, qusish, epigastral sohada diskomfort, qabziyat yoki diareya, jigar funksiyasini buzilishi (xolestaz), taʼm sezishni oʻzgarishi, mezenterial tromboz, ishemik kolit.

Nafas tizimi tomonidan: burunni bitishi, faringit, yoʻtal, hansirash, respirator distress sindrom, bronxo- va laringospazm.

Endokrin tizimi tomonidan: gipo- yoki giperglikemiya.

Allergik reaksiyalar: terini qichishishi, teri toshmasi, eshakemi.

Teri va uning hosilalari tomonidan: kuchli terlash, psoriazga oʻxshash teri reaksiyalari, psoriazning simptomlarini zoʻrayishi, alopetsiya.

Qon tizimi tomonidan: trombotsitopeniya, trombotsitopenik purpura, leykopeniya, agranulotsitoz.

Laboratoriya koʻrsatkichlar: trombotsitopeniya (qon ketish va qon quyilish), leykopeniya, “jigar” transaminazalari, laktatdegidrogenazaning faolligini oshishi.

Homilaga taʼsiri: ona qornida homila oʻsishini kechikishi, gipoglikemiya, bradikardiya.

Boshqalar: belda ogʻriq, artralgiya, potensiyani pasayishi, “bekor qilish” sindromi (stenokardiya xurujlarini kuchayishi, miokard infarkti, arterial bosimni oshishi), isitma, Peyroni kasalligi, gravis miasteniyasi.

Nojoʻya samaralar paydo boʻlganda bu haqida davolovchi shifokorga xabar bering. Bu kutilishi mumkin boʻlgan, shu jumladan ushbu ilova-varaqada taʼriflanmagan hamma nojoʻya samaralarga taalluqli.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Oʻta yuqori sezuvchanlik, bolalar, kardiogen shok, oʻtkir miokardinfarkt, sinus tugunining zaifligi sindromi, Prinsmetall stenokardiyasi, dekompensatsiya bosqichidagi qon tomir yetishmovchiligi, sinusli bradikardiya (yurak qisqarishlari soni minutiga 55 zarbdan kam), II-III darajali atrioventrikulyar blokada, yaqqol ifodalangan oʻng va chap qorincha yetishmovchiligi, arterial gipotenziya (sistolik arterial bosim 90 mm sim. ust. dan past), bronxial astma, pichan isitmasi, bronxospazmga moyillik, anamnezida bronxospazm xurujlari, ketoatsidoz bilan kechuvchi qandli diabet, periferik arterial qon oqimini buzilishlari, spastik kolitda qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, bronxit, qandli diabet, (gipoglikemik vositalar bilan bir vaqtda qabul qilganda gipoglikemiyani paydo boʻlish xavfi), buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, gipertireoz, depressiya, miasteniya, feoxromotsitoma, psoriaz, periferik tomirlarni okklyuzion kasalliklari, homiladorlik, laktatsiya davri, keksa yoshdagilar, bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) da ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Agar hozirgi vaqtda yoki yaqinda Siz boshqa dori vositalarini qabul qilgan boʻlsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Preparat monoaminooksidaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qoʻllanganda gipotenziv taʼsirini sezilarni darajada kuchayishi kuzatiladi, shu tufayli bunday majmuani qoʻllash mumkin emas; monoaminooksidaza ingibitorlari va Anaprilinni qabul qilishlar orasidagi tanaffus kamida 14 kun boʻlishi kerak.

Diuretiklar, rezerpin, gidralazin, nifedipin va boshqa antigipertenziv dori vositalari, shuningdek etanol bilan bir vaqtda qoʻllanganda Anaprilinning gipotenziv samarasi kuchayadi.

Rizatriptan bilan bir vaqtda qoʻllash qonda uning konsentratsiyasini oshishiga olib keladi va rizatriptanning dozasini kamaytirish talab etiladi.

Glyukokortikoidlar, nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar (buyrakda natriyni ushlanib qolishi va prostaglandinlar sintezini kamayishi), estrogenlar (natriyni ushlanib qolishi) preparatning gipotenziv samarasini susaytiradilar.

Anaprilin tireostatik va uterotonizatsiya qiluvchi dori vositalarining taʼsirini kuchaytiradi; antigistamin vositalarning taʼsirini susaytiradi.

Amiodaron, verapamil va diltiazem bilan bir vaqtda qoʻllanganda manfiy xrono-, ino- va dromotrop taʼsirining yaqqolligini kuchaytiradi.

Yod saqlovchi rentgenokontrast dori vositalari vena ichiga yuborilganida anafilaktik reaksiyalarni rivojlanish xavfini oshiradi.

Fenitoin vena ichiga yuborilganida, ingalyatsion anesteziya uchun qoʻllanadigan vositalar (uglevodorod hosilalari) Anaprilin bilan bir vaqtda qoʻllanganda kardiodepressiv taʼsirining yaqqolligi va arterial bosimini pasayib ketish ehtimol oshadi.

Anaprilin bir vaqtda qoʻllanganda insulin va peroral gipoglikemik vositalarning samaradorligini oʻzgartiradi, rivojlanayotgan gipoglikemiyaning simptomlarini (taxikardiya, arterial bosimni oshishini) yashiradi.

Yurak glikozidlari, metildopa, rezerpin va guanfatsin, antiaritmik dori vositalari Anaprilin bilan bir vaqtda qoʻllanganda bradikardiya, atrioventrikulyar blokada, yurakni urishini va yurak yetishmovchiligini rivojlanishi yoki ogʻirlashishi xavfini oshiradi.

Anaprilin qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlarning taʼsirini va kumarinlarning antikoagulyant samarasini uzaytiradi.

Tri- va tetratsiklik antidepressantlar, antipsixotik dori vositalari (neyroleptiklar), etanol, sedativ va uyqu dori vositalari propranololning markaziy nerv tizimining faoliyatiga nisbatan susaytiruvchi taʼsirini kuchaytiradi.

Shoxkuya alkaloidlari Anaprilin bilan bir vaqtda qoʻllanganda periferik qon aylanishini buzilishini rivojlanish xavfini oshiradilar.

Anaprilin immunoterapiya yoki teri sinamalari uchun qoʻllanadigan allergenlarni yuborish fonida ogʻir darajadagi tizimli reaksiyalarni (anafilaksiyani) rivojlanish ehtimolini oshiradi.

Simetidin, sulfasalazin Anaprilinning biokiraolishligini oshiradi.

Anaprilin qon plazmasida lidokain, fenotiazin neyroleptiklarning konsentratsiyasini  oshiradi, teofillinning klirensini pasaytiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Bemorlarni nazorat qilish yurak qisqarishlari soni va arterial bosimini (davolanish boshida har kuni, soʻngra har 3-4 oyda) kuzatish, elektrokardiogrammani, qandli diabeti boʻlgan bemorlarda qon plazmasida glyukozaning konsentratsiyasini (4-5 oyda 1 marta) tekshirishdan iborat boʻlishi kerak. Keksa yoshdagi patsiyentlarda buyrak funksiyasini (4-5 oyda 1 marta) nazorat qilish tavsiya etiladi.

Anaprilinni qabul qilish fonida yurak qisqarishlari soni minutiga 50 zarbdan kam boʻlganida shifokorga murojaat qilish kerak.

Yurak ishemik kasalligi va arterial gipertoniyani davolash uzoq davom etish kerak. Preparat bilan davolashni bekor qilish asta-sekin amalga oshiriladi (har 3-4 kun dozasi 25% ga pasaytiriladi).

Qandli diabeti boʻlgan bemorlar, Anaprilin qonda qandning miqdorini pasaytiruvchi vositalarga nisbatan sezuvchanlikni oʻzgartirishini, davolanish vaqtida gipoglikemiyaning asosiy simptomlari kuchli terlash ekanligini esda tutish kerak.

Surunkali yurak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarga (erta bosqichida) Anaprilinni sinchkov shifokor nazorati ostida diuretiklar yoki angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari, yurak glikozidlari bilan davolanish fonida qabul qilish kerak.

Tamaki chekkanda beta-adrenoblokatorlarning samaradorligi pastroq boʻladi.

Kontakt linzalardan foydalanadigan bemorlar, davolanish fonida koʻz yoshi suyuqligini ishlab chiqarilishi kamayishi mumkinligini hisobga olishlari kerak.

Tireotoksikozda tireotoksikozning klinik belgilarini yashirin mumkin. Tireotoksikozi boʻlgan patsiyentlarda preparatni toʻsatdan bekor qilish mumkin emas, chunki kasallikning simptomatikasini kuchaytirish mumkin.

Klonidin bilan bir vaqtda qabul qilinganida, uni qabul qilish Anaprilin bekor qilinganidan keyin bir necha kun oʻtgach toʻxtatilishi mumkin.

Simpatolitiklar (masalan, rezerpin) beta-adrenoblokatorlarning taʼsirini kuchaytirishi mumkin, patsiyentlar doimiy shifokor nazoratida boʻlishlari kerak.

Keksa yoshdagi bemorlarda kuchayib boruvchi bradikardiya (minutiga 50 zarbdan kam), arterial gipotenziya (sistolik arterial bosim 100 mm sim. ust. dan past), atrioventrikulyar blokada, yurak qorinchalari aritmiyasi, buyrak va/yoki jigar faoliyatini ogʻir darajadagi buzilishlari paydo boʻlgan hollarda, preparatning dozasini kamaytirish yoki davolashni toʻxtatish lozim.

Depressiya rivojlanganda davolashni toʻxtatish kerak. Qonda va siydikda katexolaminlarning darajasini antinuklear antitelalar titrini tekshirishdan oldin bekor qilish kerak.

Periferik qon tomirlarda qon aylanishi ogʻir darajadagi propranolni buzilishlarida qoʻllash mumkin emas; kam periferik qon aylanishini jiddiyligini kamroq buzilishlarida preparatni qoʻllash patsiyentlarning holatini yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

I darajali AV-blokadasi boʻlgan patsiyentlarda preparat oʻtkazuvchanlik vaqtiga salbiy taʼsir qilishi natijasida Propronololni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

Dekompensatsiyalangan jigar sirrozi boʻlgan patsiyentlarda propranololni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

Jigar yoki buyrak funksiyasini yaqqol buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda propranololni boshlangʻich dozasi tanlanib, ehtiyotkorlik bilan qoʻllanishi kerak.

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda preparatni organizmda toʻplanishidan saqlanish uchun preparatni qabul qilishlar orasidagi intervalni uzaytirish va propranololning dozasini pasaytirish kerak.

Portal gipertenziyasi boʻlgan patsiyentlarda jigar funksiyasi buzilishi va jigar ensefalopatiyasi rivojlanishi mumkin. Bunday holatlarda propranololni qoʻllash jigar ensefalopatiyasini rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

Propranololni qoʻllash fonida anesteziya oʻtkazilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Anesteziologni xabardor qilish kerak va iloji boricha eng kam manfiy inotrop taʼsir qiluvchi anestetik vositani tanlash kerak.

Boshqa beta-adrenolitik preparatlar kabi, propranolol ham allergenlarga sezuvchanlikni oshirishi, ham anafilaktik reaksiyalarni kuchaytirishi mumkin. Beta-adrenolitik preparatlar bilan davolangan patsiyentlarda adrenalin har doim ham kutiladigan samara bermaydi.

Yordamchi moddalar tarkibiga qand kiradi, buni qandli diabet boʻlgan patsiyentlarda inobatga olishi kerak. Ushbu dori vositasi fruktozani kam uchraydigan tugʻma oʻzlashtiraolmaslik yoki glyukozo-galaktoza malabsorbsiyasi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi

Agar Siz homilador boʻlsangiz yoki emizayotgan boʻlsangiz, agar Siz homiladorlikka shubxa qilayotgan yoki homilador boʻlish ehtimolini istisno qilmasangiz bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Homiladorlikda qoʻllash mumkin emas faqat, homilador uchun davolashdan kutiladigan foyda uchun potensial xavfdan ustun boʻlgan holatlar bundan mustasno.

Propranololni teratogenligi yuzasidan dalillar yoʻq. Ammo beta-blokatorlar yoʻldosh perfuziyasini kamaytiradilar, bu ona qornida homilani nobud boʻlishiga, erta va muddatidan oldin tugʻruqqa olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, nojoʻya reaksiyalar, ayniqsa yangi tugʻilgan chaqaloqlarda gipoglikemiya va bradikardiya va homilada bradikardiya kuzatilishi mumkin. Tugʻruqdan keyingi davrda yangi tugʻilgan chaqaloqlarda yurak va oʻpka asoratlarini rivojlanish xavfi yuqori boʻladi.

Koʻpchilik beta-blokatorlar, ayniqsa lipofil birikmalar koʻkrak sutiga oʻtishi mumkin. Shu tufayli preparatni qoʻllash vaqtida emizishni toʻxtatish tavsiya etiladi.

Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga taʼsir qilish xususiyati

Avtotransport haydovchilari, operatorlari preparatni qabul qilganda diqqatni susayishi va reaksiya tezligini kamaytirish mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: xushdan ketish holatlari, yurak qorinchalari ekstrasistoliyasi, yurak yetishmovchiligi, bradikardiya, bosh aylanishi va xushdan ketish, arterial bosimni pasayishi, aritmiya, nafas faoliyatini qiyinlashishi, barmoq tirnoqlari va kaftlar sianozi, tirishishlar.

Davolash: meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmirni buyurish (ichga qabul qilganda); aritmiyada – atropin, epinefrin, lidokain yuboriladi, samarasi kam boʻlganida vaqtinchalik kardiostimulyator oʻrnatiladi; arterial gipotenziyada krovatning bosh qismi tushirilib bemor gorizontal holatda boʻlishi kerak, samara boʻlmaganida – epinefrin, dopamin, dobutamin; tirishishlarda – v/i diazepam; bronxospazmda – beta-adrenostimulyatorlar buyuriladi.